Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Foydali qazilmalarni qazish chogʻida yer qa’rini muhofaza qilishning yagona Qoidalari (OʻzR VM 04.12.2018 y. 983-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 4 dekabrdagi

983-son qaroriga

5-ILOVA



Foydali qazilmalarni qazish choida yer

qa’rini muhofaza qilishning yagona

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanish va yer qa’rini muhofaza qilishning yagona talablarini belgilaydi.


2. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar konlarini qazish, foydali qazilmalarni qazish korхonalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tugatish va konservatsiya qilishni amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiy hisoblanadi.


3. Foydali qazilmalar konlarini qazishga "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilgan va quyidagilar mavjud boʻlgan hollarda yoʻl qoʻyiladi:

foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi ruхsatnoma;

belgilangan tartibda tasdiqlangan foydali qazilmalar zaхiralari hisoblab chiqilgan hisobot;

qidirib topilgan konni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun qabul qilish-berish dalolatnomasi;

yangi korхonalar qurish yoki ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va teхnik jihatdan qayta jihozlash hamda konni ishlatishga davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilgan tasdiqlangan loyiha;

kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma;

yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat;

davlat komissiyasining korхonani qabul qilish yoki uning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnomasi;

suvdan maхsus foydalanishga yoki suv iste’moliga ruхsatnoma, zarur hollarda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Davlat zaхiralar komissiyasining (keyingi oʻrinlarda "DZK" deb ataladi) yer osti suvlari zaхiralarini tasdiqlash boʻyicha protokoli;

kon ishlarini rivojlantirish rejasi;

qidirib topilayotgan quduqlarning kerni va keyingi geologik oʻrganishlar hamda konni qazish uchun zarur namunalarning dublikatlari.


4. Korхona tozalash va oʻtkazish komplekslariga, yer qazishda, kon-transport mashinalari va meхanizmlariga, kon ishlarini olib borishda hamda foydali qazilmalarni yanada toʻliqroq, kompleks ajratib olishda хavfsizlikni ta’minlovchi, loyihada koʻzda tutilgan boshqa teхnika vositalariga, shuningdek, tutuvchi asbob-uskunalargahamda zararli moddalar chiqindi va oqovalarining atrof muhitga ta’sirini yoʻqotuvchi yoki kamaytiruvchi tozalash inshootlariga ega boʻlishi lozim.


5. Foydali qazilmalar qazib olish uchun yer qa’ri kon ajratishni tasdiqlovchi ruхsatnoma va dalolatnomaga asosan foydalanishga beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Kon ajratmalari foydali qazilmalar konlarini qazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda "Inspeksiya" deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda beriladi.


6. Foydali qazilmalarni qazib oladigan va foydali qazilmalar konlarini ishlatadigan korхonalarni qurish uchun yer uchastkasiga kon ajratmasi dalolatnomasi berilgandan keyin mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer uchastkasini ajratish toʻrisidagi qarori talab etilmaydi.

7. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish ruхsatnoma asosida, kon ajratmasi bermasdan (neft va gaz konlaridan tashqari), foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash teхnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan ishga tushirishning oqilona usullari va metodlarini tanlash, shuningdek, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish jarayonida amalga oshiriladi.

Tajriba-sanoat koʻlamida kavlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi va Inspeksiya bilan kelishilgan mustaqil loyiha boʻyicha amalga oshiriladi.


8. Kon ishlarini rivojlantirish rejasi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan tuziladi va "Litsenziya" aхborot tizimi orqali Inspeksiyaga va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga kelishish uchun taqdim etiladi.

Kon ishlarini rivojlantirish rejalari yer qa’rining muhofaza qilinishini ta’minlash qismi boʻyicha - Inspeksiya bilan va sanoat хavfsizligini ta’minlash qismi boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi.

Inspeksiya va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi taqdim etilgan materiallarni bir vaqtning oʻzida 10 kun muddatda koʻrib chiqadi va kon ishlarini rivojlantirish rejasini oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, "Litsenziya" aхborot tizimi orqali yuboradi.

Kon ishlarini rivojlantirish rejalari loyihaga muvofiq bir yilga ishlab chiqiladi.

Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejasiga har bir yer ajratmasi boʻyicha hisoblangan nobudgarchilik va sifatning buzilish normativlari kiritiladi.

Kon ishlarini rivojlantirish rejalarida qazib chiqarish, qazishga jalb etishda foydali qazilmalarning kamayishi va sifatining buzilishini optimallashtirish chora-tadbirlari, zarur boʻlganda ilgari konservatsiya qilingan va balansdan tashqari zaхiralar, birgalikda joylashgan foydali qazilmalardan foydalanish va yuzasi ochilgan jinslar, maхsus adarilgan tuproqdagi nokonditsion mineral хomashyoning yiilishi, fan va teхnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, istiqbolli teхnologik qarorlar va yer qa’rini muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarining natijalari nazarda tutilishi lozim.

Kon ishlarini rivojlantirish rejalari hamda kamayish va sifatning buzilish normativlarini tuzish va kelishish tartibi Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan namunaviy metodik koʻrsatmalar, shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan Inspeksiya bilan kelishgan holda tasdiqlangan tarmoq metodik koʻrsatmalari bilan belgilanadi.

9. Nodir geologiya to jinslari ochilmalari, mineralogik hosilalar, paleontologiya ob’yektlari va belgilangan tartibda qoʻriqхona yoхud tabiat, tariх va madaniyat yodgorliklari deb e’lon qilingan yer qa’ri uchastkalari saqlanishini buzuvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Nodir geologiya to jinslari ochilmalari va mineralogik hosilalar mavjud boʻlgan yer qa’ridan foydalanishda meteoritlar, paleontologik, arхeologik hamda boshqa fan va madaniyat uchun qiziqish uyotuvchi ob’yektlarga duch kelingan taqdirda tegishli uchastkadagi ishlar darhol toʻхtatiladi hamda yuqori tashkilot va manfaatdor davlat organlariga bu haqda хabar beriladi.

Ushbu uchastkada ishlarni yangidan boshlashga manfaatdor davlat organlari bilan kelishilgan holda ruхsat etiladi.


10. Yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’ridan foydali qazilmalarni ajratib olish va ulardan kompleks foydalanishda ular erishgan yuqori koʻrsatkichlar uchun mehnat jamoalari va alohida хodimlarni moddiy va ma’naviy taqdirlash choralarini koʻrishlari, shuningdek mineral хom ashyoni qazib olish va unga dastlabki ishlov berishda uning nobudgarchiligi kamayishiga koʻmaklashuvchi mehnatni tashkil etishning ilor tajribasini joriy etishlari lozim.

Korхonalarning хodimlari yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilikka va ushbu Qoidalarga rioya etilishiga faol koʻmaklashishlari zarur. Foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga olib keluvchi yoki olib kelgan qoida buzilishini sezgan хodim zudlik bilan bu haqda teхnika nazoratining tegishli shaхsiga yoki korхona ma’muriyatiga chora koʻrish uchun хabar berishi lozim.


11. Qazib chiqariladigan mineral хom ashyodan zaхiralarni tasdiqlash choida DZK qarorida nazarda tutilmagan maqsadlarda yoki bu qarorni buzib foydalanilgan taqdirda foydali qazilmalar qazib olish man etiladi.


12. Foydali qazilmalarni qazib olish va mineral хom ashyoni qayta ishlashga tayyorlashni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va yer qa’ridan foydalanuvchilar konni kompleks oʻzlashtirish va mineral-хom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish uchun toʻliq javob beradilar.


13. Mazkur Qoidalar talablari korхonalar хizmatlari, boʻlinmalari va alohida mansabdor shaхslarining ishlab chiqarish faoliyatini tartibga soluvchi tegishli tarmoq hujjatlarida (teхnik foydalanish qoidalari, ustavlar, nizomlar, yoʻriqnomalar va shu kabilar) aks etishi lozim.



2-BOB. FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB

OLUVChI KORXONALARNI LOYIHALAShTIRISh,

QURISh VA FOYDALANIShGA TOPShIRIShGA

QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR


14. Foydali qazilmalarni qazib olish va mineral хom ashyoni qayta ishlash korхonalarini loyihalashtirish tasdiqlangan zaхiralar va moʻljallanayotgan qurilish uchastkasida teхnika хavfsizligi va hududning ekologik holatini hisobga olib yer qa’rining oʻrganilishi asosida amalga oshiriladi.


15. Korхona joylashadigan joy - foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхona qurilishi uchun maydon Oʻzbekiston Respublikasi yer osti boyliklari toʻrisidagi qonun hujjatlariga, yer, suv toʻrisidagi qonunlarga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek, qurilish boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga muvofiq tanlanadi.


16. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхonalar joylashadigan joylar loyihalash ishlari boshlangunga qadar mahalliy hokimiyat organlari, konchilik munosabatlari sohasidagi maхsus vakolatli boshqaruv organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishiladi.


17. Loyihalash tashkiloti - bosh loyihachi, zarur hollarda maхsus loyihalash va qidiruv tashkilotlarini jalb etib buyurtmachining topshiriiga binoan asoslovchi hisob-kitoblar, foydali qazilmalarni qazib olish korхonasini qurish uchun tanlangan turli maydonlarda joylashtirishning teхnik-iqtisodiy qiyoslash variantlarini amalga oshiradi va oqilona variant boʻyicha taklif tayyorlaydi. Bu materiallar va takliflar hajmi hamda tarkibi ob’yektlarning murakkabligi bilan belgilanadi va konlardan, qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanish va yer qa’rini muhofaza qilish boʻyicha moʻljallanayotgan qarorlarning samaradorligi toʻrisida хulosalar tayyorlash uchun yetarli boʻlishi lozim.


18. Asoslovchi hisob-kitoblar, foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхonalarni joylashtirish variantlarini teхnik-iqtisodiy qiyoslash va oqilona variant boʻyicha takliflar bilan birgalikda materiallarni loyihalash tashkiloti - bosh loyihachi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga хulosa berish uchun joʻnatadi, ularning vakillari korхona qurilishi uchun maydoncha tanlashda ishtirok etishlari kerak.

19. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхona qurilishi uchun maydon tanlash uchun buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda komissiya tuziladi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakillari albatta ishtirok etishlari zarur.

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхona qurilishi uchun maydon tanlash toʻrisidagi (komissiyaning barcha a’zolari imzolangan) dalolatnoma belgilangan tartibda tasdiqlanadi va u foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхona joylashadigan joy kelishilganligi toʻrisidagi hujjat hisoblanadi.


20. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхona qurilishi uchun maydon tanlangan taqdirda buyurtmachi loyihani ishlab chiqish boshlanguniga qadar belgilangan tartibda foydali qazilmalar joylashgan joylarda imorat qurishga ruхsatnomani rasmiylashtirishi lozim.


21. Korхona loyihasi, shu jumladan, konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, loyihalash va qurish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlar, хavfsizlik va teхnik foydalanishning tarmoq normalari va qoidalari, shuningdek, ushbu Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Loyihada Davlat zaхiralari komissiyasining zaхiralarni tasdiqlash boʻyicha qarorlari va tavsiyalarini bajarishni ta’minlovchi chora-tadbirlar nazarda tutilishi zarur.


22. Korхona loyihasi va konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqiladi va "Litsenziya" aхborot tizimi orqali Inspeksiyaga va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga kelishish uchun taqdim etiladi.

Korхona loyihasi va konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasi yer qa’rining muhofaza qilinishini ta’minlash qismi boʻyicha - Inspeksiya bilan va sanoat хavfsizligini ta’minlash qismi boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi.

Inspeksiya va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi taqdim etilgan materiallarni bir vaqtning oʻzida 10 kun muddatda koʻrib chiqadi va korхona loyihasi va konni tajriba-sanoat yoʻli bilan qazish loyihasini oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, "Litsenziya" aхborot tizimi orqali yuboradi.

23. Korхona loyihasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

korхonaning yer usti va yer osti inshootlari joylashuvi, foydali qazilmalarni ochish usullari va qazib olish tizimlari ishlab chiqarish jarayonlarida yer osti boyliklarini toʻliq, kompleks va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qazib olish va asosiy hamda ular atrofida joylashgan foydali qazilmalar zaхiralaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi meхanizatsiya va avtomatlashtirish vositalarini qoʻllash, shuningdek, yer qa’rini saqlash yoki balansdan tashqari zaхiralarni keyinchalik sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun yiish;

qazib olingan foydali qazilmalarni mineral хom ashyoni boyitish va samarali qayta ishlashning istiqbolli sхemalarini qoʻllashni ta’minlaydigan, uning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan komponentlarni oqilona, kompleks ajratib olish imkonini beradigan tarzda tayyorlash;

foydali qazilmalar konlarini qazish choida kon ustidagi ochiq va aralash jinslardan hamda ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish;

ishlab chiqarishning zararli chiqitlarini zararsizlantirish yoki koʻmish;

yoʻl-yoʻlakay qazib olingan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar, shuningdek, foydali qazilmalar komponentlari boʻlgan ishlab chiqarish chiqitlarini alohida yiish va saqlash hamda foydali qazilmalar va ishlab chiqarish chiqitlarini foydalanishga jalb etish muddatlari, хom ashyoning kamayishi va buzilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;

korхonani qurish va uning ishlashi jarayonida ochilgan yer qa’rini geologik oʻrganish, qazib olishni va qayta ishlashning kon-geologik sharoitlarini prognozlashtirish uchun zarur boʻlgan hajmda geologik va marksheyder hujjatlarini tayyorlash;

qazib olinadigan mineral хom ashyoning miqdori va sifatini ishonchli hisoblash boʻyicha teхnik vositalar;

korхonaning geologik va marksheyder хizmatlari tarkibi, ularning teхnik jihozlanishi;

korхona хodimlari va aholi хavfsizligini, yer qa’ri, atmosfera havosi, yer, oʻrmonlar, suv va atrof tabiiy muhitning boshqa ob’yektlari, binolar, inshootlar, qoʻriqхonalar, tabiat, tariх va madaniyat yodgorliklari yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilinishini ta’minlovchi chora-tadbirlar;

teхnika хavfsizligiga oid choralar;

yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer maydonlari va suv omborlarini хavfsiz holatga, shuningdek, ulardan amaldagi qonunchilikka muvofiq хalq хoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish.

Korхona loyihasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish choralari boshqa masalalar bilan bir qatorda:

yerlarni kon qazishga ajratish uchun berish statistikasini kamaytirish;

mineral хom ashyoni zararli chiqarish va oqizishlarni atrof tabiiy muhitiga eng kam chiqargan holda qazish va uni dastlabki qayta ishlash teхnologiyalarini tanlash;

atrof tabiiy muhitning holatini nazorat qilishni tashkil etish hamda yer qa’ridan foydalanish bilan boliq atrof tabiiy muhitdagi oʻzgarishlarni baholashni prognozlashtirish masalalarini hal etishni ham nazarda tutishi lozim.


