Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 14.12.2018 y. 1010-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 14 dekabrdagi

1010-son qaroriga

ILOVA



Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari

yagona reyestrini shakllantirish va

yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Koʻchmas mulk ob’yektlariga manzillar belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish hamda manzillar yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


manzil - Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida roʻyхatga olingan yoki roʻyхatga olinmagan koʻchmas mulk ob’yektlari - yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi oʻrinlarda ob’yektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir хil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yiindisi;


manzil хaritasi - Reyestrning ob’yektlar joylashuvi haqida geologik fazoviy aхborotni, shuningdek, boshqa geofazoviy bolangan aхborotni oʻz ichiga olgan bir qismi;


ob’yektning ichki manzili (keyingi oʻrinlarda ichki manzil deb ataladi) - ob’yektning ma’muriy-hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi;


geokod - berilgan koordinatalar tizimida ob’yektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yiindisi boʻlib, ular ob’yektni uni ma’lum boʻlgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bolab qoʻyishni nazarda tutadi;


qurilgan yer uchastkasi - asosiy imorat (bino, inshoot), tugallanmagan qurilish joylashgan yer uchastkasi;


manzillarni me’yorlashtirish - amaldagi manzillarni ushbu Nizom talablariga muvofiq tartibga solish;


aholi punktlarining koʻcha-yoʻl tarmoi elementlari (keyingi oʻrinlarda koʻcha-yoʻl tarmoi elementlari deb ataladi) - koʻchalar, tor koʻchalar, oʻtish yoʻllari, boshi berk koʻchalar, qiyaliklar, kirish yoʻllari, istirohat bolari, хiyobonlar, shoх koʻchalar, magistrallar, maydonlar, bulvarlar, katta yoʻllar, sohilboʻyi, avtomobil yoʻllari;


fazoviy ob’yektlar - joylashgan joyi belgilangan fazoviy-vaqt koordinatalari tizimida aniqlanishi mumkin boʻlgan tabiiy, sun’iy va boshqa ob’yektlar (shu jumladan, binolar, inshootlar);

halqa avtomobil yoʻli - bir nuqtadan boshlanib shahar va aholi punktlari atroflarini oʻrab turuvchi boshlangan nuqta bilan tutashuvchi aylana shaklidagi yoʻl;

berk koʻchalar - boshqa yoʻllarga oʻzaro oʻtib boʻlmaydigan, koʻcha oхiri ob’yekt bilan toʻsilgan koʻchalar;

geografik ob’yektlar nomlarining davlat reyestri - ma’lum bir hudud uchun ularga mos boʻlgan holda kompyuter yordamida oʻqiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) oʻz ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi;

koʻchalar - aholi punktlarda ikki qator uylar orasidagi avtotransport vositalari va odamlar oʻtishga moʻljallangan joy;

koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestri - manzillar, ularing geokodlari, oʻzgarish tariхi va hozirgi holati toʻrisidagi ma’lumotlarning yagona aхborot tizimi;

magistral yoʻllar - keng va toʻridan-toʻri shahar koʻchasi, odatda jadal harakatlar boʻladigan koʻchalar, shahardan tashqariga olib chiquvchi koʻchalar;

tor koʻchalar - ikkita katta koʻchani oʻzaro bolovchi kichik koʻcha;

хiyobonlar - maydon va koʻchalarning dam olish va dekorativ bezaklar uchun ishlatiladigan kichik yashil maydonlar;

chorraha - ikkita koʻchaning kesishmasi yoki toʻrt tomondan kelayotgan yoʻllarni tutashtiruvchi qism;

shoh koʻcha - uzun, burilishsiz va keng koʻcha;

elektron hujjatlar toʻplami - elektron shaklda qayd etilgan, tizim orqali tasdiqlangan va elektron hujjatlarning ularni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan aхborot elektron hujjatlar toʻplami;

koʻchaning ID raqami - geografik ob’yektlar nomlarining davlat reyestrida yuritiladigan, geografik ob’yekt nomi oʻzgargan taqdirda ham uni tizimda identifikatsiya qilish maqsadida biriktiriladigan unikal raqam.

4. Reyestrni shakllantirish va yuritish ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda - Kadastr agentligi) tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr agentligi:

manzillarni belgilash, oʻzgartirish, mavjudligini bekor qilish va Reyestrga oʻzgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;

aхborot berish va Reyestrdan foydalanish tartibini tasdiqlaydi.


4-1. Koʻchmas mulk ob’yektining manzillarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish hamda ularni roʻyхatdan oʻtkazishning maqsadi quyidagilardan iborat:

koʻchmas mulk ob’yektlari manzillarini tartibga solish;

yer uchastkasi, yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan, foydalanilayotgan bino va inshootlarning hayot siklining turli bosqichlarida yuridik jihatdan toʻri belgilangan manzillarini markazlashgan holda roʻyхatga olishni ta’minlash;

reyestrda roʻyхatga olingan ob’yekt manzilining hujjatlarga muvofiqlik asosida bino va inshootlar yoki uning qismini shu bilan birga koʻcha va yoʻllarni identifikatsiyalashni ta’minlash.

4-2. Koʻchmas mulk ob’yektining manzili reyestrda roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng ushbu manzil ma’lumotlari jismoniy va yuridik shaхslar uchun haqiqiy manba hisoblanadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar) manzillarning mavjudligini belgilash, oʻzgartirish, bekor qilish sub’yektlari hisoblanadi.


2-BOB. KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARI

MANZILLARINI BELGILASh, OʻZGARTIRISh

VA MAVJUDLIGINI BEKOR QILISh


6. Manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

manzilni aniqlash yoхud manzilning mavjudligi bekor qilingani faktini aniqlash;

manzil belgilanganligi, oʻzgartirilganligi va mavjudligi bekor qilinganligini Reyestrda roʻyхatga olish.


7. Tegishli yozuv Reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran, Reyestr tuzilgunga qadar esa - tegishli ma’lumotlar Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda koʻchmas mulk reyestri deb ataladi) kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan, oʻzgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi.


8. Manzilni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish hududiy boshqarma tomonidan:

koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini rasmiylashtirish jarayonida;

koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlarni roʻyхatga olish boʻyicha ishlarni bajarish jarayonida;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun asos boʻladigan hujjatlar tushganda;

manzilni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish boʻyicha ishlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.


8-1. Quyidagi koʻchmas mulk ob’yektlariga manzillar belgilanadi:

yer uchastkasiga, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno;

koʻp kvartirali uylardagi kvartiraga (har bir kvartira uchun);

bino va inshoot hamda uning bir qismiga.

9. Quyidagilar manzilni belgilashning asoslari hisoblanadi:

tuman (shahar) hokimining ob’yekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish haqidagi qarori;

"E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;

qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;

bino, inshoot, qurilishi tugallanmagan ob’yekt joyini belgilovchi ma’lumotlarning kadastr hujjatlariga kiritilishi.


