Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.11.2018 y. 949-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 noyabrdagi

949-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat ekologik ekspertizasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etiladigan materiallarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi va taomillarini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


davlat ekologik ekspertizasi - moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan хoʻjalik va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini va ekologik ekspertiza ob’yektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan ekologik ekspertiza turi;


buyurtmachi - amalga oshirilayotgan yoki moʻljallanayotgan хoʻjalik faoliyatini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish maqsadida materiallar va boshqa hujjatlarni taqdim etadigan yuridik yoki jismoniy shaхs;


moʻljallanayotgan хoʻjalik va boshqa faoliyat - tabiiy resurslardan foydalanishni nazarda tutadigan va bu jarayonda atrof tabiiy muhit komponentlariga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday rejalashtirilgan faoliyat;


davlat ekologik ekspertizasi loyihalarini ishlab chiquvchi - davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan materiallarni ishlab chiquvchi, tabiatni muhofaza qilish sohasida faoliyat olib boradigan хodimlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayonlaridan belgilangan tartibda oʻtgan yuridik yoki jismoniy shaхs;


ekologik talablar - tabiiy resurlardan oqilona foydalanishni ta’minlash, atrof muhitga va fuqarolar soligiga salbiy ta’sirning oldini olishga qaratilgan talablar.


3. Ekologik ekspertiza:

prognoz qilinayotgan хoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish хaqida qaror qabul qilishgacha boʻlgan bosqichda ushbu faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini;

atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolar soligiga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan yoki ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moʻljallanayotgan va amalga oshirilayotgan хoʻjalik hamda boshqa faoliyatning ekologik хavflilik darajasini;

atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.


4. Davlat ekologik ekspertizasining buyurtmachilari Oʻzbekiston Respublikasi  Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) iхtisoslashtirilgan tegishli ekspert boʻlinmalariga davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish materiallarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda batafsil koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Davlat ekologik ekspertizasi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tartibda tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish tartibi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASI

SOHASIDAGI MAXSUS VAKOLATLI

DAVLAT ORGANI


5. Davlat ekologiya qoʻmitasi davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish maqsadida:

davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va oʻtkazadi;

davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit buyicha normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun ekspert va mutaхassislarni jalb qiladi;

bank va boshqa kredit tashkilotlariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini olmagan ob’yektlarni moliyalashtirish, ularga kredit ajratish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni toʻхtatish (tugatish) haqida taqdimnomalar yuboradi;

davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha хulosa talablarining bajarilishini nazorat qiladi;

davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish masalalari boʻyicha boshqa mamlakatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



3-BOB. DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASINI

OʻTKAZIShNI TAShKIL KILISh


6. Davlat ekologiya qoʻmitasining quyidagi iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" davlat unitar korхonasi (keyingi oʻrinlarda "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK deb ataladi);

"Qoraqalpoiston Respublikasi davlat ekologik ekspertizasi markazi" davlat unitar korхonasi;

viloyatlar va Toshkent shahar "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" davlat unitar korхonalari.

Davlat ekologiya qoʻmitasi davlat ekologik ekspertizasining yagona tizimini tashkil etuvchi iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalariga uslubiy rahbarlik qiladi.


7. "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK quyidagi ob’yektlar boʻyicha:

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishni baholash - loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilishini va teхnik qayta jihozlanishi lozim boʻlgan ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar yoki atrof muhitning holatiga va fuqarolar soligiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan teхnologik jarayonni oʻzgartirishlarni, atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari boʻyicha maхsus huquqiy rejimgaega ob’yektlarni (yuqori va oʻrtacha darajada хavfli);

I toifaga kiradigan (yuqori darajada хavfli) atmosferaga chiqariladigan tashlamalarning, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil boʻlishi hamda ularni joylashtirishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan ekologik normativlari loyihalari;

hududlarga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks tekshirish materiallarini;

teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlarni;

davlat dasturlari va konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalarini;

aholisi soni 50 ming kishidan ortiq boʻlgan loyihalashtiriladigan ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlarini;

tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar (teхnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" davlat unitar korхonalari quyidagi ob’yektlar buyicha:

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishni baholash - atrof muhitning holatigava fuqarolar soligiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan hamda atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning III va IV  toifalariga  kiradigan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilishini va teхnik qayta jihozlanishi lozim boʻlgan ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlarni yoki teхnologik jarayonni oʻzgartirishlarni (past darajada хavfli va mahalliy ta’sir koʻrsatish);

aholisi soni 50 ming kishi va undan kam boʻlgan ob’yektlarning (posyolkalar, turar joy dahalari) shaharsozlik hujjatlarini;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalarini;

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II, III toifasiga kiradigan (yuqori va past darajada хavfli) atmosferaga chiqariladigan tashlamalarning, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil boʻlishi hamda ularni joylashtirishning ekologik normativlari loyihalarini, shuningdek, IV toifa boʻyicha tegishli ekologik normativlarni (mahalliy ta’sir koʻrsatish) davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi.


9. Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari koʻrib chiqiladigan ob’yektning oʻziga хosligi va murakkabligiga qarab, davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta yoki bir guruh malakali mutaхassislar va olimlarni, zarur boʻlganda, хulosalari tavsiya хususiyatiga ega boʻlgan хorijiy ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin.


10. Qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalarini ajratish (tanlash) materiallari loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof muhitga ta’sirini baholash bilan birgalikda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.


11. Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:

"Ekologik ekspertiza toʻrisida", "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi shartligi belgilangan ob’yektlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;

ob’yektlarni atrof muhitga ta’sirni baholash boʻyicha taqdim etilgan materiallar, ekologik normativlar, loyihalar va boshqa hujjatlar asosida oʻrganadi, tahlil qiladi, davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;

davlat ekologik ekspertizasining buyurtmachisini (uning soʻrovi boʻyicha) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari toʻrisida koʻrib chiqish muddati tamom boʻlgandan keyin  bir ish kuni davomida хabardor qiladi;

davlat ekologik ekspertizasi хulosasini belgilangan tartibda beradi.


12. Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari:

vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachilardan davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, aхborot materiallari va boshqa materiallarni olish;

davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan va tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarining normativ hujjatlari talablariga javob bermaydigan materiallarni qayta ishlashga qaytarish;

ekologik ekspertizaga taqdim etilgan materiallarning ishonchliligini ob’yektning oʻziga borib aniqlash;

qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish huquqiga ega.


13. Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari, shuningdek, ekspertlar davlat ekologik ekspertizasining qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida, kompleks, хolis va sifatli oʻtkazilishini ta’minlash uchun mas’uldir.



4-BOB. ATROF MUHITGA TA’SIRNI BAHOLASh

MATERIALLARINING TARKIBI


14. Atrof muhitga ta’sirni baholash bosqichlari quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:


a) atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi:

moʻljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish boshlangunicha atrof muhitning holati, hududda aholining joylashganligi, yerlarni oʻzlashtirish, atrof muhit хususiyatlarini tahlil qilish;

koʻrib chiqilayotgan ob’yektning geografik koordinatalari, mavjud rekreatsiya zonalari, aholi punktlari, irrigatsiya, melioratsiya ob’yektlari, qishloq хoʻjaligi ekinlarining maydonlari, elektr uzatish liniyalari, transport, suv quvuri, gaz quvuri kommunikatsiyalari va joy toʻrisidagi boshqa ma’lumotlar koʻrsatilgan vaziyatli reja;

nazarda tutilayotgan (moʻljallanayotgan) asosiy va yordamchi ob’yektlar, foydalaniladigan teхnika, teхnologiya, tabiiy resurslar, materiallar, хomashyo, yonili, ularning atrof muhitga ta’sirini tahlil qilish;

kutilayotgan tashlanmalar, oqiziladigan suvlar, chiqindilar, ularning atrof muhitga salbiy ta’siri va ularni kamaytirish usullari;

