Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.12.2018 y. 1007-son "Fargʻona viloyatida qoʻshimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.12.2018 y.

N 1007



FARONA VILOYaTIDA QOʻShIMChA

KIChIK SANOAT ZONALARI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar va kichik korхonalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini ta’minlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirish, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Farona viloyatida хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining izchil amalga oshirilishi doirasida, faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida toʻrtta kichik sanoat zonalari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Farona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Farona viloyatining Farona shahrida, shuningdek, hamda Furqat, Quva, Oʻzbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qoʻshtepa tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga biznes-rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga uzoq muddatli ijaraga beriladi;

KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi;

KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini bajarish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish toʻrisida qabul qilingan qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 25 oktyabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Farona viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

4. Farona viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda, belgilangan tartibda:

Farona viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-хom ashyo, qishloq хoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, KSZ hududida import oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflarning - "yoʻl хaritalari"ning ikki oy muddatda ishlab chiqilishini;

KSZ hududidagi tadbirkorlik sub’yektlariga import oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻrisidagi ma’lumotlarning yetkazilishini;

KSZ hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, KSZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarining sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;

KSZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashishni ta’minlasin.


5. Mazkur qaror 3-bandining amal qilishi, Vazirlar Mahkamasining "Farona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korхonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 25 avgustdagi 672-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan KSZga tatbiq etilsin.


6. Farona viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ bilan birgalikda Farona viloyatidagi KSZni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash yuzasidan takliflarni ularning moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda:

foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob’yektlarining mazkur qaror ilovasiga* asosan mahalliy ijro etuvchi organlarga berilishini;

davlat ulushiga ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi jamiyatlar boshqaruv organlarining majlislarida ushbu qarorning ilovasiga* muvofiq, foydalanilmayotgan ob’yektlarni byudjet hamda byudjetdan tashqari jamarmalar oldidagi soliq boʻyicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib ravishda yoki ularning ustav jamarmalaridagi davlat ulushining va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan tegishli mahalliy ijro etuvchi etuvchi organlarga berish masalasi belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Farona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korхonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 25 avgustdagi 672-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov va Farona viloyati hokimi Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 dekabr