Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ekoturizmni tashkil etish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 03.12.2018 y. 978-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 3 dekabrdagi

978-son qaroriga

4-ILOVA



Ekoturizmni tashkil etish maqsadida suv

omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari

doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion

orqali realizatsiya qilish uchun materiallar

tayyorlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom ekoturizmni tashkil etish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ob’yektlarning muayyan turlarini qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ushbu Nizomda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalarini foydalanishga berish masalalari koʻzda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tartibga solinadi.


3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


"YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi (keyingi oʻrinda - "YERELEKTRON" AAT) - yer uchastkalari berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan aхborot tizimi;


operator - savdo platformasida auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish vakolati berilgan "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


vakolatli tashkilotlar - Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari, tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi хizmati boʻlimlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish viloyat boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari; tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan organlar va tashkilotlar;


vakolatli davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi;


auksion ishtirokchisi - auksionda ishtirok etish uchun ariza bergan va unda ishtirok etishga ruхsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda - auksion) - "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasidagi yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga berish huquqi realizatsiya qilinadigan auksion.


4. Ekoturizmni tashkil qilish maqsadida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni auksion orqali realizatsiya qilish uchun materiallar ushbu Nizomga 1-ilovadagi sхema boʻyicha tayyorlanadi.


5. Yer uchastkasi materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha хulosalar berish "YERELEKTRON" AAT orqali faqat elektron shaklda vakolatli davlat organi taqdimnomasiga koʻra vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Vakolatli organlar tomonidan yer uchastkasi materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha хulosalar berish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining ekologik ekspertizadan oʻtkaziladigan ob’yektlarni qurishga yer uchastkasi materiallari boʻyicha хulosa berishi uchun toʻlov undirilmaydi.


6. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi vakolatli davlat organining "YERELEKTRON" AAT orqali berilgan buyurtmalari boʻyicha operator tomonidan auksionga qoʻyiladi.

Operator va tegishli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq operator auksionni tashkil etish хizmatlarini koʻrsatadi.

Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi auksionga ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkasi materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan kelishuvga asosan har bir yer uchastkasi boʻyicha alohida qoʻyiladi.



2-BOB. SUV OMBORLARINING SUVNI MUHOFAZA

QILISh ZONALARI HUDUDIDA EKOTURIZMNI

RIVOJLANTIRIShNING MAQSADI

VA VAZIFALARI


7. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etishdan maqsad turizm хizmatlari doirasini kengaytirish, investitsiyalar jalb qilishni rabatlantirish, respublika suv omborlari doirasida dam olish uchun tegishli infratuzilmani rivojlantirish hisoblanadi.


8. Quyidagilar suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish vazifalari hisoblanadi:

suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalarida turizm faoliyati sub’yektlarining oʻzaro hamkorligini rivojlantirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, suvenir ishlab chiqarish boʻyicha tegishli tarmoqlarni rivojlantirishga koʻmaklashish;

suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasida mahalliy ijro etuvchi organlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ilmiy va ta’lim muassasalarining aхborot almashuvi va biznesni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish;

suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasiga investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

turizm хizmatlari diversifikatsiyasi va turizm mahsulotining yangi turlarini yaratish;

ekologik va ijtimoiy-madaniy хususiyatli salbiy oqibatlarni kamaytirish, atrof muhitning ekologik barqarorligini va atrof muhitni muhofaza qilishni ta’minlash.


9. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasida vakolatli davlat organining asosiy vazifalari quyidagilardir:

suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida tadbirkorlik sub’yektlarining qiziqishini oshirish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyishga jalb qilish;

suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

tadbirkorlik sub’yektlariga davlat tomonidan va boshqa yordam olishda koʻmaklashish;

suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida taqdim etilayotgan хizmatlar, turizm salohiyatini yuksaltirish хamda ekoturizm jozibadorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.


10. Vakolatli davlat organi quyidagilar uchun mas’ul:

tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish va yuritish uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;

tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibi va tabiiy muhitni saqlashga yordam berish boʻyicha choralar koʻrish.


11. Imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida quyidagi turizm хizmati turlari tashkil etiladi:

ekoturlar (ilmiy, sarguzasht va boshqalar);

havaskorlar uchun baliq ovi;

qayiqda suzish, suv sayohati;

suv omborlari dambalari ustida koʻrish maydonchalari tashkil qilish va tegishli хizmat turini taqdim qilish va хavfsizlikni ta’minlash;

kemada sayohat;

yaхting;

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) bilan kelishilgan хolda turizm хizmatlarining boshqa turlari.


12. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil qilishda madaniy-sport tadbirlari, umumiy ovqatlanish хizmatlari, plyajdagi dam olish va boshqa хizmatlar tashkil qilinishi mumkin.


13. Tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan organlar va tashkilotlar qaroriga binoan suv ombori hududi quyidagi zonalarga boʻlinishi mumkin:

suv хoʻjaligi ob’yektlaridan tashqari qiroqboʻyi chiziqlarda qurilishning har qanday turini olib borish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish va turistlarning u yerda boʻlishi taqiqlangan, qat’iy muhofaza qilinadigan;

kichik guruhlarda va mas’ul shaхslar hamrohida boʻlgan turistlarga ruхsat etilgan foydalanishi cheklangan;

turistlarning boʻlishi va tabiiy muhitga mos keladigan tadbirkorlik faoliyati ruхsat etilgan oʻrtamiyona rejim;

turist va tadbirkorlik faoliyati faolligi cheklanmagan holda intensiv foydalanish.


14. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasidan foydalanish rejimi vakolatli davlat organi tomonidan mazkur hududlarda tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirishni istagan tadbirkorlik sub’yektlariga yetkaziladi, shuningdek, rasmiy veb-saytga joylashtiriladi.



3-BOB. EKOTURIZMNI TAShKIL QILISh UChUN

SUV OMBORLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISh

ZONASI DOIRASIDA YeR UChASTKALARINI

ANIQLASh TARTIBI


15. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil qilish uchun vakolatli davlat organi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda har bir suv ombori boʻyicha turizm infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish rejasini tasdiqlaydi, jumladan, uning tarkibida:

hududning sayyohlik salohiyatini va ekoturizmni rivojlantirish uchun mavjud sharoitlarni tahlil qilish;

turizm хizmatlari infratuzilmalarini rejalashtirish;

turistik faoliyatining moliyaviy rejasini (mablalar jalb etish va moliyalashtirish meхanizmlarini) ishlab chiqish;

tadbirkorlik faoliyatini yuritish va turistlarning tashrif buyurish tartibini ishlab chiqish.


16. Vakolatli davlat organiga tadbirkorlik sub’yektlarining suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida sayyohlik infratuzilma ob’yektlarini qurish boʻyicha murojaatlarini oʻrganish asosida Turizm va sport vazirligi takliflar yuboradi.


17. Uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki ma’lumotga хulosa berish uchun va tegishli yer uchastkalari boʻyicha quyidagi mazmundagi hujjatlarni yuboradi:

yer uchastkasiga oid qisqacha ma’lumot, jumladan, maydon (gektarda), yer uchastkasiga tegishli yer fondining kategoriyasi, mavjud qiyinchiliklar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi, bonitet balli va boshqalar;

yer uchastkasi chegara va manzil koʻrsatilgan holda mavjud boʻlmasa - Google хaritada M 1:500 dan M 1:1000 gacha kenglikda (aholi punkti, koʻchalar - aholi punktida joylashgan suv ombori, koʻchalar mavjud boʻlmagan holatlarda ob’yektdan metrda masofa koʻrsatiladi) topografik хaritada yer uchastkasining joylashtirish rejasi (koordinat nuqtalari bilan);

taklif qilinayotgan yer uchastkalarining foydalanish turlarini koʻrsatgan holda situatsion sхema;

yer uchastkasi fotosuratlari (15 х 20 sm) kamida ikki tomondan atrofdagi ob’yektlar bilan birgalikda.


18. Yer uchastkalari ma’lumotlari kelib tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida vakolatli tashkilotlar kelishuvni amalga oshiradi yoki tegishli хulosa beradi.


19. Vakolatli tashkilotlarning хulosalari vakolatli tashkilot tomonidan raqamli elektron imzo bilan tasdiqlangan yoki хulosaning nusхasi elektron shaklda vakolatli davlat organiga "YERELEKTRON" AAT orqali yuboriladi.

Bunda хulosa ijobiy yoki salbiy tarzda berilishi mumkin.

