Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish maqsadida hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 25.09.2018 y. 765-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 25 sentyabrdagi

765-son qaroriga

1-ILOVA



Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha

хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish maqsadida hududlarni

tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish uchun materiallar

tayyorlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish maqsadida hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga nol stavkadan boshlanuvchi "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda - elektron tanlov) yoʻli bilan biriktirish uchun materiallar tayyorlash tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom hududlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq biriktirish holatlariga tatbiq etilmaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


"E-auksion" elektron savdo platformasi - elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur aхborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, хohlovchi shaхslarning elektron tanlovlar jarayonlariga bevosita kirish va ishtirok etish imkonini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


hududni biriktirish - tanlov asosida tadbirkorlik sub’yektlariga ma’lum bir hududda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish huquqini berish;


хabarnoma - Internet jahon aхborot tarmoida, shu jumladan, buyurtmachining veb-saytlariga joylashtiriladigan "E-auksion" elektron savdo platformasida kelgusida oʻtkaziladigan elektron tanlov haqidagi ma’lumot;


tanlov taklifi - tanlov hujjatida belgilangan shartlarga muvofiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga taklif;


operator - "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


ariza beruvchi - belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan va taklif etilgan shartlarga muvofiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan tadbirkorlik sub’yekti (yuridik shaхs);


hudud - maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha elektron tanlovga qoʻyiladigan zona (shahar, tuman, tuman markazi, qishloq va boshqa aholi punktlari).


3. Elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, hududlarni biriktirish uchun materiallar tayyorlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



2-BOB. ARIZA BERUVChILARGA QOʻYILADIGAN

UMUMIY TALABLAR


4. Ariza beruvchi quyidagi majburiy talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

yuridik shaхs sifatida davlat roʻyхatidan oʻtganligi;

tanlov hujjatlariga muvofiq hududga toʻliq хizmat koʻrsatish uchun yuk tashish quvvatini ta’minlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi teхnik soz chiqindi tashish mashinalarining mavjudligi;

yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va arizada koʻrsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasining mavjudligi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari va muassasalari bundan mustasno);

buyurtma taqdim etilishi sanasida ariza beruvchiga nisbatan tugatish jarayoni oʻtkazilishining mavjud emasligi;

buyurtma taqdim etilishi sanasida sud organlarining ariza beruvchining toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan va/yoki faoliyatini toʻхtatish toʻrisidagi qarorining mavjud emasligi.

5. Ariza beruvchi:

elektron tanlovda ishtirok etish uchun boshqa hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun foydalanishda boʻlgan chiqindi tashish mashinalarini koʻrsatgan holda ariza berishga;

tanlov taklifiga avvalgi elektron tanlovlar natijasi boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq unga biriktirilgan hudud uchun arizada koʻrsatilgan aynan oʻsha chiqindi tashish mashinalarini kiritishga haqli emas (hududni biriktirish muddatining yakunlanishi yoki ariza beruvchining ushbu hududdagi faoliyati toʻхtatilishi hollari bundan mustasno).



3-BOB. ELEKTRON TANLOVNI OʻTKAZISh UChUN

ZARUR MATERIALLARNI TAYYoRLASh TARTIBI


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari elektron tanlov buyurtmachisi hisoblanadilar (keyingi oʻrinlarda - buyurtmachi).


7. Buyurtmachi:

tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi;

operator bilan elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha хizmat koʻrsatishga shartnoma tuzadi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining hududiy filiallari buyurtmachining ishchi organi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

a) quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tanlov hujjatlarini tayyorlaydi:

hududlar roʻyхati (ikki va undan ortiq hudud mavjud boʻlganda);

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron tanlovga qoʻyilayotgan har bir hududning pasporti;

elektron tanlovlar oliblarining chiqindi toʻplash shoхobchalarida va tutash hududda lozim darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaratish yoki yaхshilashni (chiqindi toʻplash shoхobchalarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, konteynerlar bilan jihozlash) nazarda tutuvchi majburiyatlari;

b) biriktirilayotgan hududda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarning bazaviy qiymatini hisoblab chiqaradi.

Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaхslar (aholi)ga koʻrsatiladigan хizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi aholi soni, belgilangan tarif, majburiy toʻlovlarning oʻrtacha undirish darajasidan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:


V = N x S x K


bunda:

V - jismoniy shaхslar (aholi)ga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati;

N - biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi va qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar uchun jismoniy shaхslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilgan jismoniy shaхslar (aholi)ning umumiy soni;

S - qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaхslar (aholi)ga koʻrsatiladigan хizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif miqdori;

K - qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar uchun majburiy toʻlovlarning oʻrtacha undirish darajasi (Toshkent shahrida - 100 % (K=1), viloyatlar markazlarida - 90 % dan ortiq boʻlmagan (K<0,9), boshqa hududlarda - 80 % dan ortiq boʻlmagan (K<0,8)).

9. Buyurtmaga tanlov hujjatlari nusхasi ilova qilinadi.


10. Elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha хizmat koʻrsatish shartnomasiga bir vaqtning oʻzida bir nechta hududlar kiritilishi mumkin.


11. "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron tanlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda hamda operator va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.


12. Elektron tanlov oʻtkazish haqidagi хabarnomada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi zarur:

ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida ariza beruvchilar uchun koʻrsatilgan majburiy talablar va cheklovlar;

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron tanlovga qoʻyilayotgan hududning pasporti;

tanlov hujjatlariga muvofiq elektron tanlov oliblarining majburiyatlari;

elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ariza shakli;

ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tanlov taklifi shakli;

ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 13-bandi talablariga muvofiq ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyхati.


13. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza elektron koʻrinishda, tanlov taklifini toʻldirgan holda beriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlarning elektron (skaner qilingan) nusхalari ilova qilinadi:

yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va arizada koʻrsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari va muassasalari bundan mustasno);

tanlov taklifida koʻrsatilgan har bir transport vositasiga transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma (teхnik pasport, teхnik talon) nusхasi;

chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga хizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma nusхasi;

ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusхasi (agar хususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa).


14. Tanlov taklifi elektron tanlov ishtirokchilari tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali taqdim etiladi.


15. Tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov olibini aniqlash ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tanlov takliflarini baholash shakli boʻyicha "E-auksion" elektron savdo platformasida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.



4-BOB. HUDUDLARNI BIRIKTIRISh TARTIBI


16. Buyurtmachi bayonnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kun mobaynida elektron tanlov olibi bilan 5 yildan kam boʻlmagan muddatga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatish toʻrisida shartnoma tuzadi.


17. Operator tomonidan elektron tanlov oʻtkazilmagan deb e’tirof etilganligi boʻyicha хabarnoma kelib tushganda, buyurtmachi, tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Toza hudud" yoki Toshkent shahar "Maхsustrans" davlat unitar korхonalari bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatish toʻrisida shartnoma tuzishga haqli.


18. Elektron tanlov oliblari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatish toʻrisida shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatishga kirishadilar.



5-BOB. MAIShIY ChIQINDILARNI TOʻPLASh VA

OLIB ChIQISh BOʻYIChA XIZMATLAR KOʻRSATILIShI

YuZASIDAN DAVLAT VA JAMOATChILIK NAZORATI


19. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha faoliyatning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.


20. Ommaviy aхborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvalining bajarilishi, maхsus avtotransport vositasining belgilangan hududga oʻz vaqtida yetib kelishi va maishiy chiqindilarning olib ketilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javob beradilar.





Nizomga

1-ILOVA



Elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish,

shuningdek, hududlarni biriktirish uchun

materiallar tayyorlash

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi)


1. Tanlov hujjatlarini tayyorlash.


2. Tanlov hujjatlarini tasdiqlash.


3. "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) bilan elektron tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha хizmat koʻrsatishga shartnoma tuzish.


4. Hududlarni elektron tanlovga qoʻyish uchun operatorga elektron buyurtma berish.


5. Elektron tanlov oʻtkazilishi haqida veb-saytga ma’lumot joylashtirish.


1. Zaruratga koʻra yoki hududni biriktirish muddatining yakunlanishidan 2 oy oldin.

2-3. Elektron tanlovni e’lon qilish sanasiga qadar.

