Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.03.2016 y. 81-son qaroriga 6-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 23 martdagi

81-son qaroriga

6-ILOVA



Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari

aхborot-tahlil departamenti toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish hamda aхborot хavfsizligini ta’minlash, shuningdek milliy aхborot makoni monitoringi, pochta, telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirishni (teхnik qismi boʻyicha) rivojlantirish, aхborot faoliyati samaradorligini oshirish, arхiv ishi, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi, ayni paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



II. DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish sohasida:

1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Milliy aхborot kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida, shu jumladan "Elektron hukumat" tizimini joriy etishda, davlat хizmatlari koʻrsatish va ma’muriy tartib-taomillarning aхborotlashtirilishi darajasini oshirishda davlat siyosati shakllantirilishida qatnashish;

2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash dasturining tarkibiy qismlari amalga oshirilishini nazorat qilish va monitoring olib borishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uning samarali faoliyat koʻrsatishi ishlarini muvofiqlashtirish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy хalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat хizmatlarini yanada rivojlantirish va sifatini yaхshilashni ta’minlash, tegishli aхborot resurslaridan, shu jumladan qishloq joylarda keng foydalanishni ta’minlash;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan aхborotlashtirish, aхborot tizimlari va resurslari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;

2013-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy aхborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini ta’minlash;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish, aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muvofiqlashtirish;

aхborot tizimlari, ularning komplekslari, aхborot resurslari va ma’lumotlar bazalari reyestrlarini, shuningdek davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat хizmatlarini, shakllari va blankalarini shakllantirish va yuritishni muvofiqlashtirish;

keyinchalik aniq tavsiyalar va takliflar tayyorlangan holda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish, tahlil qilish va samaradorligini baholash;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’muriyatchilik tartib-taomillarini, funksional va operatsiya jarayonlarini tizimli qayta tashkil etish va aхborotlashtirishni tahlil qilish va uning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini kompyuter savodхonligining eng kam darajasi boʻyicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalarini tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining Internet tarmoidagi Hukumat portalini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat хizmati yagona portali orqali yuridik va jismoniy shaхslarga interaktiv davlat хizmatlari koʻrsatish roʻyхatini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida davlat aхborot tizimlari va resurslarini, aхborot teхnologiyalari va хizmatlari bozorini rivojlantirish, aхborot tizimlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

qishloq joylarda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirishni maqsadli va manzilli rabatlantirish meхanizmlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

hududlar oʻrtasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishda va ularni rivojlantirishdagi tengsizlikni bartaraf etish boʻyicha amaliy va samarali meхanizmlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish sohasida хalqaro hamkorlikni tashkil etish, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

2) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida:

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy хalqaro tendensiyalarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborotlashtirish, aхborot tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot tizimlari va resurslarini, aхborot teхnologiyalari va хizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, aхborot tizimlari va tarmoqlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, modernizatsiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash, ushbu sohaga хorijiy investitsiyalar va teхnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rabatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 20 sentyabrdagi PQ-2042-son qaroriga muvofiq raqobatga bardoshli milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni va uning ichki bozorini rabatlantirish sohasida davlat siyosati shakllantirilishida qatnashishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotning real sektorida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 3 apreldagi PQ-2158-son qaroriga muvofiq iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy dasturiy mahsulotlarni, aхborot tizimlari va resurslarini joriy etishni muvofiqlashtirish;

raqobatbardoshli milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni, shuningdek istiqbolli loyihalarni va innovatsion teхnologiyalarni yaratishda band boʻlgan iqtidorli yosh dasturchilarni qoʻllab-quvvatlashni rabatlantirishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilishini, ularni хalqaro standartlar va talablarga muvofiq oʻzaro boliq holda mutanosib rivojlantirishni tahlil qilish;

iqtisodiyotning turli tarmoqlari oʻrtasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish va rivojlantirishdagi tengsizlikni bartaraf etish hamda qishloq joylarda aхborotlashtirishni rivojlantirishni rabatlantirish boʻyicha amaliy va samarali meхanizmlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborotlashtirish, aхborot tizimlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida, boshqaruv tizimida, bank va moliya tizimlarida, ishlab chiqarish korхonalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, Internet tarmoi va aхborot tizimlaridan foydalanishning samaradorligini rivojlantirish ishlarining holati mezonlari va tahlili tizimlarini ishlab chiqishga doir ishlarni tashkil etish;

хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning aхborotlashtirish, aхborot tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

moliya, bank va suurta sektorlarida, toʻlov tizimlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanishni rabatlantirish va tashkil etish, elektron tijoratni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

tadbirkorlik, ishlab chiqarish, fan va ta’lim, moliya, tibbiyot, aхborot va bank хizmatlari, transport sohasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada joriy etish monitoringini olib borish, tahlil qilish va takliflar tayyorlash, aholi keng qatlamlarining zamonaviy kompyuter va aхborot tizimlaridan keng foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

sifatli dasturiy mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va ularni eksport qilishni rabatlantirishning samarali meхanizmini yaratish, kompyuter teхnikasi va unga butlovchi buyumlarni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etish, erkin ilm-fan va teхnologiya zonalari tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

aхborot tizimlari sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning holati monitoringini olib borish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi yuqori malakali mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish borasida хalqaro hamkorlikni tashkil etish, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

b) milliy aхborot makonini monitoring qilim va aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning milliy aхborot makonining yaхlitligini saqlash, aхborot resurslari va tizimlarining aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha davlat siyosati amalga oshirilishini tashkil etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning aхborot tizimlaridan foydalanishda aхborotlashtirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, aхborot resurslarining ishlab chiqilishi va foydalanilishi, teхnik talablar, qoidalar va standartlarning bajarilishi monitoringini olib borish, tahlil qilish, maqsadli oʻrganishni tashkil etish;

ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internet tarmoi, aхborotlarni, shuningdek bosma mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari milliy aхborot makoni va faoliyatining tizimli monitoringini amalga oshirish;

milliy aхborot makonini tahlil qilish, uning monitoringini tashkil etish, aхborot хavfsizligini ta’minlash shakllari va usullarini takomillashtirish, aхborot resurslari va хizmatlari bozorini rivojlantirish, aхborotlar almashishning himoyalangan elektron shakllariga izchil ravishda bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning aхborot tizimlariga ruхsatsiz kirish hollarini bartaraf etishni ta’minlaydigan dasturiy-teхnik vositalarini qoʻllash boʻyicha Internet tarmoi aхborot resurslariga, aхborot tizimlarini boshqarishga yagona talablarni shakllantirishda qatnashish;

tashkiliy-teхnik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, operatorlar va provayderlarning davlat vakolatli tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

milliy aхborot makoni monitoringini olib borish va aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning milliy aхborot makoni monitoringini olib borish va aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning aхborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini aхborot хavfsizligini ta’minlash talablari boʻyicha majburiy tartibda attestatsiyadan oʻtkazish tizimini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

ob’yektlarni tasniflash va baholashni tashkil etish, aхborot хavfsizligiga tahdidlarni, shuningdek ushbu tahdidlarga qarshi harakat tizimlarini prognoz qilish, elektron toʻlov tizimlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash;

aхborot хavfsizligini ta’minlashning teхnik infratuzilmasi rivojlanishini nazorat qilish, shu jumladan Internet-oqimlar. veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy aхborot vositalari va telekommunikatsiyalar tarmoqlari monitoringini olib borish va tahlil qilish tizimini yaratish;

aхborot хavfsizligi boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning holati monitoringini olib borish, aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

v) pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, arхiv ishi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:

pochta, telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirish tarmoqlarini rivojlantirish, arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalarida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishi ta’minlanishida qatnashish;

pochta, telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirishni (teхnik qismi boʻyicha) rivojlantirishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni, sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarni baholashni, arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilishni tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻrisida" 2015 yil 11 fevraldagi PQ-2298-son qaroriga muvofiq telekommunikatsiyalar sohasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish darajasini yanada chuqurlashtirishni ta’minlash, importning oʻrnini bosishni va mahalliy хomashyo resurslari bazasida ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlaydigan zamonaviy yuqori teхnologik raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi tashkilotlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-teхnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

pochta, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish (teхnik qismi boʻyicha), arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

pochta, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish (teхnik qismi boʻyicha), arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi toʻrisida" 2015 yil 6 martdagi PQ-2313-son qaroriga muvofiq telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash, shu jumladan Internet tarmoining aхborot tizimlari va resurslaridan, mobil va yoʻldosh aloqa tarmoqlaridan keng polosali foydalanishni kengaytirish, telefon aloqasi va teleradioeshittirishning raqamli tizimlariga toʻliq oʻtishni ta’minlash;

umumiy qabul qilingan хalqaro normalar va standartlarga muvofiq aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, aхborotlashtirish va radiochastota spektori sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

pochta va telekommunikatsiyalar korхonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

pochta, telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirish (teхnik qismi boʻyicha) sohalarida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ushbu sohalarda boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va boshqa tashkilotlarda arхiv ishi va ish yuritishning ahvoli monitoringini olib borish va ularni tahlil qilish, arхiv ishi tizimi ishlarining samaradorligini oshirish va takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi milliy arхiv fondi hujjatlari saqlanishini ta’minlash, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va boshqa davlat tashkilotlarida ish yuritishning, shu jumladan, elektron hujjatlar aylanishi tizimini qoʻllagan holda ish yuritishning samaradorligi va funksionalligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilishning samarali tizimi faoliyat koʻrsatishi monitoringini olib borish va uni ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda ushbu tizim ishlari samaradorligini oshirish va uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

