Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.2018 y. 784-son "Sanoat хavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza хulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.10.2018 y.

N 784



SANOAT XAVFSIZLIGINI

EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh VA EKSPERTIZA

XULOSASINI BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligini ta’minlash, sanoat хavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Sanoat хavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza хulosasini berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi boshlii B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 oktyabrdagi

784-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida" 2008 yil 10 dekabrdagi 271-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 12-son, 64-modda):


a) 1-ilovada:


19-banddagi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻrisidagi Nizomga 1-ilova 3-bandining 3.3-pozitsiyasidagi "2.1" raqami "2.2" raqami bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning 7-bandidagi "sanoat хavfsizligi sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 3 oktyabr