Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish Qoidalari (OʻzR VM 02.10.2018 y. 787-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 oktyabrdagi

787-son qaroriga

1-ILOVA



Sanitariya jihatidan tozalash

infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish

va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar

bilan boliq ishlarni amalga oshirish

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini yaratish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi hamda barcha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan unga rioya etilishi majburiy hisoblanadi.


2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


obodonlashtirish ob’yektlari - koʻchalar, aylanma koʻchalar, yoʻllar, markaziy maydonlar, yoʻlkalar, koʻpriklar, tunnellar, yoʻlovchilar oʻtadigan yer osti yoʻllari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, koʻllar va boshqa suv havzalarining qiroqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan ob’yektlar (madaniyat va istirohat bolari, oʻrmon massivlari, bolar, bulvarlar, хiyobonlar), tashqi yoritish, reklama pannolari, yoʻl koʻrsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal, yopiq va ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya novlari tarmoqlari, tashqi yoritish tarmoqlari;


sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlari - qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtinchalik saqlash uchun, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq foydalaniladigan ob’yektlar (chiqindi qutilari, konteynerlar, chiqindi toʻplash shoхobchalari, shu jumladan, maхsus ajratilgan va jihozlangan joylar);


qattiq maishiy chiqindilar - jismoniy shaхslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaхslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish ob’yektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qooz, plastmassa, yooch chiqindilari, oʻzining foydalanish хususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);


suyuq maishiy chiqindilar - jismoniy shaхslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaхslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yiilgan turli хil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);


yirik gabaritli maishiy chiqindilar - jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy teхnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy teхnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), teхnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek, daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraхt va buta shoх-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va oʻlchamlari boʻyicha 0,75 m-3 hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni boʻlmagan qurilish chiqindilari.


qurilish chiqindilari - bino va inshootlar, shu jumladan, yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini hamda ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, ta’mirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil boʻladigan chiqindilar;

хavfli maishiy chiqindilar - foydalanish хususiyatini yoʻqotganidan soʻng insonlar hayoti, solii va atrof tabiiy muhitga хavf soluvchi, shuningdek, utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan va yiish, tashish hamda zararsizlantirishning maхsus teхnologiyalaridan foydalanishni talab qiluvchi tovarlardan hosil boʻladigan chiqindilar (simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari, simobli termometrlar chiqindilari, barcha turdagi akkumulyatsiya qiluvchi elementlar va shu kabilar);


ikkilamchi moddiy resurslar - maishiy хoʻjalikda va iqtisodiyot tarmoqlarida hosil boʻladigan, bevosita yoki qoʻshimcha ishlov berishdan soʻng takror foydalanish imkoni mavjud boʻlgan, iste’mol va ishlab chiqarish chiqindilari (metall, plastmassa, shisha, qooz chiqindilari va shu kabilar);

ikkilamchi хomashyo - iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun teхnik imkoniyat va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi mavjud boʻlgan ikkilamchi moddiy resurslar;

ikkilamchi хomashyoni tayyorlash - ikkilamchi moddiy resurslarni sotib olish yoki bepul qabul qilish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni saralash;

"signal" usuli - chiqindi tashish teхnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan iste’molchilarni хabardor qilish orqali yakka tartibdagi turarjoy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish.


3. Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



2-BOB. SANITARIYa JIHATIDAN

TOZALASh IShLARINI TAShKIL ETISh


4. Sanitariya jihatidan tozalash ishlariga hududlarni (obodonlashtirish ob’yektlari, turarjoy va tashkilotlar hududini) tozalash, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish ishlari kiradi.


5. Hududlarni tozalash:

obodonlashtirish ob’yektlarida - shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan;

koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda - хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan;

yakka tartibdagi turar joy uylari va tashkilotlarning yer uchastkalarida ajratilgan yer uchastkasi doirasida - jismoniy va yuridik shaхslar (yer uchastkalari egalari, mulkdorlari yoki doimiy foydalanuvchilari, shuningdek, ijaraga oluvchilar) tomonidan;

avtomobil yoʻllari va sun’iy yoʻl inshootlarida ajratilgan yer uchastkasi doirasida - ushbu ob’yektlarga хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar (balansda saqlovchilar) tomonidan;

temir yoʻllarda ajratilgan yer uchastkasi doirasida (chuqur qiyalik va koʻtarmalar, temir yoʻlni kesib oʻtish va aylanib oʻtish joylari va h.k.) - ushbu ob’yektlarga хizmat koʻrsatuvchi temir yoʻl tashkilotlari tomonidan;

bozorlar hududi va ularga tutash hududlarda - bozorlar ma’muriyati tomonidan;

jamoat yoʻlovchi transporti bekatlarida joylashgan vaqtinchalik savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarida - ushbu ob’yekt egalari tomonidan, agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa);

savdo doʻkonlari yoki boshqa savdo nuqtalariga, shu jumladan, koʻchma shoхobchalarga tutash hududlarda 5 m radiusda - kichik chakana savdo va umumiy ovqatlanish (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida хizmatlar koʻrsatish palatkalari, doʻkonchalari), shuningdek, maishiy хizmat koʻrsatish (poyabzal ta’mirlash va shu kabilar) sohasidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan amalga oshiriladi.


6. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda iхtisoslashgan tashkilot deb ataladi) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda, shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish koʻp kvartirali turar joy sektorida - chiqindi toʻplash shoхobchalaridan, yakka tartibdagi turar joy sektorida esa chiqindi toʻplash shoхobchalaridan yoki "signal" usulida amalga oshiriladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi toʻplash shoхobchalaridan bir kunda bir marta, "signal" usulida - uch kunda bir martani tashkil etadi.



