Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.2018 y. 782-son "Sanoat va radiatsiya хavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.10.2018 y.

N 782



SANOAT VA RADIATsIYa XAVFSIZLIGI

SOHASIDAGI AYRIM FAOLIYaT TURLARINI

LITsENZIYaLAShNI VA RUXSAT BERISh TARTIB-

TAOMILLARINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki, portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni hamda qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugagunicha amalda qoʻllaniladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi boshlii B.V. ulomov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 oktyabrdagi

782-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 2009 yil 13 avgustdagi 231-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y.. 8-son, 60-modda):


a) 1-ilova 3-bandining ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari "Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovada:


3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Barcha yadroviy materiallar (uran, plutoniy, toriy) ularning miqdoridan, jismoniy holatidan qat’i nazar davlat tomonidan hisobga olinadi va nazorat qilinadi, qazib olishda yoki qayta ishlashda rudaning tarkibida boʻlgan yadroviy materiallar bundan mustasno".


185416 - bm_p16utr 185416 - bm_p16utr 16-18, 22-24-bandlar va 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


19-21, 25-27, 28-90-bandlar tegishli ravishda 16-18, 19-21, 22-84-bandlar deb hisoblansin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyundagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 oktyabrdagi

782-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida хavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 5 martdagi 109-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 3-son, 22-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2004 yil 6 martdagi 111-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 3-son, 24-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2004 yil 9 martdagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 3-son, 25-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori)" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 6-son, 57-modda) ilovaning 43-45-bandlari.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son qarori)" 2010 yil 17 dekabrdagi 301-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 12-son, 69-modda) ilovaning 19-21-bandlari.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)" 2012 yil 1 fevraldagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 6-son, 57-modda) ilovaning 25-27-bandlari.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son Farmoni)" 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 11-son, 79-modda) ilovaning 59-61-bandlari.


8. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2014 yil 12 iyundagi 156-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 6-son, 62-modda) 2-ilova.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat хizmatlarini koʻrsatish bilan boliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164-son qarori)" 2014 yil 17 iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 73-modda) 1-ilovaning 21 va 22-bandlari.


10. Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 12-son, 138-modda) ilovaning 19 va 20-bandlari.


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915-son qarori)" 2017 yil 14 noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 3 oktyabr