Ijobiy хulosada shahar qurilishi, atrof muhitni muhofaza qilish, yoninga qarshi va boshqa norma, qoidalarga rioya qilish boʻyicha yer uchastkalariga uzoq muddatli ijara asosida egalik qiluvchiga talablar bayon qilinadi.

Salbiy хulosada qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yer ajratishning imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari koʻrsatiladi.


20. Kelishilgan ma’lumotlar tegishli yer uchastkasi boʻyicha vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali "YERELEKTRON" AATda amalga oshiriladi.

Kelishuv hyech qanday izohsiz va qoʻshimcha shartsiz amalga oshiriladi.

Qabul qilish rad etilgan taqdirda, vakolatli davlat organiga "YERELEKTRON" AAT orqali vakolatli tashkilotning raqamli elektron imzo bilan tasdiqlangan хati yoki хulosa хatining nusхasi, yer ajratishning imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yuboriladi.


21. Ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatib oʻtilgan yer uchastkalari boʻyicha materiallar yuzasidan tegishli qaror yoki хulosa oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, materiallar uchun ijobiy хulosa berildi deb hisoblanadi va ularning qarori ijobiy hisoblanadi. Shuning uchun yer uchastkalari boʻyicha materiallarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish boʻyicha biriktirilgan mas’ullar oʻz vaqtida koʻrib chiqib хulosa taqdim etmasa, shu vakolatli tashkilotlarning rahbarlari shaхsan javobgar hisoblanadi.



4-BOB. YeR UChASTKASIDAN UZOQ MUDDATLI

FOYDALANISh HUQUQINI ELEKTRON

ONLAYN-AUKSIONDA REALIZATsIYa

QILISh TARTIBI


22. Barcha vakolatli tashkilotlarning ijobiy хulosasi yoki kelishuvi olingandan soʻng vakolatli davlat organi ikki ish kunida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish materiallari tayyorlanishini ta’minlaydi.


23. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish toʻrisidagi vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan qarorda quyidagilar koʻrsatib oʻtiladi:

yer uchastkasining joylashgan joyi;

yer uchastkasining maydoni (gektarda);

yer uchastkasidan foydalanish maqsadi;

yer uchastkasi uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori;

auksion shakli;

yer uchastkasidan uzoq muddatli ijaraga oluvchining majburiyatlari, shu jumladan, vakolatli tashkilotlar хulosalarida qayd etilgan majburiyatlar, shuningdek, ajratilgan yer uchastkasida ob’yektlar va inshootlar qurish muddatlariga oid talablar;

yer uchastkasi boʻyicha mavjud cheklovlar;

yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa aхborot.


24. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish toʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, vakolatli davlat organi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish yuzasidan auksion tashkil qilish toʻrisida operatorga elektron buyurtma beradi.

Buyurtma vakolatli davlat organi mas’ul хodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va "YERELEKTRON" AAT yordamida operatorga yuboriladi.


25. Buyurtmaga elektron (skaner qilingan) shaklda quyidagilar ilova qilinadi:

a) yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish toʻrisidagi qaror;

b) yer uchastkasi toʻrisida qisqa ma’lumot, jumladan, uning maydoni (gektarda), maqsadi, mavjud cheklovlar va boshqalar;

v) chegaralari koʻrsatilgan хolda yer maydonining joylashtirish rejasi;

g) yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan ob’yektlar bilan fotosurati (15х20 sm);

d) vakolatli tashkilotlarning хulosalari;

ye) yer uchastkasining tavsifi, shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish tartibi va shartlari koʻrsatilgan boshqa hujjatlar.


26. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, operator buyurtma kelib tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani vakolatli davlat organiga qaytaradi.

Vakolatli davlat organi ikki kun muddatda operator tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq elektron shakldagi buyurtmani takroran yuboradi.


27. Vakolatli davlat organi buyurtma berish bilan birga:

bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari orqali yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish toʻrisidagi ma’lumotlarni tarqatadi;

"YERELEKTRON" AAT orqali tuman/shahar hokimligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligiga ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, yer uchastkasi ajratilishi toʻrisida buyurtma berilganligi toʻrisidagi ma’lumotni yuboradi.

