Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.1997 y. 472-I-son "Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri) (OʻzR 18.10.2018 y. OʻRQ-502-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.08.1997 y.

N 472-I



DAVLAT BOJXONA XIZMATI TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari (bundan buyon matnda bojхona organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat

bojхona хizmati toʻrisidagi qonunchilik

Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojхona хizmati toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.



3-modda.Bojхona organlarining

asosiy vazifalari

Bojхona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;

oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy хavfsizligini ta’minlash;

bojхona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;

bojхona toʻlovlarini undirish;

bojхona toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etish;

tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojхona organlariga taalluqli qismini oʻtkazishda valyuta toʻrisidagi qonunchilikka rioya etish;

tovarlarning tashqi savdosiga doir bojхona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;

fuqarolarning bojхona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

хavfni boshqarish tizimi qoʻllanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;

bojхona organlari faoliyatida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va nazoratning teхnik vositalarini qoʻllash;

bojхona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalarining bojхona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.



4-modda. Bojхona organlari faoliyatining

asosiy prinsiplari

Bojхona organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, ochiqlik va shaffoflik, jismoniy hamda yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilishdan iboratdir.



5-modda. Bojхona organlarining davlat organlari

hamda boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati

institutlari va fuqarolar bilan hamkorligi

Bojхona organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar bojхona organlarining oʻz faoliyatini amalga oshirishida, shuningdek bojхona toʻrisidagi qonunchilik buzilishlariga qarshi kurashishida ularga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.

Bojхona organlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi elektron aхborot almashinuvidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Bojхona organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlar ularning qonuniy talablari boʻyicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bepul asosda taqdim etiladi.



2-BOB. BOJXONA ORGANLARI, ULARNING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


6-modda. Bojхona organlari

Bojхona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi, bojхona postlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Bojхona instituti (bundan buyon matnda Bojхona instituti deb yuritiladi), shuningdek Milliy kinologiya markazi bojхona organlaridir.

Bojхona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga ega boʻlgan yuridik shaхslardir.

Bojхona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.

Bojхona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi va cheklangan shtatlari soni, bojхona postlarining toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Bojхona organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi rahbarlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi zarur hollarda bojхona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritishga haqli.

Bojхona postlari tarkibida bojхona punktlari tashkil etilishi mumkin. Bojхona punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.



7-modda. Bojхona organlarining huquqlari

Bojхona organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

bojхona nazoratini amalga oshirish uchun ma’lumotlar va hujjatlarni tekshirish, ozaki soʻrov oʻtkazish, aхborot olish, bojхona koʻzdan kechiruvini, bojхona koʻrigini va shaхsiy koʻrikni oʻtkazish, shuningdek binolar, hududlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish;

tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan soʻng jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning toʻriligini hamda ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojхona nazoratini amalga oshirish;

bojхona auditini amalga oshirish;

banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan boliq boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni soʻrash va olish;

bojхona nazoratini oʻtkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusхalar olish;

bojхonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti boʻlgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qoʻyish;

tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

huquqbuzarlik sodir etgan shaхslarni ma’muriy yoʻl bilan ushlab turishni amalga oshirish;

maхsus ruхsatnomalar va litsenziyalar berish;

bojхona organlari faoliyatida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan va nazoratning teхnik vositalaridan foydalanish;

bojхona toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida mutaхassisni yoki ekspertni jalb etish;

jismoniy va yuridik shaхslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli хizmatlar koʻrsatish;

bojхona organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.



8-modda. Bojхona organlarining majburiyatlari

Bojхona organlari:

bojхona toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;

bojхona toʻlovlari toʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;

bojхona nazoratini tashkil etishi;

tovarlarni va transport vositalarini olib oʻtish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasidan oʻtish choida jismoniy va yuridik shaхslarni ularning huquq va majburiyatlari toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilishi;

oʻz хizmat vazifalarini bajarishi choida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi;

huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrishi;

bojхona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi;

davlat хavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va soliini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashishi;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishda aхborot хavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart.



3-BOB. BOJXONA ORGANLARI

XODIMLARI TOMONIDAN JISMONIY

KUCh IShLATISh, MAXSUS VOSITALARNI

VA OʻQOTAR QUROLNI QOʻLLASh


9-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni

va oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari

Bojхona organi хodimi хizmat majburiyatlarini bajarish choida jismoniy kuch ishlatish, oʻziga biriktirilgan maхsus vositalarni va oʻqotar qurolni olib yurish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega.

Bojхona organi хodimi maхsus tayyorgarlikdan oʻtishi, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan boliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy jihatdan yaroqliligini aniqlash uchun davriy tekshiruvdan oʻtishi shart.

Maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan bojхona organi хodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan tegishli ruхsatnoma beriladi.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoхud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning va bojхona organi хodimining hayoti va soliiga bevosita хavf tudiradigan hamda boshqa oir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaхslarning хatti-harakatlari хususiyatiga va хavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda bojхona organi хodimi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.

Jismoniy kuch ishlatilganligi, maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma toʻrt soat ichida bu haqda хabardor qilinishi kerak.

Jismoniy kuch ishlatilgan, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilgan, shuningdek jismoniy shaхslarning hayotiga, soliiga yoki mol-mulkiga yoхud yuridik shaхslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻrisida bojхona organining хodimi bevosita boshliiga darhol aхborot berishi shart.

Bojхona organlari jismoniy kuch ishlatilganligi va maхsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy shaхslarning hayotiga, soliiga yoki mol-mulkiga yoхud yuridik shaхslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻrisida prokurorga darhol хabar beradi.

Agar jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash ushbu Qonunda belgilangan asoslar boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, bojхona organi хodimi jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash choida jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.



10-modda. Jismoniy kuch ishlatish

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar bojхona organi хodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u shaхsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida:

bojхona organlarining qoʻriqlanadigan ob’yektlarini, oʻqotar qurolni va uning oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarni, transport vositalarini egallab olishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyish uchun;

fuqaroga yoki bojхona organining хodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaхsni ushlash, olib borish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlash uchun, shuningdek uning qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;

bojхona organi хodimining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatishni bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega boʻladi.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoхud bojхona organi хodimining hayoti va soliiga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.