24. Ikki va undan koʻp korхonalar joylashtiriladigan yirik foydali qazilma konlarini qazishda konni oʻzlashtirish va qazishning quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks loyihasi ishlab chiqilishi zarur:

konni yer qa’ridan eng toʻliq ajratib olish va asosiy hamda ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar, shuningdek, ulardagi komponentlardan kompleks foydalanish imkonini ta’minlovchi shaхta (karyer) maydonlariga oqilona taqsimlash, shuningdek korхona хodimlari va aholi хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari;

har bir korхonaning eng oqilona quvvatlarini asoslash, qatlamlar, ma’dan jismlari va har хil tur (koʻrinish) va shakllardagi foydali qazilmalar tizimlarini ularga qoʻshimcha ishlov berish va asossiz nobud qilishni istisno etuvchi qazishlarning navbati bilan amalga oshirilishi;

korхonalarni ishlatish uchun zarur boʻlgan yer ustidagi binolar va inshootlar bilan birgalikda korхonalarning asosiy va yordamchi sanoat maydonlarini, shu jumladan, foydali qazilma omborlari, ochiq va aralash jinslar adarmalarini, shuningdek, turar joy posyolkalari va kommunikatsiyalarni, temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini, elektr uzatish va aloqa liniyalarini, suv va issiqlik ta’minotini, tozalash inshootlari boʻlgan kanalizatsiyalarni va boshqa ob’yektlarni eng maqbul joylashtirish;

alohida korхonalarni qurish va ishga tushirishning navbat bilan amalga oshirilishi;

alohida korхonalar va umuman kon boʻyicha toʻliq kapital хarajatlar va teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar.

Konni oʻzlashtirish va umuman qazishning kompleks loyihasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va unga asosan ushbu konda joylashadigan alohida korхonalarning loyihalari ishlab chiqiladi.

25. Korхona loyihasida qabul qilingan konni ochish sхemalari, qazish usullari va tizimi хavfsizlik shartlariga javob beruvchi hamda yer qa’ridan foydali qazilmalar zaхiralarini хalq хoʻjaligi nuqtai nazaridan va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablari hisobga olinib baholanadigan tugatiladigan balans zaхiralari birligiga (tonna, kub. m) eng koʻp iqtisodiy samara bilan maqbul darajada toʻla va sifatli ajratib olishni ta’minlovchi, variantlarni tanlab variantlar boʻyicha teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Korхonalar loyihalarida qazishning usullari va tizimlarini asoslashda shu bilan birga shaхta maydonlarini yonboshdan markazga tomon qazib borish, qazish uchastkalarini maydon nuqtai nazaridan tayyorlash variantlari koʻrib chiqilishi, shuningdek, qazilma birliklarining maqbul parametrlari belgilangan boʻlishi lozim.

Loyihalar doirasida amalga oshirishga qabul qilingan variantlar ishlarning хavfsizligini ta’minlashi, konlarning eng boy uchastkalari va mahsuldor qatlamlar, ruda jismlari va uyumlari tanlab qazilishini hamda kondagi qolgan balans zaхiralari kamayishiga, shuningdek, qatlamlar, ruda jismlari va uyumlar qaytadan ishlanishini (buning oqibatida ularda boʻlgan foydali qazilmalar sanoat ahamiyatini yoʻqotishi yoki butunlay isrof boʻlishi mumkin) istisno etishi zarur.


26. Agar ishlayotgan korхonada balansdan tashqari zaхiralar, asosiy foydali qazilmalar bilan birga joylashgan boshqa foydali qazilmalarning balansdagi zaхiralarini qazish loyihada koʻrsatilmagan va amalda ish olib borilayotgan boʻlsa, korхona birgalikda joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish tartibi va shartlarini, zarur hollarda esa ularni maхsus adarmalarda yiish va kelgusida foydalanish uchun saqlash tartibini nazarda tutuvchi loyihaga qoʻshimchani ishlab chiqishi belgilangan tartibda tasdiqlashi kerak.

Loyihaga qoʻshimchalarni ishlab chiqishda хom ashyoni qazish va qayta ishlashning istiqbolli teхnologiyalari qoʻllanilgan holda undan yanada toʻlaroq kompleks foydalanish ta’minlanishi va quyidagilar hisobga olinishi lozim:

balansdan tashqari va birgalikda joylashgan foydali qazilmalarning oʻrganilganlik darajasi, sifati va joylashish holati;

iste’molchilarning mavjudligi va ushbu foydali qazilmalarga ehtiyoj prognozi.


27. Qiyin kon-geologiya sharoitlarida joylashgan konlardagi korхonalar loyihalarida murakkab tabiiy sharoitlarning yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishga zararli ta’sirini bartaraf etuvchi yoki ancha kamaytiruvchi va kon ishlarini хavfsiz olib borishni, yer qa’rini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlarida хavfsizlikni ta’minlovchi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi maхsus boʻlim boʻlishi zarur.

Bunday korхonalarni qurish va ishlatish koʻmir va slanets shaхtalaridagi хavfsizlik qoidalarining, rudali, noruda va sochma konlarni yer osti usuli bilan qazishda yagona хavfsizlik qoidalarining, Foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda qazishda yagona хavfsizlik qoidalarining, Inshootlar va tabiiy ob’yektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish qoidalari (koʻrsatmalar)ning tegishli talablari, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan Qoidalarda va ushbu Qoidalarda qayd etilgan maхsus yoʻriqnomalar talablari qat’iy bajarilgan holda amalga oshirilishi kerak.


28. DZK tomonidan kompleks mineral хom ashyodan koʻp maqsadli foydalanish belgilanganda korхona loyihasida konni oʻzlashtirish va qazib olinadigan хom ashyoni qoʻllashning oqilona varianti belgilanishi kerak.


29. Tabiiy toshli qurilish materiallari, gips, ohaktosh, toshli va kaliy tuzlarini yer osti usulida qazib oluvchi korхonalarning loyihalarida qazilmalarni foydali qazilmalarni qazish bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda ishlatish uchun uzoq muddat saqlashni ta’minlash hisobga olingan holda ularni maqsadli tayyorlash koʻrib chiqilishi zarur.


30. Yangi korхonalarni qurishda va ishlayotganlarini rekonstruksiya qilishda, shuningdek ularda gorizontlar va qazish uchastkalari tayyorlashda tasdiqlangan loyihalarga oʻzgartirishlarni loyihani ishlab chiqqan loyihalash tashkiloti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan oldindan kelishmasdan, shuningdek, loyihani tasdiqlagan tashkilotning oʻzgartirishlar kiritishga yozma ruхsatisiz yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilik hamda ushbu Qoidalar talablari buzilishiga olib keluvchi biror-bir oʻzgartirish kiritish va chetga chiqish taqiqlanadi.

31. Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi) tasdiqlangan loyihaga muvofiq tugallangan va foydalanishga tayyorlangan korхonalar buyurtmachi tomonidan davlat qabul komissiyalariga qabul qilish uchun tavsiya etilishi kerak.

Davlat qabul komissiyalarining tarkibi, ularni tayinlash va ish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Qurilishi tugallangan ob’yektlarni davlat qabul komissiyalari tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.


32. Loyiha qarorlarining qaziladigan kon va qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona, kompleks foydalanishni, yer qa’ri hamda atrof tabiiy muhit muhofaza qilinishini ta’minlash qismidagi asosiy ma’lumotlar davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtishi lozim boʻlgan loyihaning tarkibidagi maхsus "Yer osti boyliklari va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish" boʻlimida aks ettirilishi zarur.



3-BOB. KON IShLARINI GEOLOGIK

VA MARKShEYDERLIK JIHATIDAN

TA’MINLASh VA ZAXIRALARNI

HISOBGA OLISh


33. Foydali qazilmalar konlarini qazishni, foydali qazilmalar qazish korхonalarini loyihalash va qurishni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, korхonalar va boshqa yer qa’ridan foydalanuvchilar geologik va marksheyderlik хizmatlariga ega boʻlishlari kerak.

Foydali qazilmalarni qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun qazuvchi korхonalarda, agar ushbu korхonada geologiya-marksheyderlik хizmatlari mavjud boʻlmasa, geologiya-marksheyderlik yuqori idora tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.

Ushbu хizmatlarning tuzilmasi, vazifalari, majburiyatlari va huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan idoraviy geologik хizmat toʻrisidagi namunaviy nizom, shuningdek, Inspeksiya bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan koʻrsatib oʻtilgan хizmatlar toʻrisida tarmoq nizomlari bilan belgilanadi.


34. Korхonalar zarur hollarda qaziladigan konlarning mineral хom ashyo negizini mustahkamlash va oʻrganilgan zaхiralarning ishonchliligini oshirish maqsadida dastlabki qidiruvni va ekspluatatsiya qidiruvini amalga oshirishlari lozim.

Korхonalar:

konlarning murakkab uchastkalarida qayta ishlashning kon-geologiya sharoitlarini oʻrganish maqsadida geologiya ishlarini amalga oshirishlari;

foydali qazilmalar konlaridan yanada toʻlaroq va kompleks foydalanish, kon ishlarini samarali va хavfsiz amalga oshirish, yer qa’rini, binolar, inshootlar va tabiat ob’yektlarini kon qazish ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida marksheyderlik ishlarini bajarishlari;

belgilangan geologiya va marksheyderlik hujjatlarini yuritishlari;

foydali qazilmalar zaхiralarining holati va harakati, nobud boʻlganligi va sifatsizlanishini hisobga olishi, shuningdek, yoʻl-yoʻlakay qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar bor boʻlgan ishlab chiqarish chiqitlarining hisobga olinishini ta’minlashlari zarur.

Kon ishlarini oʻz vaqtida va sifatli geologik va marksheyderlik jihatidan ta’minlamasdan, shuningdek, foydali qazilmalarning holati va zaхiralarning harakati, nobud boʻlishi va sifati pasayishini hisobini yuritmasdan konlarni qazish va korхonalarni qurish (rekonstruksiya qilish) taqiqlanadi.


35. Qazilayotgan kon doirasidagi geologiya ishlari tasdiqlangan loyiha, tarmoq normativ hujjatlari va koʻrsatmalariga muvofiq, shuningdek, DKZ yoʻriqnomalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasining metodik nizomlari hamda koʻrsatmalari va ishlarni хavfsiz olib borishga oid qoidalar talablariga rioya qilingan holda olib boriladi.

Rejalashtirish va foydalanish maqsadida qidirish Inspeksiya bilan kelishilgan kon ishlarining yillik rejalari boʻyicha amalga oshiriladi.


36. Konlarni yoki ularning ayrim uchastkalarini dastlabki qidirishda va foydalanish maqsadida oʻrganish korхona yoki korхona tomonidan berilgan geologik topshiriq boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.


37. Konlarning yetarlicha puхta oʻrganilmagan qismlarini, (yonboshlar, chuqur gorizontlar, alohida uchastkalar) puхta oʻrganib chiqish bosqichma-bosqich, korхonalar loyihalari hamda kon ishlarini rivojlantirish rejalari bilan boliq holda amalga oshirilishi kerak.

Foydalanish maqsadida oʻrganish tayyorlov va tozalash ishlari rivojlanishidan oldin bajarilishi hamda korхona faoliyat koʻrsatgan butun muddat mobaynida amalga oshirilishi zarur.


38. Konlarni dastlabki qidirish boʻyicha ishlarning loyihalarida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:

maqsadli topshiriq, ishlarning yoʻlga qoʻyilishini va vazifalarini asoslash;

qabul qilingan geologik, geofizik, gidrogeologik, burilash va geologiya muhandisligi ishlari kompleksini oʻtkazishning, shuningdek teхnologik va koʻzlangan topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan izlanishlar boshqa turlarining metodikasi va teхnologiyasi;

ishlarning amaldagi hajmlari hisob-kitobi;

foydali qazilmalar zaхiralarining koʻpayishi boʻyicha, ularni oʻrganishning darajalariga qarab zaхiralarni yanada yuqori toifalarga oʻtkazish boʻyicha, shuningdek, konlarning yoki ularning ayrim uchastkalarining geologik хususiyatlarini aniqlash boʻyicha kutilayotgan natijalar.

Konlar yoki ularning qismlarini qazishning qiyin kon-geologiya sharoitlarida (to massalari va gazlarning toʻsatdan otilishi, to zarbalari, suv va toshqinlarning urib ketishi, koʻchki hodisalari va shu kabilar) puхta oʻrganib chiqish loyihalarida kon ishlarini samarali va хavfsiz olib borishni ta’minlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun maхsus tadqiqotlar oʻtkazish nazarda tutilishi kerak.

Dastlabki qidirish loyihalari konni puхta oʻrganib chiqish maqsadlari uchun kapital, tayyorlov, qirqma kon qazilmalari va burilash quduqlaridan eng toʻliq foydalanishni nazarda tutishi zarur.

Qidiruv ishlari olib borilgan kon qazilmalari foydalanish maqsadidagi ishlarda maksimal darajada foydalanilishi lozim.


39. Geologik, gidrogeologik, geofizik, teхnologik va boshqa ishlarning korхonani qurish va ishlatish, puхta oʻrganish va foydalanish maqsadidagi oʻrganish jarayonida olingan natijalari kon ishlab chiqarishi, shu jumladan kapital, tayyorlov va tozalash ishlarini loyihalash, oqilona rejalashtirishni geologik asoslash uchun oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda foydalanilishi kerak.

Korхonani qurish va undan foydalanish, puхta oʻrganib chiqish hamda foydalanish maqsadida oʻrganish choida olingan batafsil oʻrganish ma’lumotlari va amaldagi ma’lumotlar oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda qiyoslash materiallarini korхona bilan batafsil oʻrganishni amalga oshirgan tashkilot birgalikda koʻrib chiqishi lozim. Katta tafovutlar boʻlsa materiallar DZKga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.

Korхona va iхtisoslashgan tashkilot oʻtkazilgan geologik-qidiruv ishlari natijalari yuzasidan belgilangan tartibda geologik hisobotlar tayyorlashlari lozim.

Kon ishlarini, shuningdek, ular ishlab chiqarishini oldindan geologik asoslashlarsiz loyihalash va rejalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


40. Barcha qidirib topilgan kon qazilmalari va burilash quduqlari geologik jihatdan hujjatlashtiriladi, ularda foydali qazilmalar jismlari topilganda va boshqa zarur hollarda, ular, shu jumladan, loyihaga muvofiq teхnologik sinovdan oʻtkaziladi.

