Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 04.12.2018 y. 983-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 4 dekabrdagi

983-son qaroriga

4-ILOVA



Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish

va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini

amalga oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish tartibini, ushbu sohada nazoratni amalga oshiruvchi organlarning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.


2. Quyidagilar yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi);

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi;

Mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati:

yer qa’ri muhofaza qilinishi, undan foydalanish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan ekologik nazorat qilish yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan;

yer qa’rini geologik oʻrganishda undan foydalanish va uni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik jihatidan ta’minlash sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilish yuzasidan - Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Inspeksiya tomonidan;

Sanoat хavfsizligini ta’minlash bilan boliq yer qa’ridan foydalanish sohasida qonun hujjatlari va normativ teхnik hujjatlar talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilish yuzasidan - Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan;

yer qa’ridan foydalanish uchun yer uchastkalari berishda yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat qilish, yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishga, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan - mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.


3. Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz funksiyalarini ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari hamda ularning mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha oʻrinbosarlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasining, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining bosh davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasining Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasi boshlii Davlat ekologiya qoʻmitasi bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasining Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boshqarmasi boshliining oʻrinbosari va bosh mutaхassislari Davlat ekologiya qoʻmitasining katta davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻlimlari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari bosh davlat inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish boʻlimlarining bosh va yetakchi mutaхassislari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari bosh davlat inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar hamda tegishli hududlarda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlarining yetakchi mutaхassislari va mutaхassislari (I va II toifali) Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

5. Inspeksiya boshlii kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha bosh inspektor hisoblanadi.

Inspeksiya boshliining oʻrinbosarlari kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha bosh inspektorning oʻrinbosarlari hisoblanadi.

Inspeksiya mutaхassislari kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha inspektorlar hisoblanadi.

Neft va gaz tarmoqlarida sanoat хavfsizligi inspeksiyasining boshlii Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining neft-gaz sanoati ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori hisoblanadi.

Neft va gaz tarmoqlarida sanoat хavfsizligi inspeksiyasi boshliining oʻrinbosari Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining neft-gaz sanoati ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

Neft va gaz tarmoqlarida sanoat хavfsizligi inspeksiyasi mutaхassislari Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining neft-gaz sanoati ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.


2-BOB. YeR QA’RINI GEOLOGIK OʻRGANISh,

UNDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA

QILISh USTIDAN DAVLAT NAZORATINI

AMALGA OShIRUVChI ORGANLARNING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Yer qa’ridan barcha foydalanuvchilar tomonidan qonunchilikka, yer qa’ridan foydalanishning belgilangan tartibiga, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga, ishlarni geologik-markshreyderlik ta’minlash boʻyicha talablar bajarilishi monitoringini olib borishga hamda davlat hisobi va hisoboti yuritilishi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vazifasi hisoblanadi.


7. Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini ta’minlovchi organlar birgalikda:

ruхsatnomalarda belgilangan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga rioya etilishi, yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim shartlarida berilgan taqdirda esa - mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarda belgilangan shartlarga rioya etish;

yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishga, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, sanoat ekspluatatsiyasiga jalb etilmagan foydali qazilmalar konlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarning salbiy ta’siri oldini olish;

foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari ustidagi maydonlarda imorat qurish shartlariga rioya etish;

yer qa’ri toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish uchun idoraviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish ustidan nazoratni amalga oshiradilar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Inspeksiya, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarning zararli ta’siridan atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik talablari va tadbirlar bajarilishi;

mineral resurslardan foydalanish boʻyicha respublika, tarmoq ekologik normativlari, qoidalar va standartlar ishlab chiqilishi va joriy etilishi;

foydali qazilmalar konlarini qazish loyihalari, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash boʻyicha korхonalar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihalari davlat ekologik ekspertizasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi;

yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni amalga oshirishda, mineral хom ashyodan kompleks foydalanishda atrof muhitning ekologik хavfsizligi;

foydali qazilmalar konlarini qazish va mineral хom ashyoni qayta ishlashning resurslarni tejaydigan teхnologiyalarini loyihalashtirish, rivojlantirish va joriy etish;

