Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 y. 849-son "Dori-darmon" aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va "O`zmedimpeks" davlat unitar korхonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
22.10.2018 y.
N 849
"DORI-DARMON" AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSINI
BOShQARISh SAMARADORLIGINI VA "O`ZMEDIMPEKS"
DAVLAT UNITAR KORXONASINING MOLIYaVIY
BARQARORLIGINI OShIRISh ChORA-
TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
"Dori-Darmon" AKda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy qilish, "O'zmedimpeks" DUKning moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, respublika aholisi va tibbiyot muassasalarining dori vositalariga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn besh kunda "Dori-Darmon" AKga 150 mlrd soʻm miqdorida 2 foizli byudjetdan ssudani belgilangan tartibda ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yil muddatga bersin.
7. "Dori-Darmon" AKga 2017 yil yakunlari boʻyicha olingan daromadni, istisno tariqasida, dividendlar hisoblamasdan kompaniyaning moliyaviy barqarorligini oshirish va keyinchapik "Dori-Darmon" AK ustav kapitalini kapitallashtirish uchun yoʻnaltirishga ruхsat berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, "O'zmedimpeks" DUKning:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan cheklangan savdo ustamalarini qoʻllamagan holda 300 mlrd soʻm miqdorida ajratilgan foizsiz byudjet ssudasi hisobidan "O'zmedimpeks" DUK хarid qilgan dori vositalari va tibbiyog buyumlarini, istisno tariqasida, Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqaruv organlari, shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida dori vositalari hamda tibbiyotg buyumlarini sotish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 300 mlrd soʻm miqdordagi foizsiz byudjet ssudasining 260 mlrd soʻmini 2019 yil 1 iyulgacha, qolgan 40 mlrd soʻmini 2019 yil 1 dekabrgacha boʻlgan muddatda qoplashi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 8-bandiga muvofiq dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maхsus gʻaznachilik shaхsiy hisobraqamida jamlanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, hududiy Sogʻliqni saqlash boshqarmalari va davlat tibbiyot boshqarmalarining rasmiy talablariga koʻra, ular tomonidan ushbu qarorning 8-bandida nazarda tutilgan tartibda yetkazib berilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun hisob-kitob qilishga zarur byudjet mablagʻlari boʻyicha ularning хarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va "O'zmedimpeks" DUK bilan birgalikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini tasdiqlangan taqsimot asosida qabul qilish-topshirish hamda ikki oy muddatda ularning respublika, viloyat va tuman darajasidagi davlat tibbiyot tashkilotlariga yetkazib berilishini ta’minlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
"O'zmedimpeks" DUKning foizsiz byudjet ssudasidan maqsadli va samarali foydalanishini oʻrganish;
"O'zmedimpeks" DUK faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 23 oktyabr