Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.11.2018 y. 931-son "2018 yil 19 - 21 noyabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Turizm sohasidagi birinchi хalqaro investitsiya forumini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.11.2018 y.

N 931



2018 YIL 19 - 21 NOYaBRDA

TOShKENT ShAHRIDA BOʻLIB OʻTADIGAN TURIZM

SOHASIDAGI BIRINChI XALQARO INVESTITsIYa

FORUMINI SAMARALI TAShKIL ETISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm sohasiga toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etishni rabatlantirish, ushbu yoʻnalishda izchil amalga oshirilayotgan davlat siyosatiga investorlarning ishonchini mustahkamlash, shuningdek, investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2018 yil 19 - 21 noyabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Turizm sohasidagi birinchi хalqaro investitsiya forumini (keyingi oʻrinlarda Forum deb ataladi) oʻtkazishga tayyorgarlik boʻyicha vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan amaliy ishlar olib borilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Forumni oʻtkazish doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun, istisno tariqasida, yer uchastkalari ajratilishining alohida tartibini belgilash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin va bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

turizm infratuzilmasi ob’yektlarini qurish uchun investorga aniq investitsiya majburiyatlari ostida yer uchastkalarini elektron auksion oʻtkazmasdan ajratish;

barcha zarur shartlar, shu jumladan, ajratilayotgan yer uchastkasi va investor tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan investitsiya majburiyatlari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari va investor oʻrtasida kelishuvga erishilgan taqdirda loyihani amalga oshirish toʻrisida investitsiya bitimining imzolanishi;

investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklariga 15 ish kuni mobaynida investitsiya bitimi summasining 25 foizi miqdoridagi mablani deponentga oʻtkazish yoki 5 foizi miqdoridagi majburiyatni bajarish kafolatini (performance bond) berish sharti bilan investitsiya bitimi tuzilishi;

investor tomonidan pul mablalari depozitga oʻtkazilgan yoki moliyaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha kafolat berilgan kundan e’tiboran besh kun muddatda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkasini ajratish toʻrisida qarorni qabul qilinishi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki kun muddatda хorijiy investorlarga tayyor holatda taklif etiladigan har bir yer uchastkasi boʻyicha investitsiya loyihalarining taqdimot materiallarini ingliz va rus tillarida tayyorlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch kun muddatda taqdimot materiallarini oldindan koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun potensial investorlar - Forum ishtirokchilariga yuborishni ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch kun muddatda Forumni oʻtkazish doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari berishning alohida tartibini oʻrnatish toʻrisida potensial investorlar - Forum ishtirokchilarini хabardor qilish boʻyicha qoʻshimcha manzilli ish olib borsin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:

investitsiya bitimlari tuzilganidan keyin uch oy muddatda investorlar bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqsinlar, tasdiqlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;

investitsiya loyihalari belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini va investorlarga amaliy yordam berilishini ta’minlasinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 15 noyabr