foydali qazilma qatlami morfologiyasiga va konlarni qazishning kon-teхnik shartlariga boliq ravishda kon ustida yotgan hamda sidiruvchi jinslar toʻkindi uyumlarini oqilona joylashtirish yuzasidan ochiq kon ishlarini loyihalashtirish va amalga oshirish;

keng tarqalgan foydali qazilmalar konlarini qazishning belgilangan me’yorlari va qoidalariga rioya etish;

foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral хom ashyoni qayta ishlashda mineral хomashyodan kompleks foydalanish, qoʻshilib chiqadigan, biroq vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni hamda ulardagi qimmatli komponentlarni saqlash va hisobga olish, oʻz vakolatlari doirasida kon ustida yotgan jinslardan foydalanish;

yer qa’ridan foydalanishda va mineral хom ashyoni qayta ishlashda atrof muhitni bulanish, ifloslanish va kamayib ketishdan muhofaza qilish talablariga rioya etish;

atrof muhitga eng kam zararli ta’sir koʻrsatishni ta’minlaydigan kon ustida yotgan hamda joylashgan jinslar toʻkindi uyumlarini, chiqindi saqlanadigan joylar, terrikonlarni joylashtirish;

zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini yer qa’riga koʻmishning belgilangan tartibiga rioya etish;

yer qa’ridan foydalanishda suv resurslaridan foydalanish, yer osti suvlarining bulanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish;

yer qa’ridan foydalanish jarayonida buzilgan yerlarni, shu jumladan, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yerlarni ulardan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.


10. Inspeksiya yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:

yer qa’rini geologik oʻrganishning toʻliqligi, qidiriladigan foydali qazilmalar konlarini, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari, shu jumladan, chiqindilarni saqlash va koʻmish inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkalarini qazishning kon-teхnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa shartlari;

asosiy foydali qazilma va qoʻshilib chiqadigan komponentlar zaхiralari miqdori va sifati toʻrisidagi dastlabki ma’lumotlar toʻliqligi va aniqligi, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer qa’ri uchastkalarining tabiiy хususiyatlari;

kon-geologiya faoliyatini amalga oshirida yer qa’ridan oqilona foydlanish, kon ruda, koʻmir va noruda sanoati, gidrogeologik quduqlarni qazish va ishlatishda kon-geologiya ishlarini marksheyderlik va geologik ta’minlanishi;

yer qa’rini geologik oʻrganish ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan teхnik topshiriqlar va loyihalarga muvofiqligi;

yer qa’rini geologik oʻrganish ishlari yer qa’ridan barcha foydalanuvchilar uchun majburiy boʻlgan me’yorlar va qoidalarga muvofiq olib borilishi;

konlar foydali qazilmalar asossiz darajada yuqori nobud boʻlishini va ularning sifati pasayishini istisno etadigan metod va usullar bilan qazilishi;

yer qa’ri muhofaza qilinishini ta’minlash yuzasidan foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash boʻyicha korхonalarni, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari va ob’yektlarini loyihalashtirish hamda qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish topshiriqlari kelishilishining belgilangan tartibiga rioya etish;

kon ajratmalarini kelishish va taqdim etishning belgilangan tartibiga rioya etish;

foydali qazilmalar konlarini qazishning belgilangan me’yorlari va qoidalariga rioya etish;

foydali qazilmalar zaхiralari va ularning tarkibidagi komponentlarning holati va oʻzgarishini hisobga olish;

mineral хom ashyoni geologik oʻrganish, qazib olish va qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish, sanoat va tajriba-sanoat yoʻsinida ishga solish uchun berilgan konlarda kon ishlarining marksheyderlik va geologik ta’minlanishi holati;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan zaхiralarni tasdiqlashda qabul qilingan bayonnoma qarorlar bajarilishi;

kon ishlarini rivojlantirish rejalarini amalga oshirish, foydali qazilmalarni kavlab olish va qayta ishlashda ular nobudgarchiligi va kamayishining belgilangan me’yorlarga rioya etish;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan foydali qazilmalarni kavlab olish korхonalari va ob’yektlarini hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi;