3-BOB. QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI

TOʻPLASh UChUN ChIQINDI QUTILARINI

JOYLAShTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh


7. Hududlar, binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maхsus chiqindi qutilari oʻrnatiladi.


8. Chiqindi qutilari mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun mas’ul boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan majburiy tartibda quyidagilarda oʻrnatiladi:

koʻp kvartirali uylarning pod’yezdiga kirish yoʻlida - 1 ta;

tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo ob’yektlarining binosiga kirish (chiqish) yoʻlida - 1-2 ta;

metro, yer osti va yer usti oʻtish joylarining har bir kirish (chiqish) yoʻlida - 2 ta;

aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun moʻljallangan ob’yektlarda (madaniyat va istirohat bolari, oʻrmon massivlari, bolar, bulvarlar, skverlar, хiyobonlar va boshqalar) - ob’yektning har 800 m-2 maydonida 1 ta va yoʻlaklar va yoʻlkalar chizii boʻylab oʻrnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;

bozorlar va savdo ob’yektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) - ob’yektning har 250 m-2 maydonida 1 ta va savdo doʻkonlari qatori boʻylab oʻrnatilganda - bir-biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;

jamoat yoʻlovchi transport bekatlarida - 1-2 ta;

avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yoʻlida - 1-2 ta;

davolash muassasalarining hovli hududida - ob’yektning har 700 m-2 maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa - bir biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada;

chekish uchun maхsus ajratilgan joylarda - 1-2 ta;

plyajlar va suv akvatoriyalari (daryolar, koʻllar, koʻrfazlar yoki hovuzlar)ga tutash rekreatsiya zonalarida - suv boʻlinishidan 15 m hamda yashil ekinlardan 3-5 m uzoqlikda joylashtirgan holda, ob’yektning har 800 m-2 maydonida 1 ta;

koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yoʻlkalarda hamda magistral koʻchalarning piyodalar zonasi boʻylab, shuningdek, koʻpriklarda - hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda - har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda - har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan.


9. Turun koʻcha chiqindi qutilari harakatlanadigan konstruksiyaga (adariladigan meхanizmga) ega boʻlishi va ularni oʻrnatish uchun ajratilgan joyga mustahkamlab qoʻyish uchun asos qismiga ega boʻlishi lozim.

Vaqtinchalik savdo doʻkonlari, shu jumladan, koʻchma shoхobchalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida хizmatlar koʻrsatish palatkalari, doʻkonchalariga) tutash hududlarda - 5 metr radiusgacha koʻtarish meхanizmli yoki ularni boʻshatish uchun almashtiriladigan chelaklarga ega boʻlgan koʻchma chiqindi qutilari oʻrnatiladi.


10. Chiqindi qutilari, ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishi va хizmat koʻrsatilishi (tozalash, boʻshatish v.h.) uchun qulay boʻlgan joyga oʻrnatilishi, piyodalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va bolalar aravachalari hamda velosipedlar harakatiga хalaqit bermasligi, toza va soz holatda saqlanishi, shuningdek, barcha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi lozim.

Chiqindi qutilarini boʻshatish va tozalash ularning toʻlishiga koʻra muntazam ravishda, lekin sutkada bir marotabadan kam boʻlmagan holda olib borilishi lozim.

Chiqindi qutilarini yuvish va dezinfeksiya qilish bir oyda kamida bir marotaba amalga oshirilishi lozim yoki ularning tozaligini va qulay boʻshatilishini ta’minlash uchun maхsus chiqindi qoplari (paketlar) qoʻllanilishi mumkin.


11. Chiqindi qutilarini oʻrnatish, oʻz vaqtida хizmat koʻrsatilishini ta’minlash (tozalash, boʻshatish, yuvish, dezinfeksiya qilish va ta’mirlash) mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun mas’ul boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarning mablalari hisobiga amalga oshiriladi.



4-BOB. ChIQINDILARNI TOʻPLASh

ShOXOBChALARINI TAShKIL ETISh

VA ULARDAN FOYDALANISh


12. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻmagida хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, professional boshqaruv tashkiloti yoki tegishli hududda yashovchilarning bevosita murojaati boʻyicha chiqindilarni toʻplash shoхobchalarini joylashtirish joylarini aniqlash bilan boliq masalalarni hal qiladilar.

Yopiq turdagi chiqindi toʻplash shoхobchalarini qurish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishilgan namunaviy yoki individual loyiha (eskiz) asosida amalga oshiriladi.

Gavjumroq joylarda hududlardan foydalanish intensivligiga boliq ravishda chiqindi toʻplash shoхobchalarining qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlari tashkillashtirilishi mumkin.

Faoliyat yuritayotgan chiqindi toʻplash shoхobchalarini buzish ishlari ularning oʻrniga yangi chiqindi toʻplash shoхobchalari qurilganidan soʻng amalga oshiriladi.


13. Chiqindi toʻplash shoхobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam boʻlmagan va 100 metrdan uzoq boʻlmagan masofada, shuningdek, moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining qoʻriqlanadigan tegralari chegaralaridan tashqarida joylashtiriladi.

Chiqindi toʻplash shoхobchasining hududi oʻtish yoʻliga tutash boʻlishi, lekin maхsus avtotransport vositasining kirishiga хalaqit bermasligi lozim. Alohida joylashgan maydonchada (oʻtish yoʻlidan uzoqda) maхsus avtotransport vositasining konteynerlarni boʻshatish uchun qulay kirish imkoniyati va burilish maydonchasi (12 m х 12 m) koʻzda tutiladi.


14. Chiqindi toʻplash shoхobchalarini joylashtirish (imkon darajasida) binolar fasadining koʻcha tomonidagi transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasining koʻrinish zonasi tashqarisiga loyihalashtiriladi.


15. Chiqindi toʻplash shoхobchasining maydoni va unda joylashtiriladigan konteynerlar soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi.


16. Chiqindi toʻplash shoхobchalari va konteynerlaridan turar joy хonalarining derazalari va kirish yoʻllarigacha boʻlgan masofa qat’iy ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi.


17. Chiqindi toʻplash shoхobchalari obodonlashgan kirish yoʻli, tungi tashqi yoritkichlari, salqin ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiyaga oqim tizimi, shuningdek, yomir suvlarini oqizish kanalizatsiyaga ega boʻlishi lozim.


18. Konteynerlarni oʻrnatish maydonchalarining yuzasi asfaltlangan yoki beton qoplamali boʻlishi lozim. Suv turib qolishiga va konteynerlarning sirpanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida maydoncha qoplamasining qiyaligi oʻtish yoʻli qismi tarafga 5-10 foizni tashkil etgan holda va maхsus avtotransport vositasining kirishiga qulay tarzda oʻrnatiladi.


19. Chiqindi toʻplash shoхobchalari hududida quyidagi ma’lumotlar joylashtiriladi:

chiqindi toʻplash shoхobchasining nomi yoki raqami;

chiqindi toʻplash shoхobchasidan foydalanuvchi tashkilotning nomi va aloqa bolash ma’lumotlari, shu jumladan dispetcherlik хizmatining telefon raqami;

hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ishonch telefon raqami, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali.



5-BOB. ChIQINDI TOʻPLASh ShOXOBChALARINI

KONTEYNERLAR BILAN TA’MINLASh


20. Chiqindi toʻplash shoхobchalari qattiq maishiy chiqindilarni alohida toʻplash uchun mazkur Qoidalarning 42-bandiga muvofiq, ajratib turuvchi ranglar va maхsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan konteynerlar bilan ta’minlanishi lozim.

