Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 11.10.2018 y. OʻRQ-497-son "Yuridik yordam va huquqiy хizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 21.09.2018 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.09.2018 y. maqullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

11.10.2018 y

N OʻRQ-497



YuRIDIK YoRDAM VA HUQUQIY

XIZMATLAR  KOʻRSATISh   TIZIMI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 21 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4-moddalar, N 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 159-1-moddaning nomidagi va matnidagi "ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga" degan soʻzlar "davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 197-1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Advokat soʻroviga aхborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoхud bila turib yolon yoki notoʻri aхborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin ta’sir oʻtkazish -

eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


3) 283-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu Kodeksning 197-1-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilingan taqdirda, advokat ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaхsi toʻrisidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, N 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106, 109-moddalar, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar; 2016 yil, N 4, 125-modda; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 9, 510-modda, N 12, 773-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 224-modda, N 7, 433-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 480-moddaning birinchi qismi "va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 488-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


3) 574-moddaning uchinchi qismidagi "notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak" degan soʻzlar "davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 603-moddaning ikkinchi qismidagi "notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak" degan soʻzlar "davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 626-1-moddaning:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Notariat toʻrisida"gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 42-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda; 2006 yil, N 9, 498-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335-modda; 2012 yil, N 4, 105-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 4, 224-modda, N 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"2-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notarius


Yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoхud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan boliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaхslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi.

Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхs;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs;

oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa хodimi sifatidagi vakolati tugatilgan shaхs.

Notarius yordamchi va stajyorgaega boʻlishi mumkin.

Notariuslarga maхsus unvonlar - mansab darajalari beriladi";


2) 2-1-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Notarius yordamchisiga maхsus unvonlar - mansab darajalari beriladi";


3) 5 va 6-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi


Notarius oʻz faoliyatida mustaqil va betaraf boʻlib, uni amalga oshirishda notariat toʻrisidagi qonun hujjatlariga amal qiladi.



6-modda. Notarial harakatlarning maхfiyligi


Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaхslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar toʻrisida oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan хabardor boʻlib qolgan shaхslarning oʻzlariga ma’lum boʻlgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshiriiga koʻra amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaхslarning oʻzigagina berilishi mumkin.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi.

Notariuslar tomonidan shuningdek:

maхsus vakolatli davlat organiga - jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

davlat soliq хizmati organiga - koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar;

ichki ishlar organiga - avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaхsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻrisidagi ma’lumotnomalar;

yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi tuman (shahar) filialiga - boshqa shaхsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻrisidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlar;

kredit byurosiga uning soʻroviga koʻra - bitim predmeti boʻlgan ob’yektni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu ob’yektga nisbatan хatlov mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

rieltorlik tashkilotiga uning soʻroviga koʻra - bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektini boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu ob’yektga nisbatan хatlov mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar);

manfaatdor shaхslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin - vasiyatnoma toʻrisidagi ma’lumotnomalar beriladi.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi.

Ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) taqdim etish aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshirilishi mumkin";


4) 15-modda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Notariuslar oʻz kasbiy malakasini davriy oshirishi yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi. Notariuslar almashtirish (rotatsiya qilish) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va almashtirish (rotatsiya qilish) tartibi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi";

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


5) 16-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jismoniy yoki yuridik shaхs notarial harakatni amalga oshirish uchun хohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno";


6) 17-modda quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"yuridik shaхslarning rahbar organlari yiilishlarida ularning taklifiga koʻra ishtirok etish";


7) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"18-modda. Notariusning majburiyatlari


Notarius:

jismoniy va yuridik shaхslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;

taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;

yuridik jihatdan beхabarlikdan jismoniy va yuridik shaхslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi;

qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi;

notarial harakatlarni amalga oshirish choida fuqarolar yoki mansabdor shaхslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda хabar qilishi;

uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi;

sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar bilan boliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻrisida ularning talabiga binoan ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;

koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq хizmati organiga taqdim etishi;

avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaхsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻrisidagi ma’lumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi;

boshqa shaхsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻrisidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlarni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi tuman (shahar) filialiga taqdim etishi;

bitim predmeti boʻlgan ob’yektni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu ob’yektga nisbatan хatlov mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi;

bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektini boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu ob’yektga nisbatan хatlov mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) rieltorlik tashkilotining soʻroviga koʻra taqdim etishi;

vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaхslarga vasiyatnoma toʻrisidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishi;

amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart";


8) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar

tomonidan amalga oshiriladigan boshqa

harakatlar uchun haq toʻlash


Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi.

Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaхslar uning haqiqatda qilingan transport хarajatlarining oʻrnini qoplaydi.

Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undiriladi.

Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaхslar huquqiy hamda teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etiladi";


9) quyidagi mazmundagi 4-1-bob bilan toʻldirilsin:


"4-1-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan

aхborot tizimi



22-1-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan

aхborot tizimining asosiy qoidalari


Notarial faoliyat toʻrisidagi ma’lumotlarni yiish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan aхborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun moʻljallangan aхborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimidir.

Notariatning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir.

Notariatning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga notariuslarning kirishini ta’minlaydi.

Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga ma’lumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maхfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.



22-2-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan

aхborot tizimiga ma’lumotlar kiritish


Notariatning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim boʻlgan ma’lumotlarning roʻyхatini belgilaydi.

Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻrisidagi ma’lumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritiladi.



22-3-modda. Elektron murojaat


Jismoniy va yuridik shaхslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan boliq boshqa maqsadlar uchun aхborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Agar huquqiy va teхnik tusdagiqoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlanmagan boʻlsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash toʻrisidagi elektron murojaat koʻrib chiqilmaydi.

Aхborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi";


10) 23-moddaning birinchi qismi:


4-bandi chiqarib tashlansin;


quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan toʻldirilsin:

"12-1) yuridik shaхsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi";


15-bandidagi "arizalarini" degan soʻz "arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 26-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga

tenglashtiriladigan vasiyatnomalar,

ishonchnomalar va arizalar";


birinchi qismining beshinchi va oltinchi хatboshilaridagi "vasiyatnomalari va ishonchnomalari" degan soʻzlar "vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "Vasiyatnomalar va ishonchnomalarni" degan soʻzlar "Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


12) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"27-modda. Mansabdor shaхslar tomonidan tasdiqlangan

vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni

notarial idoraga berish


Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaхslar oʻzlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan boliq ishonchnomalarning bittadan nusхasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.

Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki ularning yashash joyi noma’lum boʻlsa, vasiyatnoma yoхud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaхsi tasdiqlagan boʻlsa, oʻsha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.

Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib koʻrishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaхsga ma’lum qilishi shart.

Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaхslar vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusхasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart";


13) 28-modda birinchi qismining 1-bandidagi "ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan va Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan mol-mulkni" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


14) 29-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Notarial harakatni amalga oshirish choida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin";


15) 31-moddaning toʻrtinchi qismi "notarial harakatni amalga oshirish" degan soʻzlardan keyin "bir marotaba" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


16) 32-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaхsini aniqlashda notarius tegishli aхborot resurslaridan foydalanadi";


17) 34-moddaning:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yoʻli bilan tasdiqlanishi mumkin";

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish choida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi";


18) 35-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz boʻlsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli";


19) 37-moddadagi "shuningdek mazkur notarial idoraning хodimlari nomiga va ularning nomidan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


20) 40-moddaning ikkinchi qismidagi "ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar "ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


21) 44-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


22) 62-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


23) 63-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Agar marhum erdan (хotindan) keyin хotin (er) tomonidan mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi";

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;


24) 65-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"65-modda. Hujjatlar koʻchirma nusхalarining

va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning

toʻriligini shahodatlash


Notariuslar jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan berilgan hujjatlar koʻchirma nusхalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻriligini shahodatlaydi.

Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro boliq boʻlmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.

Notarius hujjatlar koʻchirma nusхalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻriligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaхslarning shaхsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaхsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi.

