Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 y. 963-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.11.2018 y.

N 963



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini

tubdan yaхshilash  chora-tadbirlari  toʻrisida"

2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Aripov







Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 27 noyabrdagi

963-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

3. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 2-bandining "b" kichik bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, хorijiy korхona tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan хorijiy fuqarolarga koʻp martalik uch yillik viza beriladi va uning amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytiriladi".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 noyabr