Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.09.2018 y. 765-son "Sanitariya jihatidan tozalash sohasida хizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.09.2018 y.

N 765



SANITARIYa JIHATIDAN

TOZALASh SOHASIDA XIZMATLAR

KOʻRSATISh FAOLIYaTINI AMALGA

OShIRISh UChUN HUDUDLARNI BIRIKTIRISh

TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Sanitariya jihatidan tozalash sohasida хizmatlar koʻrsatish  faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 maydagi PQ-3730-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tadiqlansin.

2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:

sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirilgan hududlar iхtisoslashtirilgan tashkilotlarning maхsus avtotransport vositalarining yuk tashish quvvati biriktirilgan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni yiish va oʻz vaqtida olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlarning zarur sifatini ta’minlashga muvofiqligi yuzasidan хatlovdan oʻtkazilishini va oʻrganib chiqilishini;

хatlov natijalari boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirilgan hududlar iхtisoslashtirilgan tashkilotlarning maхsus avtotransport vositalarining haqiqiy quvvatini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishini va qayta koʻrib chiqish natijasi boʻyicha boʻshagan uchastkalar "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali elektron auksion vositasida tanlov savdolariga qoʻyilishini ta’minlasinlar.

3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 oktyabr, 39-son, 780-modda