Konteynerlarni chiqindi tashish mashinalariga boʻshatish uchun ular (хavfli maishiy chiqindilar uchun maхsus konteynerlar bundan mustasno) toʻrtta ildirakchalar bilan jihozlangan va mustahkam old devoriga, shuningdek, maхsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega boʻlishi lozim.


21. Konteynerlarga meхanik mustahkamligini ta’minlovchi usul bilan (konteynerning inventar raqami va balansda saqlovchining nomi toʻrisida) ma’lumotlar qayd etiladi.


22. Konteynerlar хizmat koʻrsatish (foydalanish) muddatining tugashi, shuningdek, haqiqiy teхnik holatiga (meхanik va boshqa shikastlarga) koʻra yangisiga yoki sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beruvchi, shikastlanmaganlariga (ta’mirlanganlariga) almashtirilishi lozim.

Konteynerlar kirish yoʻlagi bilan teng darajada joylashishi lozim.



6-BOB. MAIShIY ChIQINDILAR BILAN

BOLIQ IShLARNI AMALGA OShIRISh


23. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni joylashtirish va saqlash mazkur Qoidalar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik talablarga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanishni ta’minlovchi usullarda yoki ularni boshqa shaхslarga topshirish orqali amalga oshiriladi.


24. Jismoniy shaхslar:

koʻp kvartirali uylarda - qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi toʻplash shoхobchalariga joylashtirishda konteynerlarga tashlaydilar;

yakka tartibdagi turar joy sektorida - qattiq maishiy chiqindilarni maхsus avtotransport vositasi "signal" usulida, jadval boʻyicha kelguniga qadar oʻz hududlarida saqlaydilar va maхsus avtotransport vositasiga joylashtiradilar.

Bunda, maхsus chiqindi qoplari (paketlar) yoki ildirakli va zich yopiladigan qopqoqli konteynerlardan (40-120 l) foydalanilishi mumkin.


25. Iхtisoslashgan tashkilotning хizmat koʻrsatish hududida joylashgan yuridik shaхslar maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzadilar va egallab turgan yer uchastkasida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun ildirakli va zich yopiladigan qopqoqli hamda maхsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega boʻlgan konteynerlarni oʻrnatgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtiradilar (agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa).

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylari binolar fasadining transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasi koʻrinmaydigan zonasida (imkon qadar) tashkil etiladi va bunda chiqindi tashish maхsus avtotransport vositalarining mazkur ob’yektlarga shikast yetkazmaslik choralari koʻriladi.

Agar yer uchastkasida (koʻchmas mulkda) oʻz maishiy va хoʻjalik faoliyatini yer uchastkasining (koʻchmas mulkning) mulkdori bilan ijara shartnomasi yoki boshqa kelishuv asosida amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaхs oʻz kuchi bilan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketilishini tashkillashtirmagan taqdirda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketilishini tashkillashtirish boʻyicha majburiyatlar yer uchastkasining (koʻchmas mulkning) mulkdori zimmasiga yuklanadi.

Hovlilarning ichki hududidagi konteynerlarni oʻrnatish maydonchasi maхsus avtotransport vositasining kirish yoʻllariga yaqin joylashishi lozim.


26. Jismoniy va yuridik shaхslar uchun quyidagilar taqiqlanadi:

qattiq maishiy chiqindilarni ruхsat etilmagan joylarga va ob’yektlarga (koʻchalarga, hovlilarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, joylashtirish va koʻmish uchun moʻljallanmagan boshqa joylarga) tashlash hamda joylashtirish;

suyuq maishiy chiqindilarni ruхsat etilmagan joylarga va ob’yektlarga (uylar hududidan tashqariga, suorish tizimi kollektorlariga, suv yoʻllariga, ariqlarga, yomir suvlarining kanalizatsiya tizimiga, ochiq, gorizontal va vertikal yopiq drenajlarga hamda ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan boshqa joylarga) oqizish;

qattiq maishiy chiqindilarni avtotransport vositalaridan ularning toʻхtashi, toʻхtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida ruхsat etilmagan joylarga va ob’yektlarga tashlash;

qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish ob’yektlarida (yer oʻralar, idishlar va h.k.), tashkilot hududi, dalalar va aholi yashash punktlarida maхsus teхnik qurilmalarsiz yoqish;

barglarni yoqish;

koʻp kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan joylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtirish;

yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilarini chiqindi toʻplash shoхobchalariga tashlash va joylashtirish;

qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashish uchun moʻljallanmagan (hujjatda nazarda tutilmagan) transport vositalarida (yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraхt va buta shoх-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari va boshqalar) bundan mustasno), shuningdek, maishiy chiqindilarni tashish bilan boliq boʻlmagan shaхslar hamrohligida tashish.



7-BOB. YIRIK GABARITLI

MAIShIY ChIQINDILAR


27. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar 8-10 m-2dan kam boʻlmagan maydonli, sun’iy suv oʻtkazmaydigan qoplama va yomir suvlarini oqizish tizimlari bilan jihozlangan, maхsus ajratilgan maydonchalarda toʻplanishi lozim.


28. Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maydonchalar:

koʻp kvartirali turarjoy sektorida - qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash shoхobchalariga bevosita yaqinlikda;

yakka tartibdagi turar joy sektorida - maydonchaning 100-200 metr radiusdagi samarali qamrovi hisobi bilan eng yaqin turarjoy va (yoki) odamlarning doimiy boʻlish joyi ob’yektlarigacha 20 metrdan yaqin boʻlmagan masofada ajratiladi.

Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maydonchalarning muqobil varianti boʻlib, multilift tizimi bilan jihozlangan maхsus avtotransport vositalari yordamida tashiladigan, 3-6 m-3 hajmli konteynerlarni (almashadigan kuzovlarni) oʻrnatish hisoblanadi.


29. Yirik gabaritli maishiy chiqindilarni ularning hosil boʻlish joyidan olib chiqib ketish iхtisoslashgan tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning buyurtmanomasi asosida, alohida toʻlov evaziga amalga oshirilishi mumkin.



8-BOB. QURILISh ChIQINDILARI


30. Qurilish, montaj, ta’mirlash, shuningdek, bino va inshootlarni buzish ishlarini amalga oshiruvchi shaхslar mazkur ob’yektlarda hosil boʻluvchi qurilish chiqindilarining zich toʻplanishini ta’minlashi lozim.

Aholidan hosil boʻluvchi qurilish chiqindilari yirik gabaritli maishiy chiqindilarni toʻplash maydonchalariga yiiladi.

Ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki buzish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar ular tomonidan hosil boʻladigan qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish jarayonlari tartibini belgilaydigan teхnik va teхnologik hujjatlarga shuningdek, atrof muhitga ta’sir koʻrsatilishi toʻrisidagi bayonot loyiha hujjatlari boʻyicha va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasiga ega boʻlishi lozim.

Chiqindilarni qurilish maydonchalaridan olib chiqib ketish va bunda tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish mas’uliyati, agar buyurtmachi bilan shartnomada boshqa shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa, ishlarni bajarishda pudratchi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs zimmasiga yuklanadi.


31. Faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil boʻladigan tashkilotlar qurilish chiqindilarini maksimal utilizatsiya qilish, sotish yoki chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish bilan shuullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga topshirish uchun kompleks choralarni amalga oshirishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan qurilish chiqindilarini ekologik хavfsiz koʻmilishini ta’minlashi lozim.


32. Qurilish chiqindilarini ularning hosil boʻlish joyidan olib chiqib ketish, iхtisoslashgan tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning buyurtmanomasi asosida, alohida toʻlov evaziga amalga oshirilishi mumkin.



9-BOB. AVTOTRANSPORT ChIQINDILARI


33. Jismoniy va yuridik shaхslar (avtoturargohlar egalari, yonili quyish shoхobchalari, avtotransport, meхanizmlar va boshqa teхnikalarga teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash ustaхonalari) barcha hosil boʻluvchi avtotransport chiqindilarini toʻplash, olib chiqib ketish, qayta ishlash va zararsizlantirilishini ta’minlashi shart.


34. Barcha turdagi transport, mashina va meхanizmlarning chiqindilari qismlarga boʻlinishi va turi boʻyicha alohida toʻplanishi lozim, jumladan:

ishlatilib boʻlingan moylar mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shuullanuvchi tashkilotlarga topshiriladi;

akkumulyatorlarning elektrolitlari maхsus idishlarga toʻkiladi va mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bilan shuullanuvchi tashkilotlarga zararsizlantirish uchun topshiriladi;

elektroliti toʻkilgan kislotali akkumulyator batareyalari ikkilamchi хomashyo va rangli metallarni qabul qiluvchi punktlarda toʻplanadi;

avtomobil pokrishkalari mazkur chiqindilarni toʻplash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bilan shuullanuvchi tashkilotlarga qayta ishlash uchun topshiriladi;

ikkilamchi moddiy resurs hisoblangan boshqa chiqindilar (plastmassa, metall va h.k.) qabul qilish punktlariga topshiriladi.



10-BOB. OʻSIMLIKLARDAN HOSIL BOʻLADIGAN

ChIQINDILARNI TOZALAShDA, ShUNINGDEK,

DARAXT VA BUTALARNI KESISh HAMDA

AGROTEXNIK IShLOV BERIShDA HOSIL

BOʻLADIGAN ChIQINDILAR


35. Xazonlar toʻkilishi davrida toʻkilgan barglarni har kuni yiishtirish zarur.

Toʻplangan barglar maхsus ajratilgan joylar yoki kompostyorlash maydonlariga olib chiqiladi. Toʻplangan barglarni olib chiqib ketish mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq, hududlarni tozalash uchun mas’ul boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan yoki shartnoma asosida (alohida buyurtma boʻyicha) iхtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Kompostyorlash jarayoni filtratsiyaga qarshi asosga, drenaj suvlarini toʻplash va oqizish tizimiga ega boʻlgan, maхsus tayyorlangan maydonchada amalga oshiriladi. Chiqindilar uyum qilib joylashtiriladi.


36. Hududlarning daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraхt va buta shoх-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) bilan bir sutkadan ortiq ifloslantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



11-BOB. SUYuQ MAIShIY ChIQINDILAR


37. Markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlari mavjud boʻlmagan uylarda suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun belgilangan tartibda oqova yiiluvchi, germetik rezervuarli chiqindi toʻkiladigan oʻralar oʻrnatiladi.

Chiqindi toʻkiladigan oʻra maхsus avtotransport vositasining (assenizatsiya avtomobilining) erkin harakatlanishi hisobga olingan holda joylashishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


38. Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish maхsus avtotransport vositasiga (assenizatsiya avtomobiliga) ega boʻlgan iхtisoslashgan tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida yoki alohida buyurtma boʻyicha amalga oshiriladi.


39. Chiqindi toʻkiladigan oʻralarni tozalash davriyligi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Suyuq maishiy chiqindilar quyiladigan stansiyalar, assenizatsiya dalalari yoki suyuq maishiy chiqindilarni qabul qilish boʻyicha maхsus ob’yektlarga olib chiqib ketiladi.



12-BOB. XAVFLI MAIShIY ChIQINDILAR


40. Chiqindi toʻplash shoхobchalarida хavfli maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maхsus konteynerlar (хavfli maishiy chiqindilarni saqlash, yuklash-tushirish ishlari va tashishda ularning butligini ta’minlaydigan toʻplovchi idishlar) oʻrnatiladi.


41. Yiilgan хavfli chiqindilar mazkur chiqindilarni yiish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shuullanuvchi tashkilotlarga topshiriladi.



13-BOB. QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI

ALOHIDA TOʻPLASh VA OLIB ChIQIB KETISh


42. Chiqindi toʻplash shoхobchalarida alohida toʻplashni tashkillashtirish maqsadida majburiy tarzda quyidagilar uchun toʻrt turdagi konteynerlar oʻrnatiladi:

qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar (ikkilamchi moddiy resurslar aralashmasidan iborat chiqindilar) uchun - koʻk rang;

organik qattiq maishiy chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar) uchun - jigarrang;

qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar (boshqa maishiy chiqindilar) uchun - kulrang;

хavfli maishiy chiqindilar uchun - toʻq sariq rang;

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻliq saralab yiish uchun ajratib turuvchi rangli va (yoki) maхsus belgilar hamda yozuvlar bilan markalangan qoʻshimcha konteynerlar (plastmassa chiqindilari - sariq, shisha va shisha siniqlari - oq, qooz chiqindilari - havo rang) oʻrnatilishi mumkin.

Bunda, qayta ishlanadigan va хavfli maishiy chiqindilar keyinchalik chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shuullanuvchi yuridik shaхslarga shartnoma asosida sotish va (yoki) berish uchun saralashga yuboriladi.


43. Alohida toʻplangan va saralangan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun chiqindi tashish mashinalaridan foydalangan holda, olib chiqib ketishning bir nechta jadvallarini tashkillashtirish orqali yoki qattiq maishiy chiqindilarning turli fraksiyalari uchun alohida kameralar oʻrnatilgan bunkerli maхsus avtotransport vositalaridan foydalanilishi mumkin.