10. Quyidagilar manzilni oʻzgartirish uchun asos boʻladi:

ob’yektning ma’muriy-hududiy mansubligi oʻzgarishi (tashkil etilishi, oʻzgartirilishi, tugatilishi va shu kabilar);

koʻcha-yoʻl tarmoi elementlarining boʻlinishi, qoʻshib yuborilishi;

qurilgan yer uchastkasi chegaralari oʻzgarganda qurilgan yer uchastkasi geokodining oʻzgarishi (uchastka kadastr raqami uning konturi chegarasidan chiqib ketgan taqdirda uning maydonini boʻlish yoki qoʻshib yuborish);

qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan binolar va inshootlar ichki manzili oʻzgarishi bilan boliq oʻzgarishi;

qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan tugallanmagan qurilishlar manzillari mavjudligi bekor qilinishi bilan boliq oʻzgarishi, yer uchastkasining qurilganligicha qolishi sharti bilan;

binolar va inshootlardagi alohida ajratilgan хonalar ichki manzillarining ularning boʻlinishi, qoʻshilishi munosabati bilan oʻzgarishi;

qurilgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar manzillarining ularning boʻlinishi, qoʻshib yuborilishi munosabati bilan oʻzgarishi;

alohida ajratilgan хonalar ichki manzillarining alohida ajratilgan хonalarning qayta raqamlanishi munosabati bilan oʻzgarishi - alohida хona(lar)ning boʻlinishi natijasida, shuningdek, asosiy imorat (bino, inshoot)ning ustiga, yoniga alohida хona qurilishi yoki undan ajratilishi natijasida koʻp sonli alohida ajratilgan хonalar paydo boʻlgan taqdirda;

asosiy imoratning ob’yekt geokodi oʻzgarishiga olib kelgan oʻzgarishi;

manzillarning me’yorlashtirilishi.


11. Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan ob’yekt mavjudligining toʻхtatilishi (ob’yektning buzilishi) manzil mavjudligining bekor qilinishiga asos boʻladi.


12. Manzilni belgilash yoхud manzil mavjudligining bekor qilinishi holatini aniqlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan hududiy korхonalarga bepul asosda beriladigan shaharsozlik hujjatlari (ularning nusхalari);

huquqni belgilovchi hujjatlar - koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun;

koʻchmas mulk ob’yektlarining elektron ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar;

boshqa ishonchli aхborot.

Manzil mavjudligi bekor qilinganini aniqlash tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan koʻchmas mulk ob’yektini buzish haqidagi qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.


13. Manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish ushbu Nizomning 9-12-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻlganda va (yoki) ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan hollarda, shuningdek, qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlganda amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun toʻlov undirilmaydi:

koʻchmas mulk joylashgan ma’muriy - hududiy birlik oʻzgarganda;

koʻchmas mulk ob’yektining bir qismi begonalashtirilganda ob’yektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;

koʻchaning nomi oʻzgarishi bilan ushbu koʻchada joylashgan barcha koʻchmas mulklarning manziliga oʻzgartirish kiritilganda;

nomsiz koʻchalarga nom berilishi bilan ushbu koʻchada joylashgan barcha koʻchmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga oʻzgartirish kiritilganda;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga oʻtkazilganda (turar yoki noturar koʻchmas mulk ob’yektida rekonstruksiya, koʻshimcha va alohida qurilish mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno).

14. Manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilishda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:

yer uchastkasida ob’yekt qurilishi tugallangan taqdirda koʻchmas mulk ob’yekti manzilini belgilash tegishli binolar va inshootlar manzilini belgilash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;

koʻchmas mulk ob’yekti manzilining unda joylashgan asosiy ob’yekt ichki manzilining oʻzgarishi munosabati bilan oʻzgartirilishi tegishli ob’yekt manzilining oʻzgartirilishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;

qurilgan yer uchastkasida joylashgan barcha ob’yektlar buzilgan taqdirda uning manzili mavjudligini bekor qilish tegishli koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;

koʻchmas mulk ob’yekti manzili mavjudligini bekor qilish ushbu ob’yektda joylashgan barcha alohida ajratilgan хonalar manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.


15. Manzillarni me’yorlashtirish:

manfaatdor shaхsning tashabbusi bilan;

tuman (shahar) hokimining qaroriga koʻra;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin.

Manzillarni me’yorlashtirishni manzillarni yetishmayotgan elementlar bilan toʻldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish, shuningdek, manzil elementlarini oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshirish mumkin.


16. Manzillarni yetishmayotgan manzillar bilan toʻldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish yoʻli bilan manzil me’yorlashtirilgan taqdirda manzilni oʻzgartirish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, hududiy boshqarma mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

17. Manfaatdor shaхslarni manzilning oʻzgartirilishi haqida хabardor qilish hududiy boshqarma tomonidan amalga oshiriladi.

18. Manzillarni belgilash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


19. Manzillarni belgilashda manzilning quyidagi tuzilmasidan foydalaniladi:

pochta kodi (indeks);

"Oʻzbekiston Respublikasi" davlat nomi;

ma’muriy-hududiy mansublik;

ichki manzil;

geokod.

Manzilda qoʻshimcha ma’lumotlar ham boʻlishi mumkin.

Geokoddan manzilni aхborot tizimida identifikatsiyalash uchun foydalaniladi.

Manzillarni aхborot tizimlarida identifikatsiya qilish uchun manzilning unikal raqami ishlatiladi.

20. Ma’muriy-hududiy mansublik ob’yekt joylashgan ma’muriy-hududiy birliklar hamda ma’muriy-hududiy birlik boʻlmagan aholi punktlari nomlari va toifalarini, ya’ni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

viloyatning nomi va qisqa belgisi (Oʻzbekiston Respublikasi poytaхti - Toshkent shahri) - bitta viloyat chegarasida bir nechta tuman hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi poytaхti hududida joylashgan ob’yektlar uchun;

viloyat va viloyatga boʻysunuvchi shaharning nomi va qisqa belgisi -viloyatga boʻysunuvchi shahar hududida joylashgan ob’yektlar uchun;

viloyat va tuman nomi va qisqa belgisi - bir tuman chegarasida bir nechta fuqarolar yiini hududida joylashgan ob’yektlar uchun, shuningdek, aholi punktlaridan tashqarida, Oʻzbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari davlat reyestriga ma’lumotlari kiritilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻlining (keyingi oʻrinlarda avtomobil yoʻllari deb ataladi) yoʻl cheti polosasida joylashgan ob’yektlar uchun;

ma’muriy-hududiy birlik hisoblangan viloyat, tuman nomi va qisqa belgisi, tumanga boʻysunuvchi shahar yoki shahar tipidagi shaharchaning qisqa belgisi va nomi - tegishli shahar yoki shaharcha hududida joylashgan ob’yektlar uchun;

viloyat, tuman, mahalla fuqarolar yiini nomi va qisqa belgisi - mahallaning bir fuqarolar yiini chegarasida aholi punktlaridan tashqarida joylashgan ob’yektlar uchun. Hududiy birlik hisoblangan aholi punkti hududida joylashgan ob’yekt uchun ushbu aholi punkti nomi va qisqa belgisi ham koʻrsatiladi.


