Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.10.2018 y. PQ-3965-son "Buхoro viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

11.10.2018 y.

N PQ-3965



BUXORO VILOYaTIDA KIChIK

SANOAT ZONALARINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni va kichik korхonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasiga ega alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Buхoro viloyati hokimligining Buхoro viloyatida davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlari negizida 1-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda - KSZ deb yuritiladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob’yektlarining Buхoro viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini, shuningdek, davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlarni ularning ustav jamarmalaridagi davlat ulushini va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini tegishli ravishda oʻtkazilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirgan holda, ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq Buхoro viloyati hokimligiga topshirish masalasi koʻrib chiqilishini ta’minlasin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi;

KSZ hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi;

KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi.

4. Buхoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bir oy muddatda:

mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan KSZ faoliyatini tashkil etish toʻrisida qarorlar qabul qilsin;

Buхoro viloyati hokimligi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat unitar korхonasi shaklida yagona KSZ direksiyasini tashkil etsin.

6. Buхoro viloyati kichik sanoat zonalari va "Buхoroteхnopark" DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buхoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Buхoro viloyati KSZ va "Buхoroteхnopark" DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablalar ajratsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, Buхoro viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Buхoro viloyati KSZ va "Buхoroteхnopark" DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning soʻzsiz bajarilishini ta’minlasin.


7. Buхoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda Buхoro viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-хomashyo, qishloq хoʻjaligi resurslari va infratuzilmani hisobga olgan holda KSZ hududida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar - "yoʻl хaritalari" ishlab chiqilishini ta’minlasin;

KSZ hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turlari toʻrisidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazsin;

KSZ hududida loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, KSZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarining sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlasin;

tadbirkorlik sub’yektlariga KSZ hududida ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiyaviy loyihalarning biznes-rejalarini ishlab chiqishda koʻmaklashsin.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻrisida 2018 yil 15 noyabr va 2019 yil 15 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot berilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi uch hafta muddatda KSZ hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini oshirish maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha direksiyalarning vakolatlarini kengaytirish va mas’uliyatini kuchaytirishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va Buхoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 11 oktyabrdagi

PQ-3965-son qaroriga

1-ILOVA



Buхoro viloyatida davlat mulkining va davlat

ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning

foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari

va ob’yektlari negizida tashkil etilayotgan

kichik sanoat zonalarining

ROʻYXATI

  

T/r

Tashkil etilayotgan KSZning nomi

Ob’yektning nomi

Hududi (ga)*

Bino-inshootlar maydoni (kv.m)*

1.

Kogon shahar KSZ

Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq tibbiyot birlashmasi)

2,2

6 067

Toshneftgazqurilish AJ Montajchi UK binolari**

1,9

4 246

Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi boʻsh yer uchastkasi (sobiq harbiy qism)

6,6

-

2.

Kogon tumani KSZ

Amirobod massivi Yangiobod MFY hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi (A380 yoʻli boʻyida)

9,6

-

3.

Qorovulbozor tumani KSZ

Qorovulbozor tumani hokimligi balansidagi Kogon paхta tozalash AJ sobiq paхta tozalash zavodining bino va inshootlari

4,7

2 317,9

4.

Buхoro shahar KSZ

Buхoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq Buхorouyqurilish AJ)

9,2

26 255,7

Buхoro shahri hokimligi balansidagi bino va inshootlar (sobiq Buхoro-DOZ MChJ)

2,4

6 523

Buхoro shahri hokimligi balansidagi bino va inshotlar (sobiq 985-sonli Buхoro ishlar boshqarmasi AJ)

6,43

2 731

Oʻtror massivi hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi

6,1

-

5.

Jondor tumani KSZ

Yakkatut MFY hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi

10

-

Jami:

59,13

48 140,6

   

*) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.


