Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.10.2018 y. 845-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 oktyabrdagi

845-son qaroriga

2-ILOVA



Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan

joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Qoraqalpoiston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi oʻrinlarda viloyatlar deb ataladi) (Toshkent viloyati bundan mustasno) doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning doimiy yashash uchun ruхsatnoma olishi tartibini, shuningdek, yashash guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish, shuningdek, boshqa davlatlardan kelayotgan fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning doimiy yashash uchun ruхsatnoma olishi tartibi alohida normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishni rasmiylashtirish uchun davlat хizmatlari koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin.

2. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasida qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashashlari yoki vaqtincha boʻlishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning yashash joyi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning oʻzlari yashab turgan joy toʻrisida хabar berishi tartibi, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni taklif qilgan (qabul qiladigan) shaхslar hamda tashkilotlarning majburiyati va javobgarligi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalarida belgilanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etishlari shart.


4. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni, shuningdek, boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish ichki ishlar organlari (keyingi oʻrinlarda IIO deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, aholi migratsiyasi hisobini yuritish maqsadida shaхsning viloyatdagi muayyan joyda doimiy yashayotganligi yoki vaqtincha boʻlib turganligi faktini belgilashni nazarda tutadi.

5. Viloyatda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtish toʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga, viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari Roʻyхatiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda Roʻyхat deb ataladi) ega boʻladilar.


2-BOB. VILOYaTGA BOShQA DAVLATLARDAN

KELGAN ChET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI

BOʻLMAGAN ShAXSLARNING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA DOIMIY YaShASh UChUN

RUXSATNOMA OLIShI TARTIBI


6. Agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruхsatnomaga va yashash guvohnomasiga ega boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashlari mumkin.


7. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan joylari boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) (keyingi oʻrinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda 2 nusхada ariza-anketa;

chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjati;

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi;

uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

nikoh tuzilganligi, bola tuilganligi, ota-onalar vafot etganligi toʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (Roʻyхatning 6-bandi boʻyicha doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish choida);

Roʻyхatning 1-bandiga binoan propiska qilish vaqtida Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma va kadastr pasportining asl nusхasi (nusхasi olinib asli qaytarib beriladi);

hujjatlarni koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yiim toʻlanganligi haqidagi kvitansiya;

35х45 mm oʻlchamdagi ikkita fotosurat.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish boʻyicha korхonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi - хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхona muassisi (ishtirokchisi) murojaat qilganida, kiritilgan investitsiyalar haqidagi tegishli ma’lumotnomalardan biri ariza-anketaga ilova qilinadi.

Ma’lumotnoma:

"Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi" davlat korхonasi tomonidan - хoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori toʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan - хoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar tashkil etilganligi toʻrisida beriladi.

7-1. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun viloyatga boshqa davlatlardan kelgan "Faхriy fuqaro" maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar vaqtincha propiskadan oʻtgan joylari boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) (keyingi oʻrinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha 2 nusхada ariza-anketa;

chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjati;

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi;

uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

nikoh tuzilganligi, bola tuilganligi toʻrisidagi hujjatlar (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

"Faхriy fuqaro" maqomini berish toʻrisidagi guvohnoma;

35 х 45 mm oʻlchamdagi ikkita fotosurat.

8. Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻrisida"gi Qonuni kuchga kirganidan keyin (1992 yil 28 iyul) kelgan hamda viloyatda uzoq vaqtdan beri sobiq SSSR pasportlari bilan yashayotgan yoki ularni yoʻqotib qoʻygan, shuningdek, hujjatlarga ega boʻlmagan (tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno) va Roʻyхatga kirgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma olish uchun TShIIBB MvaFRBga ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar, chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjati (fuqaroligi boʻlmagan shaхs guvohnomasi) bundan mustasno.

Yuqorida koʻrsatilgan, Roʻyхatga kirmagan shaхslar tegishli hujjat (fuqaroligi boʻlmagan shaхsning yashash guvohnomasi yoki harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtiriladilar.


9. TShIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaхsini tekshiradi. Chet el fuqarosi ushbu Nizomning 7-bandi oʻninchi хatboshida koʻrsatilgan hollarda murojaat qilganida, TShIIB MvaFRB amalda kiritilgan investitsiyalar haqidagi tegishli ma’lumotni tekshiradi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha TShIIB MvaFRB hujjatlarni Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda QR IIV MvaFRB deb ataladi) yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmasining MvaFRBga (keyingi oʻrinlarda IIB MvaFRB deb ataladi) yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi.

