Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 09.10.2018 y. 9-mh-son "Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyхatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.10.2018 y. 2954-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.10.2018 y.

N 2954-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JISMONIY TARBIYa VA SPORT

VAZIRINING

09.10.2018 y.

N 9-mh


BUYRUI




Oʻzbekiston Respublikasining

sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatlarini

shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari,

ushbu roʻyхatlarni tasdiqlash tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017 yil 26 oktyabrdagi 13-mh-son qarori (roʻyхat raqami 2954, 2017 yil 7 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 49-son, 1221-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyхatlarni tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                  D. Nabiyev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatlarini

shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari,

ushbu roʻyхatlarni tasdiqlash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 10-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Roʻyхat (3 ta nusхada) sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbari tomonidan imzolangan taqdimnomaga ilova qilgan holda har yili 31 dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga (bundan buyon matnda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi deb yuritiladi) taqdim etiladi.".


2. 11, 12, 14-bandlardagi "Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Jismoniy tarbiya va sport vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 13-banddagi "Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining" va "Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga" degan soʻzlar tegishincha "Jismoniy tarbiya va sport vazirligining" va "Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 15-banddagi "Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga" degan soʻzlar "Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatiga oʻzgartirish kiritish toʻrisidagi taqdimnomani 30 kun ichida koʻrib chiqadi.".


6. 17-banddagi "Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining" degan soʻzlar "Jismoniy tarbiya va sport vazirligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 29 oktyabr, 43-son, 851-modda