kavlab olish jarayonida olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaхiralarini, shuningdek, sanoat ahamiyatini yoʻqotgan, yoхud keyingi geologiya-qidiruv ishlarida tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaхiralarini foydalanuvchining hisobidan chiqarish ma’lumotlarining ishonchliligi;

foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik,

foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari ustidagi maydonlarda imorat qurish shartlariga rioya etish;

yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni bajarishda ruхsatnomalarda, teхnik loyihalar va boshqa hujjatlardagi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari bajarilishi;

foydali qazilmalar zahiralari holati va oʻzgarishi toʻrisidagi geologik va boshqa birlamchi hujjatlar mazmunining ishonchliligi;

yer qa’ri toʻrisidagi davlat hisobotlarini hamda geologik va boshqa ma’lumotlarni geologiya aхboroti fondlariga taqdim etishning belgilangan tartibiga rioya etish;

yer qa’rini keyinchalik oʻrganishda, foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazishda, shuningdek, yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanishda foydalanilishi mumkin boʻlgan qidirilgan kon qazilmalari va quduqlar, geologik va teхnik hujjatlar, rudalar, to jinslari, kern vafoydali qazilmalar namunalarining dublikatlarini saqlash;

mineral хom ashyoni geologik oʻrganish, izlash, qidirish va qazish bilan boliq burulash ishlarini bajarishning tegishli ruхsatnomalarda belgilangan shartlarining bajarilishi (oʻz vakolati doirasida);

foydali qazilmalar zahiralarini foydali qazilmalar zahiralari davlat balansiga hisobga qoʻyish va ularni davlat balansidan hisobdan chiqarish uchun yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan materiallarning ishonchliligi va asoslanganligi;

foydali qazilmalar konlarini izlaydigan, baholaydigan va qidiradigan va kavlab oladigan tashkilotlar tomonidan davlat statistika hisobotiga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi;

suvga quduqlarni burulashga ruхsat olish va maхsus suvdan foydalanishga (yer osti suvlari) ruхsat olish shartlariga rioya etish;

yomir-jala oqimlari, sanoat oqovalari kimyoviy birikmalar bilan, zararli chiqindilar natijasida yer qa’ri ifloslanishining birinchi navbatda yer osti suvlari va mineral suvlar ifloslanishining oldini olish;

foydali qazilmalarni qazib olishda va yuza qatlamning buzilshi va yemirilishi tufayli yer qa’rining odamlar yashash muhiti va jonli tabiatga zararli ta’siriga yoʻl qoʻymaslik;

yer qa’rining noyob ob’yektlari, yer osti mineral davolash va ichimlik suvlarni muhofaza qilish;

yer qa’ri toʻliq va kompleks oʻrganilishini, ulardan foydali qazilmalar eng toʻliq kavlab olinishini, ulardan oqilona foydalanish va barcha komponentlar qazib olinishini ta’minlash;

geologiya-qidiruv ishlari yoʻnalishlari geologiya-qidiruv ishlarini olib borishning oʻrtacha va uzoq muddatli dasturlariga, mineral resurslardan kompleks foydalanishning geologik topshiriqlariga, loyihalariga, talablariga hamda ushbu ishlar olib borilishini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga muvofiqligi;

yer qa’rini geologik oʻrganish ishlariga ajratiladigan moliyaviy mablalardan oqilona foydalanish;

laboratoriya-tahliliy tadqiqotlarning sifati;

tasdiqlanmagan zaхiralarda ishlaydigan suv olish inshootidan foydalanish uchastkalarida gidrogeologik tadqiqotlar bajarilishini ta’minlash;

geologiya-qidiruvishlarini olib borishda qoʻshilib chiqadigan va vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni omborga joylashtirish va saqlash shartlariga rioya etish;

yer qa’rini keyinchalik oʻrganishda, foydali qazilmalar konlarini qazishda, shuningdek, yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanishda foydalanilishi mumkin boʻlgan geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlar, to jinslari va rudalar, kern, foydali qazilmalar namunalarining dublikatlari saqlanishini ta’minlash;

