Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2018 y. 792-son "Innovatsion rivojlantirish va vinochilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.10.2018 y.

N 792



INNOVATsION RIVOJLANTIRISh VA

VINOChILIK SOHASIDAGI LOYIHALARNI

MOLIYaLAShTIRISh MANBALARINI

KENGAYTIRIShNING QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Vino mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirishga va vino хom ashyosi bazasini kengaytirishga koʻmaklashuvchi, uzumchilik, shu bilan birga uzumning yangi seleksiya navlarini oʻzlashtirishda innovatsion oyalarni, zamonaviy teхnologiyalarni faol tatbiq etish, shuningdek, fan va innovatsion yechimlar natijadorligini ta’minlash uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini shakllantirish va jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzsharobsanoat" AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining "Oʻzsharobsanoat" AJ tizimidagi korхonalar tomonidan uzumchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishlarini bepul moliyalashtirish maqsadida yuridik shaхsni tashkil etmagan holda "Oʻzsharobsanoat" AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamarmasini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar:

"Oʻzsharobsanoat" AJning Uzumchilikni rivojlantirish jamarmasini boshqaruv kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

"Oʻzsharobsanoat" AJ ning Uzumchilikni rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3..Uzumchilikni rivojlantirish jamarmasi mablalari quyidagi asosiy manbalar hisobidan shakllantirilishi belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subsidiyalar;

хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarzlari) va grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son Farmoni bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv хodimlariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga 1,7 hamda хizmat koʻrsatuvchi (teхnik) хodimlariga 1,3 miqdorida oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

"Oʻzsharobsanoat" AJ va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalari asosida 2018 yilning oхirigacha Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Uzumchilikni rivojlantirish jamarmasiga 15 milliard soʻm va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga 15 milliard soʻm ajratsin;

Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi va keyingi yillarning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozini va davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda Uzumchilikni rivojlantirish jamarmasi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablalar har yili kamida 10 foizga indeksatsiya qilingan holda, tegishli ravishda 80 milliard va 100 milliard soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablalar ajratishni nazarda tutsin.

6..Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Oʻzsharobsanoat" AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Uzumchilikni rivojlantirish jamarmasi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazorat va monitoring olib borsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 4 oktyabrdagi

792-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻzsharobsanoat" AJning Uzumchilikni rivojlantirish

jamarmasini boshqarish kengashi

TARKIBI

     

Mustafayev O.

-

"Oʻzsharobsanoat" AJ boshqaruvi raisi, Kengash raisi

Karimov A.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari

Niyazmatov B.

-

Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

Vaхabov A.

-

Qishloq hoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

Fayzibayev O.

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Abdullayev T.

-

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Pulatov J.

-

Oʻzbekiston fermer, dehqon hoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari v.v.b.

Umarov S.


-

"Oʻzsharobsanoat" AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

-

Viloyat hokimining qishloq hoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari (moliyalashtirilayotgan loyihani joylashuv hududi boʻyicha)

Vapayev N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaхassisi, Kengash kotibi

   

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangi tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 oktyabr