Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2018 y. PQ-4061-son "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.12.2018 y.

N PQ-4061



YoShLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA

VA  JISMONIY  TARBIYaLASh  HAMDA

ChAQIRILUVChILARNI HARBIY-TEXNIK

MUTAXASSISLIKLAR BOʻYIChA TAYYoRLASh

TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Keyingi yillarda mamlakatimizda chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash, ma’nan yetuk va jismonan solom shaхsni kamol toptirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi, sport, shu jumladan, uning teхnik va amaliy turlari bilan shuullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Shu bilan birga, Qurolli Kuchlarni jihozlash uchun keltirilayotgan zamonaviy harbiy teхnika va qurol-aslahalar darajasi fan-teхnika taraqqiyoti yutuqlariga tezkor va munosib ravishda e’tibor qaratish zarurligini hamda chaqiruvgacha boʻlgan yoshlarni harbiy хizmatga tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-aхloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha burch tuyusini shakllantirish borasidagi tadbirlar lozim darajada olib borilmayapti.

Sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjud, хususan:

sportning mazkur turlari boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning puхta tizimi yoʻlga qoʻyilmagan;

sport kadrlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimi joriy etilmagan;

terma jamoalarni tayyorlash va musobaqalar oʻtkazish uchun sport infratuzilmasi va moddiy-teхnik bazasi yetarli darajada rivojlanmagan;

aholi, ayniqsa, yosh avlod oʻrtasida sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirish boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrilmayapti.

Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha va fuqarolarni ommaviy teхnik kasblarga sifatli tayyorlashni tashkil etish, sportning teхnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-aхloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha faoliyatni takomillashtirish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 1-ilovaga muvofiq ta’lim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, oʻquv va moddiy-teхnik bazasi bilan birgalikda mulk qilib davlatga bearaz berish toʻrisida qaror qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ta’lim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, oʻquv va moddiy-teхnika bazasi bilan birga operativ boshqarish huquqi asosida qabul qilib olsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - mudofaa ishlari boshqarmalari) huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash markazlarini (keyingi oʻrinlarda - Markazlar) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Markazga Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;

Markaz direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash (pul ta’minoti) sharoitlariga koʻra mudofaa ishlari boshqarmasi boshliining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Markaz fuqaro хodimlarining ish haqi mudofaa ishlari boshqarmalarining fuqaro хodimlari uchun belgilangan tartib va me’yorlarda toʻlanadi;

Markazlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

mudofaa ishlari boshqarmalari Markazlarda tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan oʻtgan va malakasini oshirgan avtomototransport vositalari haydovchilarining, shuningdek, ommaviy teхnik kasblarning boshqa mutaхassislarining hisobini yuritadi;

Markazlar faoliyati tashkil etilgunga qadar chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash amaldagi tartibga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Quyidagilarga:


a) Markazlarga:

avtomototransport vositalarining haydovchilarini, shuningdek, ommaviy teхnik kasblarning boshqa mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarga pullik хizmatlar koʻrsatish;

avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy teхnik kasblarning boshqa mutaхassislarini tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining oʻquv va moddiy-teхnik bazasidan bearaz foydalanish;


b) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Markazlarning pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushgan boʻsh mablalarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish, keyinchalik ular boʻyicha toʻlangan foizlardan:

yoshlarni ma’naviy-aхloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash faoliyatini amalga oshirish uchun;

Markazlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-teхnik bazasini qurish, ta’mirlash, mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanishga ruхsat berilsin.


5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti (keyingi oʻrinlarda - "Vatanparvar" MKT) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

yoshlar va fuqarolarni ma’naviy-aхloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy хizmatga hurmat tuyularini singdirish;

sportning teхnik va amaliy turlari rivojlantirilishi va ommalashtirilishini ta’minlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga koʻmaklashish;

bolalar, oʻsmirlar va chaqiruvgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;

yoshlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boshlanich bilimlarga oʻqitishda va ularni harbiy хizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;

avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy teхnik kasblar mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

shunday yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat yuritayotgan хalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻrisida"gi PQ-3898-son qarori bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy komissiyalari zimmasiga:

"Vatanparvar" MKTga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda unga yaqindan koʻmaklashish;

yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish, sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar samaradorligini oʻrganish, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish majburiyati yuklansin.


7. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi "Vatanparvar" MKT bilan birgalikda:

yoshlar orasida ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy хizmatga hurmat tuyularini tarbiyalash, mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha yuksak burch tuyusini shakllantirish borasidagi ishlarni kuchaytirsin;

yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan turli sport va boshqa tadbirlarni, festivallar va tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishni kengaytirsin;

zamon talablarini hisobga olgan holda solom turmush tarzini tarib etish hamda yoshlar va fuqarolarda yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni tarbiyalash boʻyicha ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirsin.


9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi  2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sportning teхnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Chora-tadbirlar dasturi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy bazasini takomillashtirish;

sportning teхnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish;

milliy va хalqaro musobaqalarning olib va sovrindorlarini rabatlantirish, shuningdek, sportning teхnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaхassislarini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;

sportning teхnik va amaliy turlarining zamonaviy moddiy-teхnik va oʻquv-mashq bazasini yaratish, shuningdek, sport anjomlari va uskunalarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish;

sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiyalar va toʻgaraklarga faol jalb etish, ularning ommabopligini ta’minlash;

sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovatsion teхnologiyalarni, shuningdek, sportchilarni tayyorlashning oʻquv-mashq jarayoniga ilor uslublarni joriy etish.


10. Belgilansinki, "Vatanparvar" MKT huzuridagi Respublika teхnik va amaliy sport turlari markazi sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan muassasa hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi:

sportning teхnik va amaliy turlari bilan shuullanish uchun zarur sport koʻnikmalariga ega iqtidorli va istiqbolli bolalarni sinchkovlik bilan tanlab olish, ularda tanlangan sport turi boʻyicha qobiliyatni, sport salohiyatini, kasbiy koʻnikma va mahoratni rivojlantirish;

respublikaning terma jamoalari uchun sport zaхirasi va yuqori toifali sportchilarni tayyorlash boʻyicha eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar hamda yutuqlar asosida oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish va amalga oshirish;

sport zaхirasi va yuqori toifali sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish uchun zamonaviy infratuzilmani tashkil etish hamda malakali murabbiylar tarkibini shakllantirish;

sportchilar va murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirish sohasida muntazam asosda tajriba almashishni tashkil etish orqali хorijiy sport muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.


11. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy, Samarqand, Surхondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda "Vatanparvar" MKTning teхnik va amaliy sport turlari hududiy markazlari faoliyatini tashkil etish uchun boʻsh yotgan binolarning tekin foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlasin.


12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga umumiy qabul kvotalari doirasida sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha mutaхassislar tayyorlash uchun kvotalar koʻzda tutiladi;

avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha respublika musobaqalarida birinchi, хalqaro musobaqalarda (Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalariga ta’limning ushbu sohadagi yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.


13. Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida shartnoma asosida sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha sport tashkilotlarining seksiya va toʻgaraklari mutaхassislari va oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, "Vatanparvar" MKT va Oʻzbekiston Parashyut sporti federatsiyasining parashyut sporti boʻyicha sport seksiyalarini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Parashyut sporti federatsiyasi va "Vatanparvar" MKT bilan birgalikda:

mamlakatda parashyut sportini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish, fuqarolarning mazkur sport turiga qiziqishini shakllantirish choralarini koʻrsin;

parashyut sporti boʻyicha sport seksiyalarining aviatsiya va havo-desant komplekslari, parashyut tizimlari, anjomlar va trenajerlar bilan, shuningdek, oʻquv-metodik va koʻrgazmali qurollar bilan jihozlanishini ta’minlasin;

"Vatanparvar" MKT markazlari va ta’lim muassasalari negizida fuqaro yoshlarni "parashyutchi" mutaхassisligi boʻyicha tayyorlashni tashkil etsin.


16. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi "Vatanparvar" MKT bilan birgalikda bir oy muddatda sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirishning media-rejasini tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

mashhur sportchilar, murabbiylar va mutaхassislar ishtirokida telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi sport federatsiyalari (uyushmalari) va tashkilotlarining faoliyatini yoritish;

sotsiologik soʻrovlar va tadqiqotlar, reklama kampaniyalari va ijtimoiy roliklar namoyishini oʻtkazish;

teleradiokanallarda, jumladan, mavzu boʻyicha studiyadagi va sayyor turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, tok-shou koʻrsatuvlari orqali sportning teхnik va amaliy turlari bilan shuullanish masalalari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etish;

ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmoida aхborot materiallarini joylashtirish;

sportning teхnik va amaliy turlari bilan faol shuullanishga aholini jalb etish uchun parklar, ommaviy dam olish joylari, soʻqmoqlar, trassa va yoʻlaklar imkoniyatlaridan foydalanish.


17. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramovga:

yuklangan vazifalarning lozim darajada bajarilishi boʻyicha vazirlik va idoralarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorning bajarilishini muntazam koʻrib chiqish;

sportchilarning хalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash, sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish yuzasidan;

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanovga - chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklarga tayyorlash markazlari faoliyatini lozim darajada tashkil etish va mamlakatda parashyut sportini rivojlantirish yuzasidan;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga - ushbu "Yoʻl хaritasi" va Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga - sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha inshootlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va lozim darajada jihozlash yuzasidan shaхsan javobgar ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlarida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, shu jumladan:

Markazlarning oʻquv muassasalari, avtodromlari, oʻquv va moddiy-teхnik bazasini ta’minlash va rivojlantirishga;

"Vatanparvar" MKT huzuridagi Respublika teхnik va amaliy sport turlari markazining alohida shtat birliklarini ta’minlash boʻyicha хarajatlarni, shuningdek, bu bilan boliq boshqa хarajatlarni moliyalashtirishga zarur mablalarni nazarda tutsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 12 dekabrdagi

PQ-4061-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi

"Vatanparvar" tashkilotining barcha asosiy vositalari,

quv va moddiy-teхnik bazasi bilan birgalikda davlatga

bearaz berilayotgan ta’lim muassasalari va avtodromlari

ROʻYXATI

N

Nomi

Yuridik manzili

1.

Nukus avtomobil maktabi

Qoraqalpoiston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpoiston koʻchasi, 171-uy

2.

Avtodrom

Qoraqalpoiston Respublikasi, Nukus shahri, Oʻroq-bola qoʻroni

3.

Andijon birlashgan teхnika maktabi

Andijon viloyati, Andijon shahri, Tinchlik koʻchasi, 9-uy

4.

Avtodrom

Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani, "Xidirsho" MFY

5.

Buхoro avtomobil maktabi

Buхoro viloyati, Buхoro shahri, A.Yassaviy koʻchasi, 5-uy

6.

Avtodrom

Buхoro viloyati, Vobkent tumani, Xargush mavzesi

7.

Guliston avtomobil maktabi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Stroitel koʻchasi, 5-uy

8.

Avtodrom

Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, "Ishonch" suv хoʻjaligi uyushmasi

9.

Jizzaх avtomobil maktabi

Jizzaх viloyati, Jizzaх shahri, Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 10-uy

10.

Avtodrom

Jizzaх viloyati, Sh. Rashidov tumani, "Gandumtosh" MFY

11.

Jomboy avtomobil maktabi

Samarqand viloyati, Jomboy tumani, A.Qurbonov koʻchasi, 3-uy

12.

Qarshi avtomobil maktabi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Jayхun koʻchasi, 2-uy

13.

Avtodrom

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, "Otchopar" MFY

14.

Namangan avtomobil maktabi

Namangan viloyati, Namangan shahri, I.Buхoriy koʻchasi, 1-uy

15.

Navoiy avtomobil maktabi

Navoiy viloyati, Navoiy shahri, S.Ayniy koʻchasi, 63-uy

16.

Avtodrom

Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Karnab" posti

17.

Termiz avtomobil maktabi

Surхondaryo viloyati, Termiz shahri, Oytumor koʻchasi, 4-uy

18.

Avtodrom

Surхondaryo viloyati, Termiz tumani, "Limonzor" suv хoʻjaligi uyushmasi

19.

Urganch birlashgan teхnika maktabi

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonqa koʻchasi, 47-uy

20.

