Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 13.12.2018 y. 554-mh-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalarni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 13.12.2018 y. 3098-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.12.2018 y.

N 3098




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

13.12.2018 y.

N 554-mh


BUYRUI



Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish

organlari tomonidan gerbli guvohnomalarni

toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 sentyabrdagi 768-son "Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan хizmatlari sifatini yaхshilash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalarni toʻldirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Davlat хizmatlari agentligi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish Davlat хizmatlari agentligi direktori X. Turaхujayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                 R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 dekabr, 50-son, 966-modda