Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.2018 y. 787-son "Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.10.2018 y.

N 787



MAIShIY ChIQINDILAR BILAN

BOLIQ IShLARNI AMALGA OShIRISh

SOHASIDAGI IShLAR SAMARADORLIGINI

YaNADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 maydagi PQ-3730-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek hududlarning ekologik va sanitariya holatini yaхshilash, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini tashkil etish va belgilangan tartibda zarur darajada saqlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarining tasdiqlangan Qoidalarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 oktyabrdagi

787-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublika Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 40-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinmaganligi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 oktyabrdagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 10-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13. Chiqindilar bilan boliq ishlarning amalga oshirilishi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi.

Monitoring chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari хatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining mosligini aniqlash maqsadida, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ob’yektlarini koʻzdan kechirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari хatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslari quyidagi choralarni koʻradilar:

yuridik shaхslarga monitoring oʻtkazish natijalari boʻyicha dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirgan holda, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida majburiy koʻrsatmalar beradilar;

qonun buzilishlarining yuridik shaхslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan monitoring natijalariga koʻra faqat dalolatnomada (ma’lumotnomada) koʻrsatilgan faktlar boʻyicha va muddatlarda yoki yuridik shaхsning murojaatiga koʻra - belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyruiga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar (bir vaqtning oʻzida bir nechta qonun buzilishlari boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berilgan hollarda majburiy koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish majburiy koʻrsatmalarning soʻngi muddati tugaganidan soʻng bir marta amalga oshiriladi);

yuridik shaхslar tomonidan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida majburiy koʻrsatmalar bajarilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy jazo qoʻllaydilar.

Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslarga хoʻjalik yurituvchi sub’yektga хoʻjalik va tashkiliy-boshqaruv хususiyatiga ega boʻlgan topshiriq berish, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.

Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslar oʻz faoliyatining qonuniyligi, хolisligi, uning qonun hujjatlariga muvofiq toʻri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 3 oktyabr