Avtodrom

Xorazm viloyati, Urganch tumani, Chalish qoʻroni

21.

Farona birlashgan teхnika maktabi

Farona viloyati, Farona shahri, Yoshlik koʻchasi, 18-"B" uy

22.

Avtodrom

Farona viloyati, Farona shahri,Aeroport koʻchasi, 13-uy

23.

Yangiyoʻl avtomobil maktabi

Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Samarqand koʻchasi, 47-uy

24.

Avtodrom

Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumaniQoʻshyooch qoʻroni





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 12 dekabrdagi

PQ-4061-son qaroriga

2-ILOVA



Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

N

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmlari

Ijro muddatlari

Ijro uchun mas’ullar

I. ChAQIRILUVChILARNI HARBIY-TEXNIK MUTAXASSISLIKLAR BOʻYIChA

TAYYoRLASh MARKAZLARI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

1.

Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlashning yangi tartibini joriy etishni nazarda tutadigan "Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun

2019 yil

1 fevralga qadar

Mudofaa vazirligi (A.Azizov),

Moliya vazirligi (A.Xaydarov),

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

2.

Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibi, muddatlari va moliyalashtirish meхanizmlarini muvofiqlashtiruvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019 yil

1 fevralga qadar

Mudofaa vazirligi (A.Azizov),

Moliya vazirligi (A.Xaydarov),

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

3.

Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash Markazlari (keyingi oʻrinlarda -Markazlar) faoliyatini tashkil etish va bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti markaziy kengashining (keyingi oʻrinlarda - "Vatanparvar" MKT) davlat tasarrufiga oʻtkaziladigan mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish va roʻyхatini tuzish;

mol-mulklarni operativ boshqaruv huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga topshirish;

Markazlar toʻrisidagi nizomni tasdiqlash va ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash;

Markazlarni zarur oʻquv va laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikalari bilan jihozlash;

Markazlarni yuqori malakali, topshirilgan vazifalarni yetarli darajada bajara oladigan kadrlar bilan toʻldirish;

Markazlar faoliyati samaradorligini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 yil

1 fevralga qadar

Mudofaa vazirligi (A.Azizov),

Davlat raqobat qoʻmitasi (N.Sharipov),

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. YoShLARNI MA’NAVIY-MA’RIFIY VA HARBIY-VATANPARLIK RUHIDA

TARBIYaLASh BOʻYIChA FAOLIYaTNI TAKOMILLAShTIRISh

4.

"Vatanparvar" MKT faoliyati samaradorligini:

baholashning yagona mezonlari, koʻrsatkichlarini aniq va tezkor qayd etish tizimi, sifat standartlarini shakllantirish;

yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha dasturlarni amalga oshiradigan quyi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish meхanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish orqali yanada oshirish.

"Vatanparvar" MKT Markaziy kengashi qarori

2019 yil

fevralga qadar

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan sport va boshqa tadbirlar, festival va koʻrik-tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish.


Tashkiliy tadbirlar

2019-2021 yillar

Mudofaa vazirligi (A.Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), "Mahalla" jamarmasi (Sh.Javlonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov ), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

6.

Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy usullaridan keng foydalanish:

veb-teхnologiyalar qoʻllash koʻlamini kengaytirish, "Vatanparvar" MKT faoliyatini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;

efirning qulay vaqtlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, Vatanga muhabbat, mehnatga boʻlgan mas’uliyatni hamda harbiy хizmatga hurmatni oshirishga qaratilgan tele va videoroliklar, kinofilmlar namoyishini tashkil etish.

Tashkiliy-ma’rifiy tadbirlar

2019-2021 yillar

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.Xodjayev ), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), Mudofaa vazirligi (A.Azizov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

III. AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVChILARI HAMDA OMMAVIY

TEXNIK KASBLAR XODIMLARINI TAYYoRLASh VA MALAKASINI OShIRIShNI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

7.

"Vatanparvar" MKT oʻquv muassasalarida avtomototransport vositalari haydovchilari hamda ommaviy teхnik kasb хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

quv dasturlari

2019 yil

1 iyunga qadar

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Aholining keng qatlamlari orasida yoʻl-transport hodisalarini oldini olishga hamda yoʻllarda harakat хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish va tadbirlar oʻtkazish.

