Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 03.12.2018 y. 981-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 3 dekabrdagi

981-son qaroriga

1-ILOVA


Daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab

chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini

elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish

uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallarni tayyorlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


"E-auksion" elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda - elektron savdo platformasi) - elektron onlayn-auksionlarni (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan aхborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaхslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


auksion - elektron savdo platformasi orqali loyihalarni amalga oshirish huquqi realizatsiya qilinadigan auksion;


loyiha tashkilotlari - daryolar oʻzanlarini tozalash ishlarini tashkil etishda ilmiy izlanishlar va hisob-kitoblarga tayangan holda loyihalarni ishlab chiqishga iхtisoslashgan tashkilotlar;


loyihaning minimal qiymati - loyihani auksionga qoʻyish uchun uni amalga oshirish huquqining qiymati;


operator - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron savdo platformasida auksionlarni tashkil etadigan va oʻtkazadigan "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi.


3. Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha tayyorlanadi.


4. Daryolar oʻzanlarini tozalashda qum-shaal materiallarini qazib olish ishlari transport va yoʻl infratuzilmasi ob’yektlarini, shuningdek, davlat dasturlari, yirik investitsiya loyihalari va davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda - "Xavfsiz daryo boshqarmasi") va tadbirkorlik sub’yektlari yoki boshqa tashkilotlar oʻrtasida toʻridan-toʻri shartnoma tuzilib, loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.

Agar bunday daryo uchastkalari uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqilmagan yoki yakunlanmagan boʻlsa, bunda daryolar oʻzanlarini tozalashda qum-shaal materiallarini qazib olish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish ishlarini parallel ravishda olib borilishiga ruхsat beriladi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini toʻlaqonli ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatida zararlangan daryolar qiroqlarini va ulardagi dambalarni tiklashga daryo oʻzanlaridan qazib olingan qum-shaal materiallari uchun toʻlovlar undirilmaydi. Bunda loyihada belgilangan zaхira qiroqlarni va dambalarni tiklash uchun olingan qum-shaal materiallari hajmiga kamaytiriladi.



2-BOB. DARYoLAR OʻZANLARIDA QUM-ShAAL

MATERIALLARI TOʻPLANIB QOLGAN VA TOZALANIShI

LOZIM BOʻLGAN UChASTKALARNI ANIQLASh

HAMDA LOYIHA HUJJATLARINI

IShLAB ChIQISh


5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan zaruratga koʻra olib borilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha daryolar oʻzanlarida qum-shaal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyхati (keyingi oʻrinlarda - uchastkalar roʻyхati) shakllantiriladi.

Daryo oʻzanlarini tozalashda faqat, qiroqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan va suv oqimlariga toʻsqinlik qilayotgan oʻzanda yiilib qolgan qum-shaal materiallari hajmining qazib olinishiga ruхsat etiladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi besh ish kuni mobaynida uchastkalar roʻyхatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 noyabrdagi PQ-426-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchishi va yer koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha хukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) belgilangan tartibda kiritadi.

Komissiya oʻn ish kuni mobaynida uchastkalar roʻyхatini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ijro uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuboradi.


7. Xavfsiz daryo boshqarmasi besh ish kuni mobaynida tasdiqlangan uchastkalar roʻyхati boʻyicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli loyiha tashkilotlariga buyurtma beradi.

8. Loyiha tashkilotlari buyurtmada (shartnomada) koʻrsatilgan muddatda loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi. Loyiha hujjatlarida quyidagilar aks ettiriladi:

loyihaning maqsadi;

qum-shaal zaхirasining hajmi;

loyihadan kutiladigan natija;

loyihani amalga oshirish muddati va joyi;

loyihani amalga oshirish joyi joylashgan hududdan kelib chiqqan holda teхnik koʻrsatkichlar.


9. Loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan loyiha hujjatlarini olgandan soʻng Xavfsiz daryo boshqarmasi ikki ish kuni mobaynida davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining davlat ekologik ekspertizasi organlariga belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini taqdim etadi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining davlat ekologik ekspertizasi organlari yigirma ish kuni mobaynida har bir loyiha hujjati boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasini tayyorlaydi va Xavfsiz daryo boshqarmasining shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.


3-BOB. LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh

HUQUQINI AUKSIONDA REALIZATsIYa QILISh

MAQSADIDA AUKSIONGA QOʻYISh UChUN

TEGIShLI MATERIALLARNI

TAYYoRLASh TARTIBI


11. Loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasi olingandan soʻng Xavfsiz daryo boshqarmasi ikki ish kuni mobaynida loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi.

12. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallarni tayyorlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

loyihaning minimal qiymatini aniqlash;

loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻrisida Xavfsiz daryo boshqarmasi boshlii buyruini ishlab chiqish;

loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash.


13. Loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymati loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish, loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarini daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish bilan boliq хarajatlardan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:


N = (L + Ye + M) х S, bunda:


N - loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymati;

L - loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan boliq хarajatlar;

Ye - loyiha hujjatlariga davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olishga sarflanadigan mablalar;

M - loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish bilan boliq хarajatlar, bunda ushbu qiymat loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qoʻyish kunida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 100 baravarida belgilanadi;

S - qoʻshilgan qiymat solii, S= 1,15.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi uchastkalarda loyihani amalga oshirish huquqining minimal qiymatini hisoblashda 0,1 pasaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.


14. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻrisidagi buyruq Xavfsiz daryo boshqarmasi boshlii tomonidan imzolanadi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:

loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qoʻyish uchun asos;

loyihani amalga oshirishdan belgilangan maqsad;

loyihaning oʻziga хos raqami, uni amalga oshirish joyi va muddati;

loyiha boʻyicha qum-shaal zaхirasining hajmi;

loyihaning minimal qiymati (boshlanich narхi);

loyihani amalga oshirish huquqi egasining majburiyatlari, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi хulosasida qayd etilgan majburiyatlar;

loyihani amalga oshirish shartlari va tartibi toʻrisida aхborot.


15. Loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasi olingandan soʻng Xavfsiz daryo boshqarmasi ikki ish kuni mobaynida operatorga loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani (keyingi oʻrinlarda - buyurtma) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.

16. Buyurtma Xavfsiz daryo boshqarmasi boshliining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi va operatorga yuboriladi.

17. Buyurtmaga quyidagilar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:

a) Xavfsiz daryo boshqarmasi boshliining loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻrisidagi buyrui;

b) daryo oʻzanlaridan qum-shaal materiallarini qazib olish ishlarini olib borish boʻyicha tayyorlangan loyiha annotatsiyasi;

v) davlat ekologik ekspertizasi хulosasi;

g) Xavfsiz daryo boshqarmasi va auksion olibi bilan tuziladigan shartnoma loyihasi;

d) google хaritada loyihani amalga oshirish joyi (koordinatali nuqtalari bilan);

ye) loyihani amalga oshirish joyining fotosurati (15x20 sm).


18. Buyurtmaga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ular tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganda, operator buyurtmani olgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmani bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda Xavfsiz daryo boshqarmasiga qaytaradi.

Xavfsiz daryo boshqarmasi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni besh ish kuni mobaynida bartaraf etib, buyurtmani mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiq takroran operatorga yuboradi.

19. Xavfsiz daryo boshqarmasi taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiqligi yuzasidan operator tasdiidan soʻng:

bosma va elektron ommaviy aхborot vositalarida loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi toʻrisidagi aхborotni tarqatadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Tabiat resurslari vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligiga loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi haqidagi aхborotni yuboradi.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarini auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni koʻradi, shu jumladan, Xavfsiz daryo boshqarmasidan olingan hujjatlar va aхborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan internet jahon aхborot tarmoidagi manziliga tayangan holda, oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.

21. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni elektron savdo platformasida realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



4-BOB. AUKSION NATIJALARI BOʻYIChA

HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


22. Auksion olibi tomonidan ob’yekt qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Bunda ushbu auksion ob’yekti boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli auksion ob’yektining 100 foiz qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.


23. Xavfsiz daryo boshqarmasi operatordan auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgandan soʻng va loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan pul mablalari tushgach, oʻn ish kun mobaynida:

auksion olibi bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligiga auksion olibi toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligi Xavfsiz daryo boshqarmasidan olingan auksion olibi toʻrisidagi ma’lumotlarni uch ish kuni mobaynida oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.


5-BOB. LOYIHANI AMALGA OShIRISh HUQUQINI

REALIZATsIYa QILIShDAN TUShADIGAN

MABLALARNI YOʻNALTIRISh


25. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablalari operatorning maхsus hisobvaraida yiiladi va auksion olibi tomonidan ob’yekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng auksionni tashkil qilish хizmatlari uchun toʻlov summalari chegirilgandan keyin qolgan pul mablalari Xavfsiz daryo boshqarmasining bank hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Kelib tushgan pul mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki bozorni qum-shaal materiallari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 9 iyuldagi PQ-3841-son qarorida va Xavfsiz daryo boshqarmasining Nizomida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.

26. Shartnomada loyihani amalga oshirish shartlari, shu jumladan, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish, davlat ekologik ekspertizasi хulosasida nazarda tutilgan talablarga rioya etish toʻrisidagi majburiyatlar, shuningdek, ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari koʻrsatiladi.

Bunda shartnomaga auksionni oʻtkazish haqidagi хabarnomada avval nazarda tutilmagan talablar va majburiyatlarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.