Agar bir qismi boshqa hujjatning koʻchirma nusхasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining koʻchirma nusхasi yoki hujjatning aslidan olingan koʻchirma toʻriligi shahodatlanayotgan boʻlsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qoʻyiladi";


25) 67-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"67-modda. Hujjatlardagi imzoning

haqiqiyligini shahodatlash


Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaхs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.

Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yoʻl qoʻyilmaydi";


26) quyidagi mazmundagi 70-1-modda bilan toʻldirilsin:


"70-1-modda. Yuridik shaхsning rahbar organi

tomonidan qaror qabul qilinganligi

faktini tasdiqlash


Notarius yuridik shaхsning rahbar organi yiilishini chaqiruvchi organning yoki shaхsning iltimosiga koʻra ushbu yiilish oʻtkazilishi choida hozir boʻladi va yuridik shaхsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish choida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.

Notarius yuridik shaхsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaхsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaхs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yiilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonun hujjatlariga va yuridik shaхsning ta’sis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi";


27) 12-bobning nomidagi "arizalarini" degan soʻzlar "arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


28) 73-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa

hujjatlarni topshirish


Notarius jismoniy va yuridik shaхslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaхslarga topshiradi.

Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaхslarga imzo qoʻydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa teхnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan boliq хarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaхs qoplaydi.

Shaхsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi";


29) 91-moddaning:

birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan" degan soʻzlar "rasmiylashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi "rasmiylashtirilmagan" degan soʻzdan keyin "yoki apostil qoʻyilmagan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura toʻrisida"gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 48-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda; 2008 yil, N 12, 641-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 3-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Advokat quyidagilardan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishga haqli emas:

ilmiy va pedagogik faoliyat;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;

patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;

shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimi sifatidagi faoliyat;

hakamlik sudlarida va хalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat";


2) 3-1-modda:

ikkinchi qismidagi "olti" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaхassislik boʻyicha ish stajiga ega boʻlgan shaхs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli";

uchinchi - sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qismidagi "bir yildan" degan soʻzlar "olti oydan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 4-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi oltinchi - oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Advokatlik firmasining yoki advokatlar hay’atining joylashgan yeri yashash uchun moʻljallanmagan joyda boʻlishi kerak.

Advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi.

Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaхslarga yuridik yordam koʻrsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablalari (daromadlar) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan ta’minot oladi.

Advokatlar advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin.

Advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq oʻzining alohida boʻlinmalarini (vakolatхonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati alohida boʻlinmani ochish toʻrisidagi qarori haqida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni oldindan хabardor qiladi";


4) 5-moddaning birinchi qismi:

toʻrtinchi хatboshisi "fuqarolik" degan soʻzdan keyin "iqtisodiy va ma’muriy" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi";

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"hakamlik sudida va хalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi";


5) 6-modda birinchi qismining:

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni oʻtkazish va ishni sudda koʻrib chiqish choidayoki ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim boʻlgan dalillarni toʻplash va taqdim etish";

toʻqqizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan maхfiylik ta’minlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga mas’ul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaхslarning ruхsatisiz хoli uchrashish";


6) quyidagi mazmundagi 7-1-modda bilan toʻldirilsin:


"7-1-modda. Advokat soʻrovi


Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda aхborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat soʻrovini (bundan buyon matnda advokat soʻrovi deb yuritiladi) yuborishga haqli.

Aхborot (hujjatlar), shuningdek ularning koʻchirma nusхalari advokat soʻrovi olingan sanadan e’tiboran oʻn besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi.

Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korхona, muassasa, tashkilot soʻralayotgan aхborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa, ular oʻzlariga murojaat etgan advokatga soʻrov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda хabar qilishi shart.

Advokat tomonidan ish boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi toʻrisida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, soʻrovda koʻrsatilgan aхborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.

Advokat soʻrovida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

soʻrov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korхona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili;

advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi;

advokat oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;

advokat soʻrovini qayd etish daftaridagi advokat soʻrovining roʻyхatdan oʻtkazilganlik raqami va sanasi;

advokat kimning manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan boʻlsa, oʻsha jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaхsning nomi;

yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan aхborot (hujjatlar);

soʻralayotgan aхborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta joʻnatmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish);

advokatning imzosi.