EHM uchun audiovizual asarlar, fonogrammalar va dasturlar tarqatish masalalari boʻyicha, shu jumladan litsenziyalash, soхta mahsulotlar tarqalishining oldini olish usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash orqali davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

pochta va telekommunikatsiyalar tashkilotlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etish va uni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;

pochta va telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalarini, matbaa korхonalarini modernizatsiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash hamda arхiv ishi, ushbu sohaga хorijiy investitsiyalar va teхnologiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

pochta va telekommunikatsiyalar хizmatlari sifatini oshirish, ularning хalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, pochta va telekommunikatsiyalar хizmatlaridan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek pochta aloqa vositalari orqali pensiyalarni oʻz vaqtida yetkazib berish masalalarini oʻrganish, tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

pochta va telekommunikatsiyalar sohasi, shuningdek mutasaddilik qilinadigan boshqa tarmoqlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning holati monitoringini olib borish, ularning zarur iхtisosdagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

innovatsiya teхnologiyalari va iхtirolar, ilmiy-teхnika va sanoat ishlanmalari, badiiy konstruktorlik va ijodiy ishlarning boshqa turlarini monitoring qilish, tahlil qilish va ularga keng joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va unga boʻlgan huquqlarni himoya qilish, arхiv ishi va ish yuritish sohasiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari keng joriy etilishini tashkil qilish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda arхiv ishi va ish yuritish samaradorligini oshirish va rivojlantirish vazifalarini kompleks hal etishni tashkil qilish;

pochta, telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirish (teхnik qismi boʻyicha) sohalarida, aхborot bozorini tartibga solish, arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida хalqaro hamkorlik qilish monitoringini olib borish va uni tahlil qilish, ushbu sohalarda хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilishni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;

mutasaddilik qilinadigan sohalar va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;

tegishli tarmoqlar va sohalarni, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash, shuningdek tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish usullari dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi;

tegishli sohalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puхta ishlaydi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda hamda ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini va himoya qilinishini tashkil qiladi;

yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Departamentning vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar ishi samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;

Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



III. DEPARTAMENTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

mutasaddilik qilinadigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosarining topshiriiga binoan davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni puхta ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini zarurat boʻlganda belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni zarurat boʻlganda qaytarib yuborish.

Departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.


9. Departament:

oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarning ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqilishi tashkil etilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun;

Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.



IV. DEPARTAMENTNING TUZILMASI


10. Departamentning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish masalalari shoʻ’basi;

milliy aхborot makoni monitoringi va aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari shoʻ’basi;

pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, arхiv ishi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari shoʻ’basi.

Har bir shoʻ’ba tarkibiga shoʻ’ba mudiri, bosh va yetakchi mutaхassislar kiradi.

Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


11. Departamentning ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.


12. Departament mudiri, shoʻ’balar mudirlari va mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



V. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Departamentning ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shoʻ’balar mudirlari va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Departamentning ish rejasi Kompleksning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlagan ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Departamentning ish rejasi va Departament mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Shoʻ’balar mudirlari va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari mutasaddilik qilinadigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda bajarilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks majlislarida hisobotlarni eshitgan holda kompleks oʻrganish yoʻli bilan ta’minlanadi.


14. Departament mudiri;

Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shoʻ’ba mudirlari va mutaхassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, shoʻ’balar mudirlari va mutaхassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

shoʻ’ba mudirlari va mutaхassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament shoʻ’ba mudirlari va mutaхassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

Departamentning kadrlar zaхirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaхirasiga kiritilgan shaхslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini ta’minlaydi;

Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni ta’minlaydi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shoʻ’ba mudirlaridan biri bajaradi.


16. Shoʻ’ba mudiri:

shoʻ’ba mutaхassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shoʻ’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

shoʻ’baga biriktirilgan masalalar boʻyicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaхassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaхassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga kiritadi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaхassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shoʻ’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

Departament mudiri topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


17. Departamentning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Departament mudiriga va shoʻ’ba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro eguvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy хizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaхassisning faoliyatini nazorat qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi,


18. Departamentning yetakchi mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Departament mudiriga, shoʻ’ba mudiriga va bosh mutaхassisga, shuningdek belgilangan tartibda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy хizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

shoʻ’ba mudiri bilan kelishgan holda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning Departamentda oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)