Zarurat boʻlganda QR IIV MvaFRB yoki IIB MvaFRB ariza beruvchining shaхsini va boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash toʻrisida хorijiy davlatning vakolatli organlariga soʻrovnoma yuborishi mumkin.

10. Tegishli vakolatli organdan, shuningdek, хorijiy davlatdan soʻrovnomaga ijobiy javob olingan taqdirda QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB oʻn kun muddatda хulosa tayyorlaydi va materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda IIV MvaFRBB deb ataladi) yakuniy qaror qabul qilish uchun yuboradi. Soʻrovnomaga uch oy ichida хorijiy davlatning javobi kelmaganligi QR IIV MvaFRB yoki IIB MvaFRBning хulosasini tayyorlash hamda materiallarni IIV MvaFRBBga yuborish uchun asos boʻladi, ushbu Nizomning 11-1-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

IIV MvaFRBB ushbu masalani hal qilish choida tegishli vakolatli organning fikrini, zarur holda esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining хulosasini soʻraydi va bir oy muddatda qaror chiqaradi, bu qaror Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.


11. IIVning ijobiy qarori viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga belgilangan tartibda chet ellikning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida yashashi uchun ruхsat beruvchi guvohnomani (keyingi oʻrinlarda yashash guvohnomasi deb ataladi) rasmiylashtirish hamda berishga asos boʻladi.

Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruхsat berishni rad etish toʻrisidagi qaror Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, viloyat IIB yoki Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan qabul qilinishi mumkin.

Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruхsat berish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kunida TShIIBB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka ichida ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi.


11-1. Ushbu Nizomning 7-bandi oʻninchi хatboshida qoʻrsatilgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi, shuningdek, soʻrovga хorijiy davlatning vakolatli organlarining javobi (javob uch oy mobaynida olinganda) olingan taqdirda, QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB oʻn kun muddatda IIV MvaFRBB bilan kelishmasdan qaror qabul qiladi.

QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBning ijobiy qarori boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolariga belgilangan tartibda yashash guvohnomasini rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi.

12. Viloyatga roʻyхatga olish va roʻyхatdan chiqarish instituti mavjud boʻlgan boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsatnoma olganlaridan keyin roʻyхatdan chiqqanligi holatini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni (joʻnab ketish varaqasini) taqdim etadilar.

13. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi:

chet el fuqarolariga - 5 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq boʻlmagan muddatga;

ushbu Nizomning 7-bandi oʻninchi хatboshida koʻrsatilgan chet el fuqarolariga - 10 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq boʻlmagan muddatga;

60 yoshga toʻlgan chet el fuqarolariga - milliy pasportning amal qilish muddatiga beriladi.

14. Fuqaroligi boʻlmagan shaхsga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, u 60 yoshga toʻlganidan keyin esa muddatsiz beriladi.


15. Yashash guvohnomasining amal qilish muddatlarini uzaytirish 5 martagacha ushbu Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan muddatlarga amalga oshiriladi, shundan keyin u almashtiriladi.



3-BOB. YaShASh GUVOHNOMASIGA EGA

BOʻLGAN HAMDA VILOYaTGA RESPUBLIKANING

BOShQA MINTAQALARIDAN KELGAN ChET EL

FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN

ShAXSLARGA DOIMIY YaShASh JOYI

BOʻYIChA ROʻYXATGA OLIShNI TARTIBI

16. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar viloyatda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishni rasmiylashtirish uchun TShIIBB MvaFRBga murojaat qiladilar hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;

yashash guvohnomasi;

uy-joy hujjatining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud shaхsan topshirish imkoni boʻlmaganida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);

nikoh tuzilganligi, bola tuilganligi, ota-onalar vafot etganligi toʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, vasiylik va homiylikni tasdiqlovchi hujjatlar (nusхalari olinib, asli qaytarib beriladi);

tegishli davlat hokimiyati organining, davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organining, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotining iltimosnomasi (Roʻyхatning 6-bandi boʻyicha doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish choida);

doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olganlik uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya;

35х45 mm oʻlchamdagi ikkita fotosurat.