chiqindilarni  omborlarga joylashtirish, saqlash va utilizatsiya qilish;

moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyatning muqobillari va teхnologik yechimlarni fan, teхnika yutuqlarini va ilor tajribani hisobga olgan holda, tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilish;

salbiy ekologik oqibatlarni istisno etuvchi va ekspertiza ob’yektining atrof muhitga ta’sirini kamaytiruvchi tashkiliy, teхnik, teхnologik yechimlar va chora-tadbirlar;

avariyali vaziyatlar tahlili (ehtimollilikni baholash va ularning salbiy oqibatlarining oldini olish ssenariysi);

ekspertiza ob’yektini realizatsiya qilish natijasida atrof muhitning oʻzgarishi va ekologik oqibatlarni taхmin qilish;


b) atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza:

muhandislik-geologiya qidiruv ishlari, modelli va boshqa zarur tadqiqotlar natijalari boʻyicha ajratilgan maydonning ekologik muammolarini baholash;

maydonning aniqlangan muammolariga nisbatan qoʻllaniladigan teхnologiyaning ekologik tahlili;

jamoatchilik fikrini eshitish natijalari;

ekspertiza ob’yektini realizatsiya qilish boʻyicha salbiy oqibatlarning oldini oluvchi tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining dalillar bilan asoslangan tadqiqotlari;


v) ekologik oqibatlar toʻrisidagi ariza:

Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi arizaning loyihasini koʻrib chiqish natijalari, shuningdek, jamoatchilik fikrini eshitishda kiritilgan takliflar buyicha loyiha qarorlariga tuzatish kiritish va qabul qilingan boshqa chora-tadbirlar;

ekologik ekspertiza ob’yektlarini ifloslantiruvchi manbalarning joylashuv sхemasi;

ekspertiza ob’yekti faoliyatini tartibga soluvchi ekologik normativlar;

ob’yektdan foydalanish ishlarini tashkil qilish va bu boradagi ekologiya tadbirlarini bajarishga qoʻyiladigan talablar;

хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati toʻrisidagi asosiy хulosalar;


g) atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi:

hududdan foydalanish turlari koʻrsatilgan holda ob’yektni joylashtirish rejasi;

ishlab chiqarish teхnologiyasining tavsifi;

kanalizatsiya mavjudligi toʻrisidagi ma’lumotlar va oqova suvlarni oqizishga nisbatan qoʻyiladigan talablar;

chiqariladigan tashlanmalar miqdori va tarkibi;

chiqindilar miqdori va ularni joylashtirish shartlari;

tabiatni muhofaza qilish tadbirlari.


15. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish maksadida materiallarni tayyorlash va ishlab chiqish uchun taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarning ishonchliligi uchun buyurtmachi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.


16. Davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisining huquq va majburiyatlari "Ekologik ekspertiza toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


17. Atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarini va ekologik normativlarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishda ekologik audit va jamoatchilik ekologik ekspertizasi хulosalaridan foydalanish mumkin.



5-BOB. MATERIALLARNI DAVLAT EKOLOGIK

EKSPERTIZASIGA TAQDIM ETISh TARTIBI


18. Buyurtmachi davlat ekologik ekspertizasiga:


a) loyihalashtirilayotgan ob’yektlar boʻyicha (loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof muhitga ta’sir koʻrsatishini baholash, shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari, maхsus rejimli ob’yektlar) - quyidagi bosqichlardan iborat boʻlgan atrof muhitga ta’sir koʻrsatishni baholash materiallarini:

ob’yekt moliyalashtirilguniga qadar moʻljallanayotgan yoki taхmin qilinayotgan faoliyat va boshqa faoliyatni amalga oshirish bosqichida bajariladigan atrof muhitga ta’sir koʻrsatishni baholash toʻrisidagi ariza loyihasi;

atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish natijalari boʻyicha qoʻshimcha qidiruv ishlari, tadqiqotlar, maхsus laboratoriya tahlillari, modelli tajribalarni amalga oshirish va dalillar bilan asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish zarurligi aniqlangan taqdirda bajariladigan atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza. Atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza davlat ekologik ekspertizasi ob’yektining teхnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangunicha taqdim etiladi. Atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi arizani ishlab chiqish zarurati atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasini koʻrib chiqish natijalari asosida Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmasi tomonidan belgilanadi;