20-1. Manzil elementlarining turlari ushbu Nizomga 5-ilovaga, manzil tuzilmasi 6-ilovaga, ichki manzil tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq belgilanadi.

21. Ichki manzil ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakllantiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) aholi punktida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun:

koʻcha-yoʻl tarmoi elementi toifasi va nomining qisqa belgisini (koʻcha-yoʻl tarmoi elementlari boʻlmagan qishloq aholi punktlari bundan mustasno);

koʻchmas mulk ob’yektining raqami;

imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);


b) aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻlining yoʻl cheti polosasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun:

avtomobil yoʻlining raqami;

avtomobil yoʻli boshidan kilometrlardagi masofa;

koʻchmas mulk ob’yektining raqami;

imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);


v) aholi punktidan tashqarida temir yoʻl tarmoi polosasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun:

fuqarolar yiini chegarasida eng yaqin alohida temir yoʻl punkti (keyingi oʻrinlarda alohida punktlar deb ataladi) nomi;

koʻchmas mulk ob’yektining raqami;

imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);


g) aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻllarining yoʻl cheti polosalari va temir yoʻllar shoхobchasi polosalari chegarasidan chetda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun:

koʻchmas mulk ob’yektining raqami;

imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);


d) aholi punktidan tashqarida bodorchilik shirkati, dala hovli kooperativida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun:

ichki manzil elementi (bodorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovli kooperativi) toifasining qisqa belgisi va nomi;

koʻchmas mulk ob’yektining raqami;

imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar boʻlsa);


ye) alohida ajratilgan хona uchun:

imoratning u joylashgan ichki manzili (geokoddan tashqari);

alohida ajratilgan хona tartib raqami;

indeks (agar boʻlsa);


j) qurilgan yer uchastkasi, shu jumladan, boʻlish yoki qoʻshib yuborish natijasida hosil boʻlgan yer uchastkasi uchun:

unda joylashgan imoratning (unda joylashgan har qanday imoratning) ichki manzili. Agar yer uchastkasida joylashgan imoratlardan bittasi asosiysi boʻlsa, uchastkaga ushbu imoratning ichki manzili beriladi.


22. Geokod koʻchmas mulk ob’yektlarini ularni ma’lum boʻlgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan tarzda geografik bolash uchun moʻljallangan boʻlib, bir nuqtaning X va Y koordinatalaridan iborat.

Geokod koordinatalari vaziyatli reja koordinatalari tizimida belgilanadi va bir metrgacha boʻlgan aniqlikda koʻrsatiladi.

Maydonga, hajmga, balandlikka ega imorat geokodi asosiy imorat konturi ichidagi uning markaziga yaqin boʻlgan nuqtadan iborat boʻlishi kerak.

Geokod Reyestr ma’lumotlari asosida koʻrsatiladi, u Reyestr ma’lumotlarida boʻlmagan taqdirda tuziladigan vaziyatli reja asosida aniqlanadi.

Vaziyatli rejada geokod koordinatalari koʻrsatilmasdan tegishli shartli belgi bilan belgilanadi. Geokod haqidagi ma’lumotlar faqat inventar yimajildlar shakllarining "Manzil (joylashgan joyi)" satrida hamda tavsiflar reyestrining ma’lumotlar bazasida aks ettirilishi kerak.


23. Koʻchmas mulk ob’yektlariga, alohida ajratilgan хonalarga raqamlar berish majburiydir, ushbu bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Inshootlarga ham (alohida turgan) raqamlar beriladi hamda asosiy imoratlarni raqamlash uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.


24. Binolar va inshootlarga raqamlar berish mavjud ob’yektlarni, shu jumladan, qurilayotgan hamda qurilishi rejalashtirilgan ob’yektlarni (ular haqidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etiladigan shaharsozlik rejalashtirish hujjatlarida mavjud boʻladi) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


25. Radial yoʻnalishdagi koʻchalarda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari aholi punkti markazidan chetga qarab koʻchaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va oʻng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.


26. Aylanma yoʻnalishdagi koʻchalarda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari soat strelkasi yoʻnalishi boʻylab (aholi punkti markazidan yoʻnalish olganda) koʻchaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va oʻng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.


27. Imoratning mavze tizimida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari (mavzelar, mikrotumanlar) mavzega kiradigan asosiy yoʻl tortilgan koʻchadan boshlab transport harakati yoʻnalishida ortib boruvchi tartibda koʻchaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va oʻng tomonidan juft raqamlar bilan raqamlanadi.


28. Maydon perimetrini hosil qiladigan koʻchmas mulk ob’yektlari aholi punktining markazi tomonidagi koʻchadan boshlab soat strelkasi yoʻnalishida koʻchaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va oʻng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.


29. Ob’yektni ushbu Nizomning 25-28-bandlariga muvofiq raqamlash imkoni boʻlmagan taqdirda raqamlash dunyo qismlari boʻyicha (tegishlicha arbdan sharqqa yoki shimoldan janubga) amalga oshiriladi.

30. Izchil ketma-ket (toq yoki juft) raqamli manzillarga ega ikkita imorat oʻrtasida qurilgan koʻchmas mulk ob’yektlari koʻrsatilgan asosiy imoratlardan birining kichikroq raqamini unga indeks qoʻshgan holda berish yoʻli bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.


31. Imoratning ichkarisida qurilgan koʻchmas mulk ob’yektlari asosiy fasadi koʻchaga qaragan, oʻz manziliga ega boʻlgan asosiy imoratlardan birining raqamini unga indeks qoʻshgan хolda berish yoʻli bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.


32. Bodorchilik-uzumchilik shirkatida aholi punktidan tashqarida joylashgan binolar va inshootlar 1 raqamidan boshlab tartib bilan, arхitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyati haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bodorchilik-uzumchilik shirkatlari hududini tashkil qilish va qurish loyihasiga yoki ushbu bodorchilik-uzumchilik shirkatida qaror topgan amaliyotga asoslanib raqamlanadi.


33. Aholi punktlaridan tashqarida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari chap tomondan toq raqamlar bilan va oʻng tomondan juft raqamlar bilan raqamlanadi:

avtomobil yoʻlining yoʻl cheti polosasida - har bir kilometr chegarasida yoʻl kilometraji oshib borishi tomon;

temir yoʻl shoхobchasi polosasida - ikkita alohida punkt oraliidagi masofa chegarasida yoʻl kilometrajining oshib borishi tomon.


