Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.11.2018 y. 920-son "Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarini tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.11.2018 y.

N 920



NAZORAT QILUVChI ORGANLAR MANSABDOR

ShAXSLARINI TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARI

FAOLIYaTINI TEKShIRISh HUQUQINI BERISh

YuZASIDAN ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, mansabdor shaхslar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishda qonunchilik buzilishi hollarining oldini olish va ularga barham berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarini tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Nazorat qiluvchi organlar:

bir oy muddatda tegishli nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarini ularga tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish uchun attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha attestatsiya komissiyalarini tashkil etsinlar;

attestatsiya nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarini tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomda belgilangan talablardan kelib chiqib yuksak talabchanlik, prinsipiallik va oʻz kasbini bilish хolisona baholanishi vaziyatida oʻtkazilishini ta’minlasinlar;


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 noyabr, 45-son, 879-modda