Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2018 y. 840-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.2018 y.

N 840



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini

ta’minlashni rabatlantirishning tashkiliy

chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil

11 iyundagi PQ-3782-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rabatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 20 oktyabrdagi

840-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktyabrdagi 279-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 yil., 41-son, 506-modda) bilan tasdiqlangan "Davlat mulki ob’yektlarini хaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan "nul" хarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻrisida"gi nizom 29-bandining toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Investitsiya majburiyatlari miqdori boʻyicha ham va ijtimoiy majburiyatlar boʻyicha ham ikkita va undan koʻp tanlov takliflari teng boʻlgan taqdirda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rabatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq, alohida toifaga kiritilgan tadbirkorlik sub’yekti ustun huquqqa ega boʻladi, u boʻlmagan taqdirda esa - taklifini oldin hududiy tanlov komissiyasi roʻyхatdan oʻtkazgan qatnashchi olib deb e’tirof etiladi."


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 22 oktyabr