Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 06.10.2018 y. 277-son "Idoraviy va sport oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.10.2018 y. 2702-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.10.2018 y.

N 2702-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

06.10.2018 y.

N 277


BUYRUI




"Idoraviy va sport oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni

hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul

qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan

yagona talablarni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi PF-5379-son "Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015 yil 30 iyundagi 105-son "Idoraviy va sport oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 2702, 2015 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 30-son, 399-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                          P. Bobojonov






Buyruqqa

ILOVA



"Idoraviy va sport oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni

hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul

qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan

yagona talablarni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Buyruq muqaddimasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida"gi qaroriga muvofiq hamda" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Yagona talablarda:


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, idoraviy va sport oʻqotar qurol hamda uning oʻq-dorilari saqlanadigan хonalarning muhandislik-teхnik jihatdan mustahkamligi hamda qoʻriqlash-yonindan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.".


b) 2-banddagi "Milliy хavfsizlik хizmati" degan soʻzlar "Davlat хavfsizlik хizmati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi, Markaziy banki, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Oʻzkimyosanoat" AJ, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻzdonmahsulot" AK, "Oʻzelteхsanoat" AK, "Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻzsharobsanoat" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" DK, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 16 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 22 oktyabr, 42-son, 837-modda