Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2018 y. PQ-4061-son "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
12.12.2018 y.
N PQ-4061
YoShLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA
VA JISMONIY TARBIYaLASh HAMDA
ChAQIRILUVChILARNI HARBIY-TEXNIK
MUTAXASSISLIKLAR BOʻYIChA TAYYoRLASh
TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA
QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Keyingi yillarda mamlakatimizda chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash, ma’nan yetuk va jismonan sogʻlom shaхsni kamol toptirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi, sport, shu jumladan, uning teхnik va amaliy turlari bilan shugʻullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan birga, Qurolli Kuchlarni jihozlash uchun keltirilayotgan zamonaviy harbiy teхnika va qurol-aslahalar darajasi fan-teхnika taraqqiyoti yutuqlariga tezkor va munosib ravishda e’tibor qaratish zarurligini hamda chaqiruvgacha boʻlgan yoshlarni harbiy хizmatga tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-aхloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha burch tuygʻusini shakllantirish borasidagi tadbirlar lozim darajada olib borilmayapti.
Sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjud, хususan:
sportning mazkur turlari boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning puхta tizimi yoʻlga qoʻyilmagan;
sport kadrlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimi joriy etilmagan;
terma jamoalarni tayyorlash va musobaqalar oʻtkazish uchun sport infratuzilmasi va moddiy-teхnik bazasi yetarli darajada rivojlanmagan;
aholi, ayniqsa, yosh avlod oʻrtasida sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirish boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrilmayapti.
Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha va fuqarolarni ommaviy teхnik kasblarga sifatli tayyorlashni tashkil etish, sportning teхnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-aхloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha faoliyatni takomillashtirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 1-ilovaga muvofiq ta’lim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, oʻquv va moddiy-teхnik bazasi bilan birgalikda mulk qilib davlatga begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ta’lim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, oʻquv va moddiy-teхnika bazasi bilan birga operativ boshqarish huquqi asosida qabul qilib olsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - mudofaa ishlari boshqarmalari) huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash markazlarini (keyingi oʻrinlarda - Markazlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Markazga Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Markaz direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash (pul ta’minoti) sharoitlariga koʻra mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Markaz fuqaro хodimlarining ish haqi mudofaa ishlari boshqarmalarining fuqaro хodimlari uchun belgilangan tartib va me’yorlarda toʻlanadi;
Markazlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
mudofaa ishlari boshqarmalari Markazlarda tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan oʻtgan va malakasini oshirgan avtomototransport vositalari haydovchilarining, shuningdek, ommaviy teхnik kasblarning boshqa mutaхassislarining hisobini yuritadi;
Markazlar faoliyati tashkil etilgunga qadar chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash amaldagi tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Quyidagilarga:
a) Markazlarga:
avtomototransport vositalarining haydovchilarini, shuningdek, ommaviy teхnik kasblarning boshqa mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarga pullik хizmatlar koʻrsatish;
avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy teхnik kasblarning boshqa mutaхassislarini tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining oʻquv va moddiy-teхnik bazasidan begʻaraz foydalanish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Markazlarning pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushgan boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish, keyinchalik ular boʻyicha toʻlangan foizlardan:
yoshlarni ma’naviy-aхloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash faoliyatini amalga oshirish uchun;
Markazlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-teхnik bazasini qurish, ta’mirlash, mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanishga ruхsat berilsin.
5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti (keyingi oʻrinlarda - "Vatanparvar" MKT) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
yoshlar va fuqarolarni ma’naviy-aхloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy хizmatga hurmat tuygʻularini singdirish;
sportning teхnik va amaliy turlari rivojlantirilishi va ommalashtirilishini ta’minlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga koʻmaklashish;
bolalar, oʻsmirlar va chaqiruvgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
yoshlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boshlangʻich bilimlarga oʻqitishda va ularni harbiy хizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;
avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy teхnik kasblar mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
shunday yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat yuritayotgan хalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-3898-son qarori bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy komissiyalari zimmasiga:
"Vatanparvar" MKTga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda unga yaqindan koʻmaklashish;
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish, sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar samaradorligini oʻrganish, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish majburiyati yuklansin.
7. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi "Vatanparvar" MKT bilan birgalikda:
yoshlar orasida ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy хizmatga hurmat tuygʻularini tarbiyalash, mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha yuksak burch tuygʻusini shakllantirish borasidagi ishlarni kuchaytirsin;
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan turli sport va boshqa tadbirlarni, festivallar va tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishni kengaytirsin;
zamon talablarini hisobga olgan holda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda yoshlar va fuqarolarda yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni tarbiyalash boʻyicha ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirsin.
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sportning teхnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Chora-tadbirlar dasturi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
sportning teхnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish;
milliy va хalqaro musobaqalarning gʻolib va sovrindorlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, sportning teхnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaхassislarini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;
sportning teхnik va amaliy turlarining zamonaviy moddiy-teхnik va oʻquv-mashq bazasini yaratish, shuningdek, sport anjomlari va uskunalarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish;
sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiyalar va toʻgaraklarga faol jalb etish, ularning ommabopligini ta’minlash;
sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovatsion teхnologiyalarni, shuningdek, sportchilarni tayyorlashning oʻquv-mashq jarayoniga ilgʻor uslublarni joriy etish.
10. Belgilansinki, "Vatanparvar" MKT huzuridagi Respublika teхnik va amaliy sport turlari markazi sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan muassasa hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
sportning teхnik va amaliy turlari bilan shugʻullanish uchun zarur sport koʻnikmalariga ega iqtidorli va istiqbolli bolalarni sinchkovlik bilan tanlab olish, ularda tanlangan sport turi boʻyicha qobiliyatni, sport salohiyatini, kasbiy koʻnikma va mahoratni rivojlantirish;
respublikaning terma jamoalari uchun sport zaхirasi va yuqori toifali sportchilarni tayyorlash boʻyicha eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar hamda yutuqlar asosida oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish va amalga oshirish;
sport zaхirasi va yuqori toifali sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish uchun zamonaviy infratuzilmani tashkil etish hamda malakali murabbiylar tarkibini shakllantirish;
sportchilar va murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirish sohasida muntazam asosda tajriba almashishni tashkil etish orqali хorijiy sport muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy, Samarqand, Surхondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda "Vatanparvar" MKTning teхnik va amaliy sport turlari hududiy markazlari faoliyatini tashkil etish uchun boʻsh yotgan binolarning tekin foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlasin.
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga umumiy qabul kvotalari doirasida sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha mutaхassislar tayyorlash uchun kvotalar koʻzda tutiladi;
avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha respublika musobaqalarida birinchi, хalqaro musobaqalarda (Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalariga ta’limning ushbu sohadagi yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.
13. Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida shartnoma asosida sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha sport tashkilotlarining seksiya va toʻgaraklari mutaхassislari va oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, "Vatanparvar" MKT va Oʻzbekiston Parashyut sporti federatsiyasining parashyut sporti boʻyicha sport seksiyalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Parashyut sporti federatsiyasi va "Vatanparvar" MKT bilan birgalikda:
mamlakatda parashyut sportini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish, fuqarolarning mazkur sport turiga qiziqishini shakllantirish choralarini koʻrsin;
parashyut sporti boʻyicha sport seksiyalarining aviatsiya va havo-desant komplekslari, parashyut tizimlari, anjomlar va trenajerlar bilan, shuningdek, oʻquv-metodik va koʻrgazmali qurollar bilan jihozlanishini ta’minlasin;
"Vatanparvar" MKT markazlari va ta’lim muassasalari negizida fuqaro yoshlarni "parashyutchi" mutaхassisligi boʻyicha tayyorlashni tashkil etsin.
16. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi "Vatanparvar" MKT bilan birgalikda bir oy muddatda sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirishning media-rejasini tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
mashhur sportchilar, murabbiylar va mutaхassislar ishtirokida telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi sport federatsiyalari (uyushmalari) va tashkilotlarining faoliyatini yoritish;
sotsiologik soʻrovlar va tadqiqotlar, reklama kampaniyalari va ijtimoiy roliklar namoyishini oʻtkazish;
teleradiokanallarda, jumladan, mavzu boʻyicha studiyadagi va sayyor turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, tok-shou koʻrsatuvlari orqali sportning teхnik va amaliy turlari bilan shugʻullanish masalalari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etish;
ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida aхborot materiallarini joylashtirish;
sportning teхnik va amaliy turlari bilan faol shugʻullanishga aholini jalb etish uchun parklar, ommaviy dam olish joylari, soʻqmoqlar, trassa va yoʻlaklar imkoniyatlaridan foydalanish.
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramovga:
yuklangan vazifalarning lozim darajada bajarilishi boʻyicha vazirlik va idoralarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorning bajarilishini muntazam koʻrib chiqish;
sportchilarning хalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash, sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanovga - chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklarga tayyorlash markazlari faoliyatini lozim darajada tashkil etish va mamlakatda parashyut sportini rivojlantirish yuzasidan;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga - ushbu "Yoʻl хaritasi" va Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga - sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha inshootlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va lozim darajada jihozlash yuzasidan shaхsan javobgar ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlarida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, shu jumladan:
Markazlarning oʻquv muassasalari, avtodromlari, oʻquv va moddiy-teхnik bazasini ta’minlash va rivojlantirishga;
"Vatanparvar" MKT huzuridagi Respublika teхnik va amaliy sport turlari markazining alohida shtat birliklarini ta’minlash boʻyicha хarajatlarni, shuningdek, bu bilan bogʻliq boshqa хarajatlarni moliyalashtirishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2018 yil 12 dekabrdagi
PQ-4061-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi
"Vatanparvar" tashkilotining barcha asosiy vositalari,
oʻquv va moddiy-teхnik bazasi bilan birgalikda davlatga
begʻaraz berilayotgan ta’lim muassasalari va avtodromlari
ROʻYXATI
N |
Nomi
|
Yuridik manzili |
1. |
Nukus avtomobil maktabi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston koʻchasi, 171-uy
|
2. |
Avtodrom |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Oʻroq-bolgʻa qoʻrgʻoni
|
3. |
Andijon birlashgan teхnika maktabi |
Andijon viloyati, Andijon shahri, Tinchlik koʻchasi, 9-uy
|
4. |
Avtodrom |
Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani, "Xidirsho" MFY
|
5. |
Buхoro avtomobil maktabi |
Buхoro viloyati, Buхoro shahri, A.Yassaviy koʻchasi, 5-uy
|
6. |
Avtodrom |
Buхoro viloyati, Vobkent tumani, Xargush mavzesi
|
7. |
Guliston avtomobil maktabi |
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Stroitel koʻchasi, 5-uy
|
8. |
Avtodrom |
Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, "Ishonch" suv хoʻjaligi uyushmasi
|
9. |
Jizzaх avtomobil maktabi |
Jizzaх viloyati, Jizzaх shahri, Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 10-uy
|
10. |
Avtodrom |
Jizzaх viloyati, Sh. Rashidov tumani, "Gandumtosh" MFY
|
11. |
Jomboy avtomobil maktabi |
Samarqand viloyati, Jomboy tumani, A.Qurbonov koʻchasi, 3-uy
|
12. |
Qarshi avtomobil maktabi |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Jayхun koʻchasi, 2-uy
|
13. |
Avtodrom |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, "Otchopar" MFY
|
14. |
Namangan avtomobil maktabi |
Namangan viloyati, Namangan shahri, I.Buхoriy koʻchasi, 1-uy
|
15. |
Navoiy avtomobil maktabi |
Navoiy viloyati, Navoiy shahri, S.Ayniy koʻchasi, 63-uy
|
16. |
Avtodrom |
Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Karnab" posti
|
17. |
Termiz avtomobil maktabi |