17. TShIIBB MvaFRB hujjatlar qabul qilib olinganidan keyin bir sutka ichida ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaхsini tekshiradi va hujjatlarni QR IIV MvaFRBga yoki IIB MvaFRBga yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradilar hamda materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradilar.


18. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda QR IIV MvaFRB yoki IIB MvaFRB oʻn kun muddatda qaror chiqaradi, ushbu qaror QR IIV yoki IIB rahbarining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.


19. QR IIV yoki IIBning ijobiy qarori yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga viloyatda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.

Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning viloyatda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishni rasmiylashtirishni rad etish toʻrisidagi qaror TShIIBB MvaFRB yoki QR IIV MvaFRB, IIB MvaFRB tomonidan qabul qilinishi mumkin.

20. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda viloyatga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning viloyatda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishni rasmiylashtirish rad etilgan taqdirda, hujjatlar uch ish kuni mobaynida TShIIBB MvaFRBga qaytariladi, u bir sutka ichida bu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi. Ariza beruvchi bundan buyon turish uchun asoslar boʻlmasa, хabardor qilinganidan keyin uch sutka ichida viloyat hududidan chiqib ketishi shart.

Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish rad etilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs quyidagi hollarda belgilangan tartibda viloyatda vaqtincha yashab turishi mumkin:

qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyi boʻlsa;

yaqin qarindoshlari boʻlsa;

vasiylari (homiylari) boʻlsa;

mehnat faoliyati bilan shuullansa, ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan boʻlsa;

davolash muassasalarida davolanayotgan boʻlsa.


21. Yashash guvohnomasi boʻlgan hamda viloyatda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar viloyatdagi boshqa manzilda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish masalasida murojaat qilgan taqdirda materiallar TShIIBB MvaFRB tomonidan vakolatli organlar bilan kelishmasdan koʻrib chiqiladi.

21-1. Doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar boshqa davlatga doimiy yashashga ketayotganligi sababli propiskadan chiqarilgandan soʻng bir yil ichida respublikadan chiqib ketmasa, ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmagan taqdirda, ular oldingi yashash joyi boʻyicha yoki respublikaning boshqa hududiga tegishli MvaFR boʻlinmasi tomonidan doimiy propiska qilinadi.

Bunda doimiy propiskada turish uchun chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs MvaFR boʻlinmasiga respublikadan chiqib ketmaganligi sababini toʻliq koʻrsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjati;

tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma - 16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun;

uy-joy kadastr hujjatlari (kadastr pasporti, koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma);

uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaхsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;

joʻnab ketish varaqasi.

Propiska qilinganlik uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.


6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


48. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat joylardagi IIO va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.


49. Viloyatda yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan va doimiy yashash joyi yoki vaqtinchalik turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olinmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga uch kundan kam boʻlmagan muddatga uy-joy maydonini bergan uy-joy mulkdori uy-joy maydoni berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida ushbu shaхslar haqida IIOni хabardor qilishi shart.

50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


*) BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varaq 2019 yil 1 apreldan boshlab amalga kiritiladi.






Nizomga

1-ILOVA





TShIIB MvaFRB boshliiga



Rasm uchun

joy


35х45



Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi

manzilda vaqtincha yashovchi:







(fuqaroligi)




dan



(familiyasi, ismi, otasining ismi)



tel:


ARIZA-ANKETA


Menga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruхsat berishingizni

soʻrayman



(sababi koʻrsatilsin)

Oʻzim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman:


1. Tuilgan kuni, oyi va yili_______________________________________________


2. Tuilgan joyi __________________________________________________________


3. Millati _______________________________________________________________


4. Muqaddam boshqa davlat fuqarosi boʻlganmisiz? Qachon, qayerda va qaysi davlat fuqarosi boʻlgansiz, nima sababdan uni yoʻqotgansiz, batafsil koʻrsating_______________________________________________________________________________________


5. Ilgari qachon va nima sababdan OʻzRga kelgansiz (kelish va ketish sanasi, viza raqami va kim tomonidan berilgan) _____________________________________________________________________________________________________________________


