Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.12.2018 y. 981-son "Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik sub’yektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.12.2018 y.

N 981



DARYoLAR OʻZANLARINI TOZALASh

IShLARIGA TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI

ELEKTRON ONLAYN-AUKSION ORQALI

JALB QILISh TARTIBINI JORIY

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki bozorni qum-shaal materiallari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 9 iyuldagi PQ-3841-son qarori ijrosini ta’minlash hamda daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shaal materiallarini qazib olish ishlariga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 3 dekabrdagi

981-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Daryolar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shaal materiallaridan tozalash FVV, Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Davlat geologiya qoʻmitalari хodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida shakllantirilgan roʻyхatga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 4 dekabr