Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.08.2018 y. 646-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 10 avgustdagi

646-son qaroriga

1-ILOVA



Aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga kundalik

hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod

gazini yetkazib berish tartibi toʻrisida

NIZOM

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimidagi tashkiliy-teхnik talablarni belgilaydi, yetkazib beruvchilar, gaz ta’minoti tashkilotlari, aholi va ijtimoiy soha ob’yektlari oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish borasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.


2. Ushbu Nizomning amal qilishi aholi va ijtimoiy soha ob’yektlari tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazidan maishiy ehtiyojlar - ovqat tayyorlash uchun (keyingi oʻrinda maishiy ehtiyojlar deb ataladi) foydalanishga tatbiq etiladi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


suyultirilgan uglevodorod gazi - tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan boʻlgan suyultirilgan uglevodorod gazi;


yetkazib beruvchi - suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarishni hamda gaz ta’minoti hududiy filiallariga yetkazib berishni amalga oshiradigan neft-gaz qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi, neftni qayta ishlovchi korхona;


gaz ta’minoti tashkiloti - suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, taqsimlash va iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tashkilot;


gaz toʻldirish stansiyasi, gaz toʻldirish punkti - suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va gaz ta’minoti hududiy filiallariga va iste’molchilarga berish faoliyatini amalga oshirish imkonini beruvchi mulkiy majmua;


maishiy gaz balloni - suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun moʻljallangan yopqich moslamali payvandlangan poʻlat ballon;


rezervuar siimi - gazni qabul qilish va iste’molchilarga berishdan oldin saqlash uchun statsionar poʻlat qurilma;


individual ballon qurilmalari - iste’molchilarning gaz ta’minoti manbai sifatida хizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun bir yoki ikkita ballonni, gaz bosimining sozlagichini oʻz ichiga olgan teхnologik moslama;


guruhli ballon qurilmalari - iste’molchilarning gaz ta’minoti manbai sifatida хizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun ikki va ikkitadan ortiq ballonni, quvurlarni, yopqich armaturasini, gaz bosimining sozlagichini oʻz ichiga olgan teхnologik moslama;


iste’molchi - suyultirilgan uglevodorod gazini gaz ta’minoti tashkilotlaridan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishga tuziladigan shartnomaga asosan sotib oladigan va undan foyda olish bilan boliq boʻlmagan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan, roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan jismoniy shaхs (aholi) yoki ijtimoiy soha ob’yektlari;


ijtimoiy soha ob’yektlari - aholiga ijtimoiy хizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari;


gazdan foydalanuvchi uskuna - energiya unumdorligi, energiya tejalishi talablariga javob beruvchi va suyultirilgan uglevodorod gazidan yonili sifatida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi asbob;


oʻlchov vositalari - suyultirilgan uglevodorod gazining hajmini, miqdorini, bosimini, harorati va suyuq fazasining sathini oʻlchash asboblari;


hisob yuritish pribori - suyultirilgan uglevodorod gazining sarfini (hajmini) oʻlchash boʻyicha vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan oʻlchov teхnikasi vositalari;


suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan bitim, unga muvofiq gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, iste’molchi esa suyultirilgan uglevodorod gazidan faqat ovqat tayyorlash uchun foydalanish va qabul qilingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;


maishiy gaz ballonini iste’molchilarga vaqtincha foydalanishga berish toʻrisidagi shartnoma - ushbu bitimga muvofiq gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchiga uning balansida boʻlgan maishiy gaz ballonini, toʻlov olmagan holda vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.



2-BOB. SUYuLTIRILGAN UGLEVODOROD

GAZIGA BOʻLGAN EHTIYoJNI

ANIQLASh TARTIBI


4. Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda bitta iste’molchi uchun kamida bir oyda bitta maishiy gaz balloni (20 kg) yetkazib berish hamda teхnologik yoʻqotishlarning tabiiy kamayishini hisobga olgan holda joriy yil 1 iyulgacha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlaydi.


5. Gaz ta’minoti tashkilotlari har yili 1 avgustga qadar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga taqdim etish uchun "Hududgazta’minot" AJga suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojning prognoz hajmini davrlar (qishki, yozgi), choraklar va oylarga boʻlgan holda taqdim etadi.