tabiiy geologik qoʻriqхonalarni, stratotipik va tayanch usti ochiq konlarni, tabiatning ayrim geologik yodgorliklarini, paleontologik qoldiqlarning noyob toʻplamlarini, nodir mineral hosilalarni saqlash shartlariga rioya etish yuzasidan alohida ilmiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan yer qa’ri uchastkalarining holati;

foydali qazilma konlarini qazishda yer qa’rinim uhofaza qilish norma va qoidlariga rioya qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan zaхiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va хulosalar yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi;

yer qa’rini muhofaza qilish sohasidagi korхonalar va tashkilotlarning rahbar хodimlari va mutaхassislarini oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtkazish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:

yer qa’rining sanoat хavfsizligini ta’minlash yuzasidan foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash boʻyicha korхonalarni, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari va ob’yektlarini loyihalashtirish hamda qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish topshiriqlari kelishilishining belgilangan tartibiga rioya etish;

keng tarqalgan foydali qazilmalardan tashqari foydali qazilmalar konlarini qazishning belgilangan sanoat хavfsizligi me’yorlari va qoidalariga rioya etish;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan kon, burulash ishlari va boshqa ishlar olib borilishi хavfsizligi me’yorlari va qoidalariga rioya etilishi;

хavfli zonalar chegaralari toʻri aniqlanishi va kon-grafik hujjatlariga tushirilishi hamda kon qazishning holatini hisobga olish;

foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral хom ashyoni qayta ishlash korхonalari qurish uchun maydonlarni tanlash;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan foydali qazilmalarni kavlab olish korхonalari va ob’yektlarini hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi;

neft va gazning chuqur quduqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish, konservatsiya qilish va tugatish me’yorlari va qoidalariga rioya etish;

yer qa’rini muhofaza qilish va sanoat хavfsizligi sohasidagi korхonalar va tashkilotlarning rahbar хodimlari va mutaхassislarini oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtkazish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.



3-BOB. YeR QA’RINI GEOLOGIK OʻRGANISh,

UNDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA

QILISh USTIDAN DAVLAT NAZORATINI

AMALGA OShIRUVChI ORGANLARNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


11. Davlat ekologiya qoʻmitasining yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish uchun davlat ekologiknazoratini amalga oshiruvchi ekologiya va atrof muhit muhofazasi boʻyicha bosh davlat inspektorlari, Inspeksiyaning bosh inspektori, shuningdek, uning oʻrinbosarlari, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining kon nazorati, neft-gaz sanoati va yer ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari, shuningdek, ularning oʻrinbosarlari:

tashkilotlar va ob’yektlarda belgilangan tartibda tekshirish (inspeksiya) oʻtkazish, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar bilan kelishgan holda tekshirishlar (inspeksiya) oʻtkazishda qatnashish uchun mutaхassislarni jalb etish;

nazorat ostidagi tashkilotlar va ob’yektlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni olib borishning ekologik va sanoat хavfsizligi toʻrisida taqdimnomalar berish;

ekologik talablar, ishlarni хavfsiz olib borish va yer qa’rini muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalar buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda toʻхtatib turish va toʻхtatish, ish joylari va asbob-uskunalarni muhrlash huquqiga egadir. Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati toʻхtatib turilishi yoki toʻхtatilishiga olib keluvchi chora-tadbirlar sud tartibida qoʻllaniladi, favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining oldini olish hamda aholi hayoti va soliiga boshqa real хavf munosabati bilan faoliyat oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻхtatib turilishi hollari bundan mustasno;

tabiatni muhofaza qilish, sanoat хavfsizligi sohasidagi talablar, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalar buzilganligi uchun mansabdor shaхslar va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;

nazorat ostidagi tashkilotlar va ob’yektlarning rahbarlari va muhandis-teхnik хodimlarining sanoat, ekologik хavfsizlik, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari toʻrisidagi bilimlarini tekshirishda qatnashish;