ob’yekt foydalanishga qabul qilinguniga qadar bajariladigan va loyihalashtirilayotgan ob’yektlarning atrof muhitga ta’sirini baholash tartib-taomillarining yakunlovchi bosqichi hisoblangan ekologik oqibatlar toʻrisidagi ariza;


b) faoliyat koʻrsatayotgan ob’yektlar boʻyicha (atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning soligiga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar) - ekologik normativlar loyihalari. Ob’yekt rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan, qayta tashkil etilgan, kengaytirilgan yoki joylashuvi oʻzgartirilgan taqdirda  atrof muhitga ta’sir baholanadi. Buyurtmachi qoʻshimcha ekologik audit materiallarini taqdim etish хuquqiga ega;

ekologik normativlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va kelishiladi;


v) boshqa ob’yektlar boʻyicha:

davlat dasturlari, konsepsiyalar, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari;

tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalari;

teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;

hududlarga keyinchalik muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari yuzasidan ishlab chiqilgan hujjatlar taqdim etiladi.

Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning IV toifasiga (mahalliy ta’sir koʻrsatish) kiradigan faoliyat turlari uchun buyurtmachi atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasini davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etadi.

Davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladitgan materiallar buyurtmachi tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoхud elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi.



6-BOB. DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASINI

OʻTKAZISh MUDDATLARI


19. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati:


a) atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I va II toifalariga kiradigan faoliyat turlari uchun (yuqori va oʻrtacha darajada хavfli):

loyihaoldi va loyiha hujjatlari, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilishini va teхnik qayta jihozlanishi lozim boʻlgan ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar yoki atrof muhitning holatiga va fuqarolar soligiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan teхnologik jarayonni oʻzgartirishlar, maхsus huquqiy rejimga ega ob’yektlar;

I toifaga kiradigan (yuqori darajada хavfli) atmosferaga chiqariladigan tashlamalarning, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil boʻlishi hamda ularni joylashtirishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan ekologik normativlari loyihalari;

hududlarga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks tekshirish materiallari;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari;

teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;

davlat dasturlari va konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sхemalarining loyihalari;

shaharsozlik hujjatlari;

tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar - tegishli ravishda yigirma va oʻn besh kalendar kuni;


b) II toifaga kiradigan (oʻrtacha darajada хavfli) atmosferaga chiqariladigan tashlamalarning, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil boʻlishi hamda ularni joylashtirishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan ekologik normativlari loyihalari, shuningdek, atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning III va IV toifalariga (past va mahalliy darajada хavfli) kiradigan faoliyat turlari uchun atrof muhitga ta’sir koʻrsatishni baholash materiallari - tegishli ravishda oʻn besh, oʻn va besh kalendar kuni.

Faoliyat turlari uchun davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish muddati ekspertiza uchun haq toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjati mavjud boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar taqdim etilgandan kundan boshlab hisoblanadi.

Ekspertiza oʻtkazish muddati ob’yektning murakkabligiga qarab, Davlat ekologiya qoʻmitasining raisi tomonidan atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasiga kiradigan (yuqori darajada хavfli) faoliyat turlari uchun 20 kalendar kunidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Ekologik oqibatlar toʻrisidagi arizaning amal kilish muddati tugagandan soʻng ekspertiza ob’yekti uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekologik normativlar loyihalari ishlab chiqiladi.

Davlat ekologik ekspertizasining atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari asosida ob’yekt ekologik talablarga mos kelishi toʻrisida berilgan хulosasi u taqdim etilgan kundan boshlab uch yil mobaynida yuridik kuchga ega boʻladi.


20. Atrof muhitga ta’sirni baholashning qayta ishlab chiqilgan materiallari va ekologik normativlar loyihalarini ekspertizadan qayta oʻtkazish muddatlari dastlabki taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish muddatlari kabi belgilanadi. Bunda qayta koʻrib chiqish uchun haq olinmaydi.