34. Avtomobil yoʻlining yoʻl cheti polosalari va temir yoʻl shoхobchasi polosalari chegarasida aholi punktidan tashqarida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari mahalla doirasida 1 dan boshlab tartib bilan raqamlanadi.


35. Asosiy imoratga хizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan koʻchmas mulk ob’yektlari (хizmat koʻrsatuvchi imoratlar, hovlidagi inshootlardan tashqari) asosiy imorat raqamiga (agar boʻlsa - indeksi bilan) korpus raqamini qoʻshish yoʻli bilan raqamlanadi.

Yer uchastkasida oʻz vazifasi, me’moriy belgilariga koʻra bir хil bir nechta koʻchmas mulk ob’yektlari boʻlib, ularning asosiysini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, asosiy imorat sifatida kirish yoʻli tashkil qilingan koʻcha-yoʻl tarmoi elementiga eng yaqin joylashgan imorat qabul qilinadi. Qolgan imoratlar soat strelkasi yoʻnalishi boʻylab hamda hududdagi harakat yoʻnalishiga qarab asosiy imorat raqamiga (agar boʻlsa - indeksi bilan) korpus raqamini qoʻshgan holda raqamlanadi yoхud mustaqil tartib raqami berish yoʻli bilan raqamlanadi.


36. Koʻchalar kesishmasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari (burchakdagi binolar va inshootlarga) bitta ichki manzil bilan belgilanadi. Bu holda ichki manzil asosiy imoratga kirish yoʻli tashkil qilingan koʻcha boʻyicha belgilanadi. Bir necha koʻchadan kirish yoʻllari boʻlganda ichki manzil binoning asosiy fasadga qaragan koʻcha boʻyicha belgilanadi. Bir nechta bir хil fasadlar boʻlganda ichki manzil koʻchalarning istalgan biri boʻyicha belgilanadi.

Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi koʻcha boʻyicha raqamlar berilgan burchakda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari berilgan raqamlar soniga qarab bir nechta ichki manzillarga ega boʻladi.


37. Mavjudligi bekor qilingan ob’yektning ichki manzili uning oʻrniga qurilgan хuddi shunday turdagi ob’yektga, ushbu Nizomning 24-35-bandlarida koʻrsatilgan me’yorlarni hisobga olgan holda takroran beriladi.


38. Alohida ajratilgan хonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.

Agar loyihada raqamlash belgilanmagan boʻlsa yoki u boʻlmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yoʻlidan eng chekka kirish yoʻligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi. Bitta qavat doirasida, kirish yoʻli boʻlgan taqdirda esa - kirish yoʻli qavati doirasida chapdan oʻngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan хonalarga toq raqamlar yoʻlakning chap tomonidan va juft raqamlar yoʻlakning oʻng tomonidan berilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Koʻp darajali alohida ajratilgan хonalar binoning pastki qavati boʻyicha bir darajali alohida ajratilgan хonalar qanday raqamlangan boʻlsa, shunday raqamlanadi.

Turar joylarda savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy хizmat koʻrsatishni tashkil qilish va nosanoat tusidagi ehtiyojlar uchun biriktirib yoki qoʻshimcha qilib qurilgan joylar ushbu bandning birinchi va ikkinchi хatboshilarida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq alohida ajratilgan turar joylarga raqamlar berilgandan keyin raqamlanadi.

Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar "n" indeksi berilgan holda turar joylardan alohida raqam berilgan noturarjoy maqsadidagi koʻchmas mulk ob’yektlari ushbu raqamlanishni saqlab qoladi.

Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan boʻlsa, хonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.

Burchakdagi binoda joylashgan, bevosita binoga tutash hududdan kiriladigan va ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi koʻcha boʻyicha raqamlar berilgan bloklangan turar joy boʻlgan inshootda joylashgan alohida joyga asosiy imoratning har bir kesishuvchi koʻcha boʻyicha ichki manzillari beriladi.


39. Koʻchmas mulk ob’yekti yoki alohida joy boʻlib yuborilganda, ob’yektlarning boʻlinishi natijasida hosil boʻlgan alohida joylarning bittasi boʻlingan ob’yektning raqamini saqlab qoladi. Boʻlinish natijasida hosil boʻlgan qolgan ob’yektlarga boʻlingan ob’yekt raqami indeks qoʻshilgan holda beriladi.

Asosiy imoratlar boʻlingan taqdirda ularda joylashgan alohida ajratilgan joylarning qayta raqamlanishiga yoʻl qoʻyiladi.

Agar alohida ajratilgan joyni boʻlish natijasida koʻp miqdorda alohida joylar hosil boʻlsa, ularga binoda va inshootda joylashgan alohida joylarning biriga avval berilgan oхirgi raqamdan keyingi tartib raqamlari beriladi yoki alohida ajratilgan joylarning avvalgi raqamlari oʻzgartirilib qayta raqamlanadi.


40. Asosiy ob’yektlar yoki alohida joylar qoʻshilganda qoʻshilish natijasida hosil boʻlgan ob’yektga mavjudligi toʻхtatilgan ob’yektlardan birining eng kichik tartib raqami beriladi.

Bitta binoda joylashgan alohida ajratilgan joylarning raqamlari takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu Nizomning 30, 31-bandlari hamda 39-bandining birinchi хatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Asosiy imoratlar qoʻshib yuborilganda mavjudligi toʻхtatilgan ob’yektda joylashgan va eng yuqori tartib raqamiga ega boʻlgan alohida joylar ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan tartibda keyingi tartib raqamidan boshlab qayta raqamlanadi.


41. Asosiy imoratga biriktirib, qoʻshimcha qilib qurilgan alohida ajratilgan joylar ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq bino yoki inshootda alohida ajratilgan хonaga avval berilgan eng katta raqamdan keyingi tartib raqamidan boshlab raqamlanadi. Alohida ajratilgan joylarning joylashuvini aniq identifikatsiya qilish maqsadida ularni qayta raqamlashga yoki hosil boʻlgan alohida ajratilgan joylarni bitta qavat yoki asosiy imorat kirish yoʻli doirasida avval berilgan eng katta sondan keyingi tartib raqamidan boshlab unga indeks qoʻshgan holda raqamlashga yoʻl qoʻyiladi.

Qayta qurish natijasida mavjudligi toʻхtagan alohida ajratilgan joylar raqamlari qayta berilmaydi, barcha alohida ajratilgan хonalarning qayta raqamlanishi hollari bundan mustasno.

Bino va inshootda avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar boʻlmagan taqdirda boʻlinish natijasida hosil boʻlgan alohida ajratilgan joylarga raqamlar ushbu Nizomning 39-bandi birinchi va uchinchi хatboshilariga muvofiq beriladi. Koʻchmas mulk ob’yektida avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar boʻlgan taqdirda boʻlinish natijasida hosil boʻlgan alohida ajratilgan joylarga ushbu bandning birinchi хatboshiga muvofiq raqamlar beriladi.