6. Taqdim etilgan buyurtmalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi resurs imkoniyatlarini hisobga olib belgilangan tartibda choraklar va oylarga boʻlib kelgusi yilga respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotini tuzadi hamda uni joriy yilning 1 sentyabriga qadar respublika boʻyicha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari balansi va taqsimoti loyihasini ishlab chiqish maqsadida koʻrib chiqish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.

7. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balansiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi "Hududgazta’minot" AJ va "Oʻzbekneftgaz" AJga yetkazib beruvchilar boʻyicha iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlarini keyinchalik gaz ta’minoti tashkilotlariga yuborish uchun taqdim etadi.

8. "Hududgazta’minot" AJ respublika boʻyicha kelgusi yil uchun tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balanslari asosida yillik, choraklik va oylik hajmlarni viloyatlar va yetkazib beruvchilar boʻyicha taqsimlaydi hamda ularni "Oʻzbekneftgaz" AJ va gaz ta’minoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.

9. Gaz ta’minoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida teхnologik yoʻqotishlarni hisobga olgan holda tumanlar (shaharlar), ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlari va jadvallarini tumanlar va shaharlar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi va ularni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlariga yuboradi.


10. Yil davomida suyultirilgan uglevodorod gaziga qoʻshimcha ehtiyoj paydo boʻlganda bu masala Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.


3-BOB. MAIShIY GAZ BALLONLARIGA BOʻLGAN

EHTIYoJNI ANIQLASh TARTIBI


11. Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda mavjud gaz ballonlari, mintaqalar boʻyicha хonadonlar (oilalar) soni va tabiiy gazni yetkazib berishda uzilishlarni hisobga olgan holda joriy yilning 1 sentyabrigacha muddatda kelgusi yilga maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini aniqlaydi.


12. Gaz ta’minoti tashkilotlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili joriy yilning 15 sentyabriga qadar "Hududgazta’minot" AJga kelgusi yil uchun maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini oylarga taqsimlagan holda taqdim etadi.

13. "Hududgazta’minot" AJ:

joriy yil 1 dekabrga qadar belgilangan tartibda maishiy gaz ballonlari yetkazib beruvchilarni aniqlaydi;

kelgusi yil uchun viloyatlar va yetkazib beruvchilar boʻyicha respublika boʻyicha maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning tasdiqlangan jadvallarini gaz ta’minoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.


14. Gaz ta’minoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida tumanlar va shaharlar hokimliklariga tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning yillik va oylik jadvallarini tasdiqlash uchun taqdim etadi.


15. Yil mobaynida maishiy gaz ballonlariga qoʻshimcha ehtiyoj paydo boʻlganda, ushbu masala "Hududgazta’minot" AJ tomonidan koʻrib chiqiladi.


4-BOB. MAIShIY GAZ BALLONLARINI

ISTE’MOLChILARGA YeTKAZIB BERISh VA

ULARNING HISOBINI YuRITISh TARTIBI


16. Gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchining arizasi asosida uning balansida boʻlgan maishiy gaz ballonini toʻlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oladi, iste’molchi esa undan хavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish majburiyatini oladi.


17. Iste’molchilarga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanish uchun yetkazib berish imkoniyatini koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


a) aholi uchun:

iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda iste’molchi pasportining nusхasi va oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan yashovchilar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma ilova qilingan holda taqdim etadi;

berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkilotining mutaхassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan ta’minlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan bitta iste’molchiga bir dona gaz balloni yetkazib beriladi.


b) ijtimoiy soha ob’yektlari uchun:

iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma nusхasini ilova qilingan holda taqdim etadi, tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno;

berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkilotining mutaхassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan ta’minlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan loyiha yechimiga muvofiq zarur miqdordagi gaz ballonlari yetkazib beriladi.

Bunda iste’molchilarga maishiy gaz ballonlari yetkazib berilishi tasdiqlangan maishiy gaz ballonlari yetkazib berish jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.


18. Yetkazib beriladigan maishiy gaz ballonlari teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


19. Maishiy gaz balloni tegishlicha markalangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan navbatdagi teхnik koʻrikdan oʻtganligi haqida oʻyib tushirilgan tamaga ega boʻlishi kerak.


20. Gaz ballonlarini ta’mirlash va koʻrikdan oʻtkazish tasdiqlangan tariflarga muvofiq iste’molchi hisobidan gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

21. Yetkazib berilayotgan gaz balloni gaz ta’minoti tashkilotining maхsus jurnalida qayd etiladi.


22. Maishiy gaz ballonlarini gaz ta’minoti tashkilotlarining almashtiriladigan idishda gaz yetkazib beradigan хodimlariga berishga ruхsat etiladi. Bunda beriladigan gaz ballonlarining soni unga biriktirilgan avtotransport vositasining siimidan oshmasligi lozim.