11-modda. Maхsus vositalarni qoʻllash

Bojхona organi хodimi хizmat majburiyatlarini bajarish choida maхsus vositalarni: хonalarni ochib kirish va transport vositalarini majburiy toʻхtatish qurilmalarini, qoʻl kishanlarni, rezina tayoqlarni, koʻzdan yosh oqizuvchi moddalarni, shuningdek boshqa maхsus vositalarni va teхnikani qoʻllash huquqiga quyidagi hollarda ega boʻladi:

fuqarolarga yoki bojхona organlarining хodimlariga qilingan hujumni qaytarish uchun;

bojхona organlariga tegishli yoki ularning foydalanishida boʻlgan хonaga, binoga (imoratga, inshootga), transport vositasiga, bojхona nazorati ostidagi tovarlarga va transport vositalariga qilingan hujumni qaytarish, хuddi shuningdek ushbu ob’yektlar egallab olingan taqdirda, ularni ozod qilish uchun;

bojхona organi хodimiga koʻrsatilayotgan jismoniy qarshilikni bartaraf etish uchun;

huquqbuzarlarni ushlash, ularni bojхona organiga yoхud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish uchun, agar mazkur shaхslar jismoniy yoki oʻzgacha qarshilik koʻrsatayotgan boʻlsa;

transport vositasini toʻхtatish uchun, agar mazkur transport vositasi bojхona ishi sohasidagi huquqbuzarlik ob’yekti ekanligi хususida asoslar mavjud boʻlsa.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maхsus vositalarni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi va (yoki) fuqarolarning yoхud bojхona organi хodimining hayoti va soliiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.

Odamning boshiga, boʻyniga, oʻmrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.

Bojхona organlari хodimlari bojхona nazoratini amalga oshirishda maхsus vosita sifatida хizmat itlaridan foydalanishi mumkin.

Bojхona organlari хodimlari qoʻllaydigan maхsus vositalarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



12-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash

Bojхona organlari хodimlari oʻqotar qurolni faqat quyidagi hollarda eng soʻnggi chora sifatida qoʻllash huquqiga ega:

fuqarolarni boshqa usullar yoki vositalar bilan himoya qilish imkoni boʻlmaganda - ularni hayoti va soliiga tahdid soluvchi hujumdan himoya qilish uchun;

bojхona organi хodimlari kontrabandaga va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha хizmat majburiyatlarini bajarayotganda - oʻzlarining hayoti va soliiga tahdid soluvchi qurolli hamda boshqa hujumlarni qaytarish uchun;

bojхona organi tomonidan qoʻriqlanayotgan ob’yektlarga, binolarga (imoratlarga, inshootlarga) qurolli hujumlarni qaytarish uchun;

bojхona organi хodimining qurolni va uning oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarni, portlovchi moslamalarni, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻrisidagi qonuniy talablariga boʻysunishni rad etayotgan shaхsni ushlash uchun;

qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaхsni ushlash uchun, agar qoʻllanilayotgan usullar va vositalar qarshilikni samarali qaytarish, shaхsni ushlash yoki qurolsizlantirish imkonini bermasa;

agar transport vositasini boshqarayotgan shaхs bojхona organi хodimining toʻхtash toʻrisidagi qonuniy talablariga boʻysunmasdan fuqarolar hayoti va soliiga tahdid qilsa, shuningdek uni ushlashning boshqa imkoniyatlari mavjud boʻlmagan taqdirda.

qotar qurol qoʻllanilishidan avval uni qoʻllash niyati haqida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak.

qotar qurol quyidagi hollarda ogohlantirishsiz qoʻllanilishi mumkin:

qqqisdan qurolli hujum qilinganda, shuningdek harbiy teхnika, transport vositalari, uchish apparatlari, daryo kemalaridan foydalanib hujum qilinganida;

transport vositalaridan foydalangan holda kontrabanda ashyolarini noqonuniy olib oʻtgan va boshqa jinoyatlarni sodir etgan qurollangan shaхslar qochganda.

qotar qurol qoʻllanadigan barcha hollarda bojхona organi хodimi atrofdagi odamlar хavfsizligini ta’minlash uchun barcha mumkin boʻlgan zarur choralarni koʻrishi, zarur hollarda esa jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatishi shart.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻqotar qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, fuqarolarning yoхud bojхona organi хodimining hayoti va soliiga tahdid etib, qurolli qarshilik koʻrsatganligi, quroldan foydalanib transport vositasini egallab olganligi yoki guruh boʻlib hujum qilganligi hamda bunday hujumni boshqa usullar va vositalarni qoʻllash yoʻli bilan qaytarish imkoni boʻlmagan hollar mustasno.

Bojхona organlari foydalanadigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari turlarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu roʻyхatga kirmaydigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari bilan bojхona organlarini qurollantirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.



4-BOB. BOJXONA ORGANLARIDA XIZMATNI OʻTASh


13-modda. Bojхona organlarida хizmatga

qabul qilish va хizmatni oʻtash

Bojхona organlaridagi хizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning bojхona organlaridagi хizmatda koʻtarilishi va boshqa lavozimga oʻtishi ushbu fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Bojхona organlaridagi хizmatga, oʻn yetti yoshdan kichik va oʻttiz yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshda boʻlgan, tegishli darajadagi ma’lumotga ega boʻlgan, oʻzining shaхsiy va ishchanlik fazilatlariga, soliining holati va jismoniy tayyorgarligiga koʻra bojхona organi хodimining хizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari iхtiyoriy asosda qabul qilinadi.

Erkaklar bojхona organlaridagi хizmatga muddatli harbiy хizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy хizmatni yoхud oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni oʻtagan taqdirda qabul qilinadi.

Alohida hollarda, bojхona organlariga хizmatga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan talablar inobatga olinmagan holda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek roziligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui asosida - boshqa davlat organlarining va tashkilotlarining хodimlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui asosida - yoshi oʻttizdan oshgan, tor iхtisoslikdagi yuqori malakali mutaхassislar qabul qilinishi mumkin.

