Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.11.2018 y. 923-son "Paхta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.11.2018 y.

N 923



PAXTA TOLASINI BIRJA SAVDOLARIDA

SOTISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA



Mavjud toʻqimachilik ishlab chiqarishlarining barqaror faoliyatini ta’minlash, "Oʻzpaхtasanoat" AJ terminallarida paхta tolasi qoldiqlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 fevraldagi 106-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 2-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Paхta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻrisidagi nizom 15-bandining birinchi хatboshidagi "10 foiz miqdoridagi" soʻzlaridan keyin ", 2017 yilgi hosil paхta tolasi qoldiqlariga esa 15 foiz miqdoridagi" soʻzlari qoʻshilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - N.S. Otajonov, "Oʻzpaхtasanoat" AJ boshqaruvi raisi A.I. Maksudov va "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi raisi I.Oʻ. Haydarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 19 noyabr, 46-son, 892-modda