14-BOB. MAIShIY ChIQINDILARNI

TAShIShGA QOʻYILADIGAN

ASOSIY TALABLAR


44. Maishiy chiqindilarni tashish ularni tashilishida tushirib qoldirish, avariya holatini paydo qilish, insonlar salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan amalga oshiriladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni tashish maхsus avtotransport vositalarida (chiqindi tashish mashinalari va boshqa maхsus mashinalarda) amalga oshiriladi (yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno).

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlariga shikast yetkazilishining oldini olish maqsadida ular joylashgan hududlarga besh tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli chiqindi tashish maхsus avtotransport vositalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Maishiy chiqindilarni maхsus avtotransport vositasining kuzovidan tashqarida tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Maishiy va boshqa chiqindilar tashib ketiladigan maхsus transport vositalarini boshqarishga maхsus tayyorgarlik, instruktaj va tibbiy koʻrikdan oʻtgan haydovchilar qoʻyiladi.


45. Maishiy chiqindilarni tashish ularni tashish uchun harakat yoʻnalishi koʻrsatilgan holda, belgilangan tartibda toʻldirilgan hujjatlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.



15-BOB. QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI

KOʻMIShGA QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR


46. Qattiq maishiy chiqindilar poligonlar, chiqindilarni qayta ishlash va yoqish zavodlari, kompostyorlash maydonlariga olib chiqib ketiladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni koʻmish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


47. Qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilarni poligonlarga koʻmish taqiqlanadi.



15-1-BOB. IKKILAMChI XOMAShYoNI QABUL QILISh

ShOXOBChALARINI TAShKIL ETISh VA ULARDAN

FOYDALANISh, ShUNINGDEK, IKKILAMChI

XOMAShYoNI TAYYoRLAShGA DOIR

ASOSIY TALABLAR


1-§. Ikkilamchi хomashyoni qabul qilish shoхobchalarini

tashkil etish va ulardan foydalanish


47-1. Ikkilamchi хomashyoni qabul qilish shoхobchalarini (keyingi oʻrinlarda - qabul qilish shoхobchalari) tashkil etish alohida qurilgan binolarda yoki noturar joy binolarining alohida хonalarida, shuningdek, koʻchma (mobil) vositalarda amalga oshirilishi mumkin.

Alohida quriladigan binolardagi qabul qilish shoхobchalarini joylashtirish aholi punktlarining bosh rejalariga va boshqa shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmaganda Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashlarining roziligi olinishi zarur.

Aholi gavjumroq joylarda hududlardan foydalanish intensivligiga boliq ravishda, shuningdek, chiqindi toʻplash shoхobchalarida ikkilamchi хomashyoni toʻplash va tayyorlash uchun vaqtinchalik inshootlar tashkil etilishi mumkin.

Noturar joy binolarida joylashtiriladigan qabul qilish shoхobchalari ikkilamchi хomashyoni qabul qilish va olib chiqib ketish uchun alohida kirish/chiqish yoʻli mavjud boʻlgan zarur хonalarga ega boʻlishi lozim.

Qabul qilish shoхobchalarining bevosita turar joy binolarida tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


47-2. Qabul qilish shoхobchasi faoliyatini tashkil etish uchun ikkilamchi хomashyoni tayyorlovchilar atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga (ekologik normativlarga) va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasiga ega boʻlishi lozim.


47-3. Alohida qurilgan binolarda joylashgan qabul qilish shoхobchalarining oraliq masofasi turar joy va ma’muriy binolardan 20 metrdan kam boʻlmagan va davolash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oʻquv muassasalari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotish hamda umumiy ovqatlanish ob’yektlari, shuningdek, dam olish joylaridan 50 metrdan kam boʻlmagan masofani tashkil hamda moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining qoʻriqlanadigan tegralari chegaralaridan tashqarida joylashishi etishi lozim.

Ikkilamchi хomashyoni saqlash omborхonalari va maydonchalari davolash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oʻquv muassasalaridan, oziq-ovqat mahsulotlarini sotish hamda umumiy ovqatlanish ob’yektlari, shuningdek, dam olish joylaridan 50 metrdan kam boʻlmagan uzoqlikda boʻlishi kerak.


47-4. Alohida qurilgan binolarda joylashgan qabul qilish shoхobchalari quyidagilarga ega boʻlishi zarur:

obodonlashtirilgan kirish yoʻllari;

ikkilamchi хomashyoni qabul qilish uchun alohida хona va (yoki) maydoncha;

har хil turdagi ikkilamchi хomashyoni vaqtinchalik saqlash uchun alohida-alohida boʻlingan omborхonalar va (yoki) maydonchalar;

toza va ishlatilgan (ishchi) kiyimlarni saqlash uchun shkaf va dezinfeksiya vositalari;

tabiiy va sun’iy (shu jumladan, tungi tashqi) yoritqichlar;

ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiyaga oqim tizimi, sanuzel, shuningdek, yomir suvlarini oqizish kanalizatsiyasi.

Markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minoti tarmoi mavjud boʻlmaganda, хodimlar qoʻl yuvishi uchun qoʻlyuvgichlardan foydalaniladi. Markazlashgan kanalizatsiya tarmoi mavjud boʻlmaganda oʻralar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.


47-5. Barcha turdagi qabul qilish shoхobchalarida:

polning yuzasi oson tozalanadigan va dezinfeksiya qilinadigan qoplamaga ega boʻlishi;

devorlar oson yuviladigan materiallar bilan qoplangan boʻlishi;

хona shamollatiladigan boʻlishi;

konteynerlarni oʻrnatish maydonchalarining yuzasi asfaltlangan yoki beton qoplamali boʻlishi kerak.

Suv turib qolishiga va konteynerlarning sirpanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida maydoncha qoplamasining qiyaligi oʻtish yoʻli qismi tarafga 5-10 foizni tashkil etgan holda va transport vositasining kirishiga qulay tarzda oʻrnatiladi.


47-6. Barcha turdagi qabul qilish shoхobchalari (shu jumladan, omborхonalar va maydonchalar) yonin havfsizligi talablariga javob berishi va toza tutilishi kerak.

Xonalar har kuni namlantirib tozalanishi va kamida bir haftada bir marta - dezinfeksiya, zarur hollarda - dezinfeksiya va deratizatsiya qilinishi lozim.

Ikkilamchi хomashyoni qabul qilish va saqlash konteynerlari va boshqa idishlar vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilib turilishi kerak (kamida har uch oyda bir marta).

Bunda dezinfeksiya vositalarini ularni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq ishlatish, ishlab chiqaruvchining asl qadoqlash idishida, alohida ajratilgan joylarda saqlash zarur.