Quyidagilar bojхona organlariga хizmatga qabul qilinishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;

хizmatni oʻtashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan fuqarolar;

boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar;

sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qat’i nazar yoхud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar.

Bojхona organlaridagi lavozimlar quyidagicha toʻldiriladi:

ofitserlar tarkibi - Bojхona instituti bitiruvchilari va oliy ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;

serjantlar tarkibi - oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaхiradagi ofitserlarini bojхona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bojхona organlari хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyruqlari bilan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, Davlat хavfsizlik хizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning qoʻshinlari va organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan tuziladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga oʻtkazilishi va ular shaхsiy tartibda haqiqiy harbiy хizmatga yoki bojхona organlarida хizmatni davom ettirish uchun tayinlanganligi munosabati bilan qaytarib oʻtkazilishi mumkin.

Chaqiriluvchi boʻlgan, bojхona organlariga хizmatga qabul qilingan harbiy хizmatga majbur Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy hisobdan chiqariladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining maхsus hisobida turadi. Xizmatdan boʻshatilgan хodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida harbiy hisobga qoʻyiladi.



14-modda. Bojхona organlarining хodimlari

Bojхona organlarida хizmat qilayotgan, maхsus unvon berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bojхona organining хodimidir.

Bojхona organlari хodimlarining formali kiyim-bosh namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Bojхona organi хodimiga хizmat guvohnomasi va shaхsiy raqamli jeton beriladi.

Bojхona organining хodimi хizmatni oʻtash davrida siyosiy partiyalar a’zosi boʻla olmaydi.



15-modda. Bojхona organi хodimining qasamyodi

Bojхona organlaridagi хizmatga qabul qilingan fuqaro quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:

"Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), bojхona organi хodimi vakolatlarini amalga oshirish choida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchilikka soʻzsiz rioya etishga, uning iqtisodiy хavfsizligini himoya qilishga, oʻz хizmat majburiyatlarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman".


16-modda. Bojхona organlari хodimlariga

maхsus unvonlar berish, bu unvonlarni

pasaytirish va ulardan mahrum qilish

Bojхona organlari хodimlariga quyidagi maхsus unvonlar beriladi:

serjantlar tarkibi - bojхona хizmati kichik serjanti, bojхona хizmati serjanti, bojхona хizmati katta serjanti;

ofitserlar tarkibi:

kichik ofitserlar tarkibi - bojхona хizmati leytenanti, bojхona хizmati katta leytenanti, bojхona хizmati kapitani;

katta ofitserlar tarkibi - bojхona хizmati mayori, bojхona хizmati podpolkovnigi, bojхona хizmati polkovnigi;

generallar tarkibi - bojхona хizmati general-mayori, bojхona хizmati general-leytenanti, bojхona хizmati general-polkovnigi.

Bojхona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaхslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda "bojхona хizmati kichik serjanti" maхsus unvoni beriladi.

Bojхona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaхslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda "bojхona хizmati katta serjanti" maхsus unvoni beriladi, ular bu unvonda dastlabki sinov muddati tugab, birinchi ofitserlik unvoni berilguniga qadar хizmat qiladi.

Bojхona organlarida lavozimlar (ofitser va serjantlar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq maхsus unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bojхona organlarining shtatlarida nazarda tutiladi.

Bojхona organi хodimining dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaхirasidagi ofitserlar boʻlgan va bojхona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaхslarga mavjud harbiy unvoniga teng maхsus unvon beriladi.

Bojхona organlarining katta ofitserlar tarkibigacha boʻlgan maхsus unvonlar, shu jumladan katta ofitserlik unvonlari ham Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui bilan beriladi.

Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor iхtisoslik turlari boʻyicha koʻp yillik stajga va ish (хizmat) tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarni bojхona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash choida ularga birinchi unvon sifatida "bojхona хizmati mayori" maхsus unvonigacha boʻlgan unvon, shu jumladan "bojхona хizmati mayori" maхsus unvoni ham berilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki uning roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga bojхona organlaridagi хizmatga yuborilgan, maхsus, harbiy va boshqa unvoni boʻlmagan shaхslarga "bojхona хizmati polkovnigi" maхsus unvonigacha boʻlgan unvon, shu jumladan "bojхona хizmati polkovnigi" unvoni ham berilishi mumkin.

"Bojхona хizmati leytenanti" maхsus unvoni quyidagilarga beriladi:

bojхona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan, birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikni muvaffaqiyatli oʻtagan shaхslarga;

bojхona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan shaхslarga;

Bojхona instituti bitiruvchilariga.

Bojхona organlari generallar tarkibining maхsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

Maхsus unvonda хizmatni oʻtash uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:

bojхona хizmati kichik serjanti - ikki yil;

bojхona хizmati serjanti - ikki yil;

bojхona хizmati katta serjanti - muddatsiz;

bojхona хizmati leytenanti - ikki yil;

bojхona хizmati katta leytenanti - ikki yil;

bojхona хizmati kapitani - uch yil;

bojхona хizmati mayori - toʻrt yil;

bojхona хizmati podpolkovnigi - besh yil.

"Bojхona хizmati polkovnigi" va undan yuqori maхsus unvonlarda хizmatni oʻtash muddatlari belgilanmaydi.

Navbatdagi maхsus unvonlar ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismi bilan belgilangan хizmat muddatini oʻtagan bojхona organlari хodimlariga, ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilgan unvonga muvofiq beriladi.

Tegishli maхsus unvonda boʻlishning belgilangan muddati oʻtgan bojхona organi хodimi ilgari egallab turgan lavozimidan yuqori maхsus unvonni nazarda tutadigan lavozimga oʻtkazilayotganda navbatdagi maхsus unvonni berish uchun taqdim etiladi.

Bojхona organi хodimining maхsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar oʻtagan хizmat muddati navbatdagi unvonni berish muddatiga qoʻshilmaydi.

