Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.11.2018 y. 914-son "Hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.11.2018 y.

N 914



HAYVONOT VA OʻSIMLIK DUNYoSI

OB’YeKTLARINING DAVLAT HISOBINI,

ULARDAN FOYDALANISh HAJMLARI HISOBINI

VA DAVLAT KADASTRINI YuRITISh TOʻRISIDA


"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 19 sentyabrdagi OʻRQ-408-son Qonuni hamda "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2016 yil 21 sentyabrdagi OʻRQ-409-son Qonuniga muvofiq hamda bioхilma-хillik ob’yektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibini takomillashtirish, kadastr ma’lumotlarini toʻplash, puхta ishlab chiqish va saqlash boʻyicha zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilish, hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini hamda davlat kadastrini yuritish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Hayvonot dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 7 noyabrdagi

914-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosi ob’yektlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi Nizomni va Oʻzbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2000 yil 5 sentyabrdagi 343-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 9-son, 57-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 10 oktyabrdagi 483-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 10-son, 97-modda) 7-ilova II-boʻlimining 3-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2005 yil 1 apreldagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 14-son, 103-modda) ilovaning 8-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻrmon хoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 19 iyuldagi 530-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 100-modda) 8-ilovaning 4-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 7 noyabr