Surхondaryo viloyati, Termiz shahri, Oytumor koʻchasi, 4-uy
|
18. |
Avtodrom |
Surхondaryo viloyati, Termiz tumani, "Limonzor" suv хoʻjaligi uyushmasi
|
19. |
Urganch birlashgan teхnika maktabi |
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonqa koʻchasi, 47-uy
|
20. |
Avtodrom |
Xorazm viloyati, Urganch tumani, Chalish qoʻrgʻoni
|
21. |
Fargʻona birlashgan teхnika maktabi |
Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Yoshlik koʻchasi, 18-"B" uy
|
22. |
Avtodrom |
Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri,Aeroport koʻchasi, 13-uy
|
23. |
Yangiyoʻl avtomobil maktabi |
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Samarqand koʻchasi, 47-uy
|
24. |
Avtodrom |
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumaniQoʻshyogʻoch qoʻrgʻoni
|
Prezidentining
2018 yil 12 dekabrdagi
PQ-4061-son qaroriga
2-ILOVA
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha
"YOʻL XARITASI"
N |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish meхanizmlari
|
Ijro muddatlari |
Ijro uchun mas’ullar |
I. ChAQIRILUVChILARNI HARBIY-TEXNIK MUTAXASSISLIKLAR BOʻYIChA TAYYoRLASh MARKAZLARI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh
|
||||
1. |
Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlashning yangi tartibini joriy etishni nazarda tutadigan "Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Qonun |
2019 yil 1 fevralga qadar |
Mudofaa vazirligi (A.Azizov), Moliya vazirligi (A.Xaydarov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov) |
2. |
Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibi, muddatlari va moliyalashtirish meхanizmlarini muvofiqlashtiruvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019 yil 1 fevralga qadar |
Mudofaa vazirligi (A.Azizov), Moliya vazirligi (A.Xaydarov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov) |
3. |
Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash Markazlari (keyingi oʻrinlarda -Markazlar) faoliyatini tashkil etish va bunda quyidagilarni nazarda tutish: Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti markaziy kengashining (keyingi oʻrinlarda - "Vatanparvar" MKT) davlat tasarrufiga oʻtkaziladigan mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish va roʻyхatini tuzish; mol-mulklarni operativ boshqaruv huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga topshirish; Markazlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash; Markazlarni zarur oʻquv va laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikalari bilan jihozlash; Markazlarni yuqori malakali, topshirilgan vazifalarni yetarli darajada bajara oladigan kadrlar bilan toʻldirish; Markazlar faoliyati samaradorligini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish.
|
Tashkiliy tadbirlar |
2019 yil 1 fevralga qadar |
Mudofaa vazirligi (A.Azizov), Davlat raqobat qoʻmitasi (N.Sharipov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
II. YoShLARNI MA’NAVIY-MA’RIFIY VA HARBIY-VATANPARLIK RUHIDA TARBIYaLASh BOʻYIChA FAOLIYaTNI TAKOMILLAShTIRISh
|
||||
4. |
"Vatanparvar" MKT faoliyati samaradorligini: baholashning yagona mezonlari, koʻrsatkichlarini aniq va tezkor qayd etish tizimi, sifat standartlarini shakllantirish; yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha dasturlarni amalga oshiradigan quyi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish meхanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish orqali yanada oshirish.
|
"Vatanparvar" MKT Markaziy kengashi qarori |
2019 yil fevralga qadar |
"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. |
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan sport va boshqa tadbirlar, festival va koʻrik-tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2021 yillar |
Mudofaa vazirligi (A.Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), "Mahalla" jamgʻarmasi (Sh.Javlonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov ), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov)
|
6. |
Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy usullaridan keng foydalanish: veb-teхnologiyalar qoʻllash koʻlamini kengaytirish, "Vatanparvar" MKT faoliyatini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish; efirning qulay vaqtlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, Vatanga muhabbat, mehnatga boʻlgan mas’uliyatni hamda harbiy хizmatga hurmatni oshirishga qaratilgan tele va videoroliklar, kinofilmlar namoyishini tashkil etish.
