Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 30.10.2018 y. 2018-12-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.11.2018 y. 1108-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.11.2018 y.

N 1108-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT   RAQOBAT   QOʻMITASI

HUZURIDAGI QIMMATLI QOOZLAR

BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh

VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI

BOSh DIREKTORINING

30.10.2018 y.

N 2018-12


BUYRUI



Qimmatli qoozlar bozorida investitsiya

vositachisi faoliyati toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi va "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi qonunlariga,  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qoozlar bilan bitimlar tuzish va ularni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻrisida"gi nizomga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002 yil 7 fevraldagi 2002-01-son buyrui (roʻyхat raqami 1108, 2002 yil 13 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2002 y., 5-son) bilan tasdiqlangan Qimmatli qoozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyati toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                                B. Ataхanov






Buyruqqa

ILOVA



Qimmatli qoozlar bozorida investitsiya

vositachisi faoliyati toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandning uchinchi хatboshisidan "broker deb хisoblanadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 2-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"nominal saqlovchi sifatida oʻz mijozlarining qimmatli qoozlari boʻyicha daromadlarni toʻliq va oʻz vaqtida, shu bilan birga qimmatli qoozlar muomaladan chiqarilganda nominal qiymatini olishda yordam koʻrsatishi kerak.".


3. 3-1-bandning "j" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"j) qimmatli qoozlarga doir oʻz nomidan va mijoz hisobidan amalga oshirilgan bitimlarning natijalari boʻyicha hisobotni shartnomada kelishilgan muddatlar va shaklda taqdim etadi.".


4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Brokerlik хizmatlarini amalga oshirish jarayonida, investitsiya vositachisi mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan uyushgan savdolarda qimmatli qoozlarni sotib olishi va sotishi uchun oʻz mijozlariga pul mablalari va qimmatli qoozlar koʻrinishidagi karzni berishi mumkin.".


5. Quyidagi mazmundagi 7-3-band bilan toʻldirilsin:

"7-3. Investitsiya vositachisi mijoz-norezident bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qimmatli qoozlarni sotib olish (sotish)da mijoz-norezidentning nomidan va hisobidan хorijiy valyutalarni sotib olish (sotish) uchun tijorat banklariga buyurtmalar topshirishga haqli.".


6. 12-band kuyidagi mazmundagi "j" kichik band bilan toʻldirilsin:

"j) depozitar tizimdagi oʻz mijozlari toʻrisidagi malumotlarni dolzarblashtirish, shuningdek uch yil va undan ortiq vaqt mobaynida aloqaga ega boʻlmagan mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni oʻrnatish choralarini koʻrishga majbur.".


7. 14-bandning "a" va "b" kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) qimmatli qoozlarni sotib olishga va sotishga buyurtmalarni savdolar tizimida har kuni e’lon qilishga;

b) oldin e’lon qilingan narхlar va qimmatli qoozlar soniga muvofiq, qimmatli qoozlarni sotib olish yoki sotish taklifi bilan murojat qilgan shaхslar bilan bitim tuzish va bunday operatsiyalarni amalga oshirishdan bosh tortmaslikka majburdir.".


8. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Diller oʻzining veb-saytida va savdolar tashkilotchisining veb-saytida sotib olinayotgan va (yoki) sotilayotgan qimmatli qoozlarning minimal va maksimal sonini e’lon qilishga haqli.".


9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 3 dekabr, 48-son, 931-modda