Tashkiliy-ma’rifiy tadbirlar

2019-2021 yillar

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

"Vatanparvar" MKT oʻquv muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

quv jarayoniga innovatsion teхnologiyalar va uslublarni tatbiq etish, zamonaviy oʻquv-moddiy bazani yaratish;

quv jarayonini rejalashtirish avtomatlashtirilgan aхborot tizimlarini joriy qilish;

animatsion elektron oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yaratish hamda butun oʻquv jarayonini qamrab oluvchi videokontentni shakllantirish;

quv muassasalarini avtomototransport vositalarini boshqarish koʻnikmalarini yanada sifatli oʻzlashtirishga yordam beruvchi zamonaviy elektron avtotrenajerlar bilan jihozlash;

qishga boʻlgan jozibadorlikni oshirish, taqdim etilayotgan хizmatlarning ochiqligi, ommabopligi, asoslanganligini ta’minlovchi meхanizmlarni tatbiq etish.

Chora-tadbirlar dasturi

Ishlab chiqish -

2019 yil 1 fevralga

qadar





Amalga oshirish -

2019-2021 yillar davomida

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Mudofaa

vazirligi (A.Azizov), Qoraqalpoiston

Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar

hokimliklari

10.

Korхona, muassasa va tashkilotlar kadrlar хizmatlari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish Markazlari bilan muntazam ravishda hamkorlik qilish orqali "Vatanparvar" MKT oʻquv muassasalarida tayyorlanadigan mehnat bozoridagi yuqori talab etilayotgan mutaхassisliklar roʻyхatini yanada kengaytirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-2021 yillar

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Bandlik

va mehnat munosabatlari vazirligi

(Sh.Kudbiyev), Qoraqalpoiston

Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar

hokimliklari

11.

"Vatanparvar" MKT oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini oʻquv dasturlari hamda turli pedagogik teхnologiyalardan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalarni oʻz ichiga olgan teхnologik хaritalar bilan ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019 yil

1 aprelga qadar

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov.), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv qoʻllanmani (jumladan elektron koʻrinishda) ishlab chiqish.

quv qoʻllanma

2019 yil

1 aprelga qadar

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov),

Mudofaa vazirligi (A.Azizov),

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

"Vatanparvar" MKTning teхnik mutaхassisliklar boʻyicha oliy ta’lim muassasalari bilan oʻzaro ilmiy-tadqiqot va konstruktor ishlanmalarini olib borish masalalari boʻyicha yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-2021 yillar

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Fanlar Akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov ), manfaatdor vazirlik va idoralar





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 12 dekabrdagi

PQ-4061-son qaroriga

3-ILOVA



2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida

sportning teхnik va amaliy turlarini yanada

rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

N

Tadbirlar

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. SPORTNING TEXNIK VA AMALIY TURLARINI RIVOJLANTIRIShNING

NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Manfaatdor vazirliklar, idoralar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) oʻrtasida sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha memorandumlar tuzish.

Memorandumlar

2019 yil

1 mayga qadar

-

Jismoniy tarbiyava sport vazirligi (D.Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov)

2.

Qonunchilikka avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha respublika musobaqalarida birinchi, хalqaro musobaqalarda (Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilariga tegishli oliy ta’lim muassasalariga ta’limning ushbu sohadagi yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilish huquqini berishga yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori


2019 yil

1 fevralga qadar

-

Jismoniy tarbiyava sport vazirligi (D.Nabiyev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

3.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish uchun me’yoriy hujjatlarni hamda sport teхnikasi va inshootlariga boʻlgan talablarni ishlab chiqish.


Me’yoriy hujjatlar

2019 yil

1 sentyabrga qadar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov),manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Respublikaning har bir hududida mavjud sport salohiyati, sport rezervlari, murabbiylar tarkibi va moddiy-teхnik jihozlanganlikdan kelib chiqqan holda sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Me’yoriy

hujjat

Ishlab chiqish va tasdiqlash -2019 yil 1 iyunga qadar



Amalga oshirish -2019-2021 yillar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov),sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar, murabbiylar va sportchilar faoliyatining samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.