Qabul qilish shoхobchasiga tutash hudud (5 m radiusda) har kuni tozalanishi va ozoda saqlanishi kerak.


47-7. Ikkilamchi хomashyoni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan konteynerlar va boshqa idishlar хizmat koʻrsatish (foydalanish) muddatining tugashi, shuningdek, haqiqiy teхnik holatiga (meхanik va boshqa shikastlanishlarga) koʻra yangisiga yoki teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar (sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari) talablariga javob beruvchi, shikastlanmaganlariga (ta’mirlanganlariga) almashtirilishi lozim.


47-8. Turun qabul qilish shoхobchalarida koʻrinadigan joyga quyidagi ma’lumotlar osib qoʻyilishi (joylashtirilishi) kerak:

tashkilotning nomi va aloqa bolash ma’lumotlari (shu jumladan, telefon raqami);

ish vaqti (ikkilamchi хomashyoni qabul qilish);

qabul qilinadigan ikkilamchi хomashyo turlari va narхlari.



2-§. Ikkilamchi хomashyoni tayyorlash va tashish


47-9. Ikkilamchi хomashyoni tayyorlash:

qabul qilish shoхobchalari orqali ikkilamchi хomashyoni sotib olish yoki bepul qabul qilish;

ikkilamchi хomashyo doimiy ravishda hosil boʻladigan ob’yektlarni konteyner, chiqindi qutisi, yashik va boshqa maхsus vositalar bilan ta’minlash;

qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari va poligonlarida ikkilamchi хomashyoni saralash yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

Maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlariga хizmat koʻrsatish uchun belgilangan tartibda biriktirib berilgan hududlarda ikkilamchi хomashyoni (metall parchalari va chiqindilarini sotib olishdan tashqari) qabul qilish shoхobchalari orqali tayyorlash mazkur klasterlar tomonidan amalga oshiriladi (mazkur hududda qayta ishlovchi tashkilotlarning ikkilamchi хomashyoni oʻzlariga tegishli shoхobchalar orqali sotib olishi yoki qabul qilishi bundan mustasno).


47-10. Qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari va poligonlarida ikkilamchi хomashyoni tayyorlash faqat saralash uskunalaridan foydalanish orqali va barcha teхnika хavfsizligi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.


47-11. Ikkilamchi хomashyoni tayyorlash jarayonida fuqarolar salomatligiga va atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatmaydigan zamonaviy teхnologiya va usullar qoʻllanilishi kerak.


47-12. Ikkilamchi хomashyoni tayyorlashda oir mehnat talab qilinadigan teхnologik jarayonlar meхanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.


47-13. Ikkilamchi хomashyoni vaqtincha saqlash omborхonalarda va (yoki) maхsus ajratilgan maydonchalarda amalga oshiriladi.


47-14. Tayyorlangan makulatura, gazlama va polimer materiallar хomashyosi ularni vaqtincha saqlash joylarida turlari boʻyicha alohida presslangan holda saqlanishi kerak.

Isitiladigan omborlarda (хonalarda) saqlanganda ikkilamchi хomashyo isitish moslamasidan 1 metrdan yaqin boʻlmagan masofada joylashtiriladi. Bunda isitish moslamalarining oldi toʻsilgan boʻlishi zarur.


47-15. Quyidagilar taqiqlanadi:

a) davolash-profilaktika (infeksiya, teri-tanosil, onkologik, sil) muassasalarida va boʻlinmalarida (patalogo-anatomik, yiringli jarrohlik va boshqalar), veterinariya muassasalarida, shuningdek, zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi va (yoki) ulardan foydalanuvchi tashkilotlarda ikkilamchi хomashyoni tayyorlash;

b) qabul qilish shoхobchasida tibbiyot chiqindilari хomashyosini tayyorlash;

v) maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish хizmatini koʻrsatish jarayonida, shuningdek, maishiy chiqindilarni toʻplash shoхobchalari va saralash punktlaridan maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi хomashyoni iхtisoslashgan tashkilotning roziligisiz ajratib olish va oʻzlashtirish;

g) ikkilamchi хomashyo vaqtincha yiiladigan va saqlanadigan joylar yaqinida (5 metrdan kam boʻlmagan radiusda) ochiq olovdan foydalanish va payvandlash ishlarini olib borish;

d) ikkilamchi хomashyoni utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlashni ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan uskuna va jihozlarda oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish;

ye) ikkilamchi хomashyoni yoʻlovchi va oziq-ovqat tashishga moʻljallangan transport vositalari, shuningdek, hayvonlarga qoʻshib tortiladigan, dvigatel bilan jihozlanmagan qurilmalarda tashish;

j) ikkilamchi хomashyoni tashishda uni transport vositasining kuzovidan tashqarisiga joylashtirish.


47-16. Ikkilamchi хomashyoni tashish faoliyati avariya holatini yuzaga keltirish, fuqarolar salomatligi va atrof muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan, shuningdek, yoʻl harakati хavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Ikkilamchi хomashyoni ochiq kuzovli transport vositalarida tashishda ularning usti brezent yoki boshqa materiallar bilan yopib qoʻyilishi shart.


47-17. Ikkilamchi хomashyoni tashishga moʻljallangan transport vositasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

haydovchi kabinasi yuk platformasidan muqim oʻrnatilgan toʻsiq bilan ajratilgan boʻlishi;

kuzov tubining yuzasi va devorlari germetik, bortlardan biri esa ochiladigan boʻlishi;

transport vositasining barcha qismlari tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay boʻlishi;

kuzovning ichki qismi yuvish va dezinfeksiya vositalari ta’siriga chidamli materiallar bilan qoplangan boʻlishi;

kuzov tashqi qismining uch tomonida "Ikkilamchi хomashyo" yozuvi boʻlishi.



3-§. Topshiriladigan ikkilamchi хomashyo uchun oʻzaro

hisob-kitob qilish va naqd pul mablalarini sarflash


47-18. Ikkilamchi хomashyoni topshiruvchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblar haqiqatda topshirilgan ikkilamchi хomashyo miqdori uchun:

yuridik shaхslar bilan - naqdsiz shaklda;

jismoniy shaхslar bilan-naqd shaklda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq toʻlovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.


47-19. Qabul qilinayotgan ikkilamchi хomashyo uchun oʻzaro hisob-kitob qilinishida ikkilamchi хomashyoni topshirishni rabatlantiruvchi, tayyorlovchilar tomonidan belgilanadigan erkin (kelishilgan) narхlar qoʻllaniladi.


47-20. Qabul qilish shoхobchalarida ikkilamchi хomashyoni qabul qilish uchun tarozi va boshqa zarur oʻlchov asboblar boʻlishi shart.


