Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.10.2018 y. 887-son "Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida хodimlarni doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.10.2018 y.

N 887



RAHBARLARI TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT

VILOYaTIDA XODIMLARNI DOIMIY PROPISKA

QILISh TOʻRISIDA ILTIMOSNOMA KIRITIShI

MUMKIN BOʻLGAN DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARI,

DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI ORGANLARI,

RESPUBLIKA AHAMIYaTIGA MOLIK BOShQA

DAVLAT TAShKILOTLARI ROʻYXATIGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 31 martdagi PF-4996-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga quyidagi mazmundagi 36-5-band qoʻshilsin:

"36-5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 31 oktyabr