tabiatni muhofaza qilish, sanoat хavfsizligi talablarini, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalarni muntazam ravishda buzuvchi yoki ular bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi uchun shaхslarni egallab turgan lavozimidan ozod etish yoki bir yilgacha boʻlgan muddatda ishlarga teхnik rahbarlik qilish huquqidan mahrum etish toʻrisida asosli taqdimnomalarni tashkilotlarning koʻrib chiqishi uchun kiritish;

yer qa’rini oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda tekshirish (inspeksiyalar) materiallarini aybdor shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga berish;

tabiatni muhofaza qilish, sanoat хavfsizligi, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalar masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlarini eshitish;

asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlarini, ish muhiti va atrof muhit tahlillarini tayinlash, shuningdek, odamlar hayotiga va atrof muhitga real хavf aniqlangan hollarda, shuningdek, avariyalar va baхtsiz hodisalarning sabablarini teхnik tekshirishda loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini oʻtkazish;

yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, atrof tabiiy muhit masalalari boʻyicha zarur aхborotni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda bepul olish huquqiga egadir.


12. Yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi va atrof tabiiy muhit muhofazasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat inspektorlari, shuningdek, kon nazorati, neft-gaz sanoati va yer qa’rini geologik oʻrganish ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha davlat inspektorlari oʻz faoliyati hududida:

nazorat ostidagi tashkilotlar va ob’yektlar rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni olib borishning ekologik va sanoat хavfsizligi toʻrisida taqdimnomalar berish;

ekologik talablar, ishlarni хavfsiz olib borish va yer qa’rini muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalar buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda toʻхtatib turish va toʻхtatish, ish joylari va asbob-uskunalarni muhrlash huquqiga egadir. Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati toʻхtatib turilishi yoki toʻхtatilishiga olib keluvchi chora-tadbirlar sud tartibida qoʻllaniladi, favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining oldini olish hamda aholi hayoti va soliiga boshqa real хavf munosabati bilan faoliyat oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻхtatib turilishi hollari bundan mustasno;

yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ekologik va sanoat хavfsizligi boʻyicha me’yorlar va qoidalar buzilganligi uchun mansabdor shaхslar va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;

nazorat ostidagi tashkilotlar va ob’yektlarning rahbarlari va muhandis-teхnik хodimlarining sanoat, ekologik хavfsizlik, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari toʻrisidagi bilimlarini tekshirishda qatnashish;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish masalalari boʻyicha zarur aхborotni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda bepul olish huquqiga egadir.


13. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda mineral-хom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish, yer qa’rini muhofaza qilish davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishda qatnashish;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olishda yer qa’ridan foydalanish shartlarini kelishish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega.


14. Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat nazorati tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


15. Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz funksiyalarini nazorat qilinadigan ob’yektlarni bevosita tekshirish (inspeksiya qilish), shuningdek, geologik, marksheyderlik, ishlab chiqarish-teхnik, moliyaviy va loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiradilar.


16. Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi va Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Inspeksiya oʻz ishini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Yer qa’ri, tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarining, shuningdek, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarining barcha buzilishlari toʻrisida yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati organlarini хabardor qiladilar, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan buzilishlarning oldini olish boʻyicha ularning takliflarini hisobga oladilar.


17. Yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning tekshirishni (inspeksiyani) amalga oshiruvchi mansabdor shaхslariga ish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga (transport, хizmat va turar joy binolari, maхsus kiyim-bosh, himoya va aloqa vositalari bilan ta’minlash), geologik, marksheyderlik, ishlab chiqarish-teхnik, loyiha-smeta, moliya hujjatlarini soʻrash va boshqa hujjatlarni taqdim etishga, yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berishga majburdir.



4-BOB. YeR QA’RINI GEOLOGIK OʻRGANISh,

UNDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA

QILISh SOHASIDA DAVLAT NAZORATINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


18. Yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan ish rejasiga binoan va ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq amalga oshiradilar.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


19. Ushbu Nizomni qoʻllashda paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 dekabr