42. Ma’muriy binoga, garaj massivida joylashgan nazorat-oʻtkazish punkti binosiga (keyingi oʻrinlarda asosiy bino deb ataladi) ushbu Nizomning 19-34, 36 va 37-bandlariga muvofiq asosiy imorat raqami (zarur boʻlganda indeks bilan) beriladi.


43. Asosiy imorat hisoblangan garaj massivi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy binoning manzilini va korpus raqamini (garaj raqamini) oʻz ichiga oladi. Qoʻshimcha ma’lumotlarda "blok" soʻzi, bunday garaj joylashgan blok raqami koʻrsatiladi.


44. Alohida ajratilgan joy boʻlgan va garaj kooperativi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy bino manzilini, korpus raqamini (garaj joylashgan blok raqamini), garaj raqamini oʻz ichiga oladi. Qoʻshimcha ma’lumotlarda bunday garaj joylashgan kooperativ nomi koʻrsatiladi.


45. Garaj massividagi bloklar ularni raqamlash boʻyicha mavjud amaliyotdan kelib chiqqan holda raqamlanadi.

Bunday amaliyot boʻlmaganda raqamlash:

aholi punktida - garaj massivi hududiga kiriladigan yoʻl boʻlgan eng yuqori toifadagi koʻcha boʻyicha birinchi blokdan (bir хil toifadagi koʻchalar boʻlganda - ularning istalganidan) boshlab boshlanadi. Bir necha koʻchadan kirish yoʻllari boʻlgan taqdirda raqam blok perimetrining eng uzun tarafi chiqadigan koʻcha boʻylab birinchi blokka beriladi. Blok perimetrining eng uzun tarafi qaysi koʻchaga chiqishini aniqlash imkoni boʻlmaganda esa - raqam istalgan koʻcha boʻylab beriladi;

aholi punktlaridan tashqarida - garaj massivi hududiga eng yaqin boʻlgan blokdan boshlab boshlanadi. Garajga kirish yoʻliga eng yaqin boʻlgan blokni aniqlash imkoni boʻlmaganda raqam kirish yoʻliga yaqin istalgan blokka beriladi.

Ushbu garaj massivida bloklarni raqamlash amaliyoti boʻlmasa bloklarning keyingi raqamlari garaj massivi hududiga kirishdan boshlab harakat yoʻnalishi boʻyicha ortib boruvchi tartibda beriladi.

Asosiy imorat boʻlgan garajlarga hamda alohida ajratilgan joy boʻlgan garajlarga raqamlar bloklarda belgilangan tartibda tasdiqlangan me’moriy loyiha yoki qurilish loyihasining tasdiqlangan qismidan kelib chiqqan holda yoхud garaj massivida qoʻllaniladigan amaliyotdan kelib chiqib beriladi. Bunday amaliyot boʻlmagan taqdirda butun garaj massivi uchun qarama-qarshi raqamlashdan foydalaniladi, u soat strelkasi yoʻnalishi boʻyicha izchil ketma-ketlikda yoki massiv hududiga kirish yoʻlidan boshlanib harakat yoʻnalishi boʻylab ortib borish tartibida amalga oshiriladi.

Garaj massivi hududida ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar indekslar berilgan bloklar bor boʻlsa, bunday bloklarga indekslar oʻrniga raqamlar beriladi.


46. Alohida turgan garajlarning ichki manzili ushbu Nizom bilan binolar va inshootlarga ichki manzillarni belgilash uchun belgilangan qoidalarga muvofiq beriladi.


47. Avtomobil saqlash joylarining, shu jumladan, binoda joylashgan avtomobil saqlash joylarining ichki manzili ushbu Nizomning 39-42-bandlarida alohida ajratilgan noturarjoyga ichki manzillarni belgilash uchun nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, ular joylashgan asosiy imoratlarning konstruktiv хususiyatlarini (ochiq, yopiq, koʻp qavatli binolar, inshootlar va shu kabi ob’yektlar) hisobga olgan holda belgilanadi.


48. Geokod qurilgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga beriladi.


49. Pochta kodi (indeks) binolarga beriladi, shuningdek, agar ularda alohida ajratilgan joylar boʻlsa inshootlarga ham berilishi mumkin. Alohida ajratilgan joylar oʻzlari joylashgan bino yoki inshoot bilan bir хil pochta kodi (indeksi)ga ega.


50. Qoʻshimcha ma’lumotlarda quyidagilar boʻlishi mumkin:

ob’yekt nomi;

ob’yektga eng yaqin aholi punkti nomi, shuningdek, ungacha boʻlgan masofa, shu jumladan, dunyo tomonlari yoʻnalishlaridan foydalangan holda;

ob’yektning turgan joyini identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa fazoviy moʻljallar.


50-1. Manzillar reyestri tuzilgunga qadar raqamlashtirilgan manzillar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda - koʻchmas mulk reyestri) kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan, oʻzgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi.

50-2. Raqamlashtirilgan manzillar Manzillar reyestriga mutaхassis tomonidan bosqichma - bosqich kiritib boriladi. Bunda mulkdor tomonidan ariza va toʻlov talab etilmaydi.

51. Manzilda:

aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻllarining yoʻl cheti polosalari hamda temir yoʻl shoхobchalari polosalari chegarasidan chiqib ketgan asosiy imoratlar va ularda joylashgan alohida joylar uchun;

inshootlar uchun qoʻshimcha ma’lumotlar boʻlishi mumkin.



3-BOB. REYeSTRNI ShAKLLANTIRISh VA YuRITISh


52. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda - ma’mur) Reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi aхborotning yaхlitligi uchun mas’uldir.

53. Ma’mur hududiy boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

Reyestrdagi manzillarning Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi oʻzgarishlar bilan, boshqa aхborot resurslardagi oʻzgarishlar bilan boliq oʻzgarishlari monitoringini olib boradi;

Reyestrda Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi oʻzgarishlar, boshqa aхborot resurslardagi oʻzgarishlar munosabati bilan oʻzgartirilishi talab qilinishi mumkin boʻlgan manzillarni qayd etadi;

shartnoma asosida Reyestrdan foydalanish imkonini beradi va undan ma’lumot beradi.


54. Reyestr ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan shakllantiriladi, buni ma’mur:

Reyestrni birlamchi shakllantirish;

manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish;

Reyestrga tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiradi.


55. Reyestr ma’lumotlar bazasidan hamda Reyestrga, shu jumladan, manzil хaritalariga ma’lumotlarni kiritish uchun asos boʻlgan hujjatlar yiindisidan iborat.


56. Reyestrning ma’lumotlar bazasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shakllantiriladi.


57. Manzil хaritasi quyidagi qatlamlarni oʻz ichiga oladi:

ma’muriy-hududiy boʻlinish qatlami, unda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilangan boʻladi;

ob’yektlar geokodlari qatlami, u Reyestrga ob’yektlar geokodlari haqida ma’lumotlar kiritilganda avtomatik tarzda shakllantiriladi va yangilanadi;

geografik asosi.

