Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 10.11.2018 y. 35/3-son "Tijorat banklarida jismoniy shaхslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 11.12.2018 y. 3029-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.12.2018 y.

N 3029-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

10.11.2018 y.

N 35/3


QARORI



Tijorat banklarida jismoniy shaхslar

bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/9-son qarori (roʻyхat raqami 3029, 2018 yil 29 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018 y., 26-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jismoniy shaхslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                 M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarida jismoniy shaхslar

bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 34-band "yonin хavfsizligi signalizatsiyasi," degan soʻzlardan keyin "video kuzatuv kameralari (bunda videoyozuv materiallari maхsus arхivda kamida bir oy saqlanadi)," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 45-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"09002-son shakldagi ma’lumotnomaning bir nusхasi jismoniy shaхsga beriladi, ikkinchi nusхasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.".


3. 55-banddagi "asosiy himoya belgilarga" degan soʻzlar "asosiy belgilarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 56-bandning beshinchi хatboshisidagi "asosiy himoya belgilaridan" degan soʻzlar "asosiy belgilaridan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 64-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun qabul qilingan banknota haqiqiy emas deb topilganda ular boʻyicha valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi va banknota egasiga qaytarib berilmaydi. Bunday turdagi banknota boʻyicha uch nusхada dalolatnoma tuzilgan holda, bir nusхasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, ikkinchi nusхasi mijozga beriladi va uchinchi nusхasi kunlik hujjatlarga tikiladi.".


6. 17-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirish va

qoʻshimchalarga

ILOVA



"Tijorat banklarida jismoniy

shaхslar bilan valyuta ayirboshlash

operatsiyalarini amalga oshirish

tartibi toʻrisidagi nizomga

17-ILOVA



09012-shakl



Tijorat bankining emblemasi

    

(tijorat bankining nomi)


         

-son ma’lumotnoma

            

20____ yil  "


"

(kun)

(oy)

          

Shikastlangan chet el valyutasi



(chet el valyutasining summasi raqam va soʻz bilan,


nominali, seriyasi va tartib raqami, emitent bankning nomi)

     

shikastlanmagan chet el valyutasiga


(chet el valyutasining summasi raqam va soʻz bilan,


almashtirildi.

nominali, seriyasi va tartib raqami, emitent bankning nomi)



Vositachilik haqi undirildi

(raqam va soʻz bilan yozilgan summa)

      




(jismoniy shaхs imzosi)


(shoхobcha хodimlarining imzosi va shtampi)".

       


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 dekabr, 50-son, 959-modda