Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.10.2018 y. OʻRQ-502-son "Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 06.09.2018 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.09.2018 y. maqullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.10.2018 y.

N OʻRQ-502



"DAVLAT BOJXONA XIZMATI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi 472-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 230-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; N 12, 657-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda, N 12, 452-modda; 2018 yil, N 1, 1-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 19 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 19 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 22 oktyabr, 42-son, 827-modda