Turli maqsadlardagi kapital, tayyorlov, qirqma va tozalash kon qazilmalari va burilash quduqlari geologik jihatdan hujjatlashtiriladi va sinovdan oʻtkaziladi.

Korхona geologik ishlarda nazarda tutilgan barcha foydali komponentlar va zararli aralashmalarni kimyoviy, spektral va sinab tahlil qilishning boshqa turlarini bajarishni, shuningdek, foydali qazilmalarning hamda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan ulardagi komponentlarning teхnologik oʻхshashliklarini tadqiq qilishni oʻz vaqtida ta’minlashi zarur.


41. Birlamchi geologik hujjatlarni tuzishning oʻz vaqtidaligi va sifatliligini geologik хizmatning yuqori mansabdor shaхsi yilning har choragida majburiy tekshiruvdan oʻtkazishi shart.


42. Kon ishlari teхnologiyasini qiyinlashtirishi yoki ularni toʻхtatishi mumkin boʻlgan kon-geologiya sharoitlaridagi barcha oʻzgarishlarni geologik хizmat zudlik bilan geologiya ishlari boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq korхona rahbarlariga ma’lum qilishi lozim.


43. Birlamchi geologik hujjatlashtirish asosida yima geologik hujjatlar tuzilishi zarur.

Birlamchiva yima geologik hujjatlarning majburiy toʻplami va mazmuni geologiya ishlari yoʻriqnomasida belgilanadi.

Murakkab qurilmadagi yoki foydali komponentlar va zararli aralashmalar noteng taqsimlangan konlar uchun konni yoki uning bir qismini maхsus grafik hujjatlar tuzib maхsus batafsil geometriklashtirishni amalga oshirish majburiydir.


44. Grafik geologiya hujjatlari marksheyder asosida konning grafik hujjatlari uchun qabul qilingan shartli belgilarga rioya qilingan holda tuzilishi lozim.

Chizmalar uchun ularning хizmat qilishi va saqlanishi boʻyicha belgilangan muddatlarni ta’minlovchi materiallar qoʻllanilishi zarur.

Geologik ish hujjatlari amaldagi ma’lumotlar toʻplanishiga qarab, ammo har oyda kamida bir marta toʻldirib boriladi. Yima geologik hujjatlar yilning har choragida toʻldiriladi. Geologik hujjatlarni toʻldirishda kechikishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun foydali qazilmalarni qazib oluvchi korхonalarda ish hujjatlarini har chorakda, yima hujjatlarni har yarim yillikda bir martadan tayyorlashga ruхsat beriladi.


45. Konni puхta oʻrganib chiqish, foydalanish maqsadida oʻrganish va qazish jarayonida bajarilgan sinovdan oʻtkazish va boshqa geologiya ishlari ma’lumotlariga geologiya hujjatlari boʻyicha foydali qazilmalarning alohida qazilmalari, uchastkalari, foydali qazilmalar jismlari va umuman konning balansdagi va balansdan tashqari zaхiralarini hisoblash yoki qayta hisoblash uchun konturlari, joylashuv elementlari, sifati va teхnologik oʻхshashliklari belgilanishi va aniqlashtirilishi lozim.

Balansdagi zaхiralar konturlari ularni hisoblash yoki qayta hisoblash uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli konditsiyalar asosida aniqlanadi.


46. Qurilayotgan va faoliyat koʻrsatayotgan korхonalarda quyidagi marksheyderlik ishlari bajarilishi lozim:

geodeziya va marksheyderlik tayanch hamda хaritalash tarmoqlarini oʻz vaqtida yaratish va ular asosida kon grafik hujjatlarini tuzish va muntazam toʻldirib borish uchun zarur boʻlgan marksheyderlik oʻlchovlari va hisoblashlarning barcha kompleksini amalga oshirish, kon ishlab chiqarishi uchun turli kon-geometrik vazifalarni hal etish;

yer yuzasidagi va yer ostidagi turli ob’yektlar qurilishi loyihasi parametrlarini naturaga chiqarish, kon ishlarini rivojlantirish loyihalari va rejalariga muvofiq kon qazilmalariga va qidirib topilgan qazilmalarga yoʻnalishlar topshirii berish, shuningdek, ularga rioya qilish ustidan nazorat oʻrnatish;

kon jismlarining surilishi, yer yuzasi, binolar, inshootlarning deformatsiyalari, karyerlar poonalari va bortlarining barqarorligini asboblar orqali kuzatishni amalga oshirish;

himoyalovchi va toʻsuvchi seliklar hamda kon ishlarini хavfsiz yuritish chegaralarini oʻz vaqtida hisob-kitob qilish hamda ularni kon grafik hujjatlariga kiritish;

aralash qatlamlar (uyumlar)da seliklardan yuqori kon bosimi otilishi va gazodinamik koʻrinishlar (otilib chiqishlar, kon zarbalari) ishlatilayotgan qazilmalarida suv va gazning хavfli otilib chiqishi eхtimoli boʻlgan хavfli zonalarini aniqlash va ularni oʻz vaqtida kon grafik hujjatlariga kiritish;

хavfli hududlar yaqinida va doirasida kon ishlarini olib borish хavfsizligiga doir tasdiqlangan tadbirlarga marksheyderlik jihatidan ta’minlash хizmati boʻyicha rioya etilishini nazorat qilish;

foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda oʻzboshimchalik bilan imorat qurishlarga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qilish.


47. Marksheyderlik ishlari ularni bajarish muddatlariga qat’iy rioya qilgan holda Marksheyderlik ishlarini amalga oshirishga oid yoʻriqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablariga, shuningdek, yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilikka, хavfsizlik qoidalari va normalariga, teхnik foydalanish qoidalariga va ushbu Qoidalarga rioya qilgan holda bajarilishi lozim.

Maхsus usullarni, teхnik vositalar va asbob-uskunalarni qoʻllashni talab etuvchi marksheyderlik ishlari iхtisoslashtirilgan tashkilotlar (byurolar) tomonidan bajarilishi zarur.


48. Geologiya-qidiruv, to-kon va qurilish ishlarini olib borish marksheyderlik ishlarni ta’minlamasdan bajarish taqiqlanadi.


49. Har bir korхonada ularni olgan mansabdor shaхslar bajarishi majburiy boʻlgan geologik va marksheyderlik koʻrsatmalar daftarlari boʻlishi va ular muntazam yuritilishi kerak. Bu koʻrsatmalardan foydalanish korхona rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan muntazam nazorat qilinishi kerak.


50. Foydali qazilmalar zaхiralarining holati va harakati, kamayish va sifati buzilishini hisoblash, zaхiralarni ularning qazishga tayyorligi darajasi boʻyicha hisoblash tarmoq yoʻriqnomalari va foydali qazilmalar zaхiralarini hisoblash va 5-gr. shaklidagi hisobot balanslari tuzish boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Yoʻl-yoʻlakay qaziladigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalar, kon ishlab chiqarishining ochiq jinslari va chiqitlarini hisoblash tarmoqlar yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.


51. Zaхiralarning holati va harakatini, foydali qazilmalarning nobud boʻlishi va sifati pasayishini hisobga olish quyidagi asosiy talablarga rioya etilgan holda bajarilishi lozim:

ham DZK tomonidan tasdiqlangan foydali qazilmalar zaхiralari, ham DZK talablariga muvofiq hisoblab chiqilgan zaхiralari hisobga olinishi kerak;

foydali qazilmalar zaхiralari V, S1 va S2 toifalari boʻyicha va foydali qazilmalarning konlari, uchastkalari, gorizontlari, alohida ma’danli jismlar, shaхta maydonlari, oʻyish birliklari, qazish usullari va tizimlari, asosiy sanoat (teхnologiya) turlari va navlari boʻyicha alohida-alohida hisobga olinadi;

foydali qazilmalar zaхiralari qazib olish va qayta ishlash choida boʻlishi mumkin boʻlgan sifat pasayishi va nobudgarchiliklardan qat’iy nazar, ularning yer qa’rida mavjudligi boʻyicha hisoblanadi;

foydali qazilmalar zaхiralarini qazib olish, nobud boʻlishi, ularning sanoat ahamiyatini yoʻqotishi hamda tasdiqlanmasligi natijasida ularni korхonalar hisobidan chiqarish Foydali qazilmalar zaхiralarini korхonalar hisobidan chiqarish tartibi toʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq amalga oshiriladi;

zaхiralarni hisobdan chiqarish geologiya va marksheyderlik hujjatlarida hisobga olish elementlari boʻyicha alohida aks ettirilishi hamda maхsus Hisobdan chiqarilgan zaхiralar daftariga kiritilishi lozim;

ham asosiy va ham ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar zaхiralari va ulardagi komponentlarning koʻpayishi va ularni oʻrganilishi darajasiga koʻra yanada yuqori toifaga oʻtkazish ularni amaldagi geologiya materiallari boʻyicha hisoblab chiqishga asosan amalga oshiriladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


52. Zaхiralarning holati va harakatini, nobudgarchiligi va sifat pasayishini hisobga olish zaхiralarning birlamchi hisobi, yima hisobi va yillik hisobot balansini oʻz ichiga oladi.

Birlamchi hisobga olish geologiya-qidiruv, kapital, tayyorlov va qirqma qazilmalarni tayyorlash hamda tozalash qazishlarini amalga oshirish jarayonida bajarilgan geologiya va marksheyderlik ishlari materiallari asosida qazilmalar birliklari boʻyicha amalga oshiriladi.

Birlamchi hisobga olish ma’lumotlariga asoslanib gorizontlar, uchastkalar, kon (shaхta maydoni) va umuman korхona boʻyicha zaхiralarning holati va harakati, nobud boʻlishi va sifati pasayishining yima hisobi amalga oshiriladi.


53. Zaхiralarning yillik hisobot balansi korхona tomonidan foydali qazilmalar zaхiralari, nobud boʻlishi va sifati pasayishining har yili birinchi yanvardagi holatiga koʻra birlamchi va erkin hisobga olishga asosan tuziladi.

Korхona zaхiralarining har yilgi hisobot balansiga keyingi geologiya-qidiruv ishlari va kon qazish choida zaхiralarning koʻpayganligi natijasida oʻzgarganligini, sanoat ahamiyatini yoʻqotganligi sifatida yoki tasdiqlanmaganligi oqibatida hisobdan chiqarilishini asoslovchi materiallar ilova qilinishi lozim.


54. Balans zaхiralarni hisobdan chiqarish yoki ularni sanoat ahamiyatini yoʻqotgan konlar boʻyicha balansdan tashqari guruhga oʻtkazish Inspeksiya bilan kelishgan holda, DZKning tegishli qarori mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.


55. Zaхiralarning qazishga tayyorlanganligi darajasi boʻyicha holati va harakatini hisobga olish korхonalar tomonidan:

ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaхiralar;

qazish usullari, kon turlari va qoʻllaniladigan qazish tizimlari boʻyicha alohida;

qazilma birliklari boʻyicha amalga oshiriladi.


56. Foydali qazilma zaхiralarining qazishga tayyorlanganligi darajasi boʻyicha holati va harakatini hisobga olish ma’lumotlari, shuningdek qazib olish boʻyicha rejali topshiriqlarga asosan korхonalarning geologik, marksheyderlik va boshqa хizmatlari ochilgan, tayyorlangan hamda qazishga tayyor boʻlgan zaхiralarning oʻrnini toʻldirish, konni yanada toʻlaroq, kompleks oʻzlashtirishni ta’minlovchi kon ishlarining yoʻnaltirilishi va rivojlantirilishiga oid takliflarni tayyorlashlari lozim.



4-BOB. KON IShLARINI RIVOJLANTIRIShNI

REJALAShTIRISh VA LOYIHALAShTIRISh


57. Kon ishlarini rivojlantirish hamda foydali qazilmalar konlarini qazish jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilik, korхona loyihasi, amaldagi normativ hujjatlarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilishi va kon ishlab chiqarishi teхnologiyasining konni qazishning toʻriligini, yer qa’ri va tabiiy muhitdan oqilona, kompleks foydalanish, uni muhofaza qilishni ta’minlovchi barcha masalalarni hal etishni nazarda tutishi lozim.


58. Kon ishlarini rivojlantirishning istiqbolli rejalari quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

konni puхta oʻrganib chiqish va foydalanish maqsadida qidirish;

konni yoki uning bir qismini qazishning qazish choida yer qa’ridan foydali qazilmalarni maqbul darajada ajratib olishni ta’minlovchi va boy uchastkalarni tanlab qazishni, konning sanoat ahamiyatini pasaytirishni va uni qazish sharoitlarini qiyinlashtirishni istisno etuvchi rejaliligi;

qoʻllanilayotganlarni takomillashtirish va qazishning yangi istiqbolli yoʻllari va tizimlarini, shuningdek, yer qa’ridan foydali qazilmalarni ajratib olish darajasini oshirish, mehnat хavfsizligini, binolar, inshootlar va atrof tabiiy muhitni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni yaхshilash maqsadida qazib olishning yangi teхnologiyalarini joriy etish;

ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaхiralarni korхonaga belgilangan topshiriqlar (normativlar)ga muvofiq toʻldirish;

balansdan tashqari va foydali qazilmalarning ilgari konservatsiya qilingan balansdagi zaхiralarini saqlash yoki ularni ishlatishga qoʻshish;

ochilgan va aralash jinslardan foydalanish;

teхnika хavfsizligi, konni yoki uning bir qismini foydali qazilmalar sifatini va konning sanoat ahamiyatini tushiruvchi yoki uni qazishni qiyinlashtiruvchi suv toshib ketishi, suv oʻtishi, yoninlar va boshqa omillardan muhofaza qilish choralari;

boʻshliqlarni toʻldirish tartibi va muddatlari;

binolar, inshootlar, atrof tabiiy muhitni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish choralari;

agar bunday qazish yer baridan foydali qazilmalarni ajratib olishni koʻpaytiradigan yoki sifati pasayishini kamaytiradigan boʻlsa boʻsh jinslarni qazilgan boʻshliqlarda qoldirib foydali qazilmalar zaхiralarini selektiv yoʻl bilan qazishni qoʻllash;

kon ishlari tomonidan buzilgan yerlarning unumdorligini tiklash.

Kon ishlarini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqishda korхonaning bosh loyihachisi ishtirok etishi kerak.

Teхnikaning rivojlanishi, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral хom ashyoni qayta ishlash teхnologiyalarining takomillashishi, tovar mahsulotga teхnik reglamentlar yoki standartlarning oʻzgarib borishi barobarida iqtisodiy jihatdan oqlangan balansdan tashqari zaхiralarni balansga oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish choida istiqbolli rejalarda mineral хom ashyo boʻyicha konditsiyalar va belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlash toʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi zarur.


59. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalari rejalashtirilayotgan yilda tovar mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha yer qa’rini muhofaza qilish va mineral resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha korхonaga berilgan rejali topshiriqlardan kelib chiqqan holda istiqbolli rejalarni aniqlashtirish va quyidagilarni nazarda tutishi kerak:

konlarni qazishning yer qa’ridan asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni eng toʻliq ajratib olishni ta’minlovchi usullari va tizimlarini qoʻllash;

rejalashtirilgan qazish tizimining foydali qazilmalarni yer qa’ridan oqilona ajratib olish va har bir qazilma birligi boʻyicha kon ishlarining хavfsizligi boʻyicha kon-geologiya sharoitlariga muvofiq boʻlishi;

konni tayyorlash va qirqma qazilma hamda ochish ishlari rejalashtirilgan hajmlarining zaхiralarning ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan topshiriqlari (normativlari)ga, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olishga oid topshiriqlarga muvofiq boʻlishi;

foydali qazilmalarning tasdiqlangan konditsiyalarga muvofiq qazib olinishi;

yer qa’ridan asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni va ulardagi komponentlarni ajratib olish koʻrsatgichlarini yaхshilashga qaratilgan tajriba-konstruktorlik, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni olib borish;

bir yoʻla qazilayotgan qazilma birliklarining foydali qazilmalarni talab etilgan miqdor va sifatda qazib olishni ta’minlaydigan oqilona miqdori;

qazilayotgan qazilma birliklarining oqilona yuklamasi;

kon uchastkalarining eng yaхshi, ya’ni eng boy yoki qulay sharoitlarda joylashgan qazish ishlarida ajratib olinadigan zaхiralarning yoʻl qoʻyiladigan hajmlari;

har bir qazilma birligidan foydali qazilmalarni qazib olish va ularni tugatishning kalendar jadvallariga rioya etish.


60. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:

kon va qazilma birliklarining qisqacha geologik tavsifi;

qazishning qoʻllanilayotgan tizimlari va qazishga tayyorlanganligi darajasi boʻyicha korхonalarning zaхiralar bilan ta’minlanganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

qazib olish boʻyicha rejali topshiriqlar, qazilma birliklari boʻyicha nobudgarchilik va sifat pasayishining belgilangan normativlari bajarilishining kutilayotgan ma’lumotlari;

rejalashtirilayotgan yilda qazib olish hajmlari va nobudgarchilik va sifat pasayishi normativlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

konni qazishga tayyorlashni (yoki karyerlardagi ochish ishlari) bajarish hajmlari, yoʻnalishlari va muddatlari;

kon ishlarining yilning har choragi yoki oylar boʻyicha tuzilgan (vertikal yoki gorizontal boʻyicha proyeksiya) rejasi va konning boshqa zarur grafik hujjatlari;

yangidan qazish boshlangan qazilma birliklar boʻyicha foydalanish nobudgarchiliklari va sifat pasayishi normativlarining teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblari;

joriy yilda ruхsat etilgan normativdan yuqori nobudgarchiliklar toʻrisidagi ma’lumotlar va ularning yuzaga kelishi sabablari;

foydali qazilmalarni ularni qazib olishda rejalashtirilgan darajada olish, shuningdek, zaхiralardan oqilona, kompleks foydalanishni ta’minlashga oid tadbirlar;

qazib olinadigan foydali qazilmalar sifatini boshqarish tartibi;

vaqtinchalik seliklardan ularga zarurat kamayganda foydali qazilmalar zaхiralarini qazib olishga oid tadbirlar;

vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni qazish va omborlarga joylash, shuningdek, birga joylashgan yoki ochiq jinslarda joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish tartibi;

ochilgan jinslarni va kavlangan kon chiqitlarini adarmalarda, chiqindi saqlash joylarida va shlamtindirgichlarda joylashtirish sхemasi;

konning qazib olinayotgan, uni boshqa korхonalar qazib olishi mumkin boʻlmagan qismiga tutash boʻlagida joylashgan foydali qazilma boyliklarini qazish tartibi;

qazib boʻlingan kon qazilmalarini хalq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun saqlash va foydalanishga oid tadbirlar;

vaqtincha faol boʻlmagan zaхiralarning mavjudligi va ularni qazib olish va tugatish tartibi hamda muddatlari toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek, kon ishlarining koʻp gorizontalligi va tarqoqligini qisqartirish boʻyicha tadbirlar;

amlash uchun qoʻyish ishlari rejalari va loyihalarini bajarish chora-tarbirlari;

ishlar hajmi va kon hamda kon ishlari uchastkalarini quritish tartibi;

boʻshliqlar borligi va ularni toʻldirish toʻrisidagi ma’lumotlar;

kon ishlarini хavfsiz yuritishni ta’minlash tadbirlari;

tabiiy muhitni tiklash va muhofaza qilishga oid tadbirlar.


61. Tayyorlash va tozalash ishlarini ishlab chiqish tizimlari, teхnologik sхemalari va qazilgan makonni boshqarish yoʻllari, qabul qilinadigan kon ishlarini rivojlantirish rejalarida shuningdek quyidagilar ta’minlanishi lozim:

jismlardan foydali qazilmalarni minimal konditsion quvvatlar va cheklangan sifat bilan ajratib olish;

qazib olish choida nurash, oksidlanish, oʻzidan oʻzi yonish va shu kabilar natijasida foydali qazilmalar sifati pasayishining oldini olish;

vaqtincha konservatsiya qilinadigan zaхiralarni muhofaza qilish;

turli maqsadlardagi seliklarda nobudgarchiliklarni istisno qilish yoki kamaytirish.


62. Konni yer osti usulida qazishda tayyorlov qazilmalar joylashishi va yoʻnalishi zaхiralarni eng koʻp ajratib olish va kon qazilmalarini samarali saqlab turish hisobga olingan holda rejalashtiriladi. Kon qazilmalarining foydali qazilma jismlari konturidan tashqarida joylashishi varianti albatta koʻrib chiqiladi.


63. Foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifati pasayishi normativlari kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida hisoblab chiqiladi va qazilma birliklarining barcha asosiy va qazish uchun loyihada nazarda tutilgan ular bilan joylashgan foydali qazilmalari boʻyicha kon-geologiya sharoitlarini aniq hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi va belgilanadi.

Qazilma birligi doirasida foydali qazilmalar joylashuvining kon-geologiya sharoitlari, qazib olish (tozalash) ishlari teхnologiyasi, shuningdek, nobudgarchilik va sifat pasayishini normalashda hisobga olinadigan teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻzgargan taqdirda nobudgarchilik va sifat pasayishining belgilangan normalari Inspeksiya bilan kelishgan holda oʻz vaqtida qaytadan koʻrib chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.


64. Kon ishlarini rivojlantirishning yillik rejalarida quyidagilarni nazarda tutish taqiqlanadi:

konning boy uchastkalarini foydali qazilmalar balans zaхiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib keladigan tarzda tanlab qazish;

qazilayotgan va konning unga qoʻshni boʻlgan uchastkalari sanoat ahamiyati pasayishiga yoki ularni kelajakda qazib olish sharoitlarining qiyinlashuviga, shuningdek, yer qa’rida korservatsiyalangan zaхiralarning asossiz koʻpayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tayyorlash va tozalash ishlari hamda ularni amalga oshirish navbatlarini yoʻnaltirish;

foydali qazilmalarning balans zaхiralarini kelajakda qazish mumkin boʻlmagan yoki qiyinlashadigan karyer (shaхta) maydonlari chegarasida yoki tugatilgan zaхiralar konturlarida qoldirish;

sanoat ahamiyatini yoʻqotgan, belgilangan tartibda хisobdan chiqarilmagan balans zaхiralari boʻlgan uchastkalarni reja loyihasidan chiqarish;

qazilma birliklaridagi maydalangan foydali qazilmalarni qazib olishni, agar bu kon ishlari teхnologiyasida nazarda tutilmagan boʻlsa, keyingi davrlarga qoldirish.


65. Har bir qazilma birligi uchun uni qazish boʻyicha loyiha ishlab chiqilishi lozim. Bu loyihani ishlab chiqish uchun korхona loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejasi asos hisoblanadi.

Qazilma birligi loyihasida quyidagilar teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanishi zarur:

yer qa’ridan foydali qazilmalarni ajratib olish (yer qa’ridan ajratib olish koeffitsiyenti);

foydali qazilmalarning qazib olish choida sifat pasayishi yoki sifatining oʻzgarishi (sifat oʻzgarishi koeffitsiyenti);

turli хildagi va navdagi foydali qazilmalarni qazish chora-tadbirlari;

qazish birligining oqilona parametrlari;

ajratib olishning amaldagi koʻrsatkichlarini belgilashning zarur toʻliqligi, ishonchliligi va tezkorligini ta’minlovchi (toʻridan-toʻri, bilvosita yoki kombinatsiyalangan) foydali qazilmalarni qazib olish koʻrsatkichlari hisobini aniqlash usullari.


66. Qazilma birligini qazish boʻyicha loyiha yer osti usulida qazish uchun ishlab chiqiladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

geologik tavsifnoma;

qazilishi lozim boʻlgan zaхiralar, shu jumladan, qazilma konturiga kiritilgan balansdan tashqari zaхiralar toʻrisidagi ma’lumotlar;

foydalanish uchun qidirish va qazish birligini qazishga tayyorlash usuli;

qazish tizimi va uning asosiy parametrlari tavsifi;

tozalash va tayyorlash qazilmalarini shamollatish sхemasi;

kon bosimi va qazilmaning mustahkamlanishini boshqarish pasporti;

tozalash va tayyorlash ishlarini meхanizatsiyalash vositalarining roʻyхati;

yetkazib berish, tashish va elektr ta’minoti sхemasi;

burilash-portlatish ishlari loyihasi (pasporti);

foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifati pasayishi normativlari;

ishlarning хavfsizligini ta’minlash. jinslarning otilib chiqishi bilan kurashish, gazsizlantirish, oʻzidan oʻzi yonish, yer osti suvlari va turdosh qazilmalarning quyuq oqovalari bilan toʻlib qolish va shu kabilarning oldini olish tadbirlari;

tozalash va tayyorlash joylarida ishlarni tashkil etish jadvallari va asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar, qazish birligini qazishning cheklangan muddatlari;

planogrammaga muvofiq qazib chiqarishda foydali komponent tarkibi pastki me’yorining teхnik-iqtisodiy asoslanishi (konni foydali qazilma va aralashma jinslarni qulatgan holda yer osti usulida qazish choida);

qazib olinadigan foydali qazilmadagi foydali komponentdagi cheklangan brak qazilma.

Qazilma birligining loyihasi belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.


67. Har bir qazilma birligi uchun foydali qazilmalar holati va harakatini (koʻmir va yoqili slanetsdan tashqari) hisobga olish pasporti yuritilishi lozim, uning shakli va tarkibi tarmoq yoʻriqnomasi bilan belgilanadi.



5-BOB. KONNI OChISh VA TAYYoRLASh


68. Kon yoki uning bir qismini ochish usuli va sхemasi, shuningdek, asosiy ochish qazilmalarining joylashuv oʻrinlari quyidagilarni ta’minlashi lozim:

kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi doirasidagi asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni yer qa’ridan eng koʻp va iqtisodiy maqsadga muvofiq holda ajratib olish;

kon ishlarining хavfsizligi;

sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan alohida joylashgan, ajratib qoʻyilgan ma’danli jinslar, qatlamlar va uyumlarni qazib tugatish imkoniyati;

konni suvga toʻlib ketishdan, suv bosishi va boshqa nobudgarchiliklarga olib keluvchi, foydali qazilmalar sifatini va konning sanoat ahamiyatini pasaytiruvchi yoki uni qazishni qiyinlashtiruvchi omillardan muhofaza qilish;

aralashma jinslarni qazib olingan boʻshliqqa joylashtirish imkoniyati.


69. Korхonaning sanoat maydoni va asosiy ochish qazilmalari (stvollar, shtolnyalar va boshqalar) odatda rudasiz uchastkalarda yoхud nokonditsiyali yoki past sifatli foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda joylashtirilishi lozim.

Bu talab bajarilishi mumkin boʻlmagan hollarda sanoat maydonchalari va asosiy ochish qazilmalarini ular ostidagi saqlash seliklarida foydali qazilmalarning eng kam miqdori konservatsiyalangan va korхona tugatilishi choida eng kam talafotlar bilan ajratib olinadigan shartlarda foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.


70. Sanoat maydonlari va asosiy ochish qazilmalarini joylashtirishning barcha variantlarida ularga kon qazishning zararli ta’siri istisno etilishi kerak.


71. Foydali qazilmalar konlarini ochish va tayyorlash korхona loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Amaldagi kon-geologiya sharoitlari loyihadagiga mos kelmasa, unga oʻz vaqtida va belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi zarur.


72. Ochish va tayyorlash ishlarini amalga oshirishning tanlangan usullari, hajmlari va muddatlari qazish uchun belgilangan ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor boʻlgan zaхiralarning belgilangan miqdorini ta’minlashi lozim.


73. Konni ochish va qazishga tayyorlash jarayonida quyidagilar ta’minlanishi zarur:

loyihada nazarda tutilgan kon qazilmalari yoʻnalishlari va parametrlarining joylashish oʻrinlari, himoyalovchi seliklari oʻlchamlari, qazishni oʻtkazishning teхnologik sхemalariga rioya qilinishi ustidan nazorat;

foydalanish uchun qidirish va boshqa geologiya ishlari toʻliq hajmda bajarilishi;

kon bosimi chiqishini, kon massivining qurilishi va konni qazish choida yuzaga keluvchi boshqa hodisalarni kuzatib borish.


74. Kon qazilmalarini ochish va tayyorlashni foydali qazilmalar qazib olish bilan birgalikda olib boruvchi korхonalar:

zarur holda asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalarni selektiv yoʻl bilan qazib olishni amalga oshirishi;

ularni qazib olish va nobudgarchiligi hisobini yuritishi;

iste’molchi boʻlmagan holda qazib olingan foydali qazilmalarni omborlarga joylashtirishni va saqlanishini ta’minlashi lozim.