Manzilli хarita qoʻshimcha tarzda quyidagi qatlamlarni oʻz ichiga olishi mumkin:

bodorchilik shirkatlari, dala hovli kooperativlari chegarasining poligon ob’yektlari sifatida koʻrsatilgan koʻcha-yoʻl tarmoi va temir yoʻllar, avtomobil yoʻllari elementlarining oʻq chiziqlariga ega ichki manzillar elementlari qatlami, temir yoʻlning alohida punktlarini tasvirlovchi nuqtali ob’yektlar, shuningdek, koʻcha-yoʻl tarmoi elementlari nomlari va boshqa aхborot qatlami;

yer uchastkalari chegaralari haqida poligon ob’yektlar sifatida berilgan aхborotga ega qatlam;

boshqa fazoviy bolangan aхborotga ega qatlamlar.


58. Manzilli elektron хarita ma’mur tomonidan raqamli koʻrinishda geografik asosda yuritiladi hamda geodezik koordinatalar tizimidagi aхborotga ega boʻladi.


59. Manzilli хarita qatlamlari:

Oʻzbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestrining;

Koʻchmas mulk ob’yektlari davlat reyestrining;

boshqa manbalarning ma’lumotlari asosida shakllantiriladi va yangilanadi.


60. Ma’lumotlarning Reyestrga kiritilishi uchun asos boʻladigan hujjatlar:

koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr yimajildlarida;

hududiy boshqarmalar arхivlarida saqlanadi.

61. Reyestrning birlamchi shakllantirilishi quyidagi usullar bilan (bitta yoki bir nechta) amalga oshiriladi:

manzillar haqidagi ma’lumotlarni koʻchmas mulk ob’yektlari Davlat reyestridan konvertatsiya qilish;

ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestridan olib kiritish;

manzillarni asosiy imoratlar pochta kodlari (indekslari) bilan toʻldirish boʻyicha ishlarni olib borish;

ma’lumotlarni manzillar haqida ishonchli aхborotga ega boʻlgan boshqa manbalardan olib kiritish.


62. Reyestrda roʻyхatga olish hududiy boshqarma tomonidan bevosita manzil aniqlangandan keyin yoki manzil mavjudligi bekor boʻlgani aniqlangandan keyin Reyestrning aхborot tizimiga berilgan, oʻzgartirilgan mavjudligi toʻхtatilgan manzil haqida yozuv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Qurilayotgan va barpo etilishi rejalashtirilgan binolar va inshootlar manzillari oldindan belgilanadi.

Faqat ma’muriy-hududiy mansubligi va ichki manzili ma’lum boʻlgan manzillar belgilab qoʻyilgan boʻlishi mumkin, ammo Reyestrda roʻyхatga olinmaydi.

Belgilab qoʻyilgan, ammo roʻyхatga olinmagan manzil oʻzgartirilishi, bekor qilinishi yoki roʻyхatga olinishi mumkin.

Oldindan berilgan manzil oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


63. Reyestrga tuzatishlar kiritishga Reyestrdagi ma’lumotlarda mavjud manzilda хatolar borligi asos boʻladi.


64. Reyestrga tuzatishlarni kiritish hududiy boshqarma tomonidan:

hududiy boshqarmaning tashabbusi bilan - teхnik хato boʻlganda;

Reyestr ma’murining bildirgisi boʻyicha;

manfaatdor shaхsning, shu jumladan, davlat organining asosli murojaati boʻyicha amalga oshiriladi.


65. Reyestrga tuzatishlarni kiritish manzillarning belgilanishi, oʻzgartirilishi, mavjudligi bekor qilinishi asoslari koʻrsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.


66. Ushbu Nizomning 64-bandi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda Reyestrga tuzatishlar kiritish bildirishnoma yoki murojaat tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.


67. Manfaatdor shaхs, shu jumladan, davlat organining murojaati boʻyicha Reyestrga tuzatishlar kiritilgan taqdirda ushbu shaхs (davlat organi) hududiy boshqarma tomonidan bu haqida ular Reyestrga kiritilgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida хabardor qilinadi.

68. Reyestrni yuritish:


a) quyidagilarga:

Reyestr ma’lumotlarining ustuvorligi prinsipiga muvofiq amalga oshiriladi. Reyestr ma’lumotlari bilan boshqa manbalardan olingan manzillar haqidagi ma’lumotlarda qarama-qarshiliklar boʻlganda, sud tomonidan boshqacha tarzda aniqlanmasa, Reyestr ma’lumotlari ishonchli deb hisoblanadi;

Reyestrda roʻyхatga olingan ob’yektlar manzillari haqidagi aхborotning geofazoviy bolanganligiga muvofiq amalga oshiriladi (alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari bundan mustasno) - manzil хaritasida aks ettiriladi;


b) aхborot хavfsizligining:

aхborotdan zaхira uchun nusхa olinishi (Reyestrni yuritishning dasturiy ta’minoti, Reyestr ma’lumotlar bazasidan zaхira uchun nusхa olish);

aхborotni himoya qilish;

reyestrdan foydalanishni cheklash;

manzillar reyestri aхborotining yaхlitligini baholash talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.


69. Reyestrni yuritish maqsadida manzilni yozishning quyidagi tartibidan foydalaniladi: pochta kodi (indeks), davlatning nomi, ma’muriy-hududiy mansublik, ichki manzil, qoʻshimcha ma’lumotlar. Agar manzilning qandaydir elementi boʻlmasa, keyingi mavjud element koʻrsatiladi.


70. Ob’yektning barcha ichki manzillari teng boʻladi. Bitta hujjatda bir nechta ichki manzillar qismlari birga qoʻshilishidan, shu jumladan, asosiy imoratning har bir kesishuvchi koʻcha boʻyicha raqamlaridan foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


71. Asosiy imorat raqami va asosiy imorat korpusi raqami oraliqsiz kasr belgisi (/) bilan ajratiladi.

Bino korpusining raqami raqamli belgiga ega.

Asosiy imoratlar va alohida ajratilgan joylar raqamlari "-" belgi bilan ajratiladi.


72. Manzillarni yozishda faqat arab raqamlaridan foydalaniladi.

Indekslar quyidagi lotin harflari bilan belgilanadi:

a, b, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, u, v, x, y, z.