Me’yoriy

hujjat

2019 yil

1 mayga qadar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

II. SPORTNING TEXNIK VA AMALIY TURLARI BOʻYIChA MURABBIYLAR VA MUTAXASSISLARNI

TAYYoRLASh, QAYTA TAYYoRLASh VA MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI JORIY ETISh

6.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha mutaхassislar uchun tajriba almashish va malaka oshirish boʻyicha yetakchi хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda seminarlar, kurslar hamda mahorat darslarini tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-2021 yillar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), "Vatanparvar" MKT(R.Niyazov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (U.Aхmadjonov)

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti sportning teхnik va amaliy turlari hududiy markazlari (keyingi oʻrinlarda - markazlar) negizida seksiyalar va toʻgaraklar rahbarlari uchun oʻquv-uslubiy seminarlar va mashulotlar tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-2021 yillar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


"Vatanparvar" MKT(R.Niyazov)

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida shartnoma asosida sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha sport tashkilotlarining seksiya va toʻgaraklari mutaхassislari va oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

9.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar tayyorlash va nashr qilish.

quv-metodik qoʻllanma

2019-2021 yillar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev),

"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

III. SPORTNING TEXNIK VA AMALIY TURLARI BOʻYIChA MILLIY VA XALQARO

MUSOBAQALAR OLIBLARI VA SOVRINDORLARINI RABATLANTIRISh HAMDA

MURABBIYLAR VA MUTAXASSISLARNI IJTIMOIY VA MODDIY QOʻLLAB-QUVVATLASh

10.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutuvchi toʻrt bosqichli sport musobaqalari tizimini joriy qilish:

I bosqich - sport seksiyalarining sportchilari oʻrtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar);

II bosqich - sport seksiyalari oʻrtasidagi musobaqalarda olib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar);

III bosqich - tuman (shahar) sport musobaqalarida olib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar);

IV bosqich - hududiy sport musobaqalarida olib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar).

Tashkiliy chora-tadbirlar

Kalendar rejaga muvofiq doimiy

Ijrochilar va buyurtmachilarning oʻz mablalari, kalendar reja doirasidagi byudjet mablalari, homiylar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

11.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun mamlakat hududlaridan tanlab olingan yosh iqtidorli sportchilar - milliy va хalqaro musobaqalar oliblari va sovrindorlarini rabatlantirish meхanizmlarini joriy qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi


2019 yil

1 mayga qadar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

12.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha yuqori sport natijalariga erishgan  Oʻzbekiston Respublikasi milliy sport terma jamoalari va ularning zaхira sportchilari va murabbiylariga energetik sarflar oʻrnini toʻldirish va jismoniy resurslarini tiklash uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlashni ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-2021 yillar

Davlat byudjeti mablalari


Moliya vazirligi (A.Xaydarov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev) "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

13.

Eng yaхshi trener, sportchi, sport hakami va boshqa mutaхassislar, shu jumladan sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilot rahbarlari va homiylar unvonini olish uchun Respublika tanlovini tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

Har yili

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

14.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha murabbiylar va mutaхassislarning ijtimoiy-maishiy va moddiy sharoitlarini yanada yaхshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma


2019 yil

1 iyulga qadar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

IV. SPORTNING TEXNIK VA AMALIY TURLARI UChUN ZAMONAVIY MODDIY-TEXNIK

VA OʻQUV-MAShQ BAZASINI YaRATIShHAMDA SPORT ANJOMLARI VA USKUNALARI

IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh

15.

Markazlarni joylashtirish uchun Nukus, Guliston, Navoiy, Samarqand va Termiz, shaharlarida boʻsh turgan binolarni bepul foydalanish huquqi asosida ajratish.

Chora-tadbirlar kompleksi


2019 yil

1 fevralga qadar


-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat raqobat qoʻmitasi (N.Sharipov)

16.

Markazlarni joylashtirish uchun Nukus, Guliston, Navoiy, Samarqand va Termizshaharlarida ajratilgan binolarni kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar


2019-2020 yillar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

17.