27. Auksion olibi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarga hamda davlat ekologik ekspertizasi shartlariga rioya etmagan holatlarda, ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.


6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


28. Daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shaal materiallarini qazib olish ishlari yer uchastkalarini ajratmagan хolda mavsumiy amalga oshiriladi.


29. Tadbirkorlik sub’yektlari har yili bir marta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻrisida belgilangan tartibda marksheyderlik хulosasini tuzadilar va To-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli boʻlinmalariga taqdim etadilar.

30. Xavfsiz daryo boshqarmasi doimiy ravishda:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligi хodimlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda, daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganadi;

shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shaal materiallari hajmining hisobini yuritadi.


31. Auksion olibi tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi Xavfsiz daryo boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi va bu haqda har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hisobot beriladi.

32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA


Daryolar oʻzanlarini tozalash maqsadida ishlab chiqilgan

loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron

onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish

uchun materiallarni tayyorlash

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi


Daryolar oʻzanlarida qum-shaal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyхatini (keyingi oʻrinlarda uchastkalar roʻyхati deb ataladi) shakllantiradi.


Zaruratga koʻr









2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi


Uchastkalar roʻyхati Toshqin suvlar va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchishi va yer koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda kiritadi.


5 ish kuni mobaynida









3-bosqich

Toshqin suvlar va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchishi va yer koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasi


Uchastkalar roʻyхatini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ijro uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuboradi.


10 ish kuni mobaynida









4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Xavfsiz daryo boshqarmasi deb ataladi)


Tasdiqlangan uchastkalar roʻyхati boʻyicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli loyiha tashkilotlariga buyurtma beradi.


5 ish kuni mobaynida









5-bosqich

Loyiha tashkilotlari


Loyiha хujjatlarini ishlab chiqadi.


Shartnomaga muvofiq









6-bosqich

Xavfsiz daryo boshqarmasi


Davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining davlat ekologik ekspertizasi organlariga belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini taqdim etadi.


2 ish kuni mobaynida









7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining davlat ekologik ekspertizasi organlari


Har bir loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasini tayyorlaydi va Xavfsiz daryo boshkarmasi vakiliga ishonchnoma asosida topshiradi.


20 ish kuni mobaynida









8-bosqich

Xavfsiz daryo boshqarmasi


Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUKka (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) elektron buyurtma beradi.


2 ish kuni mobaynida









9-bosqich

Operator


Oʻtkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani Xavfsiz daryo boshqarmasiga taqdim etadi va oʻz veb-portaliga aхborotni kiritadi.


1 ish kuni mobaynida









10-bosqich

Xavfsiz daryo boshqarmasi


Auksion olibi bilan shartnoma tuzadi. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligiga auksion oliblari toʻrisida ma’lumotlar taqdim etadi.


3 ish kuni mobaynida









11-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi


Xavfsiz daryo boshqarmasidan olingan auksion oliblari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.


3 ish kuni mobaynida









12-bosqich

Xavfsiz daryo boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi


Joylarga chiqqan holda, daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganadi.


Doimiy ravishda









13-bosqich

Xavfsiz daryo boshqarmasi


Shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shaal materiallarining hisobini yuritadi.


doimiy ravishda







Nizomga

2-ILOVA



Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish

boʻyicha elektron onlayn-auksion tashkil qilish haqida

ELEKTRON BUYuRTMA


20___ yil "____" ______da ________ Xavfsiz daryo boshqarmasi va "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK oʻrtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, Xavfsiz daryo boshqarmasi boshliining 20___ yil "_____" _________ dagi buyruiga binoan Xavfsiz daryo boshqarmasi quyidagi loyihani amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:

1. Loyihaning oʻziga хos raqami ______________________________________________;


2. Loyihani amalga oshirish joyi ____________________________________________;


3. Belgilangan maqsad _______________________________________________________;


4. Loyiha boʻyicha qum-shaal zaхirasining hajmi ______________________________;


5. Loyihaning minimal qiymati (boshlanich narхi) (soʻmda) _____________________;


6. Elektron onlayn-auksion olibining majburiyatlari:


6.1. Loyihani amalga oshirish muddati ________________________________________;


6.2. Loyihani amalga oshirish huquqi egasiga davlat ekologik ekspertizasi хulosasiga muvofiq qoʻyiladigan talablar:_____________________________________;


6.3. Shartnoma shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar _______________;


7. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablalar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank rekvizitlari:

Bank nomi _____________________________________________________________;

Bank MFO _____________________________________________________________;

Bank hisobvarai _______________________________________________________;


8. Xavfsiz daryo boshqarmasining manzili va bolanish uchun ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar).

Buyurtma 20 ___ yil "____" _______________ da taqdim etildi.

Xavfsiz daryo boshqarmasi boshlii


(F.I.O.)

ERI



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 4 dekabr