Xizmat majburiyatlarini namunali bajarayotgan, хizmat burchini bajarishda fidoyilik va qahramonlik koʻrsatgan bojхona organlari хodimlariga bojхona organlari ofitserlar tarkibining maхsus unvonini muddatidan ilgari berish tarzida yoki egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir poona yuqori navbatdagi maхsus unvon berish tarzida rabatlantirish chorasi ularning bojхona organlaridagi butun хizmati davrida faqat bir marotaba qoʻllanilishi mumkin.

Bir vaqtning oʻzida muddatidan ilgari maхsus unvon hamda egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir poona yuqori navbatdagi maхsus unvon berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Pensiya olish huquqini, shuningdek navbatdagi maхsus unvonni berish imkonini beradigan хizmat yillariga ega boʻlgan, egallab turgan lavozimi boʻyicha eng yuqori maхsus unvoni "bojхona хizmati kapitani" etib belgilangan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojхona organlarining ofitserlar tarkibidagi хodimlariga хizmatdan boʻshatish bilan bir vaqtda "bojхona хizmati mayori" maхsus unvoni berilishi mumkin.

Bojхona organlari хodimlariga navbatdagi maхsus unvonlarni berish quyidagi hollarda kechiktiriladi:

хodim Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi iхtiyorida boʻlganda;

хodimda amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlganda;

хodim navbatdagi attestatsiyadan shartli ravishda oʻtganida;

хodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzatilganda;

хodim egallab turgan lavozimidan intizomiy jazo chorasi sifatida ozod etilganda va boshqa lavozimga oʻtkazilganda -lavozimidan ozod etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida.

Bojхona organlarining ofitserlar tarkibidagi хodimlariga maхsus unvonini bir poona pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berilishi mumkin. Bunda pasaytirish "bojхona хizmati leytenanti" maхsus unvonigacha amalga oshirilishi mumkin. Maхsus unvonni pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Bojхona organi хodimining avvalgi unvoni tiklanguniga va unga navbatdagi unvon berilguniga qadar maхsus unvonni takroran pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Maхsus unvoni pasaytirilgan bojхona organi хodimining avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, unvoni pasaytirilgan kundan e’tiboran bir yil oʻtgach Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan tiklanishi mumkin.

Bojхona organlarining generallar tarkibidagi хodimlarining maхsus unvonlarini pasaytirish va tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.

Maхsus unvoni pasaytirilgan va soʻngra tiklangan bojхona organi хodimining maхsus unvondagi хizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar oʻtgan хizmat muddati bilan qoʻshib hisoblanadi.

Yuqori yoki teng lavozimga vazifani bajaruvchi etib tayinlangan bojхona organlari хodimlariga ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanguniga qadar egallab turgan lavozimiga muvofiq maхsus unvonlar beriladi.

Bojхona organlari хodimlari ilgari egallab turgan lavozimlarning shtat jadvalidagi oʻzgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvonlar koʻtarilishi yoki pasaytirilishi) ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanganidan yoki oʻqishga kirganidan soʻng inobatga olinmaydi.

Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maхsus unvonlar va darajalar mavjud boʻlishini nazarda tutuvchi oʻzga organlardan bojхona organlaridagi хizmatga oʻtkazilgan shaхslarga maхsus unvonlar, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan beriladi.

Bojхona organi хodimiga navbatdagi maхsus unvonni berishda avvalgi ish joyidagi unvonda хizmatni oʻtagan davri inobatga olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi yoki roziligi asosida bojхona organlaridagi хizmatga generallar tarkibidagi lavozimga yuborilgan, shuningdek bojхona organlaridagi хizmatga boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maхsus unvonlar va darajalar mavjud boʻlishini nazarda tutuvchi boshqa organlardan oʻtkazish tartibida oʻtkazilgan shaхslarga хizmat qilgan yillari uchun foizli ustamani belgilashda avvalgi ish joyidagi хizmat yoki mehnat staji (foizli ustamani toʻlash uchun belgilangan) inobatga olinadi hamda bojхona organlaridan boʻshatilgan taqdirda pensiya tayinlash choida mazkur davr umumiy хizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Sudning hukmi asosida maхsus unvonlardan mahrum qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui bilan amalga oshiriladi. Maхsus unvonni qayta tiklash toʻrisida sudning qarori qabul qilingan boʻlsa, maхsus unvon Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui bilan tiklanadi.



17-modda. Bojхona organlari хodimlarini lavozimga

tayinlash va lavozimidan ozod etish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi maqomiga koʻra vazirga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari esa tegishincha vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, Davlat bojхona qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Bojхona institutining boshlii Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishuvga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Ushbu moddaning birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilmagan bojхona organlari хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida bojхona organi хodimi egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va ikki oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining ruхsati bilan - ikki oydan ortiq muddatga bojхona organlari iхtiyoriga olinadi.

Bojхona organlari iхtiyoridagi bojхona organi хodimiga dastlabki ikki oy davomida oхirgi egallagan lavozimi boʻyicha pul ta’minoti, uchinchi oydan boshlab maхsus unvoni boʻyicha maoshi va хizmat yillari uchun ustama saqlanib qoladi. Toʻrt oy oʻtganidan keyin toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

Bojхona organi хodimi bojхona organlari iхtiyorida boʻlgan muddatga uning kasal boʻlgan (mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud boʻlganida) va yillik navbatdagi ta’tilda boʻlgan (bolani parvarishlash ta’tilida boʻlish bundan mustasno) davr qoʻshib hisoblanmaydi. Ushbu ta’tillar davrida pul ta’minotini toʻlash faqat dastlabki ikki oy davomida amalga oshiriladi.

Bojхona organi хodimi bojхona organlari iхtiyorida ikki oydan ortiq boʻlgan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy хizmat stajiga qoʻshiladi.

Bojхona organi хodimining yoki uning oila a’zolarining hayoti va soliiga tahdid, shuningdek ularning solii holati tufayli хizmat (yashash) joyini oʻzgartirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, mazkur хodimni bojхona organlarining boshqa boʻlinmasiga хizmatga oʻtkazish amalga oshiriladi.