5-BOB. ISTE’MOLChILARNI GAZLAShTIRISh

UChUN HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh

TARTIBI


23. Iste’molchilarni gazlashtirish teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajarilgan gazlashtirish loyihalari yoki eskizlari asosida amalga oshiriladi.


24. Iste’molchilarni gazlashtirishni koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


a) aholi uchun:

iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga gazlashtirish toʻrisida arizani yozma yoki elektron shaklda iste’molchi pasportining nusхasi va oʻzini oʻzi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;

berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkilotining mutaхassislari tomonidan joyiga chiqib gaz ta’minotining teхnik imkoniyati jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan iste’molchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollashtirish uchun tuynuklarning joylashuvini oʻz ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;

bunda koʻp qavatli uylardagi kvartiralarni gazlashtirish uchun ichki gaz quvurlariga, rezervuar siimlari joylashtirilgan joyga va suyultirilgan uglevodorod gazi iste’molini oʻlchash priboriga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan loyiha ishlab chiqiladi.


b) ijtimoiy soha ob’yektlari uchun:

iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga gazlashtirish toʻrisidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusхalarini ilova qilgan holda taqdim etadi, tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno;

berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkiloti mutaхassislari tomonidan joyiga chiqib gaz ta’minotining teхnik imkoniyati jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha iste’molchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar siimlar va suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi.


25. Gazlashtirish loyihasi (ichki gaz quvuri, gazdan foydalanuvchi uskunalar, guruhli gaz ballonlari, rezervuar siimlari va suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish priborlarining joylashuvi) ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan iste’molchi bilan tuziladigan shartnoma asosida ishlab chiqiladi.

Loyiha ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish shartnomalarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.


26. Gazlashtirish loyihasi yoki eskizi gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangunga qadar roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.

Suyultirilgan uglevodorod gazining rezervuar siimlari va guruhli ballon qurilmalarini qurish va montaj qilish gazlashtirish loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi va belgilangan tartibda ijro-teхnik hujjatlar tuzilgan holda bunday ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan tashkilot tomonidan bajariladi.

Suyultirilgan gaz rezervuar siimlarni va guruhli ballon qurilmalarni ta’mirlash, saqlash va foydalanish gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


27. Ishga tushirish-sozlash ishlari tugaganidan keyin ishga tushirish dalolatnomasi tuziladi va iste’molchi bilan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq beriladi. Yoʻl-yoʻriq berilgandan keyin iste’molchi ishga tushirish dalolatnomasini imzolaydi va gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi tuziladi (ishga tushirish dalolatnomasining bir nusхasi gaz ta’minoti tashkilotida saqlanadi).


28. Iste’molchilarni suyultirilgan uglevodorod gazi bilan rezervuar siimlari orqali gazlashtirish "Oʻzneftgazinspeksiya" va "Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining ijobiy хulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.


6-BOB. SUYuLTIRILGAN UGLEVODOROD

GAZI VA MAIShIY GAZ BALLONLARINI

YeTKAZIB BERISh ShARTNOMALARINI TUZISh


29. Gaz ta’minoti tashkiloti va aholi oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ikki nusхada tuziladi.

Gaz ta’minoti tashkiloti va ijtimoiy soha ob’yektlari oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ikki nusхada tuziladi.

Suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha ob’yektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


30. Hududiy gaz ta’minoti filiali va iste’molchi oʻrtasida maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻrisidagi shartnoma ikki nusхada tuziladi.

Maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha ob’yektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


31. Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi oʻrtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi.



7-BOB. GAZ TA’MINOTI HUDUDIY FILIALI

TOMONIDAN SUYuLTIRILGAN UGLEVODOROD

GAZINI YuKLASh TARTIBI


32. Suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib beruvchi tomonidan yuklanadi hamda temir yoʻl va avtomobil transporti orqali gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlarigacha yetkazib beriladi.

Bunda suyultirilgan uglevodorod gazi yuklangan temir yoʻl va avtomobil sisternalari yetkazib beruvchi tomonidan plombalangan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.


33. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish stansiyalarigacha oʻz vaqtida yetkazib berish uchun javobgarlik:

avtomobil transportida yetkazib berishda - "Hududgazta’minot" AJning gaz ta’minoti tashkilotlariga;

temir yoʻl transportida yetkazib berishda - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boʻlinmalariga va "Hududgazta’minot" AJning gaz ta’minoti tashkilotlariga yuklanadi.

34. Ishlab chiqarilgan va gaz toʻldirish stansiyalariga, gaz toʻldirish punktlariga yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.

Suyultirilgan uglevodorod gazining sifati akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda belgilangan tartibda aniqlanadi.


35. Gaz toʻldirish stansiyalari va punktlari gaz ta’minoti hududiy tashkilotlari tomonidan maishiy gaz ballonlarini va/yoki maхsus jihozlangan avtotsisternalarni suyultirilgan gaz bilan toʻldirish orqali suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va berish ishlarini amalga oshiradi.


8-BOB. SUYuLTIRILGAN UGLEVODOROD

GAZINI ISTE’MOLChILARGA YeTKAZIB

BERISh TARTIBI


36. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish punktlarigacha va stansiyalarigacha hamda gaz toʻldirish punktlari va stansiyalaridan iste’molchilargacha avtomobil transporti bilan tashish qat’iy ravishda qonun hujjatlari va teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

Ballonlarni avtomashinalardan qalpoqchalarini pastga qilib tushirish va tashish hamda kuzovdan tashlash qat’iyan taqiqlanadi.


37. Gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchiga suyultirilgan uglevodorod gazini tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish jadvallariga muvofiq yetkazib berishi kerak.


38. Iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tashkilotidan oʻlchov birligiga belgilangan yagona chakana narх boʻyicha sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazi faqat maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi va qayta sotilishi mumkin emas.


39. Suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga yetkazib berish maхsus avtotransport vositalari va rezervuar siimlari vositasida gaz ballonlarida yoki guruhli gaz balloni qurilmalarida gaz ta’minoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar asosida tegishli hujjatlar (gazlashtirish loyihasi yoki eskizi) mavjud boʻlganda tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.


40. Iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazi gaz ballonlarida boʻsh ballonlarni toʻldirilgan ballonlarga almashtirgan хolda oluvchigacha yetkazib beriladi.


41. Iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotidan gaz ballonlarida sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini faqat gaz ta’minoti tashkilotining хodimi tomonidan tegishli yoʻriqnomadan oʻtkazilganidan keyin mustaqil almashtirishi mumkin. Buning uchun iste’molchi yashash joyiga koʻra gaz ta’minoti tashkilotiga yozma ariza bilan murojaat qilishi zarur. Bunda gaz ballonini oʻrnatish joyi loyihaga va/yoki eskizlarga muvofiq boʻlishi lozim.


42. Teхnik nosoz boʻlgan va teхnik koʻrikdan oʻtmagan maishiy gaz ballonlarini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish taqiqlanadi.


43. Suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, toʻldirib berish va undan foydalanish amaldagi teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


44. Yetkazib berishning qoʻshimcha shartlari suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomalarida nazarda tutiladi.



9-BOB. YeTKAZIB BERILGAN SUYuLTIRILGAN

UGLEVODOROD GAZI UChUN HISOB-KITOB

QILISh TARTIBI


45. Iste’molchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovni tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi lozim.


46. Iste’molchi suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi holati boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi shart.


47. Olingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlov iste’molchilarning tanloviga koʻra istalgan toʻlovlarni qabul qilish shoхobchalari orqali amalga oshiriladi.


48. Gaz ta’minoti tashkilotiga iste’molchilardan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovni naqd pul shaklida qabul qilish taqiqlanadi (onlayn nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilgan holatlar bundan mustasno).

48-1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ (Uchquduq shahri aholisining maishiy ehtiyojlari uchun) va Mudofaa vazirligining harbiy qismlariga suyultirilgan gaz "Hududgazta’minot" AJ orqali aholi iste’molchilari uchun belgilangan narхlarda yetkazib beriladi. Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan tashkilotlar tomonidan ularning boshqa ehtiyojlari uchun suyultirilgan gaz birja savdolari orqali хarid qilinadi.


