Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2018 y. PQ-4016-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.11.2018 y.

N PQ-4016



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish toʻrisida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yiilishida 2018 yil 1 iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuqorida koʻrsatilgan хalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul markaziy vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi oʻziga taalluqli qismi boʻyicha mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻrisida va uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organlar haqida tegishli bildirishnomani yuborsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 19 noyabr, 46-son, 890-modda