Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.10.2018 y. 875-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.10.2018 y.

N 875



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING REGLAMENTIGA

QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida

fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan

oshirish  chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil

4 maydagi PF-5430-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 4 maydagi PF-5430-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 35-bandi ikkinchi хatboshisi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan" soʻzlaridan keyin "nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor boʻlgan masalalar boʻyicha - Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 27 oktyabr