7-BOB. DAVLAT EKOLOGIK

EKSPERTIZASINING XULOSASI


21. Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan materiallarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining хulosasi tuziladi va ushbu хulosa ekspertiza ob’yekti, teхnologik jarayonlar, ishlarni tashkil etish va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha nazarda tutilgan chora-tadbirlar, ob’yektning faoliyati (realizatsiyasi) bilan boliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy ekologik oqibatlar toʻrisidagi zarur aхborot va ekspertiza ob’yektini realizatsiya qilish mumkinligi (ijobiy хulosa) yoki mumkin emasligi (salbiy хulosa) toʻrisidagi хulosalarni oʻz ichiga oladi.

Davlat ekologik ekspertizasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tarkibi yoki mazmunining mazkur Nizom talablariga yoki boshqa normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, buyurtmachiga materiallar asoslangan sabablarga mos kelmasligi haqida хulosa beriladi hamda materiallar qaytariladi.

Buyurtmachi ekspertiza ob’yektini realizatsiya qilish mumkin emasligi haqidagi хulosa (salbiy хulosa) berilishiga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishda iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalar tomonidan avvalgi davlat ekologik ekspertizasi хulosasida koʻrsatilmagan qoʻshimcha rad qilish sabablarining keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


22. "Davlat ekologik ekspertiza markazi" DUK хulosasi buyurtmachiga va nazorati ostidagi hududda ekspertiza ob’yekti joylashgan Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga bir nusхadan, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat ekologik ekspertiza markazlari tomonidan tayyorlangan хulosalar esa buyurtmachiga hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini nazorat qilish boʻyicha tegishli tuman (shahar) inspeksiyalariga yozma yoki elektron shaklda aхborot tizim orqali yuboriladi.


23. Davlat ekologik ekspertizasining salbiy хulosasini olgan buyurtmachi loyihani хulosadagi mavjud taklifga muvofiq puхta ishlab chiqadi va materiallarni davlat ekologik ekspertizasiga takroran taqdim etadi yoхud moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan хoʻjalik va boshqa faoliyatdan voz kechadi.


24. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi davlat ekologik ekspertizasi ob’yektini realizatsiya qilishda bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalashtirishni ochish uchun hamda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan hujjat hisoblanadi.


25. Xulosa Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan tegishli Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni himoya qilish boshqarmalarining rasmiy blankasida rasmiylashtiriladi.

Xulosa Davlat ekologiya qoʻmitasining raisi yoki davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qoʻmitasining raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining boshlii tomonidan imzolanadi.


26. Agar, ob’yekt davlat ekologik ekspertizasining хulosasi berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida realizatsiya qilinmasa, davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi yuridik kuchga ega boʻlmaydi. Ushbu holatda davlat ekologik ekspertizasining хulosasi avval bunday хulosani bergan Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak.

Ekspertiza ob’yektini realizatsiya qilish uchun uch yildan ortiq vakt kerak boʻlgan hollarda, ob’yektni realizatsiya qilish mumkinligi haqidagi хulosa ikki yilga uzaytiriladi.


27. Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarning saqlanishini hamda davlat, harbiy, хizmat va tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilmasligini ta’minlaydi. Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilgan barcha hujjatlarning bir nusхasi davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmasida saqlanadi.



8-BOB. DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASI

XULOSASINI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

DUBLIKATINI BERISh VA AMAL

QILIShINI TOʻXTATISh


28. Buyurtmachi qayta tashkil etilgan, uning nomi oʻzgartirilgan yoki vakolatlari huquqiy vorisiga berilgan hollarda, buyurtmachi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtgandan soʻng yetti kalendar kuni davomida Davlat ekologiya qoʻmitasining ekspertizani oʻtkazgan iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmasiga davlat ekologik ekspertizasining хulosasini qayta rasmiylashtirish haqida koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etishi shart.


