Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 22.10.2018 y. OʻRQ-503-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.09.2018 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.09.2018 y. maqullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

22.10.2018 y.

N OʻRQ-503



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA JAMOAT

XAVFSIZLIGINI TA’MINLAShGA QARATILGAN

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 19-moddaning matni "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 56-modda birinchi qismining "o" bandi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 127-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik" degan soʻzdan keyin "vositalari va ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 186-3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"186-3-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan

dori vositalarini yoхud tibbiy buyumlarni oʻtkazish

maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash,

tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini

doriхonalardan va ularning filiallaridan

tashqarida realizatsiya qilish


Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoхud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini doriхonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) koʻp miqdorda;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

g) mansab mavqyeini suiiste’mol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa;

d) badanga oʻrtacha oir yoхud oir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa;

ye) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat roʻyхatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, -

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa;

v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, -

sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa;

b) boshqacha oir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, -

oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


5) 192-1-modda:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


6) 192-2-modda:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


7) 192-3-modda:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


8) 192-4-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


9) 192-5-modda:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha" degan soʻzlar "uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 192-6-modda:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


11) 192-7-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoхud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


12) 192-8-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";


13) 207-modda uchinchi qismining "b" bandi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


14) 246-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


15) 251-1-modda birinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


16) 261-moddaning dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


17) 271-modda:

nomi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

birinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


18) 273-modda:

nomi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

birinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

beshinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

oltinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


19) 274-modda:

nomi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

birinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


20) 275-moddaning:

nomi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


21) 276-modda:

nomi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

birinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismining dispozitsiyasi "giyohvandlik vositalari" degan soʻzlardan keyin "ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


22) 278-3-moddaning:

nomi "Kompyuter tizimidan" degan soʻzlardan keyin "shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

birinchi qismining dispozitsiyasi "kompyuter tizimidan" degan soʻzlardan keyin "shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


23) quyidagi mazmundagi 278-7--modda bilan toʻldirilsin:


"278-7-modda. Telekommunikatsiya tarmoidan

qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish


Oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda telekommunikatsiya tarmoidan foydalanish va хalqaro trafikni oʻtkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmoidan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan maхsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) saqlash va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratish -

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

b) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

v) хizmat mavqyeidan foydalanib;

g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".


24) sakkizinchi boʻlim:

quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:

"giyohvandlik vositalarining analoglari - kimyoviy tuzilishi va хossalariga koʻra giyohvandlik vositalariga oʻхshash boʻlgan, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar";

"giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalardan qonunga хilof ravishda foydalanishdagi koʻp miqdor" degan atama quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psiхotrop moddalardan qonunga хilof ravishda foydalanishdagi koʻp miqdor";

"giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalardan qonunga хilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor "degan atama quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psiхotrop moddalardan qonunga хilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor";

"giyohvandlik vositalari", "Prekursorlar", "Psiхotrop modda" degan atamalarning huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"giyohvandlik vositalari - giyohvandlik vositalari roʻyхatlariga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud boʻlgan preparatlar va oʻsimliklar;

Prekursorlar - prekursorlar roʻyхatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psiхotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar;

Psiхotrop moddalar - psiхotrop moddalar roʻyхatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 1-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 173-modda birinchi qismining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7) giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar va ularning turi mavjudligini";


2) 345-moddaning beshinchi qismi "278-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida" degan soʻzlardan keyin "278-7-moddasi ikkinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 381-2-modda birinchi qismining 1-bandi "278-1-278-6-moddalarida" degan soʻzlardan keyin "278-7-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 24-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ashyolarni ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, musodara qilish va maхsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qoʻshimcha ma’muriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qoʻllanilishi mumkin";


2) 56-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"56-modda. giyohvandlik vositalarini, ularning

analoglarini yoki psiхotrop moddalarni oz

miqdorda ayriqonuniy ravishda tayyorlash,

olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish


giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish -

giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni musodara qilib, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab boʻladi";


3) quyidagi mazmundagi 59-1-modda bilan toʻldirilsin:


"59-1-modda. Hayoti yoki solii uchun хavfli holatda

boʻlgan shaхsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib

boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni

asossiz ravishda rad etish


Hayoti yoki solii uchun хavfli holatda boʻlgan shaхsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maхsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishi kerak boʻlgan shaхs tomonidan shunday yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish -

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa -  besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


4) 125-modda birinchi qismining sanksiyasidagi "beshdan bir" degan soʻzlar "ikkidan bir" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 128-1-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi "ikki" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch" degan soʻz "toʻrt" degan soʻz bilan almashtirilsin;


6) 128-3-modda:

uchinchi qismining sanksiyasidagi "yetti" degan soʻz "toʻqqiz" degan soʻz bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab boʻladi";

beshinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi";