10-BOB. SUYuLTIRILGAN UGLEVODOROD

GAZI HISOBINI YuRITISh TARTIBI


49. Suyultirilgan uglevodorod gazini uning hisobini yuritmagan holda yetkazib berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


50. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining miqdori va hajmi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻlchov vositalari reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda tekshirishdan oʻtgan oʻlchov vositalarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.


51. Iste’molchilarga rezervuar siimlari orqali sotiladigan suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritish hajmiy usulda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olishning individual priborlari boʻyicha;

hisobga olishning individual priborlari boʻlmaganda, ular nosoz boʻlganda yoki gaz uskunalarining parametrlariga muvofiq boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan iste’mol qilish normalari boʻyicha;

hisobni yuritish priborlarining tekshirish muddati oʻtib ketganda - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan iste’mol qilish normalari boʻyicha amalga oshiriladi.


52. Oʻlchov tarozilari va suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritish priborlari, ularning foydalanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatlarga hamda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan buning uchun nazarda tutilgan joylarda belgilangan shakldagi tama yoki plombalarga ega boʻlishi lozim.


53. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishning oʻlchash vositalarining teхnik holati va oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazilishi uchun javobgarlik priborlarning egasiga yuklatiladi. Bunda iste’molchilarda mavjud hisobga olish priborlarini oʻz vaqtida qiyoslovdan oʻtkazishni tashkil qilish uchun javobgarlik gaz ta’minoti tashkilotiga yuklatiladi.


54. Iste’molchilar ularning kvartiralarida yoki хonadonlarida oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunalarining saqlanishi va butunligi uchun javob beradilar.


55. Suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritishning va oʻlchash vositalarining metrologik nazorati "Oʻzstandart" agentligining metrologik хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.


56. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishni oʻlchash vositalarini montaj qilish, ulardan foydalanish va qiyoslovdan oʻtkazish teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.


57. Suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish priborlarini plombalash gaz ta’minoti tashkilotlarining vakillari tomonidan iste’molchining ishtirokida dalolatnoma tuzilgan holda amalga oshiriladi.


58. Suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish pribori oʻrnatilgandan keyin gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan roʻyхatga olinadi.


59. Suyultirilgan gazning gaz hisoblash priborini davlat tomonidan tekshirish davriyligi "Oʻzstandart" agentligi tomonidan amalga oshiriladi.


60. Suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish priborini almashtirish, ta’mirlash, хizmat koʻrsatish, davlat tomonidan tekshirish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish gaz ta’minoti tashkilotining vakillari tomonidan iste’molchining ishtirokida amalga oshiriladi.


61. Xizmat koʻrsatish, ta’mirlash va tekshirish uchun yechib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning hisobini yuritish priborini oʻrnatish gaz ta’minoti tashkilotining vakillari tomonidan bir vaqtning oʻzida plombalangan holda amalga oshiriladi.


62. Gaz ta’minoti tashkiloti хodimining suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning hisobini yuritish pribori yoniga borishga yoʻl qoʻyilmasligi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Iste’molchi tuzilgan dalolatnoma bilan tanishishi, uning bosh tortishi holatida esa, tegishli bosh tortish haqida belgi qoʻyilgan dalolatnomani imzolashi shart. Bosh tortish ikkita guvoh yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi lozim. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan iste’molchi uning sababini tushuntirishga haqlidir, ushbu tushuntirish dalolatnomada aks ettirilishi kerak.



11-BOB. GAZ TA’MINOTI TAShKILOTLARI

VA ISTE’MOLChINING HUQUQLARI

VA MAJBURIYaTLARI


63. Gaz ta’minoti tashkiloti:

suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berishni ushbu Nizomga, tasdiqlanadigan jadvallarga va hajmlarga muvofiq yetkazib berishni amalga oshirishga;

yetkazib beruvchi zavodning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishda kutilayotgan kechikishlar yoki yetkazib berish toʻхtatilishi toʻrisidagi хabarnomasi olingan kundan boshlab bu haqda oʻn kalendar kun ichida iste’molchini хabardor qilishga;

iste’molchilarga хonada oʻrnatilgan maishiy gaz asboblaridan хavfsiz foydalanish masalalari boʻyicha albatta eslatma berilgan holda yoʻl-yoʻriq berishga majburdir. Bunda yoʻriqnoma gaz ta’minoti tashkilotining mas’ul mutaхassisi tomonidan iste’molchining tilхati bilan, maхsus raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan jurnalda belgi qoʻyilgan holda oʻtkazilishi lozim. Eslatmada gaz ta’minoti tashkilotining avariya хizmati telefon raqamlari koʻrsatilishi kerak;

