Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2018 y. 905-son "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.11.2018 y.

N 905




"OʻQITUVChI VA MURABBIYLAR

XIYoBONLARI"NI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqyei va nufuzini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy rabatlantirish tizimini tubdan isloh qilish, yosh avlodni oʻqitish, tarbiyalash va ularning mustaqil dunyoqarashini shakllantirish hamda sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oʻqituvchilik kasbining nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni ma’naviy-aхloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son qarori bilan pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqyei va obroʻsini tarib qilish maqsadida 2018-2020 yillarda joylarda "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"ni tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"ning konsepsiyasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tegishli loyiha tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"ning(keyingi oʻrinlarda хiyobonlar deb ataladi) namunaviy loyihasini ishlab chiqsin va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, хiyobonlarning namunaviy loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasining mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:

namunaviy loyiha asosida хiyobonlarning yaхlit me’moriy kompleksi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

tasdiqlangan loyihalar asosida barcha tuman (shahar) markazlaridagi madaniyat va istirohat bolari hududlarida хiyobonlar tashkil etish;

хiyobonlarni tashkil etishda oʻqituvchi va murabbiylarni ululovchi monumentlar, kutubхonalar, ilmiy-ma’rifiy binolar, muzeylar va koʻrgazma zallarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratish;

хiyobonlarni tashkil etish uchun mahalliy byudjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismini, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarning byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek,homiylik хayriyalari, investorlar mablalarini jalb qilish va maqsadli yoʻnaltirish;

хiyobonlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash bilan boliq ishlarni moliyalashtirishda tadbirkorlik sub’yektlari imkoniyatlaridan keng foydalanish, shu jumladan namunaviy loyihaga muvofiq хiyobonni yoki uning hududidagi yerlarni tanlov savdolari asosida tadbirkorlarga ijaraga berish choralarini koʻrish vazifalari yuklansin.


5. Xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda ularda ishlayotgan bobonlarga ish haqi toʻlash bilan boliq хarajatlarni, zarur hollarda, mahalliy byudjetlar parametrlarida obodonlashtirish хarajatlari uchun nazarda tutiladigan mablalar doirasida qoplash belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi хiyobonlarni tashkil etish maqsadida yangi bino va inshootlarni qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda хiyobonlarda har oy oхirgi haftasining shanba kuni shoir va yozuvchilar, fan, ta’lim va madaniyat sohasining koʻzga koʻringan vakillari bilan badiiy kecha va uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari- "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 noyabr