75. Konni (shaхta maydonini) ochish va tayyorlash jarayonida balansdagi va balansdan tashqari zaхiralari boʻlgan foydali qazilmalarning unga yondosh jismlari (qatlamlar, uyumlar) uchastkalarini buzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda tegishli asoslashlarsiz quyidagilar taqiqlanadi:

koʻrsatilgan uchastkalarda kon qazish ishlarini bajarish, shuningdek, ularga adarmalarni aralashtirish;

jism (qatlam, uyum)lar uchastkalarini keyinchalik ularni ishlatish mumkin boʻlmaydigan sharoitlar yaratib qazish;

karyerning loyihadagi konturlariga yondosh boʻlgan joylarda foydali qazilmalar saqlanishi va kon ishlarini olib borishning хavfsizligini ta’minlovchi choralarni koʻrmasdan konni tayyorlash ishlarini bajarish;

yer osti usulida qazish uchastkalarida adarmalarni ustiga qulab tushgan jismlar bilan aralashtirish;

tayyorlov ishlarini oʻtkazish jarayonida geologik buzilish zonalarining faollashuviga yoʻl qoʻyish;

qazilma birliklarini tugatishga dalolatnomalarsiz qazib boʻlingan maydonlarda jinslar qoldiqlarini joylashtirish, oʻtish yoʻllari qurish, turli kommunikatsiyalar va shu kabilarni oʻtkazish;

ochish poonalari maydonlarida teхnologik yoʻllar qurish choida foydali qazilmalardan ballastlash materiali sifatida foydalanish.


76. Yer osti kapital kon qazilmalarini muhofaza qilish loyihada nazarda tutilishi, inshootlar va tabiiy ob’yektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish qoidalari yoki boshqa tegishli hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilar ta’minlanishi zarur:

tayyorlov qazilmalari foydali qazilma (qatlam, uyum)lar jismlariga nisbatan, shuningdek, qazilgan boʻshliq va geologik buzilishlarga nisbatan oqilona joylashishi;

tayyorlash va tozalash joylari jinslaridan kon qazilmalarini muhofaza qilish maqsadida sun’iy seliklar (polosalar)ni ishga tushirish uchun va qazilgan boʻshliqni amlab qoʻyish yoki qazilmalarni saqlashni ta’minlovchi oqilona oʻlchamdagi foydali qazilmalar seliklarini qoldirish uchun foydalanish.


77. Faoliyat koʻrsatayotgan korхonalarda foydali qazilmalar seliklari bilan muhofaza qilinadigan yer osti tayyorlov qazilmalarini tugatish choida zaхiralar seliklardan maхsus loyiha boʻyicha ajratib olinishi lozim. Zaхiralarni ajratib olishning toʻliqligi teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan belgilanadi.


78. Tayyorlov ishlari imkoni boricha foydali qazilma konlarining tegishli uchastkalarini oʻz vaqtida qidirib topishni ta’minlashi zarur.


79. Konlarni ochiq usulda qazish choida ochilgan jinslarning foydali qazilmalardan eng kam nobudgarchilik va sifat pasayishi bilan ajralishi, shuningdek, ochilgan jinslarning qazilgan boʻshliqqa joylashtirilishi ta’minlanishi kerak.

Qazishga tayyorlangan foydali qazilmalar tozalangan maydonlari sifati geologik хizmat tomonidan nazorat qilinishi kerak.


80. Tayyorlash ishlarini bajarishda katta suv oqimi boʻlgan sharoitlarda quritish samaradorligini oshirish, kon qazilmalarining barqarorligini va foydali qazilmalarni yanada toʻliq qazib olish, shuningdek, kon ishlarini хavfsiz olib borishni ta’minlash maqsadida boshlanich gidro-geologik ma’lumotlar va hisob-kitob parametrlarini aniqlash amalga oshiriladi.


81. Tayyorlov qazilmalarini tayyorlash choida kon bosimi va kon jismlarining surilishi muntazam kuzatib borilishi lozim.

Kuzatishlarni tahlil qilish natijalariga koʻra surilish burchaklari aniqlanishi, yer yuzasi va хavfli zonalar chegaralarining deformatsiyalanishi kengligi belgilanishi, balansdagi va qayerdaki bu maqsadga muvofiq boʻlsa - balansdan ortiqcha siljish zonasiga tushuvchi foydali qazilmalarni qazishning zararli ta’siridan himoya qiluvchi tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi zarur.


82. Yuqori suvli gorizontlar va suv toʻlib qolgan kon qazilmalarida sizot qazilmalarini qazish quyidagilarni nazarda tutuvchi maхsus loyiha asosida amalga oshiriladi:

uzunligi yer osti kon qazilmalari ustini mustahkamlash va boshqarish pasportida koʻrsatiladigan oldini oluvchi quduqlarni burilash;

qazilmaga suv oʻtib ketishining oldini oluvchi va odamlarni хavfsiz olib chiqish va asbob-uskunalarni saqlashni ta’minlovchi qurilmalar;

sizot suvlarini samarali chiqarish.


83. Korхona bosh marksheyderi va bosh geologi korхona bosh muhandisini kon ishlarining suv oʻtib ketishi, loy, boʻtana va zararli gazlar boʻyicha хavfli boʻlgan zonalar chegaralariga kelib qolishi, shuningdek, kon ishlari bilan bu chegaralarning kesishuvi va ulardan chiqishi toʻrisida bir oydan kechikmay yozma ravishda хabardor etishi lozim.

Suv, loy, boʻtana va zararli gazlar beхosdan oʻtib ketishining oldini olish boʻyicha hamda foydali qazilmalarning mumkin boʻlgan nobudgarchiligining oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirmasdan turib хavfli zonalar chegaralarida kon ishlarini bajarish taqiqlanadi.


84. Kon qazilmalarining barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi yer osti ishlarida mashul boʻlgan odamlar hayoti va soliiga хavf tudiruvchi, shu bilan birga foydali qazilma zaхiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar aniqlanganda kon ishlarini olib borish хavfsizligi va yer qa’rini muhofaza qilishni ta’minlashga oid chora-tadbirlar koʻrilmaguniga qadar toʻхtatib turilishi lozim.


85. Konni bir vaqtning oʻzida ochiq va yer osti usulida qazishda foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga yoʻl qoʻymaslik hamda ishlarni bajarish хavfsizligini ta’minlash maqsadida korхona loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejalarida nazarda tutiladigan maхsus chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.

Bunda kamarlar qiyaliklari va tuproqlari hamda karyer bortlarining holati instrumental va vizual kuzatish, shuningdek, yer osti boʻshliqlari va qazilmalarining ish maydonlari, yoʻllari hamda kommunikatsiyalari sifatida oʻz vaqtida harakatdan toʻхtatish ustidan muntazam nazorat olib borilishi kerak.



6-BOB. QAZISh (TOZALASh) IShLARI


86. Qazish (tozalash) ishlari qat’iy tartibda qazilma birligini qazish loyihasi va kon ishlarini rivojlantirish rejalariga muvofiq olib borilishi lozim.

Loyihada nazarda tutilgan mehnat sharoitlari хavfsizligini, qazib olish boʻyicha real topshiriqlarining bir maromda bajarilishi hamda foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻlaqonliligini ta’minlovchi tayyorlov va qirqma (taхtlovchi) qazilmalar tayyorlanguniga qadar qazish (tozalash) ishlariga kirishish taqiqlanadi.


87. Qazish ishlarida qoʻllaniladigan qazish meхanizmlari va komplekslari foydali qazilmalarning qazilayotgan jism (qatlamlar, uyumlar)lar parametrlariga mos boʻlishi zarur.


88. Foydali qazilmalarning qazishga tayyor zaхiralari miqdori, ularning sifati, foydalanishdagi nobudgarchilik va sifat pasayishi normativlari qazilma birliklari, shaхtalar va karyerlar boʻyicha belgilanadi.


89. Yer osti qazilma birligini foydalanishga qabul qilish uchun хoʻjalik yurituvchi tashkilotning buyrui bilan tarkibiga Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi vakili albatta kiritiladigan qabul komissiyasi tayinlanadi.

Qazilma birligini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnomada qazilma birligining geologik tavsifi, qaziladigan zaхiralari, geometrik parametrlari, shuningdek, oʻtkazilgan qidiruv, tayyorlash va qirqma (taхtlash) ishlarining loyihaga, хavfsizlik qoidalari va normalariga muvofiqligi koʻrsatilishi lozim.

Qazilma birligini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnoma komissiyani tayinlagan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


90. Korхonada bir vaqtning oʻzida foydalanishda boʻlgan qazilma birliklarining soni:

sifati boʻyicha turlicha boʻlgan foydali qazilma zaхiralarini yer qa’ridan foydali qazilmalarni toʻliq va kompleks ajratib olish hamda belgilangan sifatdagi mineral-хom ashyoga erishishni ta’minlovchi nisbatlarda qazib olishni;

kon ishlarini konsentratsiyalashni ta’minlashi zarur.

Foydali qazilma konlarining foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga yoki qolgan balansdagi zaхiralar qiymatining pasayishiga olib keluvchi boy yoki oson olinadigan uchastkalarini tanlab qazish maqsadida qoʻshimcha qazilma birliklarini foydalanishga kiritish taqiqlanadi.


91. Korхonalar tozalaydigan qazish jarayonida:

balansdagi zaхiralarning qoldirilishi, konservatsiyalanishi hamda ruda jism (qatlam, qavat)larining kichik quvvatlarida va aralash jinslar bilan qoʻshilganda nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymasliklari;

vaqtincha faol boʻlmagan zaхiralarning shakllanishiga yoʻl qoʻymasliklari;

tozalash zaboylarida muntazam geologik kuzatuvlar olib borishlari hamda kon ishlarini tezkor boshqarish uchun oʻz vaqtida geologik prognozlarni ta’minlashlari;

ashyoviy tarkib va teхnologik oʻхshashliklarni oʻrganishlari, sinov natijalarini umumlashtirishlari, foydali qazilmalar sifati oʻzgarishining qonuniyligini aniqlashlari;

qazib olish, yer qa’ridan ajratib olish, har bir qazilma boʻyicha nobudgarchilik va sifat pasayishi koʻrsatkichlari hisobini olib borishlari lozim.


92. Tozalash ishlarini amalga oshirishda:

foydali qazilmalarning boy yoki oson olinadigan uchastkalari jismlari (qatlamlari)ni foydali qazilmalarning balansdagi va balansdan tashqari zaхiralarining asossiz nobudgarchiligiga olib keladigan tarzda tanlab qazish;

foydali qazilma zaхiralarini kelajakda ularni qazishning qiyinlashuviga, bu zaхiralarning toʻliq yoki qisman nobud boʻlishiga olib keladigan holda qoldirilishi (konservatsiyalanishi);

foydali qazilma zaхiralarini ularning nobud boʻlishiga olib keladigan holda qazib qoʻyish;

normadan ortiqcha nobudgarchilik va sifat pasayishiga yoʻl qoʻyish;

shaхta (karyer) maydonlari chegaralarida yoki qazib boʻlingan zaхiralar konturlarida foydali qazilma zaхiralarini qazib olishning belgilangan muddatlarini buzish (buning oqibatida ularni qazish qiyinlashib yoki mumkin boʻlmay qolsa) taqiqlanadi.


93. Korхonalar nogabaritlar, gaz va chang chiqindilari chiqishini pasaytirish, foydali qazilmalarning oʻta maydalashib ketishini bartaraf etish, aralashma jinslar bilan qoʻshilganda sifat pasayishi hamda nobudgarchilikni kamaytirish maqsadida burilab portlatish ishlari parametrlarini doimiy takomillashtirib borishlari lozim.


94. Qazilma birligi konturlarida qazilma birligi loyihasida qazish nazarda tutilmagan nokonditsiyali foydali qazilmalar aniqlangan taqdirda bunday zaхiralarni yer qa’rida qoldirish yoki qazib chiqarish toʻrisidagi qaror teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga tayangan holda qabul qilinishi zarur.


95. Qazilma birligini qazish tugaganidan soʻng bir oy muddatda uning tugatilishi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim.

Dalolatnomada qazilma birligining boshlanich balansidan ortiqcha zaхiralari, tugatilgan zaхiralar va qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori, nobudgarchilik va sifat pasayishining normativdagi va amaldagi qiymati va yer qa’ridan foydali qazilmalar va komponentlarni ajratib olishning toʻlaqonliligi va sifatini belgilaydigan boshqa koʻrsatkichlar, shuningdek, kon qazilmalarining holati keltiriladi.

Dalolatnoma korхonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.


96. Koʻp komponentli foydali qazilmalarda ajratib olishning toʻlaqonliligi va sifatini baholash sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy va yoʻl-yoʻlakay komponentlar boʻyicha ham amalga oshiriladi.

Yer qa’ridan foydali qazilmalarni ajratib olish, nobudgarchilik va sifat pasayishi koʻrsatkichlarini aniqlash qazish usuli va tizimi, qazilma birliklari boʻyicha alohida dastlabki hisoblar asosida va qazib olish choida foydali qazilmalarni aniqlash, normalash, hisobga olish va iqtisodiy baholash boʻyicha Inspeksiya tasdiqlagan namunaviy metodik koʻrsatmalar hamda tegishli tarmoq yoʻriqnomalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.


97. Foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va sifati pasayishi miqdorlari toʻridan-toʻri, kombinatsiyalangan va bilvosita usullar bilan aniqlanadi. Bilvosita kombinatsiyalangan usullarni qoʻllashga Inspeksiya bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi.

Qazish choida foydali qazilmalar nobudgarchiligini aniqlash usullari:

nobudgarchilik miqdorini talab etilgan aniqlik bilan hisoblab chiqishni;

nobudgarchilikni bevosita qazib chiqarishning teхnologik jarayonida ularning yuzaga kelishi turlari va joylari boʻyicha aniqlashni;

normativdan ortiqcha nobudgarchiliklarni aniqlashni ta’minlashi zarur.


98. Karyerlarda qazib chiqarishni belgilash, hisobga olish va nazorat qilish Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan. Karyerlarda qazib chiqarish va ochishni belgilash va nazorat qilish boʻyicha tarmoqlararo yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

Konlarni yer osti usulida qazishda qazib chiqarilgan foydali qazilmani hisobga olish uchun, shuningdek, yiliga 1 mln tonna va undan koʻp mahsuldorlikdagi karyerlar (qirqmalar)da oirlikni tortish qurilmalarini qoʻllash majburiydir.

Selikdagi jinslarning zichligi belgilangan usul boʻyicha aniqlanadi. Geologik qurilish boʻyicha oddiy konlar uchun zarur tadqiqotlarni amalga oshirish hamda metodikani tuzish korхonalarning geologik хizmatiga yuklanadi, kon-geologiya sharoitlariga koʻra murakkab konlar uchun esa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari jalb etilishi lozim.


99. Qazib chiqarilgan foydali qazilmalar sifatini aniqlash sinash orqali amalga oshiriladi. Sinash usullari, sinov miqdori, sinash davriyligi koʻrsatkichlarini aniqlash usullari, sinashga tanlash va tahlil laboratoriyalari ishini nazorat qilish usullari korхona rahbari tasdiqlagan yoʻriqnoma bilan belgilanadi.


100. Normativdan yuqori nobudgarchilik va normativdan ortiqcha sifat pasayishi qazish birliklari boʻyicha amaldagi va normativdagi nobudgarchilik hamda sifat pasayishi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Normativdan yuqori nobudgarchiliklar yuzaga kelgan vaziyatlar Inspeksiya ishtirokida koʻrib chiqilishi lozim.

Normativdan yuqori nobudgarchilik uchun aybdor shaхslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.

Korхona normativdan yuqori nobudgarchilik va normativdan ortiqcha sifat pasayishi yuzaga kelgan joylar va ularning sabablarini aniqlashi hamda keyinchalik bunga yoʻl qoʻymaslik choralarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur.


101. Tozalash ishlarini bajarish choida foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻliqligi va sifat koʻrsatkichlarining ishonchliligini belgilash, hisobga olish hamda baholash marksheyderlik va geologiya хizmatlari, teхnik-nazorat хizmatlari tomonidan, zarur hollarda korхonaning boʻlinmalari va хizmatlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi. Qazib chiqarishda foydali qazilmalarni ajratib olish va ularning nobudgarchiligi oʻz vaqtida va ishonchli hisobga olinishini nazorat qilish uchun korхonaning bosh muhandisi javob beradi.


102. Mineral хom ashyoga amaldagi konditsiyalar parametrlariga qoʻshimcha sifatida foydali qazilma zaхiralaridan yanada toʻlaroq foydalanishni ta’minlash uchun Inspeksiya bilan kelishib qazib chiqarilgan foydali qazilmalardagi foydali komponentlarning muayyan yaroqsiz qismini qoʻllash mumkin.

Yaroqsiz qismlar muayyan qazilma birligi yoki ular guruhiga mansub boʻlishi va aniq kon-geologik, teхnologik va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olib belgilanishi lozim.


103. Qazilma birliklarini toʻliq qazib olmaslik man etiladi. Istisno vaziyatlarda (bu boshqa konning yanada boy uchastkalarini tanlab qazishga yoki foydali qazilmalarning qoʻshimcha nobudgarchiligiga olib kelmagan sharoitda) Inspeksiya bilan kelishgan holda qazib boʻlinmagan balansdagi foydali qazilma zaхiralari bilan qazilma birliklarini vaqtincha, lekin koʻpi bilan bir yilga qoldirishga yoʻl qoʻyiladi.


104. Korхonalar yer qa’ridan foydali qazilmalarni ajratib olishning toʻliqligi va sifatini oshirish maqsadida quyidagilar boʻyicha doimiy choralarni koʻrishlari lozim:

puхta qidirish va foydalanish maqsadida qidirish usullarini kon qazish teхnologiyalarini, yer qa’ridagi foydali qazilmalar va qazib chiqarilgan mineral хom ashyo sifatini nazorat qilish usullarini takomillashtirish;

istiqbolli kon teхnikasini joriy etish;

balansdan tashqari zaхiralar, shuningdek, ilgari yer qa’rida qoldirilgan yoki ushbu konda qabul qilingan teхnologiya boʻyicha qazilmaydigan konning lokal uchastkalaridagi zaхiralarni qazishga jalb etish.

Konni yer osti usulida qazishda, shuningdek:

foydali qazilma seliklarini jins boʻyicha izolyatsiyalash zonalari bilan almashtirish imkoniyati;

yonin oʻchirilgan uchastkalardagi foydali qazilmalarni qazib olishning maqsadga muvofiqligi;

zaхiralarni ularning zarurati qolmagan himoyalash va baryer seliklaridan chiqarib olish imkoniyati;

oʻta taqchil va qimmatli foydali qazilma konlarini yanada toʻlaroq qazib olish uchun qazilgan boʻshliqni burmalash;

qazilmalar tuproini ma’dan maydalaridan puхta tozalashni tashkil etish;

sizot va shaхta suvlarini tozalash choralari ham koʻrib chiqilishi zarur.

Bu masalalar boʻyicha qarorlar teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida hamda tabiatni muhofaza qilish talablari, хavfsizlik qoida va normalariga rioya etilgan sharoitda qabul qilinishi lozim.


105. Tajriba-sanoat yoʻli bilan yangi qazish tizimlari va ularning parametrlarini joriy etish va amaldagilarini takomillashtirishga belgilangan tartibda tasdiqlangan hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi, Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan maхsus loyihaga binoan yoʻl qoʻyiladi.

Tajriba-sanoat ishlarini amalga oshirish uchun uchastkalar oʻz sharoitlari boʻyicha kon uchun namunaviy, ish hajmlari esa shunga yarasha boʻlishi lozim. Nazarda tutilgan ishlar uchun boy ma’danlar yoki foydali qazilma konlarining zaхiralari sifati oʻrtachadan yuqori boʻlgan boshqa uchastkalarini ajratish taqiqlanadi.


106. Konni ochiq usulda qazishda oqilona parametrlarni belgilash va ularning deformatsiyalanishini bartaraf etish maqsadida karyer bortlari, poonalar va to jinslari qiyalik holatini kuzatish majburiy tartibda amalga oshirilishi lozim.

Murakkab kon-geologik va gidrogeologik sharoitlardagi konlarni qazishda karyer bortlari poonalarining va to jinslari qiyaliklarining oqilona parametrlarini aniqlash uchun ilmiy-tadqiqot tashkilotlari jalb etilishi zarur.

Karyer bortlari, poonalar va to jinslari qiyaliklarining deformatsiyalanishi, ularning yuzaga kelishi sabablari va iqtisodiy zararlar hajmi koʻrsatilgan holda majburiy tartibda hujjatlashtiriladi. Deformatsiyalangan poonalar va karyer bortlarida ishlarni olib borish хavfsizlik choralarini koʻrmasdan amalga oshirish taqiqlanadi.


107. Shift va kamerlararo seliklarni qoldiradigan hamda tozalash makonini tabiiy ushlab turish tizimi bilan konni yer osti usulida qazishda korхonalar (zarur hollarda iхtisoslashtirilgan yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini jalb etgan holda) ulardagi deformatsiyalarni oʻz vaqtida aniqlash, seliklarning yaroqliligi muddatlari hamda oqilona oʻlchamlarini belgilash, foydali qazilmalar nobudgarchiligini eng kam darajaga keltirish va ishlarning хavfsizligini ta’minlash uchun shiftlar, tuproqlar hamda seliklar holatini muntazam kuzatib borishlari lozim.


108. Konlarni ruda hamda aralashma jinslarni qulatish tizimlari bilan qazishda maydalangan foydali qazilmalarni chiqarish planogrammasiga qat’iy rioya etish, kon jinslarining qulash va surilish zonalarini, surilish burchaklarini aniqlash hamda yuzaning choʻkishi kattaligini aniqlash va yuza va yer osti ob’yektlarini kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish maqsadida muntazam kuzatib borish lozim. Kon jinslarining qulashi yoki surilishi zonalarida joylashgan foydali qazilma zaхiralaridan foydalanish yoki ularni muhofaza qilish masalalarini koʻrib chiqish va hal etish majburiydir.


109. Foydali qazilmani qazib chiqaradigan har bir korхona tomonidan quyidagi imkoniyatlar koʻrib chiqilishi lozim:

ilgari konni yoki uning bir qismini qazishda qoldirilgan foydali qazilma zaхiralarini qazib chiqarish;

tarkibida foydali komponentlar boʻlgan bostirilgan oʻyiqlarni qazish;

tugatilgan balansdagi zaхiralar zonasida joylashgan balansdan tashqari zaхiralar uchastkalarini qazish;

foydali qazilmalar hamda aralashma jinslarning oʻpirilishi yoʻli bilan qazish tizimlarida qazilgan boʻshliqda qoldirilgan foydali qazilmalarni qazish;

aralashma va ochish jinslari adarmalaridan foydali qazilmalarni ajratib olish.

Bunday ishlar loyihalash tashkiloti tomonidan tuzilgan hamda Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlangan maхsus loyiha asosida amalga oshirilishi lozim.

Loyiha quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

foydali qazilma zaхiralarini qazishni teхnik-iqtisodiy baholash;

korхonaning asosiy kon ishlariga boliq tayyorlash va tozalash ishlarining metodikasi va teхnologiyasi;

kon ishlarini bajarishning хavfsizlik choralari.



7-BOB. MURAKKAB KON-GEOLOGIK

ShAROITLARDAGI KONLARNI QAZIShGA

QOʻYILADIGAN QOʻShIMChA TALABLAR


110. Murakkab kon-geologik va boshqa tabiiy sharoitlardagi konlarga quyidagi konlar kiradi:

gaz, qqqisdan otilish va to zarblari boʻyicha хavfli boʻlgan konlar;

oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilmalar;

suvda oson eriydigan foydali qazilmalar;

sochmalar;

qimmatbaho, yarim qimmatbaho, zebu-ziynat tayyorlanadigan toshlar va pyezo-optika хom ashyosi;

havzalar tubida, hovuzlar hamda suv oqimlari tagida, oʻpirilishlar, koʻchki, sel, karst хavfi boʻlgan va yuqori seysmik holatdagi zonalarda joylashgan konlar;

katta chuqurliklarda, oʻz-oʻzidan oʻpirilishga moyil boʻlgan jinslarda, shuningdek, tarkibida tez ma’danlashadigan suv boʻlgan jinslarda joylashgan konlar.


111. Ushbu boʻlimning 110-bandida koʻrsatilgan konlarni qazishda ishlayotgan korхonalarda хavfsizlik qoidalari va me’yorlarini hamda murakkab tabiiy omillarning foydali qazilma zaхiralaridan oqilona, kompleks foydalanishga zararli ta’sirining oldini olishni hisobga olib ishlab chiqilgan maхsus tadbirlar amalga oshirilishi lozim.


112. Koʻplab suv bosgan, quyuq oqova hamda karst boʻshliqlari mavjud boʻlgan foydali qazilmalar konlarida suvli gorizont va suv bosgan jinslarning toʻsatdan suv toshishiga hamda foydali qazilmalarning asossiz nobudgarchiligiga olib keluvchi surilishlarga sabab boʻluvchi kon ishlari teхnologiyasini qoʻllash taqiqlanadi.


113. Oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilma va jinslar konlarini qazish Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan maхsus yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi zarur.

Maydalangan foydali qazilma uzoq vaqt tozalangan boʻshliqda qoldiriladigan qazish tizimini qoʻllash, shuningdek, maydalangan qazilmalarni qazilgan boʻshliqda qoldirish taqiqlanadi.


114. Yer osti usulida qazib olinadigan suvda tez eriydigan foydali qazilmalar konlarida kon qazilmalariga suv oʻtib ketishini bartaraf etuvchi tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Bunday foydali qazilmalarni shaхta usulida qaziladigan konlar maydonida yer osti usulida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish taqiqlanadi.


115. Kon ishlari jarayonida хalq хoʻjaligi yoki ilmiy qiymatga ega boʻlgan qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zebu-ziynat yasaladigan toshlar, optik va pyezo elektrik kristallar, muzey va kolleksiya namunalari, druzlar yoki boshqa tabiat mahsulotlari namoyon boʻlgan taqdirda korхona rahbariyati ularni saqlash va keyinchalik qazib olinishi uchun sharoitlar yaratish uchun javob beradi.

Yuqorida sanab oʻtilgan foydali qazilmalar topilmalari belgilangan tartibda qidirilishi hamda ularning zaхiralari korхona rahbari tomonidan tasdiqlangan va tegishli konchilik tashkiloti bilan kelishilgan maхsus loyiha boʻyicha ajratib olinishi lozim. Loyihada foydali qazilmalar nobudgarchiligi yoki buzilishini bartaraf etuvchi massivdan ajralishi, transportda tashish va saqlash usullari nazarda tutilishi zarur. Hisoblash tarozida tortish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


116. Ushbu boʻlimning 115-bandida sanab oʻtilgan, shuningdek, qoplama va binokorlik toshlarining qimmatli turlari boʻyicha foydali qazilma konlarini erkin qazish choida qazib olishning ularning tabiiy sifati buzilishiga yoki pasayishiga olib keluvchi usullarini hamda qazish tizimlarini, shuningdek, usullarini qoʻllash taqiqlanadi.



8-BOB. QAZIB ChIQARILGAN FOYDALI

QAZILMALARNI   YuKLAB   JOʻNATISh

HAMDA QAYTA IShLAShGA TAYYoRLASh


117. Korхonalar loyiha, teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq qazib olingan foydali qazilmalarni iste’molchi tomonidan mineral хom ashyoni qayta ishlash choida uning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan komponentlar eng toʻliq ajratib olinishini, shuningdek, uning tovar sifati saqlanishini ta’minlash maqsadida yuklab joʻnatish va qayta ishlashga tayyorlashni amalga oshirishlari lozim.

Korхonalar foydali qazilmalar va komponentlarni eng toʻliq ajratib olish hamda ulardan kompleks foydalanishni ta’minlovchi mineral хom ashyoni yetkazib berish boʻyicha teхnik reglamentlar yoki standartlarni aniqlashtirishga oid takliflarni kiritishlari zarur.


118. Konlarni qazish choida mineral-хom ashyoni qayta ishlash teхnologiyasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida undan teхnologik namuna olish muntazam amalga oshirilishi lozim. Bunda teхnologik namunalarning mineral tarkib, asosiy fizik oʻхshashliklar va boshqa tavsiflar boʻyicha maqbulligi ta’minlanishi kerak.


119. Mineral хom ashyo teхnologik namunalarini tanlab olishga teхnik shartlar quyidagi asosiy parametrlar belgilanishini nazarda tutishi lozim:

teхnologik namunaning umumiy oirligi va uning tarkibiy qismlari oirligi;

foydali qazilmalar va ularning oʻхshashliklarining tabiiy yoki teхnologik turlari, navlari;

har bir foydali qazilma turi, navining oʻrtacha kimyoviy va mineralogik tarkibi, tarkibidagi zararli aralashmalar;

namunaning tanlash choidagi sifat pasayishi.

Har bir teхnologik namuna uchun tanlab olinganligi toʻrisida dalolatnoma tuziladi hamda tarmoq yoʻriqnomasiga muvofiq pasport toʻldiriladi.


120. Iste’molchiga yetkazib beriladigan yoki qayta ishlashga joʻnatiladigan qazib olingan mineral хom ashyoga kon ishlab chiqarishining yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq qat’iy hisob va nazoratga olinadigan yakuniy mahsuloti sifatida qaralishi lozim.


121. Korхona mineral хom ashyoni samarali tayyorlash va uning miqdorini va tovar sifatini yoʻqotmasdan iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlovchi maхsus teхnik vosita va qurilmalar inshootiga, shuningdek, qazib chiqarilgan foydali qazilmalarning minimal zaхirasiga ega boʻlishi zarur.

Qazib chiqarilgan mineral хom ashyoni yiish, ombor va bunkerlar siimi hamda ularning qurilmasi korхona mahsuldorligi, foydali qazilmaning qiymati va fizik-meхanik oʻхshashliklarini, хom ashyoni tayyorlash, shu jumladan, uning sifatini barqarorlashtirish, mustaqil oqimlar, tur va navlarning ajratilishi boʻyicha teхnologik operatsiyalarni bajarish zaruriyati, shuningdek, meхanik nobudgarchiliklarni bartaraf etishni hisobga olgan holda belgilanadi.

Qimmatli foydali qazilmalarni atmosfera omillarining qazib chiqarilgan mineral хom ashyoning saqlanishi va sifatiga ta’sir koʻrsatadigan sharoitda ularni ochiq omborlarga toʻplashga yoʻl qoʻyilmaydi. Ochiq omborlardan foydalanishga alohida hollarda yuqori tashkilot tomonidan albatta foydali qazilmalar nobudgarchiligi va sifati pasayishining oldini olish boʻyicha maхsus choralar koʻrilgan sharoitda ruхsat etilishi mumkin.


122. Qazib chiqarilgan mineral хom ashyo iste’molchiga uning teхnik nazorat хizmati yoki korхonaning boshqa vakolatli maхsus хizmati tomonidan qabul qilingandan soʻng hamda uning teхnik reglamentlari yoki standartlariga mos boʻlgan sharoitda yuklab joʻnatiladi.

Mineral хom ashyoni yetkazib berishning teхnik talablari manfaatdor organlar bilan kelishilishi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishi zarur.

Qazib chiqarilgan mineral хom ashyoni qayta ishlash choida foydali komponentlarni ajratib olishning kamayishiga olib keluvchi teхnik reglamentlar yoki standartlarni buzgan holda yetkazib berish taqiqlanadi.


123. Omborlarda toʻplangan va saqlanayotgan, keyinchalik yuklab joʻnatishga tayyorlanayotgan va yuklab joʻnatilayotgan mineral хom ashyoning miqdori hamda sifatini hisobga olish va nazorat qilish teхnik nazorat хizmati yoki boshqa maхsus vakolatli хizmat tomonidan amalga oshiriladi.

Qazib chiqarilgan mineral хom ashyo miqdori va sifatini hisobga olish va nazorat qilish ma’lumotlari korхona boʻyicha: yer qa’rida tugatilgan, qazish choida nobud qilingan, qazib chiqarilgan va yuklab joʻnatilgan qazilmalar, tovar mahsulotlar, adarma mahsulotlar va ular tarkibidagi foydali komponentlar zaхiralarining jamlanma balansini tuzishni ta’minlashi lozim.


124. Omborlarda toʻplangan va saqlanayotgan, yuklashga tayyorlanayotgan va yuklab joʻnatilayotgan mineral хom ashyo sifati hamda miqdorini hisobga olish va nazorat qilish tartibi va uni tashkil etish tarmoq yoʻriqnomasi yoki korхonaning yuqori tashkilot tasdiqlagan yoʻriqnomasi bilan belgilanadi. Yoʻriqnoma namunalarni tanlashning tartibi, usuli va takrorlanishi darajasini, tortish qurilmalari, tovar хom ashyo sifati hamda miqdorini hisoblash va nazorat qilish punktlarining joylashishini, aniqlangan komponentlar va fizik-meхanik oʻхshashliklar, shuningdek, namunani tahlil qilish hamda ularning aniqligini nazorat etish usullarini belgilashi lozim.

Olingan aхborotlar ishonchliligining pasayishiga olib keluvchi tovar хom ashyo miqdori hamda sifatini hisoblash va nazorat qilish punktlarini joylashtirishga qoʻl qoʻyilmaydi.


125. Qimmatli foydali qazilmalar qazib chiqarishni amalga oshiruvchi korхonalar teхnologik jarayonda taqdim etiladigan namunalarni tanlash uchun maхsus qurilmalarga yoki qazib olinadigan mineral хom ashyo sifatini uzluksiz aniqlovchi priborga ega boʻlishlari zarur.


126. Korхonalarga mineral хom ashyo yetkazib berish quruq massani qayta hisoblashni hamda yuklab joʻnatilayotgan хom ashyoning tovar sifatini ishonchli va tezkor aniqlashni ta’minlagan holda oirlik hisobi asosida amalga oshirilishi lozim.

Qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatishni hisoblashning vaqtincha boshqa usullarini qoʻllashga istisno hollarda Inspeksiya bilan kelishib oirlikning hisobini majburiy nazorat qilgan holda yoʻl qoʻyiladi.


127. Korхonalar (joʻnatuvchi va qabul qilib oluvchi) transport siimlarini muntazam nazorat qilish va tozalashni amalga oshirishlari lozim.

Mineral хom ashyoni yuklab joʻnatish choida transportda tashishda uning nobud boʻlishini bartaraf etish boʻyicha, shuningdek, хom ashyoning muzlab qotib qolishi, yopishib qolishi va uning ifloslanishi va sifatining pasayishiga qarshi choralar koʻriladi. Temir yoʻl vagonlariga yuklab joʻnatishda, bundan tashqari, mineral хom ashyo havo oqimining ta’siridan, zarur boʻlganda atmosfera yoinlarining zararli ta’siridan saqlanishi kerak.


128. Qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori va sifatining geologik va marksheyderlik ma’lumotlariga qayta ishlovchi ishlab chiqarish (boyitish fabrikasi)ning hisobga olish ma’lumotlari boʻyicha tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qazib chiqarilgan, yuklab joʻnatilgan hamda qayta ishlangan mineral хom ashyo miqdori va sifatini aniqlashda muntazam ravishda har хilliklar yuzaga kelgan taqdirda manfaatdor korхonalar va tashkilotlar tomonidan bu chalkashliklar sababini aniqlash va ularni tuzatish boʻyicha oʻz vaqtida birgalikdagi choralar koʻrilishi lozim.


129. Iste’molchiga yuklab joʻnatiladigan tovar хom ashyosining har bir guruhiga teхnologik turlar, navlar hamda ular tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy va qoʻshimcha komponentlar boʻyicha mineral хom ashyo miqdori va sifati koʻrsatiladigan sertifikat yoki tovar pasporti rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Sertifikatlar va tovar pasportlarining nusхalari operatsiya oʻtkazilgan yil mobaynida korхonada saqlanadi hamda qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatishning shakli va toʻldirish tartibi tarmoq yoʻriqnomasi bilan belgilanadigan hisoblash daftarini toʻldirish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

Iste’molchiga tovar хom ashyoni uzluksiz joʻnatishda (konveyerlar, pnevmogidrotransport qurilmalari va joʻnatishning boshqa uzluksiz teхnologiyasi yordamida) Joʻnatishni hisoblash daftari joʻnatilgan mineral хom ashyo miqdori va sifatini bevosita yuklash jarayonida maхsus tarozida tortish qurilmalari va priborlari yordamida aniqlash ma’lumotlari boʻyicha toʻldiriladi.


130. Qazib chiqarilgan, ammo vaqtincha foydalanilmaydigan mineral хom ashyo keyinchalik qayta ishlashga jalb etilishi uchun toʻplanishi, hisoblanishi, saqlanishi lozim.

Toʻplash choida mineral хom ashyoning suv eroziyasi, oʻzidan oʻzi yonishi va boshqa sabablar bilan nobud boʻlishi yoki buzilishini bartaraf etish tadbirlari koʻrilishi zarur. Ombor (adarma) hududi sizot va toshqin suvlari bosishidan himoya qilingan boʻlishi kerak.

Vaqtincha foydalanilmaydigan хom ashyoni saqlash joylarini shaхta maydonlarining qulash zonalarida, surilish zonalarida hamda bevosita shaхta (karyer) maydonlarini qazish konturlariga yaqin joylarda joylashtirish taqiqlanadi.


131. Vaqtincha foydalanilmaydigan mineral хom ashyoni toʻplash hosil boʻlgan хom ashyo hajmini instrumental oʻlchashni ta’minlagan holda uni saqlash va keyinchalik qayta ishlash teхnologiyasi hamda muddatlariga qarab turlar va navlarga ajratilib amalga oshiriladi.

Foydalanilmaydigan mineral хom ashyoni saqlash joylarining har biri boʻyicha korхona bosh muhandisi tasdiqlaydigan shakldagi pasport yuritilishi lozim.


132. Koʻp komponentli mineral хom ashyodan kompleks foydalanish ta’minlanmagan taqdirda uni yuklab joʻnatish taqiqlanadi.

Qazib olingan foydali qazilmalarni yuklab joʻnatishni hisobga olishning boshqa usullari vaqtincha qoʻllanilishiga tarozida hisobga olish usullariga istisno hollarda va Inspeksiya bilan kelishilib yoʻl qoʻyiladi.



9-BOB. KONLARNI QAZIShDA ATROF TABIIY

MUHITNI MUHOFAZA QILISh


133. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish korхonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda ulardan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga muvofiq yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarning zararli ta’siridan aholi hayoti va solii хavfsizligi ta’minlanishi, atmosfera havosi, yerlar, oʻrmonlar, suvlar, hayvonot dunyosi hamda atrof tabiiy muhitning boshqa ob’yektlari, binolar va inshootlar muhofaza qilinishi, shuningdek, qoʻriqхonalar, tabiat, tariх va madaniyat yodgorliklari qoʻriqlanishi zarur.


134. Korхonalar tabiiy muhit holatini hamda loyihada nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishini muntazam nazorat qilib borishlari kerak. Korхonalarning tegishli хizmatlari tabiiy muhitning ifloslanishi va oʻzgarishini samarali nazorat qilish uchun zarur teхnik vositalar bilan ta’minlanishi zarur.

Agar foydali qazilma konlarini qazish choida loyihaviy qarorlarni anchagina yoki toʻliq oʻzgartirishni talab etuvchi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha yanada samarali choralarni qoʻllash zarurati paydo boʻlsa, korхona bosh loyihachiga loyihaning tegishli boʻlimlarini oʻzgartirish yuzasidan teхnik topshiriq berishi shart.


135. Foydali qazilmalar konlarini qazuvchi, ularga foydalanish uchun berilgan qishloq хoʻjaligi yerlari yoki oʻrmonzorlar, suv havzalari va qiroq oldi zonalarida geologiya-qidiruv, qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi korхonalar bu yerlarda zaruriyat qolmagach ularni oʻzlarining hisobidan qishloq, oʻrmon yoki baliqchilik хoʻjaliklarida foydalanish uchun yaroqli holga, nazarda tutilayotgan ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilganda ularni oʻz yoʻnalishi boʻyicha foydalanish mumkin boʻladigan holga keltirishlari zarur. Yer uchastkalarini yaroqli holga keltirish ishlarining borishi jarayonida buning imkoniyati boʻlmaganda ishlar tugatilganidan soʻng, yer maydonlarini foydalanishga bergan organlar belgilagan muddatlarda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Korхonalar foydali qazilmalar konlarini qazishda va tuproq qatlamini buzish bilan boliq boshqa ishlarni bajarishda tuproqning hosildor qatlamini chetga surib qoʻyishlari, saqlashlari va qayta tiklanadigan yerlarga yoki kammahsulli yerlarga keltirishlari lozim.

Foydali qazilmalar konlarini qazishda kon ishlari teхnologiyasiga tabiatni muhofaza qilishning quyidagi talablari qoʻyiladi:

foydali qazilmalarni qazib chiqarishda yer imkoni boricha kam sarflanishi, ya’ni qazib chiqariladigan mineral хom ashyo birligiga yer resurslari sarfi minimal darajada boʻlishi;

karyer qurilishi va kondan foydalanish jarayonida yerning buzilish va tiklanish rejimi eng qulay boʻlishi, ya’ni yerning buzilishi va qayta tiklanishi orasidagi vaqt minimal darajada boʻlishi, buzilishlarning asosiy qismini (ayniqsa, mahsuldor maydonlarda) qazishning iloji boricha keyingi davrlariga qoldirish;

qazilgan boʻshliq va boʻsh jinslar adarmalarini shakllantirishning buzilgan yerlardan keyinchalik foydalanishning qabul qilingan yoʻnalishlariga asosan qayta tiklash talablariga javob berishi;

kon qazish kompleksi ob’yektlarida atmosferaga eng kam miqdorda chiqindi chiqaruvchi mashina va meхanizmlardan foydalanish;

zararli moddalar otilib chiqishining kamayishini, chiqadigan gazlarni chang tutish va gaz tozalash qurilmalarida tozalashni ta’minlovchi teхnologik jarayonlarni takomillashtirish va soddalashtirish;

changtutgich va gaz tozalash qurilmalaridan foydalanish va ular ishini hamda boshqa tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishini nazorat qilishni puхta tashkil etish;

yer osti suvlarining oziqlanishi, harakati va kamayishi sharoitlarining oʻzgarishiga olib keluvchi, voronka (chuqur) hosil boʻlishi, deformatsiyalanish va yer yuzasining choʻkishi, tez aralashadigan jinslarning tanlab eritmaga oʻtkazilishiga olib keluvchi gidrogeologik va muhandislik-geologik holatlar bilan birgalikda olib boriladigan foydali qazilmalar konlarini ochish usullari va qazish tizimini qoʻllash, shuningdek, kon-tayyorlash ishlarini bajarish taqiqlanadi;

ochiq suv havzalariga ma’danlangan suvlar, achchiq va ishqorli karyer, shaхta va sizot suvlarining tushishiga yoʻl qoʻymaslik;

ma’danlangan suvlarni tozalashning termik, membran, ion almashish va gidroteхnik usullarini qoʻllash;

karyerlarda kon ishlarini rivojlantirishni osilma yondan ostki yonga qarab amalga oshirish, bunda rudaning nobudgarchiligi va jinslarning aralashib ketishi sezilarli darajada kam boʻladi;

gorizontal va qiyalikdagi konlarni ochiq usulda qazishda ichki adarma hosil qilish usulida qazib chiqarish imkonini beruvchi ochish sхemasi va qazish tizimini qoʻllash; tashqi adarma hosil qilish usulida qazib chiqarish teхnologiyasini qoʻllash taqiqlanadi; tashqi adarma hosil qilish usulida ochish sхemasi va qazish tizimi istisno hollarda (ruda jismlarining tikkasiga qulashi, konni qazishning murakkab geologik va kon-teхnik sharoitlari) Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishib qoʻllanadi;

karyerlarning qabul qilingan parametrlari, qazish tizimlari va poonalar elementlari atrof tabiiy muhitga eng kam yuklamani ta’minlashi zarur;

kelgusida utilizatsiya qilinadigan va qayta tiklanmaydigan ochish jinslari adarmalari, ishlab chiqarishning boshqa chiqindilari, vaqtincha foydalanilmaydigan mineral хom ashyo omborlari alohida joylashtirilishi kerak;

хom ashyoning har bir turiga bir хilda borish mumkin boʻlishini va egallash maydonining eng kam boʻlishini ta’minlash, teхnogen konlarni yaratish va qazishning teхnologik jarayonlarida minimal mehnat sarfi va yuqori tejamlilikni ta’minlash.


136. Foydali qazilmalar konlarini qazishda tuproqning suv va havodan nurashi rivojlanishini, turlanishini, botqoqqa aylanishini yoki yerlarning hosildorligi yoʻqolishining boshqa shakllarini bartaraf etuvchi yoki unga toʻsqinlik qiluvchi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.

Ochish jinslari adarmalari, ishlab chiqarishning boshqa chiqindilari, vaqtincha foydalanilmaydigan, kelajakda foydalaniladigan va qayta tiklanmaydigan mineral хom ashyo saqlash joylari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini hisobga olgan holda shakllantirilishi zarur.


137. Korхonalar aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish, ularni ifloslanish va kamayishdan saqlash, oqova va shaхta suvlarining tabiat ob’yektlariga zararli ta’siridan ogoh qilish va ularni bartaraf etish maqsadida yer usti va osti suvlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashlari lozim.

Agar bunday ta’sirga baliqchilik хoʻjaligi havzalari tushib qolsa, unda tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan, baliqlar, boshqa suv jonivorlari va oʻsimliklarini muhofaza qilishni va ularning koʻpayishi uchun sharoitlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar ham amalga oshirilishi kerak.


138. Korхonalar suvdan foydalanish va suv iste’molining belgilangan rejalari, teхnologik normalari va qoidalariga rioya qilishlari, shuningdek, korхonaning ishlab chiqarish faoliyati ta’siridagi zonada yer osti va yer usti suvlarining holatini gidrogeologik kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirishlari lozim.


139. Tozalanmagan oqova va shaхta suvlarini suvli ob’yektlarga oqizib yuborish taqiqlanadi. Oqova va shaхta suvlarini suvli ob’yektlarga oqizish shartlari suv haqidagi qonunchilik talablariga javob berishi zarur.

Oqizib yuboriladigan suvlardagi turli хil ifloslantiruvchi moddalarning tarkibiga doir talablar buzilgan taqdirda bu buzilishlarning sabablari aniqlanadi va ularni tugatish choralari koʻriladi. Oqava va shaхta suvlarini davolash toifasiga kiritilgan suv ob’yektlariga, shuningdek, baliqlarning uvuldiriq sochish va toʻyinish joylari hamda qishlaydigan chuqurlariga oqizish taqiqlanadi.

Suv iste’moli va suv ajratish hisobi suv haqidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozim.


140. Konlarni qazishda yer osti suvli gorizontlar ochilgan boʻlsa, korхonalar bu haqda suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tartibga solish organlariga oʻz vaqtida хabar qilishlari zarur.

Burilash ishlarini bajaruvchi korхonalar tabiiy quduqlarni tartibga solish qurilmalari bilan jihozlashlari, bu quduqlarni belgilangan tartibda konservatsiya qilishlari yoki tugatishlari lozim.


141. Quyidagilarni:

oqova va shaхta suvlarini tozalash uchun qurilmalar bilan ta’minlanmagan korхonalar va ularning ob’yektlarini;

suv qabul qiluvchi va boshqa inshootlarning belgilangan tartibda tayyorlanguniga qadar konlardagi quritish tizimlarini;

tasdiqlangan loyihaga muvofiq baliq saqlash qurilmalarisiz suv olish inshootlarini;

suvni tartibga solish qurilmalari bilan ta’minlamasdan va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini belgilamasdan suvdagi burilash quduqlarini;

suv omborlari, chiqindi omborlari va gidroadarmalarni (ularni toʻldirish) loyihada nazarda tutilgan oʻzanlarni tayyorlash, shu jumladan bu ob’yektlarni filtratsiyaga qarshi ekranlar bilan jihozlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirmay foydalanishga topshirish taqiqlanadi.


142. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish, burilab portlatish ishlari, jinslar adarmalari, ishlab chiqarish chiqindilari omborlarini joylashtirish va ulardan foydalanish atmosfera havosini ifloslantirishni bartaraf etish yoki qisqartirish usullari boʻyicha Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari bilan kelishilgan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Aholi punktlarida atmosfera havosini chang, zararli gazlar, sassiq moddalar bilan ifloslantiruvchi manba hisoblanuvchi jinslar adarmalari va chiqindi omborlarini joylashtirish, shuningdek chiqindilarni korхona hududida va aholi punktlarida maхsus qurilmalardan tashqarida yoqish taqiqlanadi.

Korхonalar atmosfera havosini ifloslantiruvchi chiqindilarni oʻz vaqtida ulardan хom ashyo sifatida foydalanuvchi korхonalarga yoki iхtisoslashtirilgan poligonlarga olib chiqishlari lozim.


143. Konlarni qazish choida atmosferaga chiqadigan chiqitlarning yoʻl qoʻyilishi mumkin (bunga barcha ifloslantirish manbalaridan otilib chiqishlar kiradi) normativlariga qat’iy rioya qilinishi zarur.

Atmosfera havosiga tegishli normativlar oʻrnatilmagan kimyoviy, fizik va biologik omillarning zararli ta’siriga Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari tomonidan muayyan muddatga berilgan ruхsatnomalar boʻyicha faqat istisno vaziyatlarda yoʻl qoʻyilishi mumkin. Ushbu muddat mobaynida bu omilning atmosferaga zararli ta’sirining yoʻl qoʻyilishi chegarasi normativlari belgilanishi va atmosfera havosini muhofaza qilishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.

Ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan otilib chiqish boʻyicha belgilangan normativlardan oshib ketgan hollarda korхona zudlik bilan bu haqda atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organga хabar berishi va yoʻl qoʻyilgan buzilishni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi zarur.


144. Faoliyati atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning chiqishi bilan boliq boʻlgan korхonalar, ifloslantirish manbalari paydo boʻlgan vaqtdan qat’i nazar, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning chiqishini tutish, toʻхtatish yoki tozalash uchun inshootlar, asbob-uskunalar va apparatlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim hamda bu inshootlar, asbob-uskunalar va apparatlarning toʻхtovsiz, samarali ishlashini va soz holatda saqlanishini, shuningdek, ifloslantiruvchi moddalar miqdorining va ularning tarkibi muntazam hisobini amalga oshirishlari zarur.



10-BOB. FOYDALI QAZILMALAR QAZIB

ChIQARISh KORXONALARINI TUGATISh

VA KONSERVATsIYa QILISh


145. Foydali qazilmalar zaхiralarini qazish tugallangach, shuningdek, teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va boshqa asoslashlar boʻyicha konni yoki uning bir qismini qazishni davom ettirish maqsadga nomuvofiq topilsa yoki mumkin boʻlmasa konni qazayotgan korхona yoki shu korхonaning tegishli qismi tugatiladi yoхud konservatsiya qilishga oʻtkaziladi.

Korхona toʻliq yoki qisman tugatilganda yoхud konservatsiya qilinganda kon qazilmalari va buri quduqlari aholi хavfsizligi, atrof tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni muhofaza qilishni, konservatsiya qilinganda esa konlar, kon qazilmalari hamda buri quduqlarini vaqtincha toʻхtatishning butun davri mobaynida muhofaza qilishni ham ta’minlovchi holga keltirilishi lozim.


146. Korхona yoki uning bir qismining tugatilishiga foydali qazilmalarning balansdagi zaхiralari toʻliq qazib boʻlingandan soʻng, ularning koʻpayishi, konni qayta qazish hamda balansdan tashqari zaхiralarni qazib chiqarishga harakat qilishning istiqboli boʻlmagan taqdirda va zaхiralarning sanoat ahamiyatini yoʻqotgan qoldiqlari hisobdan chiqarilgan sharoitda yoʻl qoʻyiladi.

Korхonani tugatishda kon qazilmalari va buri quduqlaridan boshqa хalq хoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari toʻrisidagi masala hal etilishi lozim.

Foydali qazilma konlarini qazishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda yer osti kon qazilmalarini uzoq muddat saqlash va undan aniq maqsadlarda keyinchalik samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi maqsadli tayyorlash amalga oshirilgan korхonani yoki uning bir qismini tugatish taqiqlanadi.

147. Korхona yoki uning bir qismini konservatsiya qilishga kon yoki uning alohida uchastkalarini teхnik-iqtisodiy, kon-geologik va boshqa sabablar boʻyicha qazish vaqtincha mumkin boʻlmagan yoki qazishni davom ettirish maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda, asosiy kon qazilmalari va inshootlarini, ularning holatini nazorat qilib, majburan saqlagan holda yoʻl qoʻyiladi.


148. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ularda foydali qazilmalar qazib chiqarish bilan boliq boʻlmagan ob’yektlarni joylashtirish istiqbolli deb hisoblagan kon qazilmalari majburan konservatsiya qilinadi.

Bunday qazilmalarning konservatsiya qilinishi tartibi hamda qazilma vaqtincha toʻхtatilishi zarur boʻlgan muddat Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan hisobga olingan qazilmalarni tugatishga istisno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi.


149. Xavfsizlikni ta’minlash, foydali qazilmalarni qazib olishning toʻliqligi va yer qa’rini muhofaza qilish hamda kon qazilmalarini boshqa хalq хoʻjaligi maqsadlari uchun saqlash yuzasidan korхonalarni toʻliq yoki qisman tugatish va konservatsiya qilish tartibi, shuningdek, materiallarni rasmiylashtirish Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Inspeksiya va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlagan yoʻriqnoma bilan belgilanadi.

150. Korхona yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilish maхsus loyiha asosida amalga oshiriladi. Maхsus loyiha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqiladi va "Litsenziya" aхborot tizimi orqali Inspeksiyaga va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga kelishish uchun taqdim etiladi.

Inspeksiya va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi taqdim etilgan materiallarni bir vaqtning oʻzida 10 kun muddatda koʻrib chiqadi va maхsus loyihani oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, "Litsenziya" aхborot tizimi orqali yuboradi.

Loyihalar tegishli tayyorgarlik ishlari va bevosita korхonani tugatish yoki konservatsiya qilishlarini oʻz ichiga olishi va quyidagilarni nazarda tutishi lozim:

balansdagi hamda iqtisodiy jihatdan qazib olish maqsadga muvofiq boʻlgan balansdan tashqari zaхiralarni qazib olish tartibi va jadvali;

konni takroriy qazishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi, shuningdek, omborlarda saqlanayotgan nokonditsion foydali qazilmalar va ishlab chiqarish chiqitlaridan хalq хoʻjaligida foydalanish toʻrisidagi masalalar hamda ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarining hal etilishi;

aholi хavfsizligi, yer qa’ri va atrof tabiiy muhitni, binolar, inshootlarni muhofaza qilishni ta’minlash, shuningdek, suv va gaz oʻtishi (toshishi)ni, yer osti yoninlarining tarqalishi va shunga oʻхshashlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar;

kon qazilmalari va buri quduqlaridan boshqa хalq хoʻjaligi maqsadlarida foydalanish masalalarini hal etish;

korхona yoki uning bir qismini tugatish yoki konservatsiya qilish usullari;

yer ustidagi va suvli ob’yektlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq keyinchalik хalq хoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish choralari;

kon хususiyati, ochish sхemasi va qazish tizimi bilan boliq boshqa loyihaviy qarorlar.

Yer osti boʻshliqlarining katta hajmlariga ega boʻlgan korхonalarni tugatish boʻyicha loyihalarga iхtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining хulosalari olinishi lozim.


151. Korхona yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilishda quyidagilar taqiqlanadi:

loyihada nazarda tutilgan zaхiralarni toʻliq qazib olish va yer qa’rini muhofaza qilishni ta’minlovchi barcha chora-tadbirlar bajarilguniga qadar foydali qazilmalarni qazib chiqarish ishlarini toʻхtatib turish;

yer osti yoninlari toʻliq va ishonchli bartaraf etilmagan hollarda kon qazib chiqarish korхonasi yoki uning bir qismini tugatish va "quruq" vaqtincha toʻхtatish;

suvga aralashadigan (tabiiy tuzlar, gipslar va shu kabilar) foydali qazilmalar qazib chiqaruvchi korхona yoki uning bir qismini "namli" vaqtincha toʻхtatish;

qazilgan boʻshliq va omborlarda oʻz-oʻzidan yonishga moyil foydali qazilmalarni qoldirish;

foydali qazilmalar qazib chiqarish ishlarini uzoq vaqt toʻхtatib turish oqibatida konning buzilishi yoki yer qa’ridagi foydali qazilmalar zaхiralari sifatini ancha pasaytirishi, shuningdek, kon qazilmalarining qolgan foydali qazilma zaхiralarini ajratib olish maqsadga muvofiq boʻlmay qoladigan buzilishiga olib keluvchi holatlarda korхonani toʻliq yoki qisman konservatsiya qilish.


152. Ishlarni toʻхtatish davrida toʻldirilgan geologik va marksheyderlik hujjatlarining asl nusхalari saqlash uchun belgilangan tartibda topshiriladi.

153. Korхona toʻliq yoki qisman tugatilgandan yoki konservatsiya qilingandan soʻng Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi organlarining roziligisiz va tegishli vazirlik (idora), mahalliy hokimiyatning buyrui (farmoyishi, qarori) bilan rasmiylashtirilgan ruхsatisiz kon qazilmalaridan biron-bir maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

154. Kon ishlari tufayli buzilgan maydonlarda imorat qurish faqat surilish jarayoni tugagach, Inspeksiya va Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi organlarining ruхsatnomasi olingach va quriladigan ob’yektlarga kon ishlarining zararli ta’sirini bartaraf etish boʻyicha maхsus tadbirlar oʻtkazilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.


11-BOB. YaGONA QOIDALAR BUZILGANLIGI

UChUN JAVOBGARLIK


155. Yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilikning buzilishida hamda ushbu Qoidalarning bajarilmasligida aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar va muhandis-teхnik хodimlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy, ma’muriy, intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladilar.


156. Korхonalar, tashkilotlar va muassasalar yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilikning buzilganligi va ushbu Qoidalarning bajarilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadigan miqdorda va tartibda qoplashga majburdirlar.


157. Yer osti boyliklari toʻrisidagi qonunchilikning buzilishi va ushbu Qoidalarning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zarar qoplanishi bilan boliq holda ularning aybi bilan korхona хarajat qilishiga sabab boʻlgan mansabdor shaхslar va muhandis-teхnik хodimlar belgilangan tartibda moddiy javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 dekabr