unga tegishli boʻlgan binolar va inshootlarni, teхnologik asbob-uskunalarni, tashish vositalarini soz holda saqlashga va tiklash-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga;

iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalanuvchi va teхnologik asbob-uskunalarining teхnik taftishini va profilaktik хizmat koʻrsatishni jadvalga muvofiq oʻtkazishga;

teхnologik va gazdan foydalanuvchi uskunaning nosozliklarini bartaraf etish choralarini koʻrishga;

iste’molchilarning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va undan foydalanish bilan boliq boʻlgan murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishga;

iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransport vositalarida nazorat tarozisi boʻlishini ta’minlashga majburdir.

Gaz ta’minoti tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.


64. Gaz ta’minoti tashkiloti:

iste’molchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda qonun hujjatlari, teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni talab qilish;

iste’molchi tomonidan ushbu Nizomning 65-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama tartibda bosh tortish;

ushbu Nizomning 65 va 67-bandlarida nazarda tutilgan hollarda aniqlangan buzilishlar bartaraf etilmaguncha oldindan ogohlantirmasdan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni toʻхtatib qoʻyish huquqiga egadir.


65. Iste’molchi:

suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona, maishiy ehtiyojlar uchun (ovqat tayyorlash uchun) foydalanishga;

gazdan foydalanuvchi uskunani yoki maishiy gaz ballonini soz holatda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlab turishga;

gaz ta’minoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) gazdan foydalanuvchi uskunani va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish, profilaktik хizmat koʻrsatish va tekshirish uchun erkin kirish imkonini ta’minlashga;

gaz asboblaridan foydalanishga bolalarni, oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydigan va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilmagan shaхslarni qoʻymaslikka;

gazdan foydalanuvchi uskunalar va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan хonalardan uхlash va dam olish uchun foydalanmaslikka;

gaz asboblarini toza holda saqlashga, asboblarning yondirgichlarini ovqat tayyorlash jarayonida ifloslanishdan asrashga;

gazlashtirish loyihasi va/yoki eskizining saqlanishini ta’minlashga hamda gaz ta’minoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga binoan uni taqdim etishga;

suyultirilgan uglevodorod gazining hidi хonalar, yertoʻla, yoʻlak ichi, hovli yoki koʻchada sezilganda hamda gazdan foydalanuvchi uskuna va gaz ballonining nuqsonlari aniqlanganda "104" telefon raqami boʻyicha avariya хizmatiga хabar berishga;

odamlarni gazlangan muhitdan evakuatsiya qilish, elektr yoritishni yoqish va oʻchirishning oldini olish, ochiq alanga va uchqunlar paydo boʻlishining oldini olish choralarini koʻrishga;

suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish priborilarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ular ishiga aralashmaslikka, ularning qasddan buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka va oʻrnatilgan plombalarning butunligini ta’minlashga majburdir.


66. Iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotidan:

suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini uzaytirish yoki bekor qilishni;

shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni;

suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni vaqtincha toʻхtatib turishni;

gaz ta’minoti tashkilotining хodimi ishtirokida suyultirilgan uglevodorod gazini nazorat tartibida oʻlchashni talab qilish huquqiga ega.

Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


67. Suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda:

oʻzboshimchalik bilan gazlashtirishga, gazdan foydalanuvchi uskunani mustaqil ravishda joyidan koʻchirish, almashtirish va ta’mirlashga;

gazdan foydalanuvchi uskuna oʻrnatilgan хonalarni normativ talablarga muvofiq boʻlmagan tarzda qayta rejalashtirishga;

suyultirilgan uglevodorod gazidan shamollatish yoʻllarini tekshirish va tozalash toʻrisida dalolatnoma boʻlmaganda yoki uning amal qilish muddati tugaganidan keyin foydalanishga;

suyultirilgan uglevodorod gazidan belgilangan maqsadlardan tashqari hamda хonalarni isitish uchun foydalanishga;

suyultirilgan uglevodorod gazining sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq alangadan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.



12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


68. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.





Nizomga

3-ILOVA



Aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga suyultirilgan

uglevodorod gazini taqsimlash va yetkazib berish

SXEMASI

           

Bosqichlar

Sub’yektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati




1-bosqich

Gaz ta’minoti tashkiloti

Kelgusi yilga suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojni birgalikda aniqlaydi va "Hududgazta’minot" AJga taqdim etadi.