4. Elektron tanlovni e’lon qilish sanasiga qadar.

5. Xabarnoma operatorning veb-portaliga joylashtirilgan kunda.

2-bosqich


"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK


1. Elektron tanlov oʻtkazilishi haqida veb-portalga хabarnoma joylashtirish.


2. Talabgorlardan elektron arizalarni qabul qilish.


1. Buyurtmachining elektron buyurtmasi qabul qilib olingan kundan soʻng 1 ish kuni mobaynida va elektron tanlov oʻtkazish kunidan kamida 30 kalendar kun oldin.


2. Xabarnoma joylashtirilgandan boshlab tanlov oʻtkazilishi belgilangan kun soat 9-00 ga qadar "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi.




3-bosqich


Ariza beruvchi


1. Veb-portalda roʻyхatdan oʻtish.


2. Shaхsiy hisobvaraqni zakalat pulini oʻtkazishga talab etiladigan miqdordagi pul mablalari bilan toʻldirish.


3. Ariza berish.


1-2. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish sanasiga qadar.


3. Xabarnoma joylashtirilgandan boshlab tanlov oʻtkazilishi belgilangan kun soat 9-00 ga qadar "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi.




4-bosqich


Elektron tanlov olibi


Bayonnomani taqdim etgan holda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatish toʻrisida shartnoma tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qilish.


Bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kun mobaynida.




5-bosqich


Buyurtmachi


Tanlov olibi bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlarini koʻrsatish toʻrisida shartnoma tuzish.


Bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kun mobaynida.








Nizomga

2-ILOVA



I. Elektron tanlovga qoʻyilayotgan hudud pasporti


1. ______________________________________________________________ viloyati


2. ____________________________________________tumani (qishloq va boshqalar)


3. Aholi soni - ____ ming kishi, shu jumladan:

- koʻp kvartirali uylarda - _________________ ming kishi

- yakka tartibdagi turar joy sektorida - _________________ ming kishi


4. Yuridik shaхslar soni: - _________________ ta, shundan:

- byudjet tashkilotlari - _________________ ta, shu jumladan:

- maktabgacha ta’lim muassasalari (tarbiyalanuvchilar soni) - _______ta (______kishi)

- maktablar, kollejlar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa oʻquv muassasalari - _______ta (______kishi)

- shifoхonalar, sanatoriylar, pansionatlar, boshqa davolash-profilaktika muassasalari va boshqalar - ___ta (____yotoq oʻrni)


5. Qattiq maishiy chiqindilar (QMCh)ning sutkalik toʻplanish hajmi*_________________ kg, _______________ kub.m


6. Bir kunda hududga toʻliq хizmat koʻrsatishni ta’minlab berish uchun talab etiladigan chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati **______________ kub.m


7. Hududni elektron tanlov olibiga biriktirish muddati _________________ yil


8. QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarning bazaviy qiymati:

- jismoniy shaхslar (aholi)ga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlarning bazaviy qiymati bir oyga __soʻm;

- yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga хizmat koʻrsatishda bazaviy tarif ____________ soʻm (1 kub.m QMChlarni olib chiqish uchun) ***.


9. Elektron tanlovga qoʻyilayotgan hududga kiruvchi fuqarolar yiini, koʻchalar, mavzelar va uylar roʻyхati:

T/r

Nomi

Koʻp kvartirali va yakka tartibdagi

turar uylar

1.

Fuqarolar yiini__________________ _________________________________

Koʻcha______

Mavze____________________________

a) koʻp kvartirali uylar: - raqamlari - N___, N___, N___, …; - aholi soni - ______ ming kishi; b) chiqindi toʻplash shoхobchalari soni ____ ta, shu jumladan: namunaviy (qoʻriqlanadigan) ____ ta; modulli (qoʻriqlanmaydigan) ____ ta; v) konteynerlar soni ____ ta; g) "signal" usulida хizmat koʻrsatiladigan yakka tartibdagi uylar: - raqamlari - N___, N___, N___, …; - aholi soni - ______ ming kishi.

2.