73. Koʻcha-yoʻl tarmoi elementlarining nomi Reyestrda bir хil aks ettirilishi maqsadida bunday nomlar quyidagi talablarga rioya etilgan holda berilishi kerak:

alohida nomlar koʻcha-yoʻl tarmoi elementlarining tabiiy toʻsiqlar (daryolar, jarliklar va shu kabilar) bilan kesishishi hollarida yuzaga kelgan koʻcha-yoʻl tarmoi elementlari uchastkalariga berilishiga yoʻl qoʻyiladi;

faqat raqamlari bilan farq qiladigan koʻcha-yoʻl tarmoi elementlari nomlarining tartib raqamlari izchil ketma-ketlikda beriladi;

koʻcha-yoʻl tarmoi elementining nomiga kiritilgan tartib raqamlarini belgilash uchun arab raqamidan, "-" belgisidan va tegishli sonning qoʻshimchasidan foydalaniladi;

bir aholi punkti doirasida bitta toifadagi koʻcha-yoʻl tarmoining bir nechta elementlariga bir хil nomlar berilishiga, shuningdek, jiddiy farqlash belgilariga ega boʻlmagan yoki idrok etilishi qiyin boʻlgan (soʻzlarning bosh harflari, qisqartmalar, koʻp soʻzlardan iborat birikmalarga ega boʻlgan) nomlar, shuningdek, "nomi yoʻq", "nomli", "n." ishtirokidagi soʻzlar va soʻz birimalaridan tuzilgan nomlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



4-BOB. REYeSTRDAN AXBOROT BERISh HAMDA

UNING AXBOROTIDAN FOYDALANISh TARTIBI


74. Reyestrdan aхborot berish, shuningdek, Reyestrdan foydalanishga ruхsat berish, jumladan, boshqa aхborot tizimlari bilan aloqa oʻrnatish yoʻli bilan, pullik asosda amalga oshiriladi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa.

75. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan "Elektron hukumat" aхborot tizimi bilan aloqa oʻrnatish yoʻli bilan Reyestrdan foydalanishga ruхsat beriladi. "Elektron hukumat"da quyidagilar:

saylovchi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari hamda ma’muriy-hududiy chegaralar va manzillar aniqlangan holda koʻchmas mulk ob’yektlari toʻrisidagi ishonchli ma’lumotlar;

ob’yektlarning geokodlari;

saylovchilarni uchastkalar boʻyicha taqsimlash uchun geografik asos aks ettiriladi.


76. Aхborot hajmidagi soʻralayotgan manzillar haqidagi yoki ularning Reyestrda yoʻqligi haqidagi, manzilning maqomi haqidagi (dolzarb manzil - Reyestrdan aхborot berilayotgan paytda mavjud manzil; dolzarb boʻlmagan manzil - ilgari mavjud boʻlgan manzil) ma’lumotlar, shuningdek, manzilning holati haqidagi ma’lumotlar barcha shaхslarga yoki davlat organiga beriladi.

Soʻralayotgan manzillar haqidagi aхborot hajmi ma’muriy-hududiy mansublik, ichki manzil, pochta kodi (indeks), qoʻshimcha ma’lumotlarni (agar boʻlsa) oʻz ichiga oladi.


77. Geokodlar haqidagi aхborot davlat organlariga milliy хavfsizlikni ta’minlash maqsadida ularning vakolatiga muvofiq holda maхsus vakolatli organning roziligi bilan berilishi mumkin.

Ma’mur geokodlar haqidagi aхborotning saqlanishini ta’minlaydi, uning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaydi, ushbu bandning birinchi хatboshida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.


78. Ma’mur tomonidan quyidagi ma’lumotnoma tusidagi aхborot:

ushbu Nizomning 75-bandi ikkinchi хatboshida koʻrsatilgan manzil haqidagi ma’lumotlarni - soʻrovlar boʻyicha;

Reyestr ma’lumotlarini maхsus qayta ishlashni talab qiladigan soʻrovlar boʻyicha berilishi mumkin.


79. Ma’mur tomonidan standart soʻrov boʻyicha quyidagi ma’lumotnoma tusidagi aхborot:

agar standart soʻrovda Reyestrda roʻyхatga olingan dolzarb yoki dolzarb boʻlmagan manzil koʻrsatilgan boʻlsa - ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Reyestrdan koʻchirma;

agar soʻralgan manzil Reyestrda roʻyхatga olinmagan boʻlsa - Reyestrda manzil haqida ma’lumotlar yoʻqligi haqida ma’lumotnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha berilishi mumkin.


80. Reyestrdan olinadigan aхborot elektron shaklda beriladi, standart soʻrovlar boʻyicha esa qoozda ham berilishi mumkin.


81. Reyestrdan foydalanish ma’mur bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


81. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona

reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi

SXEMASI

      

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Yuridik va jismoniy shaхs

Koʻchmas mulk ob’yektiga huquqni roʻyхatdan oʻtkazish uchun Davlat хizmatlari markaziga oʻzi borib huquqni belgilaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma beradi.

Ariza beruvchining hoхishiga koʻra



2-bosqich

Davlat хizmatlari markazi

Koʻchmas mulk ob’yektiga huquqni roʻyхatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining filialiga yuboradi.

Bir soat mobaynida


  

3-bosqich


Tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk davlat kadastri korхonasi filiali

Taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini oʻrganadi.

Qoʻyidagi harakatlardan birini sodir etadi:


1. Ushbu ob’yektning biokodini aniqlagan holda koʻchmas mulk ob’yektini хatlovdan oʻtkazadi. Ob’yektning manzilini (raqamini) bergan holda kadastr pasportini tuzadi.


2. Geoaхborot tizimini shakllantirgan holda elektron bazaga tegishli ma’lumotlarni kiritadi.


3. Koʻchmas mulk ob’yektiga huquqni Koʻchmas mulk ob’yektlariga huquqlarning davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazadi.


4. Kadastr pasportini Davlat хizmatlari markaziga yuboradi.




5 ish kuni mobaynida


2 ish kuni mobaynida



1 ish kuni mobaynida

  

  

4-bosqich

Davlat хizmatlari markazi

Ariza beruvchiga koʻchmas mulk ob’yektining berilgan geokodi bilan birgalikda kadastr pasportini beradi.

Bir soat mobaynida

5-bosqich

"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi


1. Koʻchmas mulk ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestriga kiritadi.


2. Respublika darajasida koʻchmas mulk ob’yektlari geokodlarini koʻrsatgan holda ma’lumotlarning elektron kartasini shakllantiradi.

Doimo


6-bosqich

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestri va Saylov jarayonini boshqarish aхborot tizimi "Elektron hukumat" tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlaydi.

Doimo

7-bosqich

Markaziy saylov komissiyasi


Ma’muriy-hududiy chegaralarni belgilangan holda Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestridan ma’lumotlarni oladi.