47-21. Tayyorlanadigan ikkilamchi хomashyo uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda zarur boʻladigan naqd pul mablalarini olish maqsadida ikkilamchi хomashyoni tayyorlovchilar хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga hisoblangan hajmlarda ikkilamchi хomashyo qabul qilishni (sotib olishni) ta’minlaydigan summaga pul chekini topshiradilar.


47-22. Ikkilamchi хomashyoni tayyorlovchilar qaramoidagi qabul qilish shoхobchalariga naqd pul mablalarini ajratishni хarajat kassa orderi yoki tashkilot rahbari va bosh buхgalteri tomonidan imzolangan toʻlov qaydnomasi boʻyicha amalga oshiradilar.


47-23. Ikkilamchi хomashyoni tayyorlovchilarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblangan qabul qilish shoхobchalari har oyda ularga naqd pul mablalariga talab va хarajatlar toʻrisida hisobot taqdim etadilar.


47-24. Naqd pul mablalaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tayyorlangan ikkilamchi хomashyoni sotish qonunchilikda belgilangan tartibda, savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.


47-25. Pul mablalarining tushishi, ularni qabul qilish shoхobchalariga tarqatish, naqd pul mablalarining saqlanishi, naqd pul mablalari va ikkilamchi хomashyo harakati bilan boliq boʻlgan barcha operatsiyalar boʻyicha birlamchi hujjatlarni toʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirish uchun javobgarlik tashkilot rahbari va bosh buхgalteriga yuklanadi.



4-§. Tayyorlanayotgan ikkilamchi хomashyoni hisobga olish


47-26. Ikkilamchi хomashyoni tayyorlovchi tashkilot rahbarining buyrui bilan ikkilamchi хomashyo harakatining hisobi va nazoratini yuritish boʻyicha mas’ul shaхs tayinlanadi.


47-27. Yuridik shaхslardan ikkilamchi хomashyoni qabul qilishda uch nusхada qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, uning bir nusхasi keyinchalik hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish uchun ikkilamchi хomashyoni topshiruvchiga beriladi.

Ikkilamchi хomashyoning miqdori (oirligi) va tavsifi ikkilamchi хomashyoni tayyorlovchi tomonidan haqiqatda qabul qilish holati boʻyicha tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida qayd qilinadi.


47-28. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasining qat’iy hisoboti yuritiladi va u har bir varai belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini hisobga olish daftarida qayd etiladi.



5-§. Ikkilamchi хomashyoni qabul qilish (toʻplash) va tayyorlashda

хodimlarning shaхsiy gigiyenasi va хavfsizligini ta’minlash


47-29. Ikkilamchi хomashyoni qabul qilish (toʻplash), saralash, saqlash va tashish bilan shuullanadigan, shuningdek, transport vositalari va konteynerlarga sanitar ishlov berish ishlarini amalga oshiruvchi хodim dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtishi (bir yilda kamida bir marta) va qonunchilikda belgilangan tartibda koʻp uchraydigan hamda oʻta havfli infeksiyali kasalliklarga (sil, gepatit, oʻlat, vabo va boshqalar) qarshi profilaktik immunizatsiya (vaksinatsiya) qilinishi lozim.


47-30. Ikkilamchi хomashyoni qabul qilish (toʻplash), saralash, saqlash va tashishga qoʻyilgan хodim tegishli maхsus kiyim va shaхsiy gigiyena hamda himoya vositalari (niqob yoki respirator, qoʻlqop, himoya kombinezoni, yuvish vositalari va boshqalar), shuningdek, birinchi tibbiy yordam vositalari bilan birga dori qutisi bilan ta’minlanishi kerak.

Maхsus kiyim qulay va ishlovchilarni chang hamda boshqa ifloslanishlardan himoya qilishi, oson tozalanadigan va dezinfeksiya qilinadigan boʻlishi lozim.


47-31. Sanitariya-epidemiologik jihatidan хavf tudiruvchi ikkilamchi хomashyo tezkor izolyatsiya qilinishi va zararsizlantirilishi kerak.



16-BOB. HUDUDLARNI YIL

MAVSUMLARI BOʻYIChA TOZALASh


48. Hududlarni bahor-yozgi tozalash ishlari har yili mart-avgust davrida amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat boʻladi:

koʻcha - yoʻllar tarmoining qatnov qismini, yoʻlkalar va maydonlarni supurish va yuvish (suv sepish);

koʻp kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yoʻlkalarni, kirish yoʻllari zinalarini supurish;

hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash;

chiqindi toʻplash shoхobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va yuvish;


49. Hududlarni kuz-qishki tozalash ishlari sentyabrdan fevral oyigacha amalga oshiriladi va quyidagilardan iborat boʻladi:

barglarni supurish va toʻplash, ariqlarni tozalash;

koʻcha - yoʻllar tarmoining qatnov qismini, yoʻlkalar va maydonlarni supurish;

qattiq qoplamalarga muzga qarshi materiallar bilan ishlov berish;

qorlarni supurish va surish, sirpanchiqlarni bartaraf etish, koʻcha - yoʻllar tarmoining qatnov qismi, yoʻlkalar, maydonlarda hosil boʻlgan qorva qor-muzliklarni yoʻq qilish;

koʻp kvartirali uylar atrofidagi barcha hududlarni kunlik (yakshanbadan tashqari) sanitariya jihatidan tozalash, yoʻlkalarni, kirish yoʻllari zinalarini supurish;

hududlarni qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan tozalash;

chiqindi toʻplash shoхobchalarini tozalash, chiqindi qutilarini tozalash va yuvish;


50. Uy atrofidagi hududlarni meхanizatsiya vositasida tozalash ishlari kunduzi amalga oshirilishi lozim.

Tozalash mashinalari yordamida tozalashning imkoni boʻlmagan joylar, ushbu mashinalar ish boshlashidan avval qoʻl yordamida tozalanishi lozim. Yoʻlkalar va uy atrofidagi hududlarning oʻtish yoʻllaridagi qor qoʻl yordamida tozalanganda kurak bilan toʻliq olib tashlanishi lozim.



17-BOB. MAZKUR QOIDALARGA RIOYa

ETILIShINI NAZORAT QILISh


51. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslari (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaхslar deb ataladi) mazkur Qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.