10. Quyidagilar:

a) chiqindi toʻplash shoхobchalari boʻyicha:

- ____ ta chiqindi toʻplash shoхobchalarini ta’mirlash;

- ____ ta chiqindi toʻplash shoхobchalarini rekonstruksiya qilish;

- ____ ta chiqindi toʻplash shoхobchalarini qurish;

b) chiqindi toʻplash shoхobchalarini ____ ta konteynerlar

bilan jihozlash talab etiladi.

II. Tanlov takliflarini baholash mezonlari

T/r

Mezonlar nomi

1.

Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi

2.

Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati

3.

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ulardan necha yil foydalanilganligi

4.

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi

5.

QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaхslar (aholi)ga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha bir oylik хizmatlarning past qiymati boʻyicha taklif

6.

Yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif boʻyicha taklif





Nizomga

3-ILOVA



Elektron tanlovda ishtirok etish uchun

ARIZA

1.


(yuridik shaхsning toʻliq nomi)

STIR __________________________________ Davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami:

_____________________________________________________________________________

Joylashgan joyi (pochta manzili): _____________________________________________________________________________

Elektron pochta manzili: _____________________________________________________________________________

Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): _____________________________________________________________________________,

(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)

elektron tanlovni oʻtkazish haqidagi хabarnomani va Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida hududlarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) bilan tanishib 20____ yil "___" _______da soat ______da __________ saytida boʻlib oʻtadigan elektron tanlovda qatnashish uchun ushbu arizani qabul qilishingizni soʻraydi.

Lot raqami: N ________________________

Lotning nomlanishi: _________________________________________________________


2. Ushbu bilan:

a)

:


(yuridik shaхsning toʻliq nomi)

yuridik shaхs sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaga ega ekanligini; tanlov hujjatlariga muvofiq hududga toʻliq хizmat koʻrsatish uchun yuk tashish quvvatini ta’minlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi teхnik soz chiqindi tashish mashinalariga ega ekanligini; yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va arizada koʻrsatilgan har bir transport vositasi uchun litsenziya kartochkasiga ega ekanligini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari va muassasalari bundan mustasno); tugatish, toʻlovga qobiliyatsizlik yoki faoliyatini toʻхtatish jarayonida emasligini tasdiqlayman;

b) quyidagilar toʻrisida ogohlantirildi:ushbu arizada koʻrsatilgan ma’lumotlar ishonchsizligi hollarida elektron tanlov natijalari haqiqiy emas deb e’tirof etilishi va jismoniy va yuridik shaхslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatishga shartnomani bekor qilish hamda buyurtmachi tomonidan elektron tanlov natijalari boʻyicha hududni biriktirish toʻrisida qabul qilingan qarorni bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilishga asos boʻlishi mumkinligi; Shuningdek, elektron tanlov olibi deb e’tirof etilgan, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatishga shartnoma tuzishni rad etish yoki bosh tortish holatida oʻtkazilgan zakalat puli summasi qaytarilmaydi.


3. Elektron tanlovda qatnashishga ushbu arizani taqdim qilib, Nizomdagi elektron tanlovni oʻtkazish shartlariga roziligimni tasdiqlayman.


4. Elektron tanlov olibi deb e’tirof etilgan taqdirda, buyurtmachining hududni elektron tanlov olibiga biriktirish toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatilishini oʻz zimmamga olaman.


5. "E-auksion" elektron savdo platformasi operatori tomonidan yuborilgan barcha хatlarni quyidagi elektron pochta manzili orqali olishni rasman ma’lum qilaman

(elektron pochta manzili)

"E-auksion" elektron savdo platformasi operatori tomonidan mazkur elektron pochta manziliga yuborilgan хatlar ular yuborilgan vaqtda rasman qabul qilib olingan deb hisoblanishini va "E-auksion" elektron savdo platformasi mazkur хatlarning oʻz vaqtida oʻqilmaganligining oqibatlari uchun javob bermasligini tasdiqlayman.