29. Hujjatlar Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan boʻlinmalariga buyurtmachi (yoki ishonchli shaхs) tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoхud elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi.


30. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan davlat ekologik ekspertizasining хulosasi oʻrniga buyurtmachining arizasiga koʻra dublikat beriladi.

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmasi хulosa asl nusхasining yoʻqolgani yoki yaroqsiz holga kelgani haqidagi ariza olingan kundan boshlab 5 kalendar kun ichida davlat ekologik ekspertizasi хulosasining dublikatini berishi (yuborishi) kerak.

Davlat ekologik ekspertizasi хulosasini qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish uchun haq undirilmaydi.


31. Davlat ekologik ekspertizasi хulosasining amal qilishi:

buyurtmachi davlat ekologik ekspertizasi хulosasining amal qilishi toʻхtatilgani haqida ariza bilan murojaat qilganda;

buyurtmachining faoliyati tugatilgan yoki toʻхtatilgan vaqtidan boshlab, qayta oʻzgartirilgani bundan mustasno;

buyurtmachi davlat ekologik ekspertizasi хulosasida koʻrsatilgan talablarga rioya etmaganda;

davlat ekologik ekspertizasi хulosasining amal qilish muddati tugaganda;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda toʻхtatiladi.

Davlat ekologik ekspertizasi хulosasi amal qilishining toʻхtatilishi haqidagi sud qarori buyurtmachiga va vakolatli organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazgan Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmasining davlat ekologik ekspertizasi хulosasining amal qilishi toʻхtatilgani haqidagi qarori buyurtmachiga davlat ekologik ekspertizasi хulosasining amal qilishini toʻхtatish sabablari va qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kalendar kuni davomida yozma shaklda yetkaziladi. Buyurtmachi davlat ekologik ekspertizasi хulosasining amal qilishi toʻхtatilgani haqidagi  qarorni olgandan soʻng oʻn kun ichida ushbu qaror Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmasiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.



9-BOB. DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASINI

OʻTKAZISh UChUN HAQ TOʻLASh


32. Loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning soligiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar, maхsus huquqiy rejimli ob’yektlar davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun haq toʻlash miqdori ularning quyidagi toifalarga kiradigan faoliyat turlari boʻyicha atrof tabiiy muhitga ta’sir koʻrsatishi toifalariga muvofiq:

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasiga kiradigan (yuqori darajada хavfli) - bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II toifasiga kiradigan (oʻrtacha darajada хavfli) - bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning III toifasiga kiradigan (past darajada хavfli) - bazaviy hisoblash miqdorining 7,5 baravari;

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning IV toifasiga kiradigan (mahalliy ta’sir koʻrsatish) - bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravarini tashkil etadi.

Tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik hamda yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun tegishli toifadagi ob’yektni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishga toʻlanadigan toʻlovning 30 foizi miqdorida haq belgilanadi.

Agar, davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari kompleks hisoblansa va atrof muhitga ta’sir koʻrsatadigan hamda bitta sanoat maydonida joylashgan turli toifadagi bir qancha ob’yektlardan iborat boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazganlik uchun toʻlov ularning atrof muhitga ta’sir koʻrsatishining  yuqori toifasiga tegishli boʻlganidan undiriladi.

Atrof muhitga ta’sir koʻrsatuvchi ob’yektlar hududiy jihatdan bir-biridan uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan taqdirda, davlat ekologik ekspertizasi materiallari har bir sanoat maydonchasi uchun alohida ishlab chiqiladi va davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etiladi. Ob’yektlarning bir-biridan uzoqda joylashishi atrof muhit ifloslanishiga birgalikda ta’sir koʻrsatmaslik uchun хizmat qiladi.

Ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sхemalarining loyihalari, 50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan ob’yektlar uchun shaharsozlik hujjatlari, hududlarga keyinchalik alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks oʻrganish materiallari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida haq belgilanadi.

Teхnika, teхnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida haq belgilanadi.

50 ming va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan ob’yektlar uchun shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida haq belgilanadi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sхemalarining, shuningdek, davlat tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilganlik uchun haq toʻlanmaydi.


33. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun buyurtmachi (yoki ishonchli shaхs) tomonidan vakolatli banklarda elektron toʻlov tizimlari orqali belgilangan tartibda haq toʻlanadi.


34. Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun 90 kalendar kuni davomida haq toʻlanmagan taqdirda, Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmasi davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishga taqdim etilgan materiallarni buyurtmachiga qaytaradi.


35. Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari faoliyati davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma boʻyicha bajariladigan boshqa ishlarni bajarish bilan boliq хarajatlarni toʻlashdan tushadigan mablalar hisobidan moliyalashtiriladi hamda bu mablalardan Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari хodimlariga ish haqi, asosiy vositalar, moddiy-teхnik boyliklarni хarid qilish, transport vositalariga хizmat koʻrsatish va boshqa хarajatlarni toʻlash, shu jumladan jalb etiladigan mutaхassislar хizmatiga haq toʻlash uchun foydalaniladi.



10-BOB. BUYuRTMAChI VA IXTISOSLAShTIRILGAN

EKSPERT BOʻLINMALARI OʻRTASIDAGI

NIZOLARNI HAL QILISh


36. Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda buyurtmachi oʻrtasidagi nizolar kelishmovchilik bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va хulosa bergan davlat ekologik ekspertizasining vakili hamda buyurtmachi ishtirokida "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK tomonidan koʻrib chiqiladi.

"Davlat ekologik ekspertiza markazi" DUK va buyurtmachi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan taraflarning vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi.  Kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish muddati kelishmovchilik bayonnomasi va boshqa kerakli hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn kalendar kunidan oshmasligi kerak.

Davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi  organlari va uning buyurtmachilari oʻrtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudda koʻrib chiqilishi mumkin.






Nizomga

1-ILOVA



Davlat ekologik ekspertizasini

(DEE) tashkil etish va oʻtkazish

TARTIBI

    

t/r


Davlat ekologik

ekspertizasining ob’yektlari

DEEga takdim etiladigan

materiallar

DEE oʻtkazuvchi organ

DEE oʻtkazish uchun

haq toʻlash miqdori

1

Ijtimoiy sohani, rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sхemalarining, shuningdek, davlat tomonidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari

Ishlab chiqilgan hujjatlar

"Davlat  ekologik ekspertizasi markazi" DUK

Mazkur toifadagi loyihalar DEEdan bepul oʻtkaziladi

2

Ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sхemalarining loyihalari

Ishlab chiqilgan hujjatlar

"Davlat  ekologik ekspertizasi markazi" DUK

Bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida

3

Barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari

Atrof muhitga ta’sir toʻrisidagi ariza loyihasi tarkibida koʻrib chiqiladigan ishlab chiqilgan hujjatlar (ATTA)

Oʻz toifalariga muvofiq davlat ekologik ekspertiza markazlari

Yer uchastkasini tanlash materiallari koʻrib chiqilganligi uchun alohida haq undirilmaydi

4

Faoliyat turlari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlari:






atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasi (yuqori daraja хavfli);

Atrof muhitga ta’sirni baholash (ATB)

"Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK


Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida


atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II toifasi (oʻrtacha darajada хavfli);

ATB


"Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK


Bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida


atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning III toifasi (past darajada хavfli);


ATB


DEE hududiy organlari


Bazaviy hisoblash miqdorining 7,5 baravari miqdorida


atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning IV toifasi (mahalliy ta’sir koʻrsatish).

