Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.10.2018 y. OʻRQ-498-son "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarigaoʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 21.09.2018 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.09.2018 y. maqullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.10.2018 y

N OʻRQ-498



FUQAROLAR YIINI RAISI (OQSOQOLI)

SAYLOVI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM

QONUN HUJJATLARIGAOʻZGARTIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 21 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda ma’qullangan


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda, N 12/1, 343-modda; 2014 yil, N 4, 85-modda; 2017 yil, N 4, 135-modda, N 5, 201-modda, N 8, 383-modda) 105-moddasining birinchi qismidagi "ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini" degan soʻzlar "raisni (oqsoqolni)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 22 aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, N 4, 96-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 12, 383-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 21-moddaning:

beshinchi qismidagi "va ularning maslahatchilari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oltinchi qismidagi "va mahallalardagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"23-modda. Fuqarolar yiinining raisini

(oqsoqolini) saylash


Fuqarolar yiinining raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanadi.

Fuqarolar yiinining raisini (oqsoqolini) saylash tartibi qonunda belgilanadi".


3-modda. Fuqarolar yiini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida oʻtkazilsin.

Fuqarolar yiinlari amaldagi raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining vakolatlari muddati 2019 yil may oyida fuqarolar yiinlarining yangi raislari (oqsoqollari) saylanguniga qadar uzaytirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 16 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 16 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 22 oktyabr, 42-son, 823-modda