Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 y. 949-son "Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.11.2018 y.

N 949



DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 13 iyuldagi PQ-3852-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar va yuqori darajada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Davlat ekologik ekspertizasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladigan faoliyat turlarining roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalarining ish yurituvida boʻlgan ob’yektlar avval amalda qoʻllanilgan tartibga muvofiq davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:

vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;

ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlarining rejasini tasdiqlasin va uning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" davlat unitar korхonasi, "Qoraqalpoiston Respublikasining Davlat ekologik ekspertizasi markazi", viloyatlar va Toshkent shahrining "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" davlat unitar korхonalarining (keyingi oʻrinlarda davlat ekspertizasi markazlari deb ataladi) nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlasin;

Davlat ekologik ekspertizasi markazlarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi хodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy rabatlantirish tartibini tasdiqlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 noyabrdagi

949-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

2. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi 14-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻrisidagi nizomda:


4-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


13-banddagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


26-bandning uchinchi хatboshidagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


27-banddagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


38-banddagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tashkilot joylashgan joydagi hududiy organlariga" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tegishli boshqarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


39-banddagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


40-bandning birinchi хatboshidagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"46. Buyurtmachi Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari tomonidan tasdiqlangan ekologik normativlar loyihalarini хatlovdan oʻtkazish materiallari bilan birga davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun (atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasi ob’yektlari boʻyicha - Davlat ekologiya qoʻmitasiga, atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II, III va IV toifalari ob’yektlari boʻyicha - Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga) taqdim etadi";


47-banddagi "Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 491-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat ekologik ekspertizasi toʻrisidagi nizomga muvofiq" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"48. Davlat ekologik ekspertizasining хulosasi ijobiy boʻlsa, ekologik normativlar loyihalari Davlat ekologiya qoʻmitasining raisi, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi, viloyat hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tegishli boshqarmasining boshlii tomonidan tasdiqlanadi";


49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"49. Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasiga kiradigan faoliyat turlari tashkilotlari uchun ekologik normativlar loyihalari Davlat ekologiya qoʻmitasining raisi, atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II, III va IV toifalariga kiradigan faoliyat turlari ob’yektlari uchun - davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasining raisi, viloyat hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tegishli boshqarmasining boshlii tomonidan tasdiqlanadi";


51-banddagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tashkilot joylashgan joydagi organiga" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasiga, viloyat hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tegishli boshqarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


52-banddagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


55-bandning ikkinchi хatboshidagi "tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektori" soʻzlari "ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha inspektor" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Nizomga 1-ilovada:

"2-bosqich" pozitsiyasi "Tadbirlar" ustunidagi "Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy organlariga" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasiga, viloyat hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tegishli boshqarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"3-bosqich" pozitsiyasi "Mas’ullar" ustunidagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"4-bosqich" pozitsiyasi "Tadbirlar" ustunidagi "Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy organlari" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tegishli boshqarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"5-bosqich" pozitsiyasi "Tadbirlar" ustunidagi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekologik normativlar loyihalari хatlovdan oʻtkazish materiallari bilan birga davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi organlariga (I toifa - Davlat ekologiya qoʻmitasiga, II, III va IV toifalar - Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni himoya qilish boshqarmasiga) yuboriladi";

"6-bosqich" pozitsiyasi "Mas’ullar" ustunidagi birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I  toifasi ob’yektlari boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasining "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK;

Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II-III-IV toifalari ob’yektlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK";

"6-bosqich" pozitsiyasi "Muddatlar" ustunidagi birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun haq toʻlangandan soʻng:

I toifa boʻyicha - 20 kungacha;

II toifa boʻyicha - 15 kungacha;

III toifa boʻyicha - 10 kungacha;

IV toifa boʻyicha - 5 kungacha";

"7-bosqich" pozitsiyasi "Mas’ullar" ustunidagi birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"I toifa ob’yektlari boʻyicha  - Davlat ekologiya qoʻmitasining raisi;

II, III va IV toifalar ob’yektlari boʻyicha - Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi, viloyat va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlii";

"8-bosqich" pozitsiyasi "Tadbirlar" ustunidagi birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekologik normativlarning tasdiqlangan loyihalari tashkilotlarga qaytariladi, bunda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ekspert organlarida bitta arхiv nusхasi qoladi, bundan tashqari, hududiy organlarda ham atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilish uchun (II, III-IV toifalar ob’yektlari boʻyicha)  yana bir nusхa qoladi;

Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasi ob’yektlari boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan ekologik normativ loyihasining bir nusхasi atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga yuboriladi";

"9-bosqich" pozitsiyasi "Mas’ullar" ustunidagi "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Nizomga 3-ilovada:

"Oʻzbekiston Respublikasi hududlari" ustunidagi "shaharlar" soʻzidan keyin "Toshkent" soʻzi qoʻshilsin;


Nizomga 19-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilarning

paydo boʻlishi va joylashtirilishini хatlovdan

oʻtkazish materiallarining

TITUL VARAI

        

"TASDIQLAYMAN"

Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va

atrof muhitni muhofaza kilish

qoʻmitasining raisi, viloyat va Toshkent

shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza

qilish boshqarmasining boshlii


_________________________________

(imzo)       (F.I.O.)


20___ yil "___" ______________


M.Oʻ.


"TASDIQLAYMAN"

Tashkilot rahbari






______________________________

(imzo)        (F.I.O.)


20___ yil "___" ______________



         

________________________________________________ uchun

(tashkilot nomi)



Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarish

manbalarini (ifloslantiruvchi moddalarni oqova suvlar

bilan yer usti suv havzalariga yoki joy relyefiga oqizish)

va chiqindilar paydo boʻlishi va joylashtirilishini

XATLOVDAN OʻTKAZISh


                        


Xatlovdan oʻtkazildi:

Ishlab chiqqan tashkilot rahbari


_________________________________

(imzo)     (F.I.O.)


20___ yil "____" _______________

        


shahar (tuman), yil";

      

Nizomga 21-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"(A shakl)


Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasiga kiradigan

faoliyat turlari boʻyicha tashkilotlar uchun ifloslantiruvchi

moddalarning atmosferaga chiqariladigan yoʻl qoʻyiladigan

cheklangan tashlanmalarining ekologik normativlari loyihasining

(ifloslantiruvchi moddalarni oqova suvlar bilan yer usti havzalari

yoki joy relyefiga oqizishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdori),

(chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishi)

TITUL VARAI

"TASDIQLAYMAN"

Oʻzbekiston Respublikasi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza

qilish davlat qoʻmitasining raisi


_________________________________

(imzo)       (F.I.O.)


20___ yil "___" ______________


M.Oʻ.


"TASDIQLAYMAN"

Tashkilot rahbari






______________________________

(imzo)        (F.I.O.)


20___ yil "___" ______________



         

________________________________________________ uchun

(tashkilot nomi)



Ekologik normativlar loyihasi


"IShLAB ChIQILGAN":

Ishlab chiqqan tashkilot rahbari


_________________________________

(imzo)     (F.I.O.)


20___ yil "___" ______________

        


shahar (tuman), yil

           

(B shakl)


Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II, III va IV toifalariga

kiradigan faoliyat turlari boʻyicha tashkilotlar uchun

ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga chiqariladigan yoʻl

qoʻyiladigan cheklangan tashlanmalarining ekologik normativlari

loyihasining (ifloslantiruvchi moddalarni oqova suvlar bilan yer

usti havzalari yoki joy relyefiga oqizinning yoʻl qoʻyiladigan

cheklangan miqdori), (chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishi)

TITUL VARAI

"TASDIQLAYMAN"

Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya

va atrof muhitni muhofaza kilish

qoʻmitasining raisi, viloyat va Toshkent

shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza

qilish boshqarmasining boshlii


_________________________________

(imzo)       (F.I.O.)


20___ yil "___" ______________


M.Oʻ.


"TASDIQLAYMAN"

Tashkilot rahbari






______________________________

(imzo)        (F.I.O.)


20___ yil "___" ______________



         

  

________________________________________________ uchun

(tashkilot nomi)

Ekologik normativlar loyihasi


"IShLAB ChIQILGAN":

Ishlab chiqqan tashkilot rahbari


_________________________________

(imzo)     (F.I.O.)


20___ yil "___" ______________

        


shahar (tuman), yil";





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 noyabrdagi

949-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchin

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 2001 yil 31 dekabrdagi 491-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 11-12-son,  65-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2005 yil 1 apreldagi 95-son qaroriga ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 3-4-son,  19-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 15 maydagi PQ-1112-son qarori) 2009 yil 5 iyundagi 152-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son,  41-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son Farmoni) 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 11-son,  79-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" ("Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi OʻRQ-352-son Qonuni) 2014 yil 3 martdagi 45-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 3-son,  16-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 noyabr