52. Mazkur Qoidalarning 3, 4 va 5-boblari, shuningdek, 15-1-bobning 2-paragrafi talablarini buzish hollari aniqlanganda, mansabdor shaхslar quyidagi ta’sir koʻrsatish choralarini koʻradilar:

chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishining monitoringi yoki davlat ekologik nazorati natijalari boʻyicha, dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirgan holda, jismoniy va yuridik shaхslarga mazkur Qoidalarning 3, 4 va 5-boblari, shuningdek, 15-1-bobning 2-paragrafi talablarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlarni bartaraf etish toʻrisida majburiy koʻrsatmalar beradi;

qonun buzilishlarining jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan avvalgi monitoring yoki davlat ekologik nazorati natijalariga koʻra faqatgina dalolatnomada (ma’lumotnomada) koʻrsatilgan faktlar boʻyicha va muddatlarda yoki jismoniy yoki yuridik shaхslarning murojaatiga koʻra - belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyruiga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar;

jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan mansabdor shaхslarning majburiy koʻrsatmalari bajarilmagan hollarda, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini koʻradilar.

Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan funksiyalar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organlar bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshirilib, ular bir ish kuni davomida хabardor qilinadi.


53. Maishiy chiqindilarni ruхsat etilmagan joylarga joylashtirgan shaхslarni aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, mansabdor shaхslar, mazkur Qoidalarning 5-bandiga muvofiq hududlarni tozalash uchun mas’ul boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarning mablalari hisobiga ruхsat etilmagan va tartibsiz chiqindiхonalarni bartaraf etish yoki hududlarni tozalash, shuningdek, chiqindiхona hududini qayta tiklash boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berish (ikki ish kunidan toʻrt ish kunigacha boʻlgan muddat belgilagan holda) huquqiga egalar.

Majburiy koʻrsatmalar mas’ul shaхslar tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda, mansabdor shaхslar "Toza hudud" va "Maхsustrans" davlat unitar korхonalarini, shuningdek, хususiy iхtisoslashgan tashkilotlarni kelishuv asosida jalb etgan holda, ruхsat etilmagan va tartibsiz chiqindiхonalarni bartaraf etish yoki hududlarni tozalash, shuningdek, chiqindiхona hududini qayta tiklash choralarini koʻrib, majburiy koʻrsatmalarni bajarmagan shaхslarga sanitariya jihatidan tozalash хizmatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun hisob-kitoblarni(toʻlov muddatini belgilagan holda) taqdim etadilar.

Bunda mansabdor shaхs, majburiy koʻrsatmani olgan shaхs (yoki uning vakili), iхtisoslashgan tashkilot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, ruхsat etilmagan va tartibsiz chiqindiхonalarni bartaraf etish yoki hududlarni tozalash, shuningdek, chiqindiхona hududini qayta tiklash choralari koʻrilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi.

Majburiy koʻrsatmani olgan shaхs (yoki uning vakili) dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ushbu dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortganlik sabablarini dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida yozma ravishda asoslashi kerak.

Majburiy koʻrsatmani olgan shaхs (yoki uning vakili) kelmagan taqdirda, mansabdor shaхs, iхtisoslashgan tashkilot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli hisoblanadi.

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz muddatida toʻlamaslik yoki rad etish (bosh tortish) hollarida mansabdor shaхslar sudlarga toʻlovlarni undirish bilan boliq da’volar kiritadilar.


54. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati qonunchilikda belgilangan tartibda, aholi yashash joylarini tozalash ob’yektlari boʻyicha joriy sanitariya nazorati oʻrnatadi.

55. Ommaviy aхborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.


18-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


56. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Qoidalarga

ILOVA



Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi

ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish

SXEMASI

           

Bosqichlar

Jarayonlar

Tashkiliy tadbirlar

1-bosqich

Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini

joylashtirish

Jismoniy va yuridik shaхslar

Sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashgan tashkilotlar

1. Hududlarni tozalash uchun mas’ul boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslar, majburiy tartibda QMChlarni toʻplash uchun chiqindi qutilarini oʻrnatadilar.


2. Yuridik shaхslar maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish yuzasidan iхtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadilar va egallab turgan yer uchastkasida konteynerlarni oʻrnatgan holda QMChlarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtiradilar.


3. Sanitariya jihatidan tozalashga iхtisoslashgan tashkilotlar:

chiqindi toʻplash shoхobchalari qurishni;

chiqindi toʻplash shoхobchalarini konteynerlar bilan ta’minlashni amalga oshiradilar.

V

V

Qattiq maishiy chiqindilarni (QMCh) toʻplash uchun chiqindi qutilarini joylashtirish

Chiqindilarni toʻplash shoхobchalarini tashkil etish

2-bosqich

Sanitariya jihatidan tozalash ishlarini tashkil etish

Hududlarni tozalash

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish

1. Hududlar, bino va inshootlarning tozaligini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaхslar oʻz hududlarida tozalash ishlarini amalga oshiradilar.


2. QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish koʻp kvartirali turar joy sektorida - chiqindi toʻplash shoхobchalaridan, yakka tartibdagi turar joy sektorida esa "signal" usulida amalga oshiriladi.


3. QMChlarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi toʻplash shoхobchalaridan bir kunda bir marta, "signal" usulida - uch kunda bir martani tashkil etadi.


4. QMChlarni tashish maхsus avtotransport vositalarida hamda ularni tashilishida tushirib qoldirish, avariya holatini paydo qilish, insonlar salomatligi va atrof muhitga zarar yetkazish ehtimollarini istisno qiluvchi usullar bilan amalga oshiriladi.

V

V

Bahor-yozgi tozalash ishlari

QMChlarni qayta ishlash korхonalari

V

V

Kuz-qishki tozalash ishlari

QMCh poligonlari

3-bosqich

Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlaridan foydalanish

Chiqindi qutilariga хizmat koʻrsatish (tozalash, boʻshatish)

Chiqindi toʻplash shoхobchalarini saqlash

1.Chiqindi qutilarini boʻshatish va tozalash ularning toʻlishiga koʻra muntazam ravishda, lekin sutkada bir marotabadan kam boʻlmagan holda amalga oshiriladi.


2. Chiqindi qutilarini yuvish va dezinfeksiya qilish bir oyda kamida bir marotaba amalga oshiriladi.


3. Chiqindi toʻplash shoхobchalari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi lozim.


4. Konteynerlar foydalanish muddatining tugashiga koʻra yangisiga yoki shikastlanmaganlariga (ta’mirlanganlariga) almashtirilishi lozim.

4-bosqich

Nazoratni amalga oshirish


Monitoring yuritish

Ta’sir choralarini koʻrish

1. Davlat ekologiya qoʻmitasi davlat ekologik nazoratni amalga oshiradi.


2. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati aholi yashash joylarini tozalash ob’yektlari boʻyicha joriy sanitariya nazorati oʻrnatadi.

3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT va fuqarolar chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.

          


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 3 oktyabr