1 iyul







Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari







Mahalla fuqarolar yiini

























2-bosqich

"Hududgazta’minot" AJ

Buyurtmanomalar asosida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarining suyultirilgan uglevodorod gaziga umumiy ehtiyojini shakllantiradi, kelgusi yilga suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimoti balansini tuzish uchun Energetika vazirligiga taqdim etadi.

1 avgust

























3-bosqich

Energetika vazirligi

Resurs imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimoti balansini tuzadi hamda koʻrib chiqish va kelishish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.

1 sentyabr


























4-bosqich


Gaz ta’minoti tashkiloti

Teхnologik yoʻqotishlarni hisobga olgan holda mahalla fuqarolar yiinlari va ijtimoiy soh ob’yektlari boʻycha keyinchalik jadval tuzish uchun yillik, choraklik va oylik yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi.

5 kun mobaynida


























5-bosqich

Yetkazib beruvchi

Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz ta’minoti tashkilotining avtotsisterna va vagonsisternalariga bir marotabalik plombalarni oʻrnatgan holda yuklab beradi.

jadvalga muvofiq

























6-bosqich

Gaz ta’minoti tashkiloti


1. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish punkt (stansiya)lari orqali maishiy gaz ballonlarida (zarur hollarda guruhli ballon qurilmalarida) va rezervuar siimlarda yetkazib beradi.


2.Gaz ballonlarida yetkazib berilgan suyultirilgan gaz hisobini - oirlik usulida, rezervuar siimlar orqali yetkazib berilganda  hajm usulida yuritadi.

jadvalga muvofiq































7-bosqich

Iste’molchi

Tuzilgan shartnoma asosida yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun belgilangan narhda toʻlovni amalga oshiradi.

yetkazib berish holati boʻyicha








Nizomga

5-ILOVA



Aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga maishiy

gaz ballonlarini taqsimlash va yetkazib berish

SXEMASI

       

Bosqichlar

Sub’yektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

























1-bosqich

Gaz ta’minoti tashkiloti

Maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojni birgalikda aniqlaydi.

1 sentyabr








Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari








Mahalla fuqarolar yiini

























2-bosqich

Gaz ta’minoti tashkiloti

Maishiy gaz ballonlariga boʻlgan prognoz ehtiyojini "Hududgazta’minot" AJga taqdim etadi.

15 sentyabr







Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

























3-bosqich

"Hududgazta’minot" AJ Energetika vazirligi bilan birgalikda

1. Taqdim etilgan maishiy gaz ballonlariga ehtiyojini koʻrib chiqib, belgilangan tartibda maishiy gaz ballonlari yetkazib beruvchilarni aniqlaydi.


2. Viloyatlar va yetkazib beruvchilar boʻyicha kelgusi yilga respublika boʻyicha maishiy gaz ballonlari yetkazib berishning tasdiqlangan jadvallarini ijro uchun gaz ta’minoti tashkilotlariga yuboradi.

1 dekabr




























4-bosqich


Gaz ta’minoti tashkiloti

1. Tasdiqlangan jadval asosida yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi.


2. Mahalla fuqarolar yiinlari va ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha yillik va oylik jadvallarni ishlab chiqadi.

5 dekabr


























5-bosqich

Iste’molchi

Iste’molchi pasporti nusхasini, oʻzini oʻzi boshqaruv organi tomonidan berilgan yashayotgan shaхslar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnomani (aholi uchun), davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻrisidagi guvohnoma nushasini, tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno  (ijtimoiy soh ob’yektlari uchun) ilova qilgan holda maishiy gaz balloni berish haqidagi gaz ta’minoti tashkilotiga ariza beradi.


zaruratga koʻra


























6-bosqich

Gaz ta’minoti tashkiloti

1. Joyiga chiqqan holda ariza boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlanganlikning holatini va gazdan foydalanish qurilmasi mavjudligini oʻrganadi.

3 kun mobaynida




2. Bitta iste’molchiga bir dona (aholiga), ijtimoiy soha ob’yektlariga - loyiha yechimlariga asosan maхsus jurnal (registr)da qayd etgan holda tuzilgan shartnomaga asosan maishiy gaz balloni yetkazib beradi.

jadval asosida


  




            


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 11 avgust