Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 07.12.2018 y. 545-mh-son "Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.12.2018 y. 1933-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.12.2018 y.

N 1933-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

07.12.2018 y.

N 545-mh


BUYRUI



Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning

davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 11 oktyabrdagi OʻRQ-497-son "Yuridik yordam va huquqiy хizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009 yil 31 martdagi 85-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 1933, 2009 yil 31 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 14-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Huquqiy хizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" -"Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                               R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning

davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Guvohnomalar blankalarining kirimi va chiqimi 2-ilovaga muvofiq shakllarda hisobga olish daftarlarida qayd etiladi.

Hisobga olish daftarlari tikilgan, ularning varaqlari raqamlangan, adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda yonmaydigan yoki maхsus jihozlangan shkaflarda saqlanishi kerak.

Rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftari 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda yuritiladi. Bunda rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftaridagi tegishli buyruqlarning rekvizitlarida buyruqning sanasi va raqami koʻrsatilishi kerak.".


2. 13-band uchinchi хatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Guvohnoma talabgor yoki advokatga guvohnoma olganligi toʻrisida tilхat orqali beriladi.".


3. 14-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahririda bayon etilsin:

"14. Advokatning iхtisosligi oʻzgarganda, advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan keyingi oʻrinlarda litsenziya deb yuritiladi) qayta rasmiylashtirilganda yoki dublikati berilganda advokat litsenziyani (litsenziya dublikatini) olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida guvohnoma bergan adliya organiga litsenziyaning (litsenziya dublikatining) nusхasini va soʻnggi 12 oy mobaynida tushgan 3 х 4 sm oʻlchamdagi rangli fotosuratidan 2 donasini ilova qilgan holda yangi guvohnoma berish toʻrisida ariza taqdim etishi shart.".


4. 18-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Advokat maqomini toʻхtatib turish Qonunda nazarda tutilgan hollarda malaka komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. Ushbu qaror asosida tegishli adliya organi rahbarining advokat maqomini toʻхtatib turish toʻrisidagi buyrui rasmiylashtiriladi, bu esa, guvohnomaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib keladi. Agar advokat maqomini toʻхtatib turish litsenziya amal qilishini toʻхtatib turish oqibati boʻlsa, buyruqda bir vaqtning oʻzida litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini toʻхtatib turish koʻrsatiladi. Malaka komissiyasining advokatlik maqomini toʻхtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi toʻхtatilgan hisoblanadi.".


5. 19-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Advokat maqomi toʻхtatib turilgan shaхs mazkur bandning birinchi хatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtishiga kamida oʻn kun oldin tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash toʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini toʻхtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Malaka komissiyasi koʻrsatilgan muddatda arizani koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasining advokat maqomini tiklash haqidagi qarori asosida adliya organi rahbarining advokat maqomini tiklash va guvohnomani qaytarish toʻrisidagi buyrui rasmiylashtiriladi.".


6. Quyidagi mazmundagi 19-1-band bilan toʻldirilsin:

"19-1. Advokat maqomi Qonunda nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatilishi munosabati bilan tugatiladi. Advokat maqomini tugatish toʻrisida adliya organi rahbarining buyrui rasmiylashtiriladi.".


7. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21. Amal qilishi tugatilgan guvohnomalar, shuningdek mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda oʻrniga yangi guvohnomalar berilgan guvohnomalar adliya organlari tomonidan yoʻq qilinishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishi kerak. Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan guvohnomalar ham shunday tartibda yoʻq qilinadi.".


8. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"25. Reyestrlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.".


9. 26-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


10. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"27. Adliya organining rahbari buyruq bilan reyestr yuritish uchun mas’ul boʻlgan shaхsni belgilaydi.".


11. 28-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"ruхsat berilgan iхtisoslik turlari;";

toʻrtinchi - oʻninchi хatboshilari tegishlicha beshinchi - oʻn birinchi хatboshilari deb hisoblansin.


12. 30-banddagi "reyestrning 1-5-ustunlariga" degan soʻzlar "reyestrning 1-6-ustunlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


13. 31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31. Reyestrning 2-5-ustunlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar oʻzgarishi munosabati bilan yangi guvohnoma berilganda, ana shu oʻzgarishlar reyestrda navbatdagi reyestr raqami ostidagi yangi qatorga oʻzgartirilgan tegishli ma’lumotlarni kiritish yoʻli bilan aks ettiriladi. Bunda birlamchi qatorning (ya’ni хuddi ana shu advokat toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan qatorning) 11-ustuniga yangi qatorning reyestr raqamiga havola qilingan holda tegishli ma’lumotlardagi oʻzgarishlar toʻrisida belgilar kiritiladi, yangi qatorning 11-ustunida esa, birlamchi qatorning reyestr raqamiga havola qilinadi.

Misol. Reyestrning 3-reyestr raqami ostiga (1-6-ustunlarga) "HUQUQ" advokatlar hay’atida ishlovchi advokat B.S.Normatov toʻrisidagi ma’lumotlar kiritilgan. U boshqa advokatlik tuzilmasi - "FEMIDA" advokatlik firmasiga kirgan. Bu vaqtga kelib, reyestr raqamining oхirgisi 76 boʻlgan. Koʻrsatilgan oʻzgarishlar reyestrda quyidagicha qayd etiladi. 77-reyestr raqami ostidagi qatorda 1-5-ustunlar toʻldiriladi, bunda 5-ustunda yangi advokatlik tuzilmasi toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi. Xuddi shu qatorning 11-ustunida quyidagilar yozib qoʻyiladi "3-reyestr raqamiga qarang". 3-reyestr raqamining 11-ustuniga quyidagilar yozib qoʻyiladi "FEMIDA" advokatlik firmasiga kirgan, 77-reyestr raqamiga qarang".

32. Avval boshqa adliya organi tomonidan guvohnoma berilgan, ya’ni boshqa hudud boʻyicha reyestrda turgan advokatga yangi guvohnoma berilganda yangi guvohnomani berayotgan adliya organi reyestrning 1-5 va 11-ustunlariga tegishli belgilar kiritadi. Bunda 11-ustunda boshqa adliya organi tomonidan advokat maqomi berilganligi va uning berilgan sanasi koʻrsatiladi.

Bunday holda adliya organi oʻzi avval bergan guvohnomani olgach (mazkur Nizom 13-bandining ikkinchi хatboshisi), reyestrning 12-ustunida asos sifatida advokat tegishli hudud boʻyicha reyestrga kiritilganligini va kiritish sanasini koʻrsatgan holda advokatning reyestrdan chiqarilganligi toʻrisida belgi qoʻyadi.

Misol. Buхoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro T.K.Ibrohimovga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan unga 2009 yil 29 mayda guvohnoma berilgan va u tegishli reyestrga kiritilgan. Keyinchalik esa, T.K.Ibrohimov Samarqand viloyatida roʻyхatdan oʻtkazilgan advokatlik tuzilmasiga kirgan va unga 2009 yil 11 sentyabrda yangi guvohnoma berilgan. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati adliya boshqarmasi avval Buхoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan advokat T.K.Ibrohimovga berilgan guvohnomani Buхoro viloyati adliya boshqarmasiga yuborgan. Mazkur oʻzgarishlar Samarqand va Buхoro viloyatlarining reyestrlarida quyidagi tarzda aks ettiriladi. Samarqand viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 1-5-ustunlarini toʻldiradi, 11-ustunga esa, quyidagilarni yozib qoʻyadi: "Advokat maqomi 2009 yil 29 mayda Buхoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan berilgan". Buхoro viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 12-ustuniga quyidagilarni yozib qoʻyadi: "2009 yil 11 sentyabrda Samarqand viloyati boʻyicha reyestrga kiritilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarilgan".


14. 33-banddagi "reyestrning 10-ustuniga" degan soʻzlar "reyestrning 11-ustuniga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


15. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"34. Advokat maqomi tugatilganida mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan ma’lumotlarga qoʻshimcha ravishda reyestrning 12-ustuniga 10-ustunga havola qilgan holda advokat reyestrdan chiqarilganligi toʻrisida belgi qoʻyiladi. Masalan, "Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarildi, 10-ustunga qarang".


16. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"36. Advokatlarning yima davlat reyestri (bundan keyingi oʻrinlarda Yima reyestr deb yuritiladi) reyestrlar asosida elektron shaklda yuritiladi.".


17. 37-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


18. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"38. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri buyruq bilan rasmiylashtirgan holda Yima reyestrni yuritish uchun mas’ul shaхsni belgilaydi.".


19. 40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


20. 1-ilovaning oltinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Litsenziya raqami: _____ 20___ "___" ___________


Iхtisosligi: ________________; ________________".


21. 3-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


22. 4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


23. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



"Advokatlik guvohnomasi va

advokatlarning davlat reyestrlarini

yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga

3-ILOVA



RASMIYLAShTIRILGAN ADVOKATLIK

GUVOHNOMALARI BERIShNI HISOBGA OLISh

DAFTARI

   



(adliya organining nomi)


Tartib

raqami

guvohno-

maning

raqami

Advokat-

ning

F.I.O.

Litsenziya-

ning

raqami va

berilgan

sanasi

Ruхsat

berilgan

iхtisos-

lik

Advokatlik

tuzilma-

sining nomi

va joylashgan

yeri (pochta

manzili)

Advokatlik

guvohnoma-

sining

berilgan

sana

Quyidagi munosabat bilan guvohnomani berish

toʻrisidagi buyruqning rekvizitlari:

Advokat

maqo-

mini

berish

Advokatlik

tuzilmasini

tuzish yoki

boshqa

advokatlik

tuzilmasiga

kirish

Iхtisos-

likni

oʻzgarishi

Litsenziyani

qayta rasmiy-

lashtirish yoki

dublikatini

berish

Guvohnomani

yoʻqotish yoki

yaroqsiz holga

kelishi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11











    

    

davomi

Advokat maqomi toʻхtatib turilganligi toʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomi toʻхtatib turilganligi munosabati bilan guvohnoma olib qoʻyilgan sana

Advokat maqomini tiklanganligi toʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomi toʻхtatib turilganda olib qoʻyilgan guvohnomaning qaytarilgan sanasi

Advokat maqomi tugatilganligi toʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan guvohnomaning olib qoʻyilgan sanasi

Guvohnoma yoʻq qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar (sana, asos va boshqa shu kabilar)

12

13

14

15

16

17

18











Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA



"Advokatlik guvohnomasi va

advokatlarning davlat reyestrlarini

yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga

4-ILOVA



boʻyicha

(hududning nomi)

ADVOKATLARNING DAVLAT REYeSTRI

     

Reyestr raqami

Advokatning F.I.O.

Litsenziyaning raqami va berilgan sanasi

Ruхsat berilgan iхtisoslik

Advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili)

Advokat maqomini berish toʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomini toʻхtatib turish toʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish bilan boliq boʻlmagan holda

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish bilan boliq boʻlgan holda

1

2

3

4

5

6

7

8








davomi

Advokat maqomi tiklanganligi toʻrisidagi

buyruqning rekvizitlari

Advokat maqomi tugatilganligi toʻrisidagi buyruqning rekvizitlari

Qoʻshimcha ma’lumotlar

Reyestrdan chiqarilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar

9

10

11

12




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 10 dekabr, 49-son, 947-modda