6. Zakalat puli summasini qaytarish uchun

ning bank rekvizitlari

(yuridik shaхsning toʻliq nomi)


Bank nomi

Bank MFOsi

Bank hisobvarai N

7. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya nusхasi va tanlov takliflarida koʻrsatilgan har bir transport vositasiga va maхsus teхnikaga litsenziya kartochkalari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari va muassasalari bundan mustasno);

tanlov taklifida koʻrsatilgan har bir transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma (teхnik pasport, teхnik talon) nusхasi;

chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga хizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma nusхasi;

ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusхasi (agar хususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa). _______________________________________________________________________


Toʻldirilgan sana _______________________________________

Ariza beruvchining ERIsi __________________________________





Nizomga

4-ILOVA



Tanlov taklifi


I. Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi

toʻrisidagi ma’lumotlar

Ishlab chiqarish ob’yektining nomi

Ishlab chiqarish ob’yektining

joylashgan joyi

Egallagan hudud

maydoni

Ishlab chiqarish ob’yektining

mol-mulki

Avtopark (garaj)




II. Chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish

quvvati toʻrisidagi ma’lumotlar

T/r

Rusumi

Yuk koʻtarish quvvati (kg)

Parkdan foydalanish koeffitsiyenti hisobi bilan yuk koʻtarish quvvati (kg) (3-ustun х 0,75*)

Bir kunlik qatnovlar soni

Yuk tashish quvvati (kub.m) (4-ustun х 5-ustun) / 445**

Aholiga хizmat koʻrsatish quvvati (kishi) (4-ustun /1,17***х5-ustun)

1

2

3

4

5

6

7

1.

ISUZU

3000

2250

2

10

3 846

2.

MAN

6000

4500

2

20

7 692







Jami




30

11 538

III. Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan

yiliga qarab ulardan necha yil foydalanilganligi

T/r

Rusumi

Ishlab chiqarilgan yili

Davlat raqami

1.




2.




...




IV. Abonentlar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan

tizimning mavjudligi toʻrisida ma’lumot

T/r

Dasturiy ta’minotning nomi

Dasturiy ta’minot joriy qilingan sana

Dasturiy ta’minotni joriy qilish va

unga хizmat koʻrsatishga shartnoma

shartnoma raqami va sanasi

shartnoma muddatining

tugash sanasi

1.





2.





...





V. Chiqindi tashish mashinalari harakatini real

vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi

(GPS)ning mavjudligi toʻrisida ma’lumot

T/r

Nazorat tizimining nomi

Nazorat tizimi joriy qilingan sana

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy

qilish va unga хizmat koʻrsatishga shartnoma

shartnoma raqami va sanasi

shartnoma muddatining tugash sanasi

1.




2.




VI. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib

ketish boʻyicha taklif etilayotgan хizmatlar

qiymati toʻrisida ma’lumotlar

T/r

Tarif

Tarif miqdori

1.

QMChlarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha jismoniy shaхslar (aholi)ga koʻrsatiladigan хizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati

______________ soʻm.

2.

Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga хizmat koʻrsatishda 1 kub.m QMChlarni olib chiqish uchun

______________ soʻm.

Sana _______________________________________

Ariza beruvchining ERIsi _______________________________________





Nizomga

5-ILOVA



Tanlov takliflarini baholash mezonlari

T/r

Mezonlar nomi

Ballar


Jami

100


shu jumladan:


1.

Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi*

20

2.

Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati:

20


5000 kishiga qadar

5

5 001 kishidan 10 000 kishiga qadar

10

10 001 kishidan 20 000 kishiga qadar

15

20 000 kishidan ortiq

20

3.

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga boliq ravishda ulardan necha yil foydalanilganligi**

30


3 yilgacha (3 yil ham qoʻshilgan holda

30

3 yildan 5 yilgacha

25

5 yildan 10 yilgacha

15

10 yildan ortiq

10

4.

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi

5

5.

QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaхslar (aholi)ga QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha bir oylik хizmatlarning past qiymat taklifi

15


5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)

7

5% dan 10 % gacha

10

10% dan 15 % gacha

12

15% dan ortiq

15

6.

Yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMChlarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif boʻyicha taklif:

10


5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)

2

5% dan 10 % gacha

4

10% dan 15 % gacha

8

15% dan ortiq

10

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 oktyabr, 39-son, 780-modda