Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 y. 800-son "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.10.2018 y.

N 800



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ENERGETIKA VAZIRLIGI HUZURIDAGI

ATOM ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRISh

AGENTLIGI FAOLIYaTINI TAShKIL ETIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PF-5484-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PQ-3870-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PF-5484-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda "Oʻzatom" agentligi deb ataladi) Ilmiy-teхnik va ekspert kengashi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PQ-3870-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamarmasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Ilmiy-teхnik va ekspert kengashi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Ilmiy-teхnik va ekspert kengashi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamarmasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

3. "Oʻzatom" agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va "Oʻzatom" agentligi bosh direktori J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Aripov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 7 oktyabr