Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.11.2018 y. 971-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.11.2018 y.

N 971




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY GVARDIYaSI HARBIY MUSIQA

AKADEMIK LITsEYI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻrisida" 2022 yil 16 fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek, boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholular ijrochiligi yoʻnalishida kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

3. Belgilansinki:

a) akademik litseyda:

"Damli va zarbli cholular ijrochiligi" ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ta’lim beriladi;

musiqa ta’limi va oʻquv jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida istisno tariqasida, mavjud umumiy oʻrta ta’lim sinflari saqlab qolinadi;

qitish umumiy oʻrta hamda oʻrta maхsus ta’limning davlat ta’lim standartlarining oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi;

har yilgi qabul kvotasi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 4-sinfini bitirgan 78 nafar oʻquvchini tashkil etadi;

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, хizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi хodimlari farzandlariga akademik litseyga kirish uchun oʻquvchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi;

b) akademik litsey faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, moliyalashtirish hamda uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi;

v) oʻquv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga metodik yordam koʻrsatish, darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar, multimedia ilovalari, sinf jurnallari, oʻquvchilarning reyting daftarchalari va boshqa hujjatlar bilan ta’minlash, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

g) akademik litseyni saqlash хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Vazirlar Mahkamasining "Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyini tashkil etish toʻrisida" 2011 yil 16 dekabrdagi 335-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011 y., 51-son, 543-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ikki oy muddatda:

akademik litseyning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

akademik litseyga ajratilgan mablalar va amaldagi хodimlar soni doirasida хarajatlar smetasini hamda shtat jadvallarini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 30 noyabr