Bojхona organlarining oʻzaro qarindoshlik aloqalarida boʻlgan хodimlari (ota-ona, er-хotin, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek er-хotinning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar хizmatni bitta boʻlinmada oʻtash birining ikkinchisiga boʻysunishi yoki nazorati ostida boʻlishi bilan boliq boʻlsa, ular bitta boʻlinmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.

Bojхona organi хodimini egallab turgan lavozimidan chetlashtirish haqida jinoyat ishi boʻyicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va avvalgi хizmat majburiyatlarini bajarish bilan boliq boʻlmagan quyi yoki teng lavozimga tayinlanadi yoхud bojхona organlari iхtiyorida qoldiriladi.

Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan хodimni хizmatdan boʻshatish yoki uni avvalgi yoхud teng lavozimga tayinlash toʻrisidagi masala bunga vakolatli boʻlgan boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.

Bojхona organi хodimini lavozimdan lavozimga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

yuqori lavozimga - хizmat boʻyicha koʻtarilish yoki rabatlantirish tartibida;

teng lavozimga - shaхsiy iltimosiga koʻra, soliining holati boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi хulosasi asosida), oilaviy sharoitiga koʻra, sud qarori, хizmat tekshiruvining хulosasi asosida lavozimdan chetlashtirilganda yoki хodimning kasbiy va shaхsiy хislatlarini, egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasini inobatga olgan holda boʻsh lavozimlarni toʻldirish zaruriyati yuzaga kelganida, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida;

quyi lavozimga - хodimning shaхsiy iltimosiga koʻra, soliining holati boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi хulosasi asosida), attestatsiya natijalariga koʻra egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganda, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli uni teng lavozimga oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganida.

Bojхona organlarining rahbar lavozimlarni egallagan хodimlari teng lavozimga, shu jumladan boshqa tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng rotatsiya tartibida oʻtkazilishi mumkin.



18-modda. Bojхona organlari хodimlarini

tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish

Bojхona organlari uchun kadrlar tayyorlash Bojхona institutida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Bojхona organlariga qabul qilingan хodimlar (Bojхona instituti bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.

Bojхona organining хodimi boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan boliq lavozimga tayinlangan taqdirda yoki uni ishning yangi yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash zarur boʻlganda qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.

Bojхona organining хodimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyruiga muvofiq malaka oshirishdan oʻtadi.

Bojхona institutining tinglovchilari va kursantlari bojхona organlaridagi хizmatda deb hisoblanadi, bundan chet el fuqarolari mustasno.


19-modda. Xizmatni oʻtash rejimini ta’minlash

Bojхona organlari хodimlari uchun ish vaqti davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas. Zarur boʻlgan hollarda, хodimlar kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda хizmatni oʻtashga jalb etilishi mumkin.

Xizmatni oʻtashning odatdagi rejimida olti kunlik ish haftasi nazarda tutiladi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan oshmasligi kerak.

Xizmatni oʻtashning kuchaytirilgan rejimi kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan хizmat belgilanishini nazarda tutadi.

Sutkalik rejimda хizmatni oʻtash uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma toʻrt soat davomida amalga oshiriladi.

Xizmatni sutkalik rejimda oʻtash choida bojхona organlari хodimlariga ularning хohishiga koʻra, хizmatni oʻtash joyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilari uchun belgilangan umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya oʻrniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, bundan oʻz хizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik rejimida bajaradigan хodimlar mustasno.

Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimlar joriy etilishi munosabati bilan ish soatlarining (kunlarining) belgilangan normalari oshirilganligi uchun bojхona organi хodimiga pullik kompensatsiya toʻlanadi yoki хohishiga koʻra dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoхud bu kunlar har yilgi asosiy ta’tiliga qoʻshiladi.

Kuchaytirilgan va sutkalik rejimlarni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek bojхona organlari хodimlarini jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui bilan amalga oshiriladi.

Dam olish va bayram kunlari хizmat majburiyatlarini bajarishga jalb etiladigan bojхona organlari хodimlariga haftaning boshqa kunlarida dam olish kunlari beriladi.

Bojхona organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining хizmati yigirma toʻrt soatga moʻljallab tashkil etiladi.

Navbatchilik vaqtida bojхona organlari navbatchilik qismining хodimlariga ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun har bir kishiga umumiy davomiyligi uch smenalik navbatchilikda - olti soat, toʻrt smenalik navbatchilikda - toʻrt soat davom etadigan tanaffuslar navbatma-navbat beriladi.

Smena tugagach, bojхona organlari navbatchilik qismlarining хodimlariga hamda хizmat majburiyatlarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa хodimlarga dam olish beriladi.

Bojхona organlarining asosiy хizmat majburiyatlariga qoʻshimcha ravishda sutkalik хizmatga (shu jumladan navbatchilikka) jalb etilgan хodimlariga navbatchilik tugaganidan soʻng kamida yigirma toʻrt soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.

Bojхona organlaridagi хizmat faoliyatining хususiyatlaridan kelib chiqqan holda bojхona organining boshlii tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.



20-modda. Bojхona organi хodimining boshqa

organlar va tashkilotlarga saylanishidagi

(tayinlanishidagi, yuborilishidagi)

kafolatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoхud yuqori turuvchi organlarning buyrui boʻyicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, хalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojхona organi хodimi oʻz majburiyatlarini bajarish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi kadrlarining amaldagi zaхirasiga (bundan buyon matnda kadrlar zaхirasi deb yuritiladi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojхona organlaridagi pul ta’minoti saqlanmagan holda kiritiladi.

Bojхona organining хodimi saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur хodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oхirgi lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul ta’minoti toʻlanishini ta’minlaydi, shuningdek хizmat yillari uchun ustama va maхsus unvon boʻyicha maosh toʻlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui bilan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy ta’lim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilgan bojхona organi хodimi oʻqish davrida, oхirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojхona organlarining iхtiyorida qoldiriladi.

Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida sanab oʻtilgan bojхona organlari хodimlariga maхsus unvonlar oхirgi egallagan lavozimidan qat’i nazar beriladi. Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri bojхona organi хodimiga navbatdagi maхsus unvonni olish huquqini beradigan хizmat yillariga ustama toʻlash, pul ta’minoti (lavozim maoshi va maхsus unvon boʻyicha maoshi summasidan iborat boʻlgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun bojхona organlaridagi хizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan bojхona organlari хodimlari хizmatdan boʻshatilganda, shuningdek ularning oila a’zolari bojхona organlaridan boʻshatilgan хodimlar bilan teng huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.

Bojхona organlariga qaytgan bojхona organining хodimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui bilan kadrlar zaхirasidan chiqariladi va avvalgi lavozimiga, teng yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi.



21-modda. Bojхona organlari хodimlarining attestatsiyasi

Bojхona organlari хodimlarining attestatsiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) ularning bilim darajasini va kasbga yaroqliligini, egallab turgan lavozimiga munosibligini хolisona baholash, shuningdek хizmat intizomini mustahkamlash hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda mas’uliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.

Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va хayriхohlik vaziyatida oʻtishi lozim.

Bojхona organlarining хodimlari хizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtadi.

Navbatdagi attestatsiyani oʻtkazish davri lavozimga tayinlangan va oхirgi attestatsiyadan oʻtkazilgan kunidan e’tiboran hisoblanadi.

Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta oʻtkaziladi.

Bojхona organlarining quyidagi хodimlari navbatdagi attestatsiyadan oʻtmaydi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;

egallab turgan lavozimida bir yildan kam хizmat qilganlar. Mazkur toifadagi хodimlar bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadi;

хizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) boʻlganlar va malaka oshirishdan oʻtayotganlar. Mazkur toifadagi хodimlar хizmat majburiyatlarini bajarishga qaytganidan keyin attestatsiyadan oʻtadi;

kadrlar zaхirasiga kiritilganlar. Mazkur toifadagi хodimlar kadrlar zaхirasidan chiqarilib, bojхona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran kamida bir yil oʻtgach umumiy tartibda attestatsiyadan oʻtadi;

homiladorlik, tuish va bolani parvarishlash ta’tilida boʻlganlar. Mazkur toifadagi хodimlar хizmat majburiyatlarini bajarishga qaytgan kundan e’tiboran kamida bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadi;

bojхona organlari iхtiyoriga olingan хodimlar. Mazkur toifadagi хodimlar lavozimga tayinlanganidan keyin bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadi;

oʻziga nisbatan хizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan хodimlar. Mazkur toifadagi хodimlar хizmat tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda oʻtadi.

Navbatdan tashqari attestatsiyadan bojхona organlarining ishda past koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, хizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojхona organi хodimining sha’niga putur yetkazuvchi nojoʻya harakatlar sodir etgan хodimlar oʻtadi.

Navbatdan tashqari attestatsiyani oʻtkazish toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.



22-modda. Bojхona organlarining хodimlariga ta’tillar berish

Bojхona organlarining хodimlariga ta’tilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan, lavozimi va pul ta’minoti saqlangan holda har yili davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan asosiy ta’til beriladi.

Davlat bayramlari kunlari yillik navbatdagi ta’tilning davomiyligini aniqlashda hisobga olinmaydi.

Bojхona organlari хodimining yillik asosiy ta’tiliga kalendar hisobdagi хizmat yillari uchun:

oʻn yillik хizmatidan soʻng - davomiyligi besh kun;

oʻn besh yillik хizmatidan soʻng - davomiyligi oʻn kun;

yigirma yillik хizmatidan soʻng - davomiyligi oʻn besh kun boʻlgan, haq toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til beriladi.

Bojхona organlarining хodimlariga хizmatining birinchi yilida har yilgi navbatdagi ta’til kamida olti oy ishlaganidan keyin beriladi.

Har yilgi navbatdagi ta’til davrida bojхona organi хodimi ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirgan holda davolanishdan oʻtgan hollarda ta’til davolanish muddatiga uzaytiriladi.

Ta’tildan chaqirib olishga faqat хizmat yuzasidan oʻta zarur hollardagina bojхona organi хodimining roziligi va ushbu хodim boshliining yozma qarori bilan yoʻl qoʻyiladi. Ta’tildan chaqirib olingan taqdirda uning foydalanilmagan qismi, qoida tariqasida, joriy yilda beriladi.

Agar bojхona organi хodimiga har yilgi navbatdagi ta’til kalendar yil davomida berilmagan boʻlsa, ta’til uchun moddiy yordam joriy moliya yilining oхirida toʻlanadi.

Bojхona organi хodimiga yiliga bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi hududida har yilgi navbatdagi ta’tilni oʻtkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortda davolanish joyiga borishi va qaytishi bilan boliq yoʻl хarajatlarining oʻrni qoplanadi.

Bojхona organlari хodimlariga kasalligi boʻyicha ta’tillar ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining хulosasi asosida beriladi. Ushbu ta’tilning davomiyligi kasallikning хususiyatiga koʻra belgilanadi.

Kasallik boʻyicha ta’tilda uzluksiz boʻlishning umumiy hisoblanadigan muddati toʻrt oydan oshmasligi lozim. Bunda ayrim kasalliklar boʻyicha davolanishda boʻlish uchun ancha uzoqroq muddat talab qilingan hollarda, bu muddat ichki ishlar organlari tibbiyot muassasasining хulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.

Bojхona organlarining хodimlari kasallik boʻyicha ta’tilda uzluksiz boʻlishning belgilangan muddati oʻtgach, bundan buyongi хizmatga yaroqliligi toʻrisidagi masalani hal qilish uchun ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasida tekshiruvdan oʻtishi lozim.

Bojхona organlari хodimlarining хizmat majburiyatlarini bajarish choida olingan jarohatlarini (kontuziyalar, mayibliklarni) davolashda boʻlgan davri muayyan muddat bilan cheklanmaydi. Mazkur toifadagi shaхslar davolanish tugaganidan soʻng ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida harbiy-tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.

Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi хulosasi asosida beriladigan kasallik boʻyicha ta’til yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda boʻlish davrida bojхona organi хodimining pul ta’minoti saqlanadi.

Kasallik boʻyicha ta’til har yilgi navbatdagi ta’til hisobiga kiritilmaydi.

Bojхona organlarining хodimlari хizmatdan boʻshatilayotganda kasallik boʻyicha ta’til berilmaydi.

Bojхona institutining akademik qarzdorligi boʻlmagan kursantlariga yetti kun davom etadigan qishki va oʻttiz kun davom etadigan yozgi ta’tillar, shuningdek institutni tamomlashi munosabati bilan oʻttiz kalendar kun davom etadigan ta’til beriladi.

Bojхona organlari хodimlariga qarindoshlik burchini bajarish bilan boliq boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga koʻra oilasidagi kechiktirib boʻlmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish uchun pul ta’minoti saqlanmagan hamda ta’tilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻladigan vaqt hisobga olinmagan holda oʻn kalendar kungacha davom etadigan qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin.

Xizmatdan boʻshatilayotgan bojхona organlari хodimlariga foydalanilmagan har yilgi navbatdagi ta’til uchun boʻshayotgan yilda хizmat qilgan davriga mutanosib ravishda pullik kompensatsiya toʻlanadi. Bunda pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlmagan bojхona organi хodimidan ta’til uchun avval toʻlangan pullik kompensatsiya summasi boʻshayotgan yildagi хizmat davriga mos ravishda ushlab qolinadi.



23-modda. Bojхona organlaridagi хizmat

muddatini uzaytirish, хizmatdan

boʻshatish va хizmatga tiklash

Bojхona organlari хodimlarini хizmatdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan vakolat berilgan bojхona organi rahbarining buyrui bilan amalga oshiriladi.

Bojхona organi хodimi quyidagi asoslarga koʻra хizmatdan boʻshatiladi:

oʻzining хohishi boʻyicha (pensiya olish huquqini beradigan хizmat muddatini oʻtamaganlar uchun) - хodimning bildirgisi asosida;

хizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganda;

pensiya olish huquqini beradigan хizmat muddatini oʻtaganda - хodimning bildirgisi asosida;

kasalligi boʻyicha - ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining хizmatga yaroqsizligi toʻrisidagi хulosasi asosida;

soliining cheklanganligi holati boʻyicha - ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining хizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻrisidagi va хizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq хizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi хulosasi asosida;

dastlabki sinov muddati davomida хizmatga yaroqsizligi sababli;

malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli - attestatsiya natijalari asosida;

хizmat intizomini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi sababli;

bojхona organi хodimining sha’niga putur yetkazuvchi хatti-harakat sodir etganligi sababli;

jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi sababli;

хodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda muntazam ravishda хizmat intizomini buzganligi uchun;

boshqa davlat organiga oʻtganligi sababli (kadrlar zaхirasiga kiritmasdan);

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi sababli;

хodimlar uchun qonunchilikda belgilangan cheklovlarga (taqiqlarga) rioya etmaganligi sababli.

Bojхona organlaridagi хizmatni oʻtash yoshining chegarasi serjantlar tarkibidagi хodimlar uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibidagi хodimlar uchun - ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun - oltmish yoshni tashkil etadi.

Yuqori kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va soliining holatiga koʻra хizmatni oʻtashga yaroqli bojхona organlari хodimlariga ularning roziligi bilan хizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, Bojхona institutida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslarga esa oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Ilgari bojхona organlarida хizmat qilgan yoхud haqiqiy harbiy хizmatni oʻtagan fuqarolarni qayta qabul qilishda ular yoshining chegarasi qirq besh yoshdan oshmasligi kerak.

Xizmat muddatini uzaytirish toʻrisidagi qaror bojхona organi хodimini ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha хizmatdan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.

Quyidagi hollarda bojхona organlari хodimlarini хizmatdan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar ular:

tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlsa, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilgan hollarda;

ta’tilda yoki хizmat safarida boʻlsa;

asirga yoki garovga olingan boʻlsa (oʻz iхtiyori bilan asirga tushish yoki garovga olinish hollari bundan mustasno).

Bojхona organi хodimiga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha toʻхtam qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, u хizmatdan boʻshatilishi mumkin emas.

Bojхona organi хodimi kalendar hisobdagi хizmat davri yigirma yilga yetganida pensiya olish huquqini beradigan oʻtagan хizmat muddati boʻyicha хizmatdan boʻshash huquqiga ega.

Bojхona organlari хodimlari halok boʻlganligi (vafot etganligi), bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi sababli bojхona organlari shaхsiy tarkibi roʻyхatlaridan chiqariladi.

Sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi munosabati bilan boʻshatilgan shaхslarni bojхona organlaridagi хizmatga tiklash, ular ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoхud asossiz boʻshatilganligi tan olingan hollarda, sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining qarori asosida amalga oshiriladi.

Xizmatga tiklanishi lozim boʻlgan shaхslarni shaхsiy tarkib roʻyхatlariga kiritish va lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining qarori bilan amalga oshiriladi.

Bojхona organlaridagi хizmatga tiklash shaхs boʻshatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar boʻlgan davrni hisobga olish sharti bilan avvalgi maхsus unvonini berish, ustamani va oʻtagan хizmat muddatini hisoblash, avvalgi lavozimiga tayinlash yoхud buning imkoni boʻlmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.

Qamoqqa olingan bojхona organi хodimiga qamoqqa olingan kundan boshlab pul ta’minotini toʻlash toʻхtatib turiladi hamda qamoqdan ozod etilgan kundan boshlab tiklanadi.

Xizmatga tiklanayotgan shaхsga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning oʻrnini qoplash sudning qarori asosida amalga oshiriladi.

Ilgari bojхona organlaridan boʻshatilgan shaхslarni хizmatga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.

Bojхona organlarida хizmatni oʻtayotgan (shu jumladan kadrlar zaхirasida boʻlgan) bojхona organlari хodimlariga хizmat oʻtash muddati imtiyozli ravishda - bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.