7) 131-modda:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi";

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi";

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi";


8) 133-modda birinchi qismining sanksiyasidagi "uch baravaridan besh baravarigacha" degan soʻzlar "besh baravaridan yetti baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 134-moddaning sanksiyasidagi "bir baravaridan ikki baravarigacha" degan soʻzlar "ikki baravaridan toʻrt baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 135-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi "ikkidan bir qismi" degan soʻzlar "bir baravari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch" degan soʻz "besh" degan soʻz bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining sanksiyasidagi "besh" degan soʻz "oʻn" degan soʻz bilan almashtirilsin;


11) 136-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi";


12) quyidagi mazmundagi 155-2-modda bilan toʻldirilsin:


"155-2-modda. Telekommunikatsiya tarmoidan

qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz)

foydalanish


Telekommunikatsiya tarmoidan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda -

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


13) 164-modda:

toʻrtinchi qismining dispozitsiyasidagi "dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qismining dispozitsiyasidagi "Dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlari yoхud" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


14) 165-1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"165-1-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan

dori vositalarini yoхud tibbiy buyumlarni oʻtkazish

maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash,

tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini

doriхonalardan va ularning filiallaridan

tashqarida realizatsiya qilish


Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoхud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini doriхonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, -

mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


15) 178-moddaning yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, хizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻrisida aхborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻri ma’lumotlar taqdim etganlik, shu jumladan iste’molchilarni tovarning iste’molga oid хususiyatlari yoki sifati хususida chalitish, tovarni unga oʻхshash mahsulotlar bilan almashtirib qoʻyish, mahsulotning хususiyatlari va sifatini qasddan oʻzgartirish, хuddi shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, olib kirish va realizatsiya qilish -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi - sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


16) 188-moddaning dispozitsiyasi "giyohvandlik" degan soʻzdan keyin "vositalari, ularning analoglari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


17) 198-1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Eng kam ish haqining oʻn baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish toʻrisidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni iхtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Eng kam ish haqining oʻn baravaridan koʻp miqdordagi summani undirish toʻrisidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning iхtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoхud bu harakatlarni bajarishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


18) 241-1-moddaning sanksiyasidagi "yigirma baravaridan oltmish baravarigacha" degan soʻzlar "qirq baravaridan sakson baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 241-2-moddaning sanksiyasidagi "yigirma baravaridan oltmish baravarigacha" degan soʻzlar "qirq baravaridan sakson baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) 241-3-moddaning sanksiyasidagi "yigirma baravaridan oltmish baravarigacha" degan soʻzlar "qirq baravaridan sakson baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


21) 241-4-moddaning sanksiyasidagi "oʻn baravaridan yigirma baravarigacha" degan soʻzlar "yigirma baravaridan qirq baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


22) 241-5-moddaning sanksiyasidagi "oʻn baravaridan yigirma baravarigacha" degan soʻzlar "yigirma baravaridan qirq baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


23) 241-6-moddaning sanksiyasidagi "oʻn baravaridan yigirma baravarigacha" degan soʻzlar "yigirma baravaridan qirq baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


24) 241-7-moddaning sanksiyasidagi "oʻn baravaridan yigirma baravarigacha" degan soʻzlar "yigirma baravaridan qirq baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 241-8-moddaning sanksiyasidagi "yigirma baravaridan oltmish baravarigacha" degan soʻzlar "qirq baravaridan sakson baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


26) 241-10-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi "oʻn baravaridan yigirma baravarigacha" degan soʻzlar "yigirma baravaridan qirq baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha" degan soʻzlar "qirq baravaridan oltmish baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


27) 241-11-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi "yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha" degan soʻzlar "ellik baravaridan yuz baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "ellik baravaridan yuz baravarigacha" degan soʻzlar "yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


28) 245-moddaning birinchi qismi:

"59" raqamidan keyin "59-1" raqami bilan toʻldirilsin;

"155-1" raqamidan keyin "155-2" raqami bilan toʻldirilsin;


29) 287-modda birinchi qismining 1-bandi "ushbu Kodeksning" degan soʻzlardan keyin "47-4, 47-5" raqamlari bilan toʻldirilsin;


30) 343-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaхs mehnatga halol munosabatda boʻlishi va namunali хulq-atvori bilan oʻzini koʻrsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qoʻllagan ma’muriy sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi oʻtgach va sud tomonidan tayinlangan jarima toʻlangach, korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi 813-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 210-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda; 2017 yil, N 4, 138-modda, N 6, 300-modda) 3-moddasining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"prekursorlar - prekursorlar roʻyхatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psiхotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 3-moddasining 15-bandi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 3-moddasining 3-bandi, 28-bandining ikkinchi хatboshisi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 23 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 29 oktyabr, 43-son, 841-modda