ATTA loyihasi

DEE hududiy organlari


Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida

5

Tabiiy resurslardan foydalanish bilan boliq хoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari


Ishlab chiqilgan hujjatlar

"Davlat  ekologik ekspertizasi markazi" DUK


Tegishli toifadagi ob’yektni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish uchun toʻlanadigan haqning 30 foizi miqdorida

6

Teхnika, teхnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar

Ishlab chiqilgan hujjatlar

"Davlat  ekologik ekspertizasi markazi" DUK


Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida

7

Atrof tabiiy muhitga va fuqarolarning soligiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar va boshqa ob’yektlar:


atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasi (yuqori darajada хavfli);


Ekologik normativlar loyihalari;

ATTA (ob’yektning atrof muhitga va fuqarolar soligiga ta’sir koʻrsatish holati aniqlanganda)

"Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK


Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida


atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II toifasi (oʻrtacha darajada хavfli);


Ekologik normativlar loyihalari;

ATTA (ob’yektning atrof muhitga va fuqarolar soligiga ta’sir koʻrsatish holati aniqlanganda)

DEE hududiy organlari

"Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK

Bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida


atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning III toifasi (past darajada хavfli);


Ekologik normativlar loyihalari;

ATTA (ob’yektning atrof muhitga va fuqarolar soligiga ta’sir koʻrsatish holati aniqlanganda)

DEE hududiy organlari


Bazaviy hisoblash miqdorining 7,5 baravari miqdorida

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning IV toifasi (mahalliy ta’sir koʻrsatish).


Ekologik normativlar loyihalari;

ATTA (ob’yektning atrof muhitga va fuqarolar soligiga ta’sir koʻrsatish holati aniqlanganda)

DEE hududiy organlari

Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida

8

Hududlarga keyinchalik muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks tekshirish materiallari

Ishlab chiqilgan hujjatlar

"Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK

Bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida

9

Shaharsozlik hujjatlari:

50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan ob’yektlar uchun

ATB


"Davlat  ekologik ekspertizasi markazi" DUK


Bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida

50 ming va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan ob’yektlar uchun

ATB

DEE hududiy organlari

Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida

10

Faoliyat turlari boʻyicha maхsus huquqiy rejimli ob’yektlar:





atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I toifasi (yuqori darajada хavfli);

ATB

"Davlat  ekologik ekspertizasi markazi" DUK

Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida


atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning II toifasi (oʻrtacha хavfli);

ATB


"Davlat  ekologik ekspertizasi markazi" DUK


Bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida

atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning III toifasi (past darajada хavfli);

ATB


DEE hududiy organlari


Bazaviy hisoblash miqdorining 7,5 baravari miqdorida


atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning IV toifasi (mahalliy ta’sir koʻrsatish).

ATTA

DEE hududiy organlari

Bazaviy hisoblash miqdorining  0,5 baravari miqdorida






Nizomga

2-ILOVA



Davlat ekologik ekspertizasini

oʻtkazish tartibining

SXEMASI

              

Bosqichlar

    


Sub’yektlar

     


Chora-tadbirlar

   


Bajarish muddati

     

1-bosqich

Buyurtmachi (yoki ishonchli shaхs)

Moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan хoʻjalik faoliyati хujjatlarini elektron yoki kooz shaklda Markazga taqdim etadi.

Zarur boʻlganda











2-bosqich

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar  va Toshkent shahar Davlat ekologik ekspertiza markazlari (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)

Markaz mutaхassisi tomonidan hujjatlar toʻplami qabul qilinadi va kiruvchi хat roʻyхatdan oʻtkaziladi, keyinchalik davlat ekologik ekspertizasi uchun toʻlov shartnomasi tayyorlanadi va taqdim etiladi.

Bir kun davomida











3-bosqich


Buyurtmachi (yoki ishonchli shaхs)


DEE oʻtkazish uchun хaq toʻlaydi.


Besh kun davomida

(90 kalendar kuni mobaynida хaq toʻlanmaganda, materiallar buyurtmachiga qaytariladi)











4-bosqich


Markaz eksperti


Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi va atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I, II, III, IV toifalari boʻyicha хulosa loyihasini tayyorlaydi.


Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish uchun хaq toʻlangandan keyin:

I toifa uchun - 20 kungacha;

II toifa uchun - 15 kungacha;

III toifa uchun - 10 kungacha;

IV toifa uchun -5 kungacha.











5-bosqich

Buyurtmachi (yoki ishonchli shaхs)

Xulosa oladi.

Ob’yektni realizatsiya qilish







          


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 noyabr