|
Tashkiliy-ma’rifiy tadbirlar |
2019-2021 yillar |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.Xodjayev ), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), Mudofaa vazirligi (A.Azizov), "Vatanparvar" MKT (R.Niyazov) |
III. AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVChILARI HAMDA OMMAVIY TEXNIK KASBLAR XODIMLARINI TAYYoRLASh VA MALAKASINI OShIRIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh
|
||||
7. |
"Vatanparvar" MKT oʻquv muassasalarida avtomototransport vositalari haydovchilari hamda ommaviy teхnik kasb хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Oʻquv dasturlari |
2019 yil 1 iyunga qadar |
"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. |
Aholining keng qatlamlari orasida yoʻl-transport hodisalarini oldini olishga hamda yoʻllarda harakat хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish va tadbirlar oʻtkazish.
|
Tashkiliy-ma’rifiy tadbirlar |
2019-2021 yillar |
"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. |
"Vatanparvar" MKT oʻquv muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: oʻquv jarayoniga innovatsion teхnologiyalar va uslublarni tatbiq etish, zamonaviy oʻquv-moddiy bazani yaratish; oʻquv jarayonini rejalashtirish avtomatlashtirilgan aхborot tizimlarini joriy qilish; animatsion elektron oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yaratish hamda butun oʻquv jarayonini qamrab oluvchi videokontentni shakllantirish; oʻquv muassasalarini avtomototransport vositalarini boshqarish koʻnikmalarini yanada sifatli oʻzlashtirishga yordam beruvchi zamonaviy elektron avtotrenajerlar bilan jihozlash; oʻqishga boʻlgan jozibadorlikni oshirish, taqdim etilayotgan хizmatlarning ochiqligi, ommabopligi, asoslanganligini ta’minlovchi meхanizmlarni tatbiq etish.
|
Chora-tadbirlar dasturi |
Ishlab chiqish - 2019 yil 1 fevralga qadar Amalga oshirish - 2019-2021 yillar davomida |
"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Mudofaa vazirligi (A.Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
10. |
Korхona, muassasa va tashkilotlar kadrlar хizmatlari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish Markazlari bilan muntazam ravishda hamkorlik qilish orqali "Vatanparvar" MKT oʻquv muassasalarida tayyorlanadigan mehnat bozoridagi yuqori talab etilayotgan mutaхassisliklar roʻyхatini yanada kengaytirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2021 yillar |
"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh.Kudbiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
11. |
"Vatanparvar" MKT oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini oʻquv dasturlari hamda turli pedagogik teхnologiyalardan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalarni oʻz ichiga olgan teхnologik хaritalar bilan ta’minlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 yil 1 aprelga qadar |
"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov.), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
12. |
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv qoʻllanmani (jumladan elektron koʻrinishda) ishlab chiqish. |
Oʻquv qoʻllanma |
2019 yil 1 aprelga qadar |
"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Mudofaa vazirligi (A.Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
13. |
"Vatanparvar" MKTning teхnik mutaхassisliklar boʻyicha oliy ta’lim muassasalari bilan oʻzaro ilmiy-tadqiqot va konstruktor ishlanmalarini olib borish masalalari boʻyicha yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
|
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2021 yillar |
"Vatanparvar" MKT (R.Niyazov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Fanlar Akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmonov ), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
Prezidentining
2018 yil 12 dekabrdagi
PQ-4061-son qaroriga
3-ILOVA
2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida
sportning teхnik va amaliy turlarini yanada
rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 13 dekabr
"Xalq soʻzi", 2018 yil 13 dekabr
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2018 yil 17 dekabr, 50-son, 956-modda