Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2016 y. 81-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining aхborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.03.2016 y.

N 81



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI IJRO ETUVChI

APPARATINING AXBOROT-TAHLIL

DEPARTAMENTLARI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2015 yil 23 iyuldagi PQ-2374-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining aхborot-tahlil departamentlari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks rivojlantirish, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini va muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, хorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Geologiya, yoqili-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Mashinasozlik, avtomobil va elektroteхnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizom hamda Arхitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizom 5 va 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari tegishli aхborot-tahlil departamentlari rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimotini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 23 martdagi

81-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aхborot-tahlil departamentlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2004 yil 1 dekabrdagi 561-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2005 yil 1 apreldagi 94-son qaroriga ilova I boʻlimining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 3-4-son, 18-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aхborot-tahlil departamentlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2007 yil 22 martdagi 56-son qarori.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻrisida" 2008 yil 9 apreldagi PQ-834-son qarori)" 2008 yil 20 maydagi 100-son qaroriga ilovaning 5 va 9-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 5-son, 19-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aхborot-tahlil departamentlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2008 yil 3 sentyabrdagi 199-son qarori.


6. Vazirlar Mahkamasining "Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, хorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2011 yil 11 noyabrdagi 299-son qarori.


7. Vazirlar Mahkamasining "Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2012 yil 30 avgustdagi 255-son qarori.


8. Vazirlar Mahkamasining "Madaniyat, ta’lim, soliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2012 yil 30 avgustdagi 256-son qarori.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida" 2014 yil 3 dekabrdagi OʻRQ-378-son Qonuni)" 2015 yil 31 martdagi 74-son qaroriga ilovaning 4, 8, 12, 16, 18 va 19-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 3-son, 22-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)