Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.10.2018 y. 781-son "Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.10.2018 y.

N 781



VAZIRLAR MAHKAMASINING

2017 YIL 6 APRELDAGI 189-SON QARORI

BILAN TASDIQLANGAN TURIZM FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 4-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.N. Umarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 1 oktyabrdagi

781-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 189-son

qarori bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Turizm faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surхondaryo va Farona viloyatlari hududiy boshqarmalari, Buхoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri turizmni rivojlantirish departamentlari (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi".


2. 8-bandning "g" kichik bandi chiqarib tashlansin.


3. 9-bandning "b" kichik bandidagi "b", "g" - "ye" kichik bandlariga" soʻzlari "b", "d" va "ye" kichik bandlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 14-banddagi "oʻn besh" soʻzlari "oʻn" soʻzi bilan almashtirilsin.


5. Nizomga ilovaning "Bajarish muddati" blokidagi "15 ish kuni" soʻzlari "10 ish kuni" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 3 oktyabr