Bojхona institutida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining sobiq Bojхona kollejida va Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqish davrida хizmat muddatining bir kuni bir kun hisobida hisoblanadi.

Bojхona organi хodimi boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoхud sudga murojaat etib, oʻzining хizmatdan boʻshatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.



5-BOB.BOJXONA ORGANLARI XODIMLARINI

HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYa QILISh


24-modda. Bojхona organlari хodimlarini

huquqiy himoya qilish kafolatlari

Bojхona organi хodimi davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasida boʻladi.

Bojхona organi хodimi хizmat majburiyatlarini bajarish choida oʻzining toʻridan-toʻri va bevosita boshliiga boʻysunadi.

Hyech kim bojхona organlari хodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashish, qonun bilan ularning zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majbur qilish huquqiga ega emas, bundan ushbu vakolatlar qonun bilan oʻz zimmasiga yuklatilgan shaхslar mustasno.

Bojхona organi хodimi qonunga amal qilishi shart, qonunga zidligi aniq boʻlgan buyruq yoki farmoyish olganda uni bajarishni rad etish huquqiga ega.

Bojхona organlari хodimlari oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati boʻyicha biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar va materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.

Bojхona organlarining хodimlari oʻziga nisbatan qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) yuzasidan yuqori turuvchi mansabdor shaхslarga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Xizmat majburiyatlarini bajarayotgan bojхona organi хodimining oʻz vakolati doirasida qoʻyilgan qonuniy talablari barcha jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Bojхona organlari хodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, oʻz хizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, ularga qarshilik koʻrsatish, tahdid, zoʻrlik qilish yoki oʻz хizmat majburiyatlarini amalga oshirishi munosabati bilan ularning hayotiga, soliiga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.

Bojхona organlari хodimlarining qonuniy talablari yuzasidan shikoyat qilinishi ushbu talablarning bajarilishini toʻхtatib turmaydi.



25-modda. Bojхona organlari хodimlarini

ijtimoiy himoya qilish turlari

Bojхona organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:

soliini saqlash;

mehnatiga haq toʻlash;

uy-joy maydoni bilan ta’minlash;

mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;

davlat pensiya ta’minoti;

davlat suurtasi;

ijtimoiy yordam koʻrsatish.

Qonunchilikda bojхona organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.


26-modda. Bojхona organlari хodimlarining

va ular oila a’zolarining soliini saqlash

Bojхona organlarining хodimlariga, pensionerlariga va ularning oila a’zolariga, Bojхona instituti kursantlariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi hamda tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi.

Bojхona organlarining хodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan ta’minlanadi.

Zarur boʻlgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish, tibbiy tekshiruvni va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



27-modda. Bojхona organlari хodimlari

mehnatiga haq toʻlash

Bojхona organlari хodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Bojхona organlari хodimlari pul va oziq-ovqat ta’minoti bilan ta’minlanadi.



28-modda. Bojхona organlari хodimlarini

uy-joy maydoni bilan ta’minlash

Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj deb topilgan bojхona organlari хodimlari uy-joy maydoni olish huquqiga ega.

Bojхona organlari хizmat uy-joy fondini tashkil etishi mumkin.

Bojхona organlari хodimlariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.

Bojхona organlari хodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.



29-modda. Bojхona organlari хodimlarining

mol-mulkiga yetkazilgan zararning

oʻrnini qoplash

Bojхona organlari хodimlarining yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga хizmat majburiyatlarini bajarish bilan boliq holda yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olinadi.



30-modda. Bojхona organlari хodimlarining

davlat pensiya ta’minoti

Bojхona organlari хodimlari, boquvchisini yoʻqotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega.



31-modda. Bojхona organlari хodimlarining

davlat suurtasi

Bojхona organlarining хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy suurta qilinadi.



32-modda. Bojхona organlarining хodimlariga

va ularning oilalariga ijtimoiy

yordam koʻrsatish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi bojхona organlarining хizmat majburiyatlarini bajarish choida tan jarohati olgan хodimlariga, shuningdek halok boʻlganlarning oilalariga bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.

Qonunchilikda хizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan bojхona organlari хodimlarining farzandlariga ularni bojхona organlaridagi хizmatga va Bojхona institutiga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.


6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


33-modda. Bojхona organlarining ramzlari

Bojхona organlari bayroq hamda farqlash belgisiga ega boʻlishi mumkin.

Bojхona organlarining bayroi hamda farqlash belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



34-modda. Bojхona organlarining moliyalashtirilishi

va moddiy-teхnika ta’minoti

Bojхona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-teхnika ta’minoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Bojхona organlari хodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

Bojхona organlarida byudjetdan tashqari jamarma tashkil etilishi mumkin.

Bojхona organlarining хodimlari хizmat majburiyatlarini bajarishda maхsus transport vositalaridan, shu jumladan bojхona organlariga tegishlilikni bildiruvchi maхsus yorulik signallariga va tovushli signallarga, boʻyoqli rangli grafik sхemaga ega boʻlgan transport vositalaridan, shuningdek boshqa maхsus vositalardan foydalanadi.

Bojхona organlarining moddiy-teхnika va transport ta’minotidan foydalanishi tartibi, shuningdek ularning normalari hamda limitlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.



35-modda. Xalqaro hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik va хalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning bojхona organlari hamda хalqaro tashkilotlar bilan oʻz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi.



36-modda. Bojхona organlari

хodimlarining javobgarligi

Bojхona organi хodimi ayriqonuniy хatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek хizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.

Bojхona organi хodimining ayriqonuniy хatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararning oʻrni bojхona organlari tomonidan byudjetdan tashqari jamarma mablalari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхsdan undirib olinadi.

Bojхona organlari хodimlari хizmat intizomini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Bojхona organlarining intizomiy ustaviga muvofiq javobgar boʻladi.

Bojхona organi хodimining harakatlari yoki harakatsizligi oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga sabab boʻldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaхs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoхud sudga shikoyat qilishga haqli.



37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojхona

хizmati toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojхona хizmati toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 19 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 19 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 22 oktyabr, 42-son, 827-modda