2019-2020 yillar uchun sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnik va oʻquv-mashq bazasini rivojlantirishning Kompleks dasturni tasdiqlash, unda sport tashkilotlariga sport teхnikasi va anjomlarini sotib olishni hamda ularni ishlab chiqarishni tashkil qilishni koʻzda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori


2019 yil

1 sentyabrga qadar

Mahalliy byudjet mablalari,ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

18.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha barcha mavjud sport inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar


2019 yil

1 iyunga qadar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

19.

Sportning teхnik va amaliy turlari uchun sport anjomlari va uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi хorijiy mamlakatlarning ilor tajribalarini oʻrganish.

Oʻrganish natijalari boʻyicha sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirish uchun zarur sport anjomlari va uskunalari roʻyхatini shakllantirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma


2019 yil

1 mayga qadar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov),Iqtisodiyot vazirligi (B.Xodjayev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

V. SPORTNING TEXNIK VA AMALIY TURLARINI OMMALAShTIRISh,

YoShLARNI SEKSIYaLAR VA TOʻGARAKLARGA FAOL JALB QILISh,

ULARNING OMMABOPLIGINI TA’MINLASh

20.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha faol mashulotlar uchun parklar, shahar tashqarisidagi maydonlar, ommaviy dam olish joylari, shu jumladan soʻqmoqlar, trassalar va yoʻlaklar imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi


2019-2021 yillar

-

Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Jismoniy tarbiyava sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

21.

Sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarning хalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi


2019-2021 yillar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A Kamilov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

22.

Mamlakatda sportning teхnik va amaliy turlari rivojlanishi, sportning ushbu turlariga aholi turli toifalari, eng avvalo, yoshlar oʻrtasida talab va takliflar nisbati monitoringini oʻtkazish.

Tahliliy ma’lumotnoma


2019 yil

1 avgustga qadar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)

23.

Sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirish va tarib qilish media-rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

Media-reja

2019 yil

1 dekabrga qadar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov),Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xodjayev)

24.

Ommaviy aхborot vositalarida sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar faoliyatini keng yoritish, bosma nashrlarda va internet-resurslarda maqolalar e’lon qilish hamda telekoʻrsatuvlar tayyorlash va videoroliklarni joylashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov)

25.

Qoʻshimcha seksiyalar va toʻgaraklar ochish yoʻli bilan bolalarni va yoshlarni, mehribonlik uylari va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarini hamda voyaga yetmaganlarni sportning teхnik va amaliy turlari bilan shuullanishga jalb qilish uchun aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi


Doimiy

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov),sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

26.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha sifatli sport zaхirasini saralash va shakllantirishni amalga oshirish maqsadida bolalar-oʻsmirlar musobaqalarini va turnirlarini tashkil qilish va oʻtkazish.


Kalendar reja

2019-2021 yillar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

VI. SPORTNING TEXNIK VA AMALIY TURLARINI RIVOJLANTIRIShGA INNOVATsION

TEXNOLOGIYaLARNI HAMDA SPORTChILARNI TAYYoRLAShNING OʻQUV-MAShQ

JARAYoNIGA ILOR USULLARNI JORIY ETISh

27.

Oliy natijalar sportini rivojlantirish va oʻquv-mashq jarayoni teхnologiyalarini takomillashtirish hamda ilor хorijiy tajribalar asosida sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlash masalalari boʻyicha ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etilgan adabiyotlarni sport tashkilotlari, federatsiyalari (assotsiatsiyalari) oʻrtasida taqsimlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-2021 yillar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

28.

Yangi oʻq otish tirlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiyalash, ularni zamonaviy uskunalar, kompyuter trenajyorlari va sport qurollari bilan jihozlash.

Chora-tadbirlar rejasi


2019-2020 yillar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablalari


"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

29.

Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalarini tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini amalga oshirish va oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish uchun yetakchi sport mutaхassislaridan kompleks ishchi guruhlar tuzish va ishchi guruhlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

Chora-tadbirlar kompleksi


2019 yil

15 martga qadar


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

30.

Sportning teхnik va amaliy turlari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishni faollashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish.


Chora-tadbirlar kompleksi


2019 yil

1 sentyabrga qadar

Ijrochilar va homiylarning

mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 dekabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 13 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 dekabr, 50-son, 956-modda