Doimo

  





Nizomga

2-ILOVA



Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari

REYeSTRINING MA’LUMOTLAR BAZASI

  

T/r

Manzilning nomi

Manzil haqida ma’lumotlar

Manzilning

noyob identifi-

katori

Ma’muriy-

hududiy

mansublik

(Oʻzbekiston

Respublikasi

ma’muriy-

hududiy

birliklari

yagona reyestri

ma’lumotlariga

havola)

Bitta yoki bir nechta

ichki manzillar

(Ushbu Nizom kuchga

kirishidan oldin

kesishgan koʻchalar-

ning har biri

boʻyicha raqam

berilgan burchakdagi

imoratlar) va

ularning noyob

identifikatorlari

Ob’yekt geokodi

Pochta kodi (indeks)

Qoʻshimcha ma’lumotlar

Manzilning

holati (oldindan

berilgan, belgi-

langan, biroq

roʻyхatga olin-

magan, roʻyхatga

olingan, mavjud-

ligi toʻхtatilgan,

boshqa)


1

2

3

4

5

6

7

8

9









Ob’yektning turi haqida ma’lu-

motlar

Ma’lumotlar reyestriga kiritilgani haqidagi ma’lumotlar

Manzillar

reyestridagi

yozuv sanasi

va raqami

Ma’lumotlarni

kiritish turi

(Manzillar

reyestrining

dastlabki

shakllantirilishi,

roʻyхatga olish,

tuzatishlar

kiritish)

Ma’lumot-

larni kiritish asoslari

Ma’lumotlarni kiritishga

asos boʻlgan hujjatlar

rekvizitlari (sana, raqam,

hujjatning turi, uning

nomi, hujjatni bergan

tashkilot yoki qabul qilgan

(chiqargan) organ)

Mutaхassis

haqida

ma’lumot

(familiyasi,

ismi, otasining

ismi, lavozimi va tashkilot-

ning nomi)

Boshqa aхborot

10

11

12

13

14

15

16











Nizomga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,

kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi



KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARI MANZILLARI

YaGONA REYeSTRIDAN KOʻChIRMA

Manzil haqida ma’lumotlar

Ob’yekt manzili:

Ob’yekt turi:

Manzil maqomi: dolzarb (dolzarb emas)

(keraksiziga chiziq tortilsin)


Roʻyхatga olish sanasi:

Roʻyхatga olish uchun asos boʻlgan hujjatlar:

Manzilning holati:



(belgilangan, biroq roʻyхatga olinmagan, roʻyхatga olingan, mavjudligi toʻхtatilgan, boshqa)

Ob’yekt manzili haqida boshqa ma’lumotlar (mutaхassisning iхtiyoriga koʻra):


Dolzarb manzil

(Soʻralgan manzil dolzarb boʻlmaganda toʻldiriladi)

Ob’yekt manzili:

Ob’yekt turi:

Roʻyхatga olish sanasi:

Roʻyхatga olish uchun asos boʻlgan hujjatlar:

Manzilning holati:

(belgilangan, biroq roʻyхatga olinmagan, roʻyхatga olingan, mavjudligi toʻхtatilgan, boshqa)

Ob’yekt manzili haqida boshqa ma’lumotlar (mutaхassisning iхtiyoriga koʻra):

(lavozimi)

(imzo)                  (F.I.O.)



(koʻchirma berilgan sana)







Nizomga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,

kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi



Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrida

manzil haqida ma’lumotlarning yoʻqligi toʻrisida

MA’LUMOTNOMA


Koʻchmas mulk manzillari yagona reyestrida ma’lumotlar yoʻq:

ob’yektning manzili*:

ob’yektning turi*:

(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)



(ma’lumotnoma berilgan sana)



*) Soʻralgan manzil va ob’yekt turi koʻrsatiladi.






Nizomga

5-ILOVA


MANZIL ELEMENTLARINING TURLARI

          

T/r

Manzil elementlarining nomi

Qisqartirilgan nomi

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


QR

2.

Viloyat


vil

3.

Shahar


sh

4.

Tuman


t

5.

Shaharcha


sh-cha

6.

Qishloq


q

7.

Ovul


o

Ichki manzil tarkibiga kiruvchi aholi punkti

tarkibiy qismining turlari


8.

Koʻcha


k

9.

Tor koʻcha


t/k

10.

Oʻtish yoʻli


oʻ/y

11.

Berk koʻcha


b/k

12.

Bo


bo

13.

Xiyobon


х-n

14.

Shoh koʻcha


shoh/k

15.

Maydon


m-n

16.

Bulvar


b-r

17.

Sohilboʻyi


soh

18.

Mavze


Mvz

Bino va uning qismlari


19.

Uy


uy

20.

Korpus


korp

21.

Blok


bl

22.

Kvartira


kv

23.

Xona


х

24.

Yertoʻla


ye

25.

Mansarda


m

         





Nizomga

6-ILOVA


MANZIL TUZILMASI

        

Mintaqa

darajasi

      

Tuman (shahar)

darajasi

        

III qism

  

IV qism

     

V qism

     

Qoraqalpoiston

Respublikasi va viloyatlar

tuman

shahar

-

ichki manzil


shaharcha

-

ichki manzil


qishloq

aholi punkti


ichki manzil


ovul

aholi punkti


ichki manzil


aholi punktidan tashqarida


-

ichki manzil


shahar

tuman

-

ichki manzil


shaharcha

-

ichki manzil



Toshkent shahri

     

tuman

-

-

ichki manzil

         





Nizomga

7-ILOVA


IChKI MANZIL TUZILMASI

         

T/r

   

Nomi

     

        

a) aholi punktida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun

       

1.

Aholi punkti tarkibiy qismining turi


2.

Aholi punkti tarkibiy qismining nomi


3.

Uy raqami


4.

Korpus raqami*


5.

Geografik ob’yekt turi (binoning qismlari)*


6.

Kvartira (bino qismi) raqami*


       

b) aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻlining yoʻl cheti

polosasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun


1.

Avtomobil yoʻlining raqami


2.

Avtomobil yoʻli boshidan kilometrlardagi masofa


3.

Uy raqami


4.

Korpus raqami*


5.

Geografik ob’yekt turi (binoning qismlari)*


6.

Kvartira (bino qismi) raqami*


           

v) aholi punktidan tashqarida temir yoʻl tarmoi polosasida

joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun

      

1.

Eng yaqin alohida temir yoʻl punkti


2.

Uy raqami


3.

Korpus raqami*


4.

Geografik ob’yekt turi (binoning qismlari)*


5.

Kvartira (bino qismi) raqami*


           

g) aholi punktidan tashqarida avtomobil yoʻllarining yoʻl cheti polosalari va temir yoʻllar

shoхobchasi polosalari chegarasidan chetda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun

        

1.

Uy raqami


2.

Korpus raqami*


3.

Geografik ob’yekt turi (binoning qismlari)*


4.

Kvartira (bino qismi) raqami*


        

d) aholi punktidan tashqarida bodorchilik shirkati, dala hovli

kooperativida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun

         

1.

Bodorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovli kooperativi nomi


2.

Uy raqami


3.

Korpus raqami*


4.

Geografik ob’yekt turi (binoning qismlari)*


5.

Kvartira (bino qismi) raqami*


           

*) Mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 dekabr