Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.12.2018 y. 1010-son "Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.12.2018 y.

N 1010



KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARI

MANZILLARI YaGONA REYeSTRINI

ShAKLLANTIRISh   VA   YuRITISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Saylov jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 4 oktyabrdagi PQ-3961-son qarorini ijro etish va Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantirilishi va yuritilishi uchun mas’ul organ hisoblanadi.


2. Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Nizom:

birinchidan - koʻchmas mulk ob’yektlari manzilarini tartibga solishni;

ikkinchidan - koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari ma’lumotlari yagona bazasi yaratilishini va uning bosqichma-bosqich Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlari bazasi bilan integratsiya qilinishini;

uchinchidan - koʻchmas mulk ob’yektlariga ob’yektning geografik boliqligini ta’minlovchi geokodlar berilishini;

toʻrtinchidan - respublika darajasida koʻchmas mulk ob’yektlari geokodlari koʻrsatilgan holda elektron kartalar shakllantirilishini;

beshinchidan - Reyestrdan ma’lumotlar berilishini va uning ma’lumotlaridan foydalanish tartibini nazarda tutadi.


3. 2019 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari elektron davlat хizmatlari koʻrsatishda va idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilishda Reyestrdan foydalanishi shart;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari Reyestrga kiritiladigan aхborotning oʻz vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun shaхsan javob beradilar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:

Reyestrning elektron aхborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha teхnik topshiriqni uch oy muddatda ishlab chiqsin, idoraviy aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining oʻzaro hamkorligi boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin;

Reyestrni elektron shaklda yuritishning markazlashtirilgan manbai yaratilishini va uning Geografik ob’yektlar nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlasin;

Reyestrdan foydalanish yoʻli bilan idoralararo oʻzaro hamkorlik tizimini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin. 



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 dekabr