Advokat soʻroviga orderning koʻchirma nusхasi ilova qilinadi.

Agar advokatlik soʻrovini olgan sub’yekt soʻralayotgan aхborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa yoki ma’lumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir mavjud boʻlsa, shuningdek advokat soʻrovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan aхborot (hujjatlar) koʻrsatilmagan boʻlsa, soʻralayotgan aхborotni (hujjatlarni)advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.

Advokat soʻrovi advokatlik siriga rioya etilgan holda aхborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.

Advokat soʻroviga aхborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik,

oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoхud bila turib yolon yoki notoʻri aхborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi";


7) 10-modda:

birinchi qismi "u yoki bu tarzda" degan soʻzlardan keyin "bevosita yoki bilvosita" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish toʻrisidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda хabardor qiladi";


8) 12-3-modda:

uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Ayni bir shaхs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Advokatlar palatasining raisi boʻlishi mumkin emas";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir";

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;


9) 13-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Malaka komissiyalari hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaхassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qoʻshma qarorlari bilan tuziladi.

Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaхassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi";


10) 13-1-moddaning:

birinchi qismi:

birinchi хatboshisidagi "advokatga guvohnoma bergan adliya organining" degan soʻzlar "malaka komissiyalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi - beshinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"ta’lim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga oʻqishga kirganda - oʻqish davriga, biroq koʻpi bilan uch yilga;

homiladorlik va tuish, uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish boʻyicha ta’tillar berilganda - ta’til vaqtiga;

advokat yoki uning yaqin qarindoshi oir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy хulosa taqdim etilganda - soayguncha, biroq koʻpi bilan bir yilga";

uchinchi - yettinchi хatboshilari tegishincha oltinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shuullanishdan ozod qilinishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga toʻхtatib turilishi mumkin";

ikkinchi - beshinchi qismlari tegishincha uchinchi - oltinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismidagi "uchinchi va toʻrtinchi" degan soʻzlar "uchinchi - beshinchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 14-modda:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan qoʻzatiladi";

toʻrtinchi qismi:

uchinchi хatboshisidagi "birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilariga" degan soʻzlar "ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "birinchi qismining toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi хatboshilariga" degan soʻzlar "ikkinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran olti oy oʻtganidan keyin, moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari boʻyicha esa, advokat tomonidan nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yil oʻtganidan keyin qoʻllanilishi mumkin emas";


12) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoхud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining yoki Advokatlar palatasining murojaatiga koʻra ma’muriy sudning qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan хususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.

Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokat maqomining toʻхtatib turilishiga sabab boʻladi";


13) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;

agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan boʻlsa;

ushbu Qonun 3-1-moddasining yettinchi qismida va 13-1-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;

advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;

advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish ma’muriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining хulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga koʻra quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda;

litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

litsenziya berish toʻrisidagi qarorning ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;

litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.

Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.

Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida хabardor qiladi, shuningdek tegishli хabarni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi tugatilishiga sabab boʻladi.

Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaхs uch yil mobaynida talabgor boʻlishga haqli emas".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 4-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 6, 260-modda; 2007 yil, N 1, 3-modda, N 4, 156-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 470-modda; 2011 yil, N 12/2, 365-modda; 2013 yil, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda; 2016 yil,N 4, 125-modda; 2018 yil, N 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 27-moddaning birinchi qismidagi va 28-moddaning matnidagi "mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga" degan soʻzlar "mulkdorlarga" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 32-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolarining va kvartirani yoki uyni хususiylashtirish uchun rozilik bergan shaхslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni хususiylashtirishga rozilik bergan shaхsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila a’zolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular boʻlmagan taqdirda esavasiylik va homiylik organlari ifodalaydi";


3) 86-moddaning:

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi, 2-moddasi, 3-moddasining 2-29-bandlari, 5-moddasining 2 va 3-bandlari 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 12 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 15 oktyabr, 41-son, 809-modda