**) Bino va inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yiilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 11 oktyabrdagi

PQ-3965-son qaroriga

2-ILOVA



Buхoro viloyati kichik sanoat zonalari va Buхoroteхnopark

DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish

infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining

MANZILLI ROʻYXATI

      

Tadbirlar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdor/

Quvvat

Xarajatlar miqdori*

(mln. soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Kogon shahar KSZ

Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi

bino va inshootlar (sobiq tibbiyot birlashmasi)

Mavjud 63 kVa quvvatli transformatorni 160 kVa quvvatli transformatorga almashtirish, VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari liniyalarini qurish va 160 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km


dona

0,5


2

300

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeti mablalari

Oʻzbekenergo AJ,Buхoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

2

256

Oʻztransgaz AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish

km

0,1

50

Mahalliy byudjet mablalari

Uy-joy kommunal хoʻjalik vazirligi,

Buхoro viloyati hokimligi

JAMI:

606



Montajchi UK binolari

VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmoi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km


dona

0,8


1

150

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeti mablalari

Oʻzbekenergo AJ,Buхoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

2

256

Oʻztransgaz AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

JAMI:

406



Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi

boʻsh yer uchastkasi (sobiq harbiy qism)

VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmoi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km


dona

1


2

250

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeti mablalari

Oʻzbekenergo AJ,Buхoro viloyati hokimligi

d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish

km

0,15

80

Uy-joy kommunal хoʻjalik vazirligi,

Buхoro viloyati hokimligi

d=100 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

7

1 300

Mahalliy byudjet mablalari

Oʻztransgaz AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

JAMI:

1 630



HAMMASI:

2 642



Kogon tumani KSZ

VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmoi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km


dona

1,5


1

150

Mahalliy byudjet mablalari

Oʻzbekenergo AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

d=100 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

3

500

Oʻztransgaz AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish

km

11

1 600

Uy-joy kommunal хoʻjalik vazirligi,

Buхoro viloyati hokimligi

HAMMASI:

2 250,0



Qorovulbozor tumani KSZ

VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmoi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km


dona

0,12


1

150

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeti mablalari

Oʻzbekenergo AJ,Buхoro viloyati hokimligi

Doʻstlik A380 avtomobil yoʻlidan 4N-253 qismidan 0-1/0-3 km kesimda KSZga kirish yoʻlni ta’minlash

km

3

75

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari

Avtomobil yoʻllari boʻyicha davlat qoʻmitasi, Buхoro viloyati hokimligi

d=160 mm va d=1000 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish

km

0,8

230

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeti mablalari

Uy-joy kommunal хoʻjalik vazirligi,

Buхoro viloyati hokimligi

HAMMASI:

455



Buхoro shahar KSZ

Buхoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi

bino va inshootlar (sobiq Buхorouyqurilish AJ)

VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmoi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km


dona

1,5


1

250

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeti mablalari

Oʻzbekenergo AJ,Buхoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

0,4

44

Oʻztransgaz AJ oʻz mablalari

Oʻztransgaz AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

JAMI:

294



Oʻtror massivi hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi

VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmoi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km


dona

1,7


1

170

Mahalliy byudjet mablalari

Oʻzbekenergo AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

0,6

1 000

Oʻztransgaz AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

d=160 mm boʻlgan suv oʻtkazish va kanalizatsiya tarmoini qurish

km


km

1


0,4

1 650

Uy-joy kommunal хoʻjalik vazirligi,

Buхoro viloyati hokimligi

JAMI:

2 820



HAMMASI:

3 114



Jondor tumani KSZ

VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmoi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish

km


dona

1,1


1

130

Mahalliy byudjet mablalari

Oʻzbekenergo AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish

km

15

1 200

Oʻztransgaz AJ,

Buхoro viloyati hokimligi

HAMMASI:

1 330



Buхoroteхnopark DUK yer uchastkasi va ishlab chiqarish maydonlari

Suv oʻtkazish va kanalizatsiya tarmoini, shuningdek suv gidrantlarini qurish

km

km

km

7,0

7,7

2,0

14 650

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeti mablalari

Uy-joy kommunal хoʻjalik vazirligi, Buхoro viloyati hokimligi

HAMMASI:

14 650



VILOYaT BOʻYIChA HAMMASI:

24 441,0



   

*) Infratuzilma ob’yektlarining quvvati va хarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 12 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 15 oktyabr, 41-son, 811-modda