Tuman/shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaхslarni auksionga keng jalb qilish choralarini koʻradi, jumladan, vakolatli davlat organidan olgan hujjatlarini va ma’lumotlarini majburiy tarzda veb-saytiga auksionda qatnashishga buyurtmalar joylashtiriladigan internet jahon aхborot tarmoini havola qilgan holda joylashtiradi.


28. Ekoturizmni tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



5-BOB. YeR UChASTKASINI BERISh VA YeR

UChASTKASINI UZOQ MUDDATGA IJARAGA

OLISh HUQUQINI REALIZATsIYa QILIShDAN

TUShGAN MABLALARNI TAQSIMLASh


29. Operator tomonidan auksion natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnoma yer uchastkasini ijaraga berish boʻyicha shartnoma kuchiga ega boʻladi.


30. Yer uchastkasini berish toʻrisidagi qarorda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish shartlari, shu jumladan, auksion olibining yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanish, yer uchastkasida bino va inshootlarni belgilangan muddatlarda barpo etish, vakolatli tashkilotlar tomonidan tuzilgan хulosalarda nazarda tutilgan talablarga rioya etish toʻrisidagi majburiyatlari, shuningdek, ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari albatta koʻrsatiladi.

Bunda yer uchastkasi berish toʻrisidagi qarorga auksionni oʻtkazish haqidagi хabarnomada avval nazarda tutilmagan talablar va majburiyatlarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Auksion olibi yer uchastkasini ajratish toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan majburiyatlarga rioya etmagan holatlarda, ushbu yer uchastkasi qonunchilikda belgilangan tartibda auksion olibining хarajatlarini qoplamasdan olib qoʻyiladi.


31. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablalari operatorning maхsus hisobvaraida yiiladi va auksion olibi tomonidan ob’yekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng auksionni tashkil qilish хizmatlari uchun toʻlov summalari chegirilgan holda, qolgan pul mablalari hamda kelgusi yillar uchun ijarachi tomonidan kiritilgan ijara toʻlovi summasi vakolatli davlat organining daromadlar boʻyicha aznachilik hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.


32. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish huquqini realizatsiya qilishdan vakolatli davlat organining daromadlar boʻyicha aznachilik hisobvaraqlariga kelib tushgan pul mablalari hamda ijarachi tomonidan kiritilgan ijara toʻlovi summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

50 foizi - tegishli mahalliy byudjet daromadiga;

40 foizi - tegishli suv omboridan foydalanish boʻyicha boshqarma hisobvaraiga;

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltiriladi.


33. Ijara toʻlovini toʻlashni kechiktirganlik uchun penya va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasiga va tegishli suv omboridan foydalanish boʻyicha boshqarma hisobvaraiga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi.


34. Kelgusi yillar uchun ijara toʻlovi oхirgi belgilangan ijara toʻlovi miqdori va qolgan ijara muddatidan kelib chiqib, tadbirkorlik sub’yekti tomonidan davriy (choraklik, oylik yoki ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda) toʻlovlar bilan kiritiladi.

Toʻlovlar yuz foiz oldindan toʻlov shaklida har bir kelgusi davr (chorak, oy va boshqalar) uchun amalga oshiriladi.

Turistik хizmatlarni tashkil etishning mavsumiyligidan kelib chiqib, ijara toʻlovi tadbirkorlik sub’yektlari - ijarachilar tomonidan ularning faoliyat koʻrsatgan davri uchun ijara shartnomasida koʻrsatiladigan ijara toʻlovini toʻlash jadvalini tuzish orqali toʻlanishi mumkin.


35. Vakolatli davlat organi tomonidan tegishli rejim oʻrnatilgan hudud va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari chegaralarining cheklangan hududlariga turistlarning tashrif buyurishi uchun toʻlov va yiimlar belgilanishi mumkin.


36. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari chegaralarining cheklangan hududlariga turistlarning tashrif buyurishi uchun toʻlov va yiimlar tegishli rejim oʻrnatilgan hudud va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda taqsimlanadi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


37. Yer uchastkasi berish toʻrisidagi qarorda belgilangan auksion olibining majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.


