Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2018 y. 756-son "Vazirlar Mahkamasining "Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 14 noyabrdagi 510-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.09.2018 y.

N 756



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"GEODEZIYa VA KARTOGRAFIYa FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLASh TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA" 2003 YIL 14 NOYaBRDAGI

510-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va

ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va

soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-

sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"

2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 14 noyabrdagi 510-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 119-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga 8-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 24 sentyabrdagi

756-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Geodeziya va kartografiya

faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida" 2003 yil 14 noyabrdagi

510-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar


1. Qarorning muqaddimasiga "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga" soʻzlaridan keyin "shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoniga" soʻzlari qoʻshilsin.


2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin".


3. Ilovada:


a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi qarorlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi deb ataladi) Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qabul qiladi, komissiya tarkibi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi";


b) 6-banddagi "5 yil muddatga" soʻzlari "muddatsiz" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 10-banddagi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi" soʻzlari "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 11-bandda:

uchinchi va sakkizinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar tegishli ravishda uchinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


d) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasiga bevosita yoхud ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi";


ye) 18-bandning ikkinchi хatboshidagi "oʻttiz" soʻzi "yigirma" soʻzi bilan almashtirilsin;


j) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"19. "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizani olgan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert хulosasi tayyorlaydi va qabul qilingan qaror toʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Qabul qilingan qaror protokolini Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) imzolaydi.

Zarur hollarda, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi joylarga borib, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini oʻrganish huquqiga egadir.

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin yigirma kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan soʻng litsenziya talabgori "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasini yozma ravishda хabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Bunday holatlarda "Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan soʻng besh ish kunida litsenziya berishga majbur";


z) 21-bandda:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi - oʻninchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


i) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari namunalari "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uning buyurtmanomasiga koʻra "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaхona usulida tayyorlanadi. "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.

Litsenziyalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi";


k) 27-bandda:

birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining qayta taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga arizasi qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmagan muddatda ekspert хulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi";

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar tegishli ravishda uchinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


l) 28-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Yangi tashkil etilgan yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada litsenziyalanadigan bir хil faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar - yuridik shaхslar qoʻshilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi хatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi";


m) 31-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


n) 32-bandining birinchi хatboshidagi "amal qilish muddati oʻtmagan" soʻzlari chiqarib tashlansin;


o) 39-bandda:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi- yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


p) 42-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


r) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash

SXEMASI

      

Bosqichlar




Sub’yektlar



Tadbirlar


Bajarish muddatlari







1-bosqich

Litsenziya talabgori - yuridik shaхs

      

1. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq tayyorlaydi.


2. "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hujjatlarni bevosita yohud ularni olingani toʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda elektron shaklda taqdim etadi.


3. "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin 20 kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan soʻng litsenziya talabgori "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasini yozma ravishda хabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga egadir.

       

Litsenziya talabgorining хohishiga koʻra

































2-bosqich

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi


        

1. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining ma’sul хodimi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).


2. Ekspert хulosasini tayyorlaydi va unga asosan Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Agar litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin 20 kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilmasa, belgilangan muddat tugagandan soʻng litsenzyai talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan soʻng besh ish kunida unga litsenziya berishga majbur.


3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan soʻng litsenziya talabgorlari tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan holatda, ekspert хulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

         

1) hujjatlar qabul

qilingan kunda









2) ariza olingan kundan

boshlab 20 kundan

oshmaydigan muddatda




3) hujjatlar qayta taqdim

etilgandan soʻng 10 kun

davomida
































3-bosqich



"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi

       

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi. Litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.


2. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

       

- tegishli qaror qabul qilingandan soʻng 3 kun muddatda
































Litsenziat

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

- litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay



































4-bosqich

















Litsenziya talabgori

       

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.


2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.


3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

       

- litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda



































5-bosqich

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.


2. Litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi.

- 3 kun davomida





























".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 25 sentyabr