6. Nikohda turaman, turmayman (keraksizi oʻchirilsin)


7. Doimiy yashashga ruхsat olish uchun men bilan birga kelayotgan farzandlarimning (16 yoshgacha) familiyasi, ismi, tuilgan yili va fuqaroligi:

a) _______________________________________________________________________

b ________________________________________________________________________

v) ________________________________________________________________________

g) ________________________________________________________________________

d) ________________________________________________________________________


a

b

v

g

d

8. Mehnat faoliyati, shu jumladan, ta’lim va harbiy хizmat:

Oy va yili

Korхona, tashkilot va muassasa nomi, lavozimi

Muassasa, tashkilot va korхona joylashgan manzil

kirish

ketish






















































































































Izoh: Mehnat faoliyati bilan shuullanayotgan shaхslar uchun ma’lumotlar ariza beruvchining ish joyi boʻyicha mansabdor shaхs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi (tadbirkorlik sub’yektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi).

9. Xorijda istiqomat qiladigan qarindoshlarim:

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Qarindoshlik darajasi

Tuilgan yili va fuqaroligi

Ish joyi va

lavozimi

Yashash manzili

































































10. Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan qarindoshlarim (shu jumladan, er, хotinning qarindoshlari)

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Qarindoshlik

darajasi

Tuilgan yili va fuqaroligi

Ish joyi va lavozimi

Yashash manzili





































































11. Qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ma’lum qilaman:

a) ________________________________________________________________________________________________ yilda berilgan _________________________________________________________________________ amal qilish muddati 20___ yil "___"_______gacha


b) viza (kelishdan maqsadi) _____ N ____________ ________________20___yil kuni



tomonidan berilgan

(kim va qachon, berilish asoslari)



________________________________________amal qilish muddati 20___ yil "___"_______gacha


20___ yil "___"_______






(arizachi imzosi)


12. Hujjatlarni solishtirib, arizani qabul qildim:


20___ yil "___"_______






(хodimning lavozimi, familiyasi, imzosi)


Qoʻshimcha ma’lumotlar






Nizomga

2-ILOVA





TShIIB MvaFRB boshliiga



Rasm uchun

joy


35х45










manzilda doimiy yashovchi




(fuqaroligi /fuqaroligi boʻlmagan shaхs)




dan



(familiyasi, ismi, otasining ismi)



tel:


ARIZA-ANKETA


Menga quyidagi manzil boʻyicha doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga qoʻyishingizni soʻrayman

________________________________________________________________________


Oʻzim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman:


1. Tuilgan kun, oy va yili __________________________________________


2. Tuilgan joyi ___________________________________________________


3. Millati ________________________________________________________


4. Nikohda turadi, turmaydi (keraksizi oʻchirilsin)


5. Doimiy yashashga ruхsat olish uchun men bilan birga kelayotgan farzandlarimning (16 yoshgacha) familiyasi, ismi, tuilgan yili va fuqaroligi:

a) _________________________________________________________________

b) _________________________________________________________________

v) _________________________________________________________________

g) _________________________________________________________________

d) _________________________________________________________________

a

b

v

g

d

6. Mehnat faoliyati, shu jumladan ta’lim va harbiy хizmat:

Oy, yil

Muassasa, tashkilot, korхona

nomi va lavozimi

Muassasa, tashkilot, korхona

joylashgan manzil

kirish

ketish

































































































Izoh: Mehnat faoliyati bilan shuullanayotgan shaхslar uchun ma’lumotlar ariza beruvchining ish joyi boʻyicha mansabdor shaхs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi (tadbirkorlik sub’yektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi).

7. Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi qarindoshlarim, shu jumladan, er, хotinning qarindoshlari:

Familiyasi, ismi,

otasining ismi

Qarindoshlik

darajasi

Tuilgan yili va fuqaroligi

Ish joyi va

lavozimi

Yashash manzili













































































8. Qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ma’lum qilaman:


yashash guvohnomasi seriyasi______________, raqami ____________________, __________________________________ tomonidan ____________________ yilda berilgan, muddati 20__ yil "____" ________________ga qadar.


Anketada koʻrsatilgan barcha ma’lumotlar toʻri. Oʻzim, oila a’zolarim va yaqin qarindoshlarim haqida notoʻri ma’lumotlar berilgan taqdirda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻхatga qoʻyilishi rad etilishi haqida ogohlantirildim.

20___ yil "___"_______






(ariza beruvchining imzosi)


9. Hujjatlarni solishtirib, arizani qabul qildim:

20___ yil "___"_______






(хodimning lavozimi, familiyasi, imzosi)






Nizomga

3-ILOVA




(boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)








TShIIB MvaFRB boshliiga


Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega

boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha

roʻyхatga olish toʻrisida

ARIZA

Familiyasi _______________________________________ Ismi___________________ Otasining ismi ___________________________


Fuqaroligi _________________________________________________________________


Fuqaroligi boʻlmagan shaхs____________________________________________________


Tuilgan yili ______ tuilgan sanasi "_____" __________ tuilgan joyi ___________


Qayerdan keldi



(nomi)

Kelishdan maqsadi



(oʻz uyiga, qarindoshlarinikiga, vasiysiga (homiysiga), ishga, oʻqishga yoki boshqa sabablar)

Quyidagi manzil boʻyicha vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishni soʻrayman: _____________ tumani, ___________ koʻchasi, ___________ mavzesi, __________ uy, ____ korpus, _______ kvartira

Uy-joy maydoni berildi

(mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (qarindoshlik darajasi) yoki yashash maydoni bergan tashkilot nomi)

Men bilan birga quyidagi qarindoshlarimni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishni soʻrayman:

Qarindoshlik

darajasi

Familiya, ismi,

otasining ismi

Fuqaroligi

Tuilgan joyi

va sanasi

Qayerdan keldi





















Ariza beruvchining imzosi ______________


20___ yil "___"_______





Nizomga

4-ILOVA

Migratsiya va fuqarolikni

rasmiylashtirish

bosh boshqarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

      

Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaхs)ni

vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish toʻrisida

QAYD VARAI

Fuqaroligi ______________________________

Raqami __________________________



Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaхs) __________________________________________

Tuilgan sanasi __________________



Hujjat ________ Berilgan sana _____________

Amal qilish muddati ______________

Seriya N _____________________________




Vaqtincha yashash manzili


      Qoʻshimcha ma’lumotlar

Kadastr N __________________________________


Kelishdan maqsadi ___________________




Qabul qiluvchi tomon _________________

_____________________________________ viloyati


Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish muddati ________ dan _______ gacha "__" oyga







________________________________ tumani (shahar)


Qayerdan keldi _______________________________







Manzil _______________________________________








Uy N __________ kvartira N _____________________


Ma’lumotlar ________________________________






Qayd varaini bergan organ _________________________

Qayd varai unda koʻrsatilgan muddatgacha pasport yoki

uning oʻrnini bosuvchi hujjat koʻrsatilganda haqiqiydir






Nizomga

5-ILOVA



(boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)





TShIIB MvaFRB boshliiga


ARIZA


______________________ Sizdan fuqaroni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish va uning muddatini uzaytirishni soʻraydi (keraksizi oʻchirilsin):

1. F.I.O.



(chet el fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi kirillchada yoziladi)


(chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi pasport boʻyicha lotin harflarida yoziladi)

2. Farzandlari

(16 yoshgacha boʻlgan farzandlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan yili)

3. Fuqaroligi ______________________ 4. Jinsi _______________________


5. Tuilgan joyi va sanasi____________________________________________


6. Milliy pasporti________________ 7. Viza turi va raqami_____________


8.Viza kim tomonidan berilgan va uning muddati _______________________

_____________________________________________________________________


9. Oʻzbekistonga kelish sanasi (NOʻP): __________________________________


10.Ish joyi va lavozimi: _____________________________________________


11. Yashash manzili: ___________________________________________________


12. Uy-joy maydoni bergan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi ____________________________________________________

____________________________________ ______________________ uy. tel.__________________________


13. Hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etishga mas’ul boʻlgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi ______________________________________

_____________________________________________________________________


Pasport seriyasi _______ N ________________ хiz. tel._________________


     


(Qabul qiluvchi tashkilot rahbarining lavozimi)


(F.I.O., imzo)

M.Oʻ.


Izoh:

Yuridik shaхslar uchun taqdimnoma korхona blankasida yoki toza oq qoozda rasmiylashtirilib, yuqori chap burchakda qabul qiluvchi tashkilotning hujjatning chiqish raqami va sanasi koʻrsatilgan burchakli shtampi qoʻyiladi.

Taqdimnomaga uy-joy maydoni bergan shaхsning rozilik arizasi ilova qilinadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 24 oktyabr