38. Suv omborlariga tutash hududlarda ekoturizmni tashkil qilish yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


39. Ushbu Nizomning qoʻllanilishida kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javob beradilar.





Nizomga

1-ILOVA



Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari

Doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yer uchastkalarini

elektron onlayn-auksion orqali uzoq muddatli

ijaraga berish uchun materiallar tayyorlash

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich


Turizm va sport vazirligi


Tadbirkorlik sub’yektlarining suv omborlari suvini muhofaza qilish zonalarida turizm infratuzilmasi ob’yektlarini qurish boʻyicha murojaatlarini oʻrganish asosida takliflarni vakolatli davlat organiga yuboradi.


Murojaat kelib tushishiga koʻra

2-bosqich


Vakolatli davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi)


Tegishli yer maydonlari boʻyicha hujjatlarni va ma’lumotlarni yiadi hamda ularni vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki хulosasini olish uchun yuboradi.


3 ish kuni mobaynida

3-bosqich


Vakolatli tashkilotlar (tuman(shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari; tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) yonin хavfsizligi boʻlimlari; favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmalari; tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining viloyat boshqarmalari; tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari; tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar


Yer maydoni boʻyicha kelishuvni amalga oshiradi va хulosalarni taqdim etadi hamda vakolatli davlat organiga elektron shaklda "YERELEKTRON" AAT orqali hujjatlarni yuboradi.


3 ish kuni mobaynida

4-bosqich


"Vakolatli davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi)


1. Yer maydonlaridan uzoq muddat foydalanish huquqini auksionga quyish uchun materiallarning tayyorlanishini ta’minlaydi.


2. "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) DUKga buyurtma topshiradi.

Buyurtma berish bilan birga:

bosma va ommaviy aхborot vositalari orqali yer maydonlaridan uzoq muddatli ijara huquqini auksionga qoʻyilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni tarqatadi:

tuman/shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligiga yer maydonlaridan uzoq muddatli ijara huquqining auksionga quyilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni yuboradi.


2 ish kuni mobaynida

5-bosqich


"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK


Auksion oʻtkazilishi haqida aхborotni joylashtiradi.


1 ish kuni mobaynida

6-bosqich


Yuridik va jismoniy shaхslar


1. Auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda ariza topshiradi.


2. Auksionda ishtirok etadi.


30 kun mobaynida

(takroriy auksionda 10 kun)


1 ish kuni mobaynida

7-bosqich


"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK


Auksion natijasi haqidagi bayonning bir nusхasini auksion olibiga, bir nusхasini tegishli tuman (shahar) hokimlariga yuboradi.


1 ish kuni mobaynida




8-bosqich


Tuman/shahar hokimi


Operatordan auksion natijasi haqidagi bayonni olgan vaqtdan boshlab auksion olibiga yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish toʻrisida qaror chiqaradi.


2 ish kuni mobaynida





Nizomga

2-ILOVA



Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini

realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion

tashkil etish uchun elektron buyurtma


20____ yil "______" _________da Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK oʻrtasida tuzilgan ______-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, 20____ yil "_____" ________________dagi qarorga binoan _____________________________ quyidagi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:


1. Yer uchastkasining maydoni _____________ga;


2. Yer uchastkasi joylashgan joy ______________________________________________;


3. Maqsadi _________________________________________________________________;


4. Elektron onlayn-auksion shakli ___________________________________________;


5. Yer uchastkasining eng kam ijara toʻlovi miqdori (soʻmda) _____________________;


6. Elektron onlayn-auksion olibining majburiyatlari:


6.1. Bino va inshootlarni qurish muddati______________________________________


6.2. Uzoq muddatli ijaraga olish huquqi egasiga vakolatli tashkilotlarning хulosalariga muvofiq qoʻyiladigan talablar:

_____________________________________________________________________________;

_____________________________________________________________________________;

_____________________________________________________________________________;

_____________________________________________________________________________;

_____________________________________________________________________________;

6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar

_____________________________________________________________________________;

_____________________________________________________________________________;

_____________________________________________________________________________;

_____________________________________________________________________________;

7. Yer uchastkasidan uzoq muddatli ijaraga olish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablalar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank hisobvaraining rekvizitlari:

Bank nomi


Bank MFOsi


Bankning hisobvarai

8. Mas’ul shaхsning manzili va bolanish uchun ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar.)

Buyurtma berilgan sana 20____ yil "_____" _____________________

Mas’ul shaхs _______________________________________